---------------- X ------------------- XABAR [a]Biror kimsa, narsa yoki hodisa haqida ma’lumot, darak.
XAFA [f-t] 1 G‘amgin, qayg‘uli. 2 Ranjigan, ozor topgan, arazlagan.
XÁKER [ingl] Kompyuter ilmining bilimdoni; kompyuter «qaroqchisi».
XALIFA [a] Muhammad payg‘ambarning vorisi, o‘rinbosari.
XALOS [a] Xalos bo‘lmoq - ozod bo‘lmoq, qutilmoq.
XALOSKOR [a+f-t] Ozod etuvchi, qutqaruvchi.
XALQ [a] 1 Biror mamlakat yoki davlat aholisi. 2 Millat, elat. 3 Joy bildiruvchi so‘zlar bilan kelib, o‘sha joy aholisini anglatadi. 4 Kasb, mashg‘ulot yoki tabaqa bildiruvchi so‘zlar bilan kelib, shunga mansub kishilar guruhini bildiradi.
XALQOB [f-t] Yig‘ilib qolgan suv.
XALQPARVAR [a+f-t] Xalq manfaatini ko‘zlaydigan; xalqsevar.
XALTA [f-t] Kichkina qop.
XAMIR [a]Unni suv, sut yoki boshqa suyuqlikka qorishdan hosil bo‘ladigan yumshoq cho‘ziluvchan qorishma.
XAMSA [a] ad. Besh dostondan iborat asar.
XANDA[f-t] Kulgi, tabassum.
XANTAL [a xardal] 1 Mayda sariq gulli, qo‘zoq mevali o‘simlik. 2 Shu o‘simlikning urug‘i va undan ovqatga solish uchun tayyorlangan achchiq dorivor.
XARAJAT [a] Biror narsa uchun qilinadigan sarf, chiqim.
XARID [f-t] Sotib olish.
XARIDOR [f-t] 1 Sotib oluvchi. 2 ko‘ch. Birovga ko‘ngil qo‘ygan kishi.
XARITA [a] Yer sathining tekis narsaga chizilgan shartli tasviri.
XAROBA [a] Qarovsiz qolgan, buzilib xarob bo‘lgan joy.
XARTUM [a] 1 Filning tumshug‘idan oldinga cho‘zilgan harakatchan a’zosi. 2 ko‘ch. Ekskavator, kran va sh.k.larning oldinga cho‘zilib chiqqan qismi.
XAS [f-t] 1 Quruq o‘simlik poyasi. 2 Quritilgan o‘t-o‘simlik; xashak.
XASIS [a] 1 Qizg‘anchiq, ziqna. 2 ko‘ch. Hosil bermaydigan (yer haqida).
XASTA [f-t] 1 Kasal, kasalmand. 2 ko‘ch. Qiynalgan; qayg‘uli, g‘amgin. 3 Kuchsiz, zaif (ovoz haqida).
XAT [a] 1 Uzoqdagi kishiga yuboriladigan yozma xabar. 2 Yozuv uchun ishlatiladigan belgilar, harflar sistemasi. 3 Yozish uslubi, yozuv xili. 4 s.t. Ro‘yxat, hujjat.
XATAR [a] Baxtsizlikka olib kelishi mumkin bo‘lgan sharoit.
XATIB [a] 1 din. Masjidda xutba o‘qiydigan, va‘z aytadigan domla. 2 Musulmonlar idorasining rahbari.
XATO [a] 1 Adashish, yanglishish, noto‘g‘rilik. 2 Haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan, asossiz. 3 Nishonga ololmaslik.
XATTI-HARAKAT [a] Yurish-turish, xulq-atvor.
XATTOT [a] Chiroyli va aniq yozuvchi odam.
XAVF [a] 1 Biror ko‘ngilsiz voqea yuz berish ehtimoli, xatar. 2 Xavotirlanish, xavfsirash.
XAVOTIR [a] 1 Tashvishga tushish, notinchlik. 2 Hadiksirash, xavfsirash, qo‘rquv.
XAYOL [a] 1 O‘ylash, fikr yuritish jarayoni; fikr, o‘y. 2 s.t. Biror narsani xotirada tiklash qobiliyati. 3 Niyat, istak. 4 Amalga oshishi qiyin bo‘lgan orzu.
XAYOLIY [a] Xayolda tasavvur qilinadigan, amalda sodir bo‘lmaydigan.
XAYR I [a] 1 Sadaqa, ehson. 2 Xolis yordam, saxovat. 3 modal s. Yaxshi, mayli, xo‘p.
XAYR II [a] und.s. Xayrlashganda aytiladigan so‘z.
XAYRIYA [a] | Xayriya jamiyati - moddiy yordam uyushtiruvchi jamiyat.
XAZINA [a] 1 Davlat boyligi saqlanadigan joy. 2 Biror tashkilot yoki davlat ixtiyoridagi qimmatbaho buyumlar. 3 Tabiiy boylik. 4 ko‘ch. Madaniy va ma’naviy boyliklar, durdona asarlar majmui.
XAZON [f-t] Kuzda sarg‘ayib to‘kila boshlagan barglar.
XASHAK [f-t] Qurigan o‘t-o‘lan, pichan.
XESH [f-t] Qarindosh-urug‘; yaqin odam.
XIL [a] 1 Nav, tur, zot, jins. 2 Eng yaxshi, sara.
XILOF [a] Zid, qarama-qarshi, teskari.
XILVAT [a] Odamlar ko‘zidan yiroq, pana, ovloq.
XINA [a] 1 Qizg‘ish gulli, yaproqlari tol bargiga o‘xshash o‘tsimon o‘simlik.
2 Shu o‘simlikdan olinadigan ziynat bo‘yog‘i.
XIRURG [yun] Jarroh.
XIRURGÍYA [yun] Tibbiyotning kasallikni operatsiya yo‘li bilan davolash masalalarini o‘rganuvchi bo‘limi.
XITOB [a] Kuchli qichqiriq, nido.
XIYLA [f-t] rvsh Ma’lum darajada, ancha.
XIYONAT [a] Ahdini buzish, birovning ishonchini suiiste’mol qilish; xoinlik, sotqinlik.
XIZMAT [a xidmat] 1 Ish, vazifa. 2 Birovning ishini bajarish. 3 Biror tashkilot yoki muassasadagi lavozim. 4 Harbiy majburiyatni o‘tash.
XIZR [a] din. Odamlarga baxt keltiruvchi afsonaviy shaxs.
XLOR [yun] Kimyoviy element, hidli, zaharli sarg‘ish-yashil gaz.
XLOROFILL [yun] Yorug‘lik energiyasini hazm qiluvchi o‘simliklardagi yashil pigmentning nomi.
XÓBBI [ingl] Kishining yoqtirgan mashg‘uloti.
XODA [f-t]Katta daraxtning butoqlari, shox-shabbalari kesib tashlangan tanasi; uzun yog‘och.
XODIM [a] 1 Biror idora yoki muassasada ishlovchi kishi. 2 esk. Ilgari saroy yoki o‘rdada xon va beklarning xizmatini qilib yuruvchi kishi.
XOHISH [f-t] Istak; intilish.
XOIN [a] 1 Ahdini buzuvchi, xiyonat qiluvchi. 2 O‘z xalqi, o‘z vatani manfaatiga zid ish tutuvchi, uning dushmanlari bilan hamkorlik qiluvchi kishi; sotqin.
XOKKEY [ingl] Raqib tomon darvozasiga chalg‘i bilan shayba kiritishdan iborat sport o‘yini.
XOL [f-t] Teri ustidagi dog‘, nor.
XOLA [a] 1 Onaning singlisi yoki opasi. 2 Hurmat yuzasidan yoshi katta ayollar ismiga qo‘shib aytiladi.
XOLI [a] 1 Band emas.; bo‘sh. 2 Chet, xilvat, ovloq. 3 rvsh Hech kim yo‘q joyda; tanho. 4 Biror narsaga aloqasiz, undan ozod.
XOLIS [a] 1 Biror tomonga yon bosmaydigan, betaraf. 2 Beg‘araz, samimiy.
XOM [f-t] 1 Qaynatilmagan, pishirilmagan. 2 Pishib yetilmagan; g‘o‘r. 3 Yaxshi ishlov berilmagan. 4 ko‘ch. Yengil-yelpi ishlangan; chala. 5 ko‘ch. Puxta o‘ylanmagan, amalga oshmaydigan. 6 ko‘ch. Tajribasiz, ish bilmaydigan.
XOMUSH [f-t] 1 So‘zsiz, jim. 2 Ma’yus, o‘ychan.
XONA [f-t] 1 Binoning alohida qismi; bo‘lma. 2 mat. Sonning yozuvda birlik, o‘nlik, yuzlik va sh.k. ekanini ko‘rsatuvchi o‘rni.
XONADON [f-t] 1 Butun oila. 2 tar. Hokimiyatni nasldan naslga o‘tkazib, hukmronlik qiladiganlar avlodi; sulola.
XONAKI [f-t] 1 Uyda tayyorlangan, qo‘lda qilingan. 2 Uyda boqiladigan, qo‘lga o‘rgatilgan. 3 Xona yoki uy ichida bo‘ladigan.
