Yorqinoy Hamrayeva


----------------------- SH ----------------------



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə29/31
tarix14.06.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#129874
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
o`zlashmalar

----------------------- SH ----------------------
SHABLON [nem] 1 tex. Qolip, andaza. 2 ko‘ch. Chaynalgan, siyqasi chiqqan narsaga ko‘r-ko‘rona ergashish.
SHABNAM [f-t] Havodan ingan musaffo tomchi.
SHAFAQ [a] Kun chiqish yoki kun botish oldidan ufqda hosil bo‘ladigan qizillik.
SHAFFOF [a] Tiniq.
SHAHAR [f-t] Savdo va sanoati rivojlangan markaz.
SHAHID [a] 1 Din yoki mazhab yo‘lida halok bo‘lgan shaxs. 2 Vatan uchun yoki haqqoniyat yo‘lida qurbon bo‘lgan odam.
SHAJARA [a] Ma’lum bir urug‘-avlodlarning kelib chiqishi va qarindoshlik darajasini izchillik bilan ko‘rsatuvchi ro‘yxat.
SHAK I [a] Shubha, gumon.
SHAK II [a] Ramazon oyi kirishidan oldingi kun.
SHAKAR [qadimgi hind] 1 Lavlagi yoki shakarqamish o‘simligidan olinadigan oq-sarg‘ish rangli qumsimon shirinlik. 2 ko‘ch. Shirin, totli. 3 ko‘ch. Yoqimli.
SHAKARAK [f-t] Qovun turi.
SHAKARANGUR [f-t] Uzum navi.
SHAKL [a] 1 Narsaning tashqi qiyofasi. 2 mat. Ma’lum ko‘rinish. 3 fiz. Jismning holati, ko‘rinishi. 4 ko‘ch. Usul, yo‘sin.
SHAM [a] To‘nglaydigan yog‘dan yasalgan chiroq.
SHAMOL [a] Havoning yer sathi bo‘ylab harakati.
SHAMS [a] kt. ayn. Quyosh.
SHAMSIYA I [a] 22 martdan boshlanadigan yil; quyosh yili.
SHAMSIYA II [a] Soyabon.
SHAMSHOD [f-t] Yog‘ochi qattiq, tik o‘sadigan doim yashil janub daraxti.
SHANBA [f-t] Hafta kuni.
SHANTAJ [fr] O‘z maqsadiga erishish uchun qilinadigan ig‘vo; qo‘rqitish, do‘q-po‘pisa yo‘li bilan birovdan pul, mol undirish.
SHAR [r] 1 mat. Aylananing o‘z diametri atrofida aylanishidan hosil bo‘lgan geometrik jism. 2 Shunday shaklga ega bo‘lgan narsa. 3 Rezina pufak.
SHARAF [a] 1 Faxr, iftixor. 2 Xalq orasida taratilgan dong, shuhrat.
SHARBAT [a] 1 Meva shirasi. 2 Meva suvi, shirin ichimlik.
SHARH [a] Biror narsaning mazmunini ochib berish; izoh.
SHARIAT [a] din. Qur’on asosida ishlab chiqilgan qonun-qoidalar majmui.
SHARM [f-t] Uyalish hissi; hayo, nomus.
SHARMANDA [f-t] Sharm-hayosini yo‘qotgan; uyatsiz.
SHAROB [a] Kayf qiluvchi ichimliklarning umumiy nomi; may.
SHAROIT [a] 1 Vaziyat, holat. 2 Imkon.
SHARQ [a] Dunyoning to‘rt tomonidan biri - G‘arbga qarama-qarshi tomon.
SHART [a] 1 O‘zaro kelishuv. 2 Kelishayotgan tomonlardan birining ikkinchisiga qo‘ygan talabi. 3 Biror narsaning amalga oshishi uchun zarur bo‘lgan omil. 4 kesim vazifasida «zarur», «kerak», «lozim» kabi ma’nolarni ifodalaydi.
SHAR’IY [a] Shariat qonunlariga mos.
SHATRANJ [hind] 1 Shahmatga o‘xshash qadimiy o‘yin. 2 ayn. Shahmat.
SHAVKAT [a] 1 Obro‘, hurmat, dovrug‘. 2 Salobat, viqor. 3 Dabdaba, hashamat.
SHAVLA [f-t] Guruