Yorqinoy Hamrayeva


--------------------------- S ----------------------------------



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə21/31
tarix14.06.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#129874
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31
o`zlashmalar

--------------------------- S ----------------------------------
SABAB [a] 1 Omil; bahona; vaj; bois. 2 so‘r. olmsh Nega? Nima uchun?
SABO [a] Tonggi shabada.
SABOQ [a] 1 O‘qitish, dars. 2 ko‘ch. Ibrat bo‘lib xizmat qiladigan voqea.
SABOT [a] 1 O‘z so‘zida mustahkam turish, bukilmas iroda. 2 ayn. Qunt.
SABR [a] 1 Shoshilmaslik, toqat. 2 Chidam, bardosh.
SABZA [f-t] 1 Yashil o‘t, maysa. 2 Yam-yashil. 3 | Sabza urmoq - o‘sa boshlamoq.
SABZAVOT [f-t] Rezavor va poliz ekinlari, ularning ovqatga ishlatiladigan mahsuli.
SABZI [f-t] Sabzavot ekini va uning cho‘zinchoq, qizg‘ish yoki sarg‘ish ildizmevasi.
SADAF [a] 1 Marvarid hosil qiladigan, molluskalarga mansub dengiz jonivori. 2 Shu jonivorning va boshqa ba’zi molluskalarning chig‘anog‘idan tayyorlanadigan yaltiroq modda.
SADO [a] Tovush, ovoz.
SADOQAT [a] Chin qalbdan berilganlik; vafodorlik.
SAF [a] Qator.
SAFAR I [a] 1 Xizmat bilan yoki boshqa sabab bilan biror yerga borish; yo‘l. 2 Gal, navbat.
SAFAR II [a] Qamariya yili hisobida ikkinchi oy nomi.
SAHAR [a] G‘ira-shira tong yorishgan payt.
SAHN [a] Yuza, maydon.
SAHNA [a] 1 Spektakl, konsert, tomoshalar ko‘rsatiladigan maxsus so‘ri. 2 ko‘ch. Badiiy asardagi ayrim voqea.
SAHOBA [a] Muhammad payg‘ambarni ko‘rgan va u bilan birga islom dinini targ‘ib qilgan kishi.
SAHRO [a] Dasht, cho‘l.
SAHROYI [a] 1 Sahroda yashaydigan. 2 ko‘ch. Qishloqi.
SAJ [a] ad. Nasrdagi qofiya.
SALAMÁNDRA [yun] Suvda va quruqlikda yashovchi kaltakesakka o‘xshash jonivor.
SALAT [r] 1 Turli sabzavot, tuxum, go‘sht va sh. k.lardan tayyorlanadigan yaxna taom. 2 Oshko‘k sifatida ishlatiladigan o‘simlik.
SALBIY [a] 1 Rad etuvchi. 2 Ijobiy emas, yomon.
SALBIYA [a] Bargi tibbiyotda va parfumeriyada ishlatiladigan o‘simlik.
SALOBAT [a] Ulug‘vor tashqi ko‘rinish.
SALOM [a] und.s. Uchrashganda aytiladigan birinchi so‘z.
SALOMAT [a] Tan sihatligi.
SALTANAT [a] Xon, amir podshoh hukmronligi va shunday hukmron qo‘l ostidagi davlat.
SALFÉTKA [ital] Ovqatdan so‘ng artinadigan maxsus sochiqcha.
SÁLTO [ital] Havoda muallaq o‘mbaloq oshish.
SALUT [fr] Tantanali voqea va marosimlarda mushak otish.
SAMARA [a] Ijobiy natija.
SAMIMIY [a] Chin qalbdan.
SAMO [a] Osmon.
SAMOLYOT [r] Motorli uchish apparati.
SAMOSVAL [r] Ustidagi yukini o‘zi ag‘daradigan transport vositasi.
SAMOVAR [r] 1 Choy qaynatiladigan maxsus idish. 2 ayn. Choyxona.
SAMOVOT [a] Osmon, falak; koinot.
SAMUR [a] Sibir suvsari.
SANA [a] Yil hisobi.
SANAM [a] 1 Toshdan yoki yog‘ochdan yasalgan but. 2 ko‘ch. Go‘zal ayol.
SANATÓRIY [lot] Davolanish va dam olish maskani.
SANITAR [r] Kichik tibbiy xodim.
SANITARÍYA [lot] Sog‘liqni va tozalikni saqlashga, aholining turmush sharoitlarini sog‘lomlashtirishga qaratilgan tadbirlar tizimi.
SÁNKSIYA [lot] yur. 1 Hujjat, qaror va sh.k.ning oliy organ tomonidan tasdiqlanishi. 2 Qonunni yoki shartnomani buzgan tomonga nisbatan ko‘riladigan jazo chorasi.
SANO [a] Ollohning sha’niga aytiladigan maqtov.
SANSKRIT [sanskrit tilidan] Qadimiy va O‘rta asr hind diniy, falsafiy, badiiy adabiyotining tili.
SANTIMETR [fr] Metrning yuzdan bir ulushiga teng uzunlik o‘lchovi.
SAN’AT [a] 1 Badiiy ijodiyot va uning har bir sohasi. 2 Yuksak mahorat.
SAPFIR [yun] To‘q ko‘k yoki havorang qimmatbaho tosh.
SARA [f-t] Eng yaxshi.
SARANJOM [f-t] Tartibli, sarishta.
SARATON [a] 1 Javzo bilan Asad o‘rtasidagi burj. 2 Shamsiya yili hisobida to‘rtinchi oy nomi.
SARBON [f-t] Karvonboshi; yo‘lboshchi.
SARDOBA [f-t] Usti gumbaz shaklidagi g‘isht qurilma bilan berkitilgan sun’iy hovuz.
SARF [f-t] Chiqim.
SARÍ [f-t] ko‘m. Tomon, tomonga qarab.
SÁRI [hind] Hind ayollarining ust kiyimi.
SARLAVHA [f-t+a] Kitob, maqola va sh.k.larning yoki ularning qismlarining nomi.
SARMOYA [f-t] Katta mablag‘; pul.
SAROB [f-t] 1 Havo ochiq kunda ufq ortidagi ko‘rinmas narsalarning havoda aks etib ko‘rinishidan iborat hodisa. 2 ko‘ch. Xayol, xom xayol.
SARSON [f-t] Ovora.
SARV [f-t] Janub mamlakatlarida o‘sadigan igna bargli doim yashil tik daraxt.
SATH [a] Narsaning usti, betkay tomoni.
SATIN [fr] Yaltiroq ip gazlama.
SATÍRA [lot] Hayotdagi kamchilik va nuqsonlarni masxaralaydigan va qoralaydigan o‘tkir hajviy asar.
SATR [a] Yozuvdagi qator.
SATÚRN [lot] Quyosh sistemasining oltinchi katta sayyorasi; Zuhal.
SAVDO I [f-t] Mol ayirboshlash; oldi-sotdi.
SAVDO II [a] G‘am-tashvish; mushkul ahvol; hangomalar.
SAVDOGAR [f-t] Xususiy savdo bilan shug‘ullanuvchi kishi.
SAVDOYI [a] 1 Aqldan ozgan; telba. 2 Biror narsa, kimsa dardida es-hushidan ayrilgan odam; vasvos.
SAVIYA [a] Taraqqiyot darajasi.
SAVOB [a] Yaxshilik, ezgulik.
SAVOD [a] 1 O‘qish-yozishni bilish. 2 Biror sohadagi eng zaruriy ma’lumot.
SAVOL [a] So‘roq.
SAVR [a] 1 astr. Hamal bilan Javzo o‘rtasidagi burj. 2 Shamsiya yili hisobida ikkinchi oy nomi.
SAXIY [a] 1 Birovdan hech narsasini ayamaydigan, qizg‘anmaydigan. 2 To‘kin, mo‘l.
SAXOVAT [a] Baland himmat, saxiylik.
SAYD [a] 1 esk. kt. ayn. Ov. 2 Ov o‘ljasi.
SAYIL [a] Bayram munosabati bilan o‘tkaziladigan sayr-tomosha.
SAYILGOH [a+f-t] Sayil o‘tkaziladigan joy.
SAYOHAT [a] Dam olish, dunyoni ko‘rish maqsadida qilingan safar.
SAYT [ingl] Manzil, turar joy.
SAYYOD [a] esk. kt. ayn. Ovchi.
SAYYOR [a] 1 esk.kt. ayn. Sayyoh.
2 ko‘ch. Bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib yurib xizmat qiladigan.
SAYYORA [a] 1 astr. Quyosh atrofida aylanuvchi va undan nur oluvchi osmon jismi. 2 Muqim turar joyi yo‘q, darbadar.
SAZOVOR [f-t] Munosib, loyiq.
SAZOYI [f-t] El ko‘zida ta’zirga loyiq.
SA’VA [a] Chumchuqsimonlar oilasiga mansub, rang-barang patli sayroqi qush.
SEKTOR [lot] 1 mat. Doiraning yoy va ikki radius bilan cheklangan qismi va shu shakldagi narsa. 2 Yaxlit bir hududning ma’lum radius bilan cheklangan qismi.
SEKUND [lot] 1 Minutning oltmishdan biriga teng vaqt o‘lchovi; soniya. 2 mat. Burchak gradusining uch ming olti yuzdan bir ulushiga teng o‘lchov birligi.
SEKUNDANT [lot] 1 tar. Duel qatnashchilaridan har birining vositachisi. 2 Boks, shahmat kabi o‘yinlarda o‘yinchiga xizmat ko‘rsatuvchi shaxs.
SELEN [yun] Kimyoviy element, metall xususiyatiga ega bo‘lgan kulrang modda.
SELÍTRA [lot] Azot kislotasining natriy, kaliy yoki ammoniyli tuzi.
SELLOFAN [lot+yun] Sellulozadan ishlangan yupqa shaffof mato; suvqog‘oz.
SELLULÓZA [lot] 1 O‘simlik hujayralari qobig‘ining asosiy qimini tashkil etuvchi yuqori molekulali birikma. 2 Yog‘ochdan va ba’zi bir o‘simlikning poyasidan kimyoviy yo‘l bilan hosil qilinadigan modda.
SÉLSIY [r] Suvning muzlash nuqtasidan qaynash nuqtasigacha bo‘lgan harorat va shunday haroratni ko‘rsatadigan termometr.
SEMÁNTIKA [yun] tilsh. Ma’no.
SEMASIOLÓGIYA [yun] tilsh. Tilshunoslikning so‘z va iboralar ma’nosini o‘rganadigan bo‘limi.
SEMENT [lot] Suvga qorganda tez qotib toshga aylanadigan qurilish ashyosi.
SEMINAR [lot] 1 Oliy o‘quv yurtlarida biror mavzu yuzasidan o‘tkaziladigan mashg‘ulot. 2 Biror narsaga maxsus tayyorlanish yoki malaka oshirish uchun guruh bo‘lib o‘tkaziladigan mashg‘ulot.
SENAT [lot] 1 Qadimgi Rim davlatida: Oliy hokimiyat organi. 2 Ba’zi mamlakatlarda parlamentning yuqori palatasi.
SENTIMENTALIZM [fr] 1 XVIII asrning oxirlari XIX asrning boshlarida Yevropada paydo bo‘lgan adabiy oqim. 2 Ko‘ngli bo‘shlik, ko‘ngilchanlik.
SÉNTNER [lot] 100 kilogrammga teng og‘irlik o‘lchovi.
SEPARÁTOR [lot] Suyuq yoki qattiq jismlar tarkibidagi aralashmani ajratuvchi apparat.
SERENÁDA [ital] 1 O‘rta asrlarda Italiya va Ispaniyada ma’shuqa derazasi yonida turib uning sharafiga aytiladigan qo‘shiq. 2 Cholg‘u ansambli uchun yozilgan musiqiy asar.
SÉRVIS [ingl] Xizmat ko‘rsatish.
SERVIZ [fr] Oziq-ovqat uchun ishlatiladigan idishlar to‘plami.
SÉSSIYA [lot] 1 Saylanma organlarning, ilmiy tashkilotlarning majlisi. 2 Oliy o‘quv yurtlarida ma’lum vaqtlarda o‘tkaziladigan imtihonlar.
SEX [nem] Sanoat korxonasining ishlab chiqarish bo‘limi.
SEYF [ingl] Pul, hujjat va boshqa qimmatbaho narsalar saqlanadigan po‘lat yoki temir shkaf.
SEYSMOLÓGIYA [yun] Geologiyaning yer qimirlashini o‘rganadigan bo‘limi.
SFÉRA [yun] mat. Hamma nuqtalari bir markazdan baravar uzoqlikda joylashgan sirt.
SIFAT [a] 1 fals. Narsa, hodisalarning o‘ziga xos xususiyatlarini belgilovchi falsafiy kategoriya. 2 Narsaning ijobiy yoki salbiy xususiyati. 3 Qo‘shma so‘z tarkibida «o‘xshash» ma‘nosini ifodalaydi. 4 tilsh. So‘z turkumi.
SIGNAL [nem] Biror ma’lumot, buyruq va sh.k.larni ko‘pchilikka yetkazish uchun qo‘yiladigan shartli belgi, ishora.
SILÍNDR [yun] 1 mat. To‘g‘ri to‘rtburchakning tomonlaridan biri atrofida aylanishidan hosil bo‘lgan jism. 2 Soyaboni kichikroq, silindr shaklidagi erkaklar bosh kiyimi.
SIMFÓNIYA [yun] Orkestr uchun yozilgan yirik musiqiy asar.
SIMOB [f-t] Kimyoviy element, suyuq kumushrang og‘ir metall.
SIMPÓZIUM [yun] Xalqaro kengash.
SINF I [a] siyos. Ijtimoiy sharoiti bir xil bo‘lgan, bir manfaatni ko‘zlab birlashgan odamlar guruhi.
SINF II [a] Maktabda bir o‘quv yilini o‘z ichiga olgan har bir bosqich hamda shu bosqichdagi har bir guruh.
SINFDOSH [a+f-t] Bir sinfda o‘qiydigan.
SINOAT [a] Ajib hodisa.
SINÓNIM [yun] tilsh. Talaffuzi va yozilishi jihatidan turlicha, ammo ma’nosi bir-biriga yaqin bo‘lgan so‘zlar; ma’nodoshlar.
SINÓPTIKA [yun] Ob-havo haqidagi ilm.
SÍNTAKSIS [yun] tilsh. Grammatikaning gap qurilishi, gapda so‘zlarning birikish usullarini o‘rganadigan bo‘limi.
SÍNTEZ [yun] 1 Narsa va hodisalarni o‘zaro uzviy bog‘lanishda o‘rganishdan iborat ilmiy-tadqiqot usuli. 2 kim. Sodda kimyoviy birikmalardan murakkab birikmalarning hosil qilinishi.
SÍNUS [lot] mat. Burchak qarshisidagi katetning gipotenuzaga nisbatidan iborat trigonometrik funksiya.
SIR [a] 1 O‘zgalardan maxfiy tutilgan yoki o‘zgalarga noma’lum bo‘lgan ish, gap, narsa. 2 Hali ochilmagan, aniqlanmagan.
SIRÉNA [yun] Kuchli tovush beradigan asbob.
SIRK [lot] 1 San’atning akrobatika, dorbozlik, hayvonlarni o‘ynatish va sh.k. tomoshalarni o‘z ichiga olgan turi. 2 Shunday tomoshalarni ko‘rsatish bilan shug‘ullanadigan muassasa va uning gumbazsimon binosi.
SÍRKUL [lot] Aylana chizishga xizmat qiladigan asbob; pargar.
SIROP [fr] Meva suvidan tayyorlangan quyuq sharbat; qiyom.
SISTÉMA [yun] 1 O‘zaro uzviy bog‘langan qismlardan, elementlardan tarkib topgan butunlik. 2 Umumiy belgilariga ko‘ra birlashgan elementlar, birliklar majmui.
SITÁTA [lot] Biror asardan aynan ko‘chirilgan parcha.
SITAM [f-t] Jabr, zulm; qahr-g‘azab.