XONANDA [f-t] Qo‘shiqchi, hofiz.
XONAVAYRON [f-t] Uy-joyi, oilasi buzilgan; hamma narsadan mahrum bo‘lgan.
XOR I [f-t] 1 Hurmatga sazovor emas; kamsitilgan. 2 Nochor ahvolga tushgan; qashshoq. 3 Qadrsiz, qimmatsiz.
XOR II [yun] 1 Vokal ashulalarni jo‘r bo‘lib aytuvchi qo‘shiqchilar guruhi. 2 Shunday ijro uchun yozilgan musiqiy asar.
XOREOGRÁFIYA [yun] Raqs va balet asarlari hamda ularni sahnada ijro etish.
XORIJ [a] 1 Biror narsadan xoli, bo‘sh (odam haqida). 2 Chet mamlakat.
XORIJIY [a] 1 Mamlakatimizdan tashqaridagi. 2 Chet ellik kishi.
XOSIYAT [a] Ijobiy xususiyat.
XOSSA [a] Narsaning o‘ziga xos xususiyati.
XOTIMA [a] 1 Oxir, so‘ng, adoq. 2 Adabiy asarning yakunlovchi qismi.
XOTIRA [a] 1 Es, yod, xayol. 2 Esda saqlangan taassurot.
XOTIRJAM [a] Betashvish, osoyishta.
XREN [r] Ildizi uzun va tarmoqlab ketgan dorivor o‘simlik.
XRISTIAN [yun] Iisus Xristosga e’tiqod qo‘yish asosida eramizning 1 asrida vujudga kelgan din.
XRIZANTÉMA [yun] Murakkabgullilar oilasiga mansub ziynatli o‘simlik va uning guli.
XROM I [yun] Kumushsimon tusli element, qattiq metall.
XROM II [yun] Xrom tuzlari bilan ishlov berib tayyorlangan yumshoq, yaltiroq yupqa teri.
XUDO [f-t] Iloh, tangri.
XUDOJO‘Y [f-t] Xudo va din yo‘lidan chiqmaydigan; dindor.
XUFIYA [a] Yashirin, sir tutiladigan.
XUFTON [f-t] 1 Kechqurun o‘qiladigan eng keyingi namoz. 2 Quyosh botgandan bir-ikki soat keyingi vaqt. 3 ko‘ch. Xafa, g‘ash.
XULOSA [a] Mantiqiy natija.
XULQ [a] 1 Kishining muomala va ruhiy xususiyatlari majmui; fe’l. 2 Odat, qiliq.
XUM [f-t] Og‘zi tor sopol idish.
XUN [f-t] 1 ayn. Qon. 2 Qasos, o‘ch. 3 Yo‘qotilgan yoki tortib olingan narsa uchun to‘lanadigan haq; tovon.
XUNREZ [f-t] 1 Qon to‘kuvchi, jallod. 2 Qonxo‘r, berahm.
XUNUK [f-t] 1 Ko‘rimsiz; ko‘rinishi sovuq. 2 ko‘ch. Ko‘ngilga yoqmaydigan; jirkanch. 3 ko‘ch. Quloqqa yoqmaydigan.
XURJUN [f-t] Egar ustiga yoki yelkaga oshirib tashlanadigan qo‘sh xalta.
XURMO [f-t] 1 Tropik va subtropik mamlakatlarda o‘sadigan shirin mevali daraxt.
2 Shu o‘simlikning mevasi.
XUSUMAT [a] Kek, adovat, dushmanlik.
XUSUSIY [a] 1 Shaxsiy. 2 Ayrim shaxslar tomonidan yakka tartibda amalga oshiriladigan. 3 Muayyan bir narsa yoki mavzuga bag‘ishlangan.
XUSUSIYAT [a] Boshqalardan ajralib turadigan belgi, o‘ziga xoslik.
XUSH [f-t] 1 Yaxshi, ma’qul, durust. 2 Yoqimli, mayin. 3 Mayl, ishtiyoq xohish.
XUSHOMAD [f-t] Ta’magirlik, laganbardorlik.
XUSHRO‘Y [f-t] Chiroyli, go‘zal.
XO‘JAYIN [f-t] Biror narsaga egalik qiluvchi shaxs.
XO‘P [f-t] 1 Rozilikni ifodalaydi; mayli. 2 rvsh Rosa, juda.
XO‘R [f-t] Qattiq xafa qilingan, tahqirlangan.
XO‘RA [f-t] Ovqatni tanlamaydigan, ko‘p yeydigan.
XO‘ROZ [f-t] 1 Tovuqning erkagi. 2 ko‘ch. s.t. Tanti, mard.