SÍTRUS [lot] Limon, apelsin, mandarin kabi o‘simliklarning umumiy nomi.
SIVILIZÁTSIYA [lot] Ijtimoiy, madaniy taraqqiyot.
SIYMO [a] kt. 1 Qiyofa, ko‘rinish. 2 ad. Obraz.
SIYOSAT [a] 1 Davlat hokimiyatining mamlakatni boshqarishda va xalqaro munosabatlarda tutgan yo‘li. 2 ko‘ch. Do‘q-po‘pisa, qo‘rqitish.
SIYOSIY [a] Davlat siyosatiga oid.
SKAFANDR [fr] Suv ostiga tushishda, shuningdek kosmosga uchishda kiyiladigan maxsus germetik kiyim.
SKÁNDIY [r] Nodir kimyoviy element, metall.
SKELET [yun] anat. Odam va hayvon gavdasining negizini tashkil etgan suyaklar majmui.
SKRÍPKA [r] Kamoncha bilan chalinadigan torli musiqa asbobi.
SOAT [a] 1 Sutkaning yigirma to‘rtdan biriga teng vaqt o‘lchovi. 2 Vaqtni shu o‘lchovda o‘lchaydigan asbob. 3 Ma’lum vaqt oralig‘i, payt. 4 Umuman vaqt, fursat, payt.
SOBIQ [a] O‘tmishda bo‘lib o‘tgan, ilgarigi.
SÓDA [r] 1 Karbonat kislotaning bir qator natriyli tuzlari nomi. 2 Shu tuzlarning tibbiyotda va pazandachilikda ishlatiladigan turi; oq kukun.
SOF [a] Beg‘ubor, toza.
SOHA [a] Ilm-fan, madaniyat va sh.k.larning tarmog‘i.
SOHIBJAMOL [a] Go‘zal, chiroyli.
SOHIBQIRON [a] Baxtli bo‘lib tug‘ilgan, yulduzi charaqlagan.
SOHIL [a] Suv havzasining cheti; qirg‘oq.
SOKIN [a] Jimjit; osoyishta, tinch.
SOXTA [f-t] Qalbaki, yasama.
SÓYA [yaponcha] Dukkaklilar oilasiga mansub o‘simlik va uning oziq-ovqat sanoatida qo‘llanadigan doni.
SOZANDA [f-t] Cholg‘uchi.
SPARTAKIÁDA [r] Ommaviy musobaqalar, sport bayrami.
SPEKTAKL [lot] Sahnada qo‘yiladigan tomosha.
SPEKTR [lot] Murakkab nurning shisha prizma va sh.k orqali o‘tib, tarkibiy qismlarga ajralishi natijasida hosil bo‘lgan rang-barang chiziqlar.
SPIRAL [yun] Vint shaklidagi uzluksiz burama sim.
SPIRT [r] 1 Serkraxmal shirali mahsulotlarda hosil qilinadigan alkogolga boy tussiz suyuqlik. 2 kim. Tarkibida vodorod atomi bilan kislorod atomi birikmasi bo‘lgan bir guruh organik moddalar nomi.
SPORT [ingl] Jismoniy barkamol bo‘lishga yo‘naltirilgan mashqlar, o‘yinlar, musobaqalar majmui.
SSENÁRIY [ital] Kinofilm, spektakl va sh.k.larning mazmuniy sxemasi.
STADION [yun] Sport o‘yinlari maydoni.
STAKAN [r] Silindrik shisha idish.
START [ingl] Sport musobaqalarining boshlanish o‘rni.
STATÍSTIKA [lot] Kishilik jamiyati taraqqiyotidagi miqdoriy o‘zgarishlar haqidagi fan.
STIPÉNDIYA [lot] Oliy o‘quv yurtlarida talabalar, magistrant, aspirant va sh.k.larga har oyda berib boriladigan pul.
STOL [r] Dasturxon tuzash yoki yozuv-chizuv uchun belgilangan baland supa, jihoz.
STRATÉGIYA [yun] 1 harb. Urush olib borish san’ati. 2 ko‘ch. Ijtimoiy-siyosiy kurashga rahbarlik qilish san’ati va ilmi.
STUL [r] Bir kishilik o‘tirish moslamasi; o‘rindiq.
SUBSTÁNSIYA [lot] fals. Butun borliq va hodisalarning asosi.
SUBYEKT [lot] fals. Idrok va iroda egasi, borliqni bilishga va o‘zgartirishga qodir shaxs.
SUD [r] 1 Jinoiy, fuqarolik, xo‘jalik ishlarini qonuniy asosda ko‘rib tegishli hukm chiqaruvchi davlat organi. 2 Fuqarolik, xo‘jalik va jinoiy ishlarning shunday organda ko‘rilishi.
SUDXO‘R [f-t] Pul qarz berib, foydasi hisobiga boylik orttiruvchi shaxs.
SUDYA [r] 1 Sud organi xodimi, hukm chiqaruvchi lavozimli kishi.
2 Musobaqa va sport o‘yinlarida hakam.
SUHBAT [a] 1 Ikki va undan ortiq kishilarning so‘zlashuvi. 2 Biror mavzuda fikr almashinuv.
SUIQASD [a] Kimsani o‘ldirish uchun qilingan harakat.
SUJET [fr] Adabiy, badiiy asarning to‘liq mazmuni.
SUKUT [a] Jim turish holati; so‘zsizlik.
SULH [a] 1 Urishuvchi tomonlar o‘rtasidagi yarashuv. 2 Umuman kelishuv, totuvlik.
SULOLA [a] Bir avloddan tarqagan, birin-ketin taxtga o‘tirgan kishilar oilalari.
SULTON [a] Ba’zi Sharq mamlakatlarida amir, xonlar unvoni.
SÚMKA [r] Narsa solib ko‘tarib yuriladigan xalta.
SÚMMA [lot] Bir miqdor pul, mablag‘.
SUNBUL [a] Piyozgullilar oilasiga mansub, lola bargiga o‘xshash uzun bargli o‘simlik va uning g‘uj bo‘lib ochiladigan xushbo‘y guli.
SUNBULA [a] 1 Asad bilan Mezon o‘rtasidagi burj. 2 Shamsiya yili hisobida oltinchi oy nomi.
SUNNIY [a] Qur’on bilan birga sunnat aqidalarini ham tan oluvchi islom dinidagi oqim.
SUN’IY [a] 1 Tabiiyga o‘xshatib yasalgan. 2 ko‘ch. Soxta, qalbaki.
SURA [a] Qur’onning 114 bobidan har biri.
SURAT [a] 1 Qo‘lda chizilgan rasm. 2 Fotografik tasvir. 3 Tashqi qiyofa, ko‘rinish.
SURMA [f-t] 1Kimyoviy element, kumushsimon oq mo‘rt metall. 2 Tarkibida shu element bo‘lgan qora pardoz bo‘yog‘i.
SURNAY [f-t] Puflab chalinadigan musiqa asbobi.
SÚTKA [r sutki] Bir kecha-kunduzga, 24 soatga teng vaqt o‘lchovi.
SUVEREN I [fr] Xalqaro huquqlarda: mustaqil oliy hokimiyat egasi.
SUVEREN II sft [r suverenniy] 1 Suverenitetga ega bo‘lgan; mustaqil. 2 Oliy hokimiyatni amalga oshiruvchi.
SUVERENITET [fr] Xarqaro huquqda: davlatning ichki va tashqi ishlarni olib borishda to‘la mustaqilligi.
SUXANDON [f-t] 1 Gapga chechan. 2 Badiiy so‘z ustasi.
SXÉMA [yun] Bino, inshoot, mexanizm va sh.k.larning umumiy tuzilishini aks ettiruvchi chizma.
SVETOFOR [r+yun] Ko‘cha harakatini tartibga solishga mo‘ljallangan uch xil rangda yonuvchi chiroq.
SVÍTER [ingl] Jun ipdan to‘qilgan tugmasiz kiyim.
SO‘FI [f-t+a] 1 Masjidda azon aytuvchi kishi. 2 ko‘ch. Sodda, xudojo‘y odam.
SO‘FIY [a] Islom dinida shakllangan tarkidunyochilik oqimi tarafdori.



Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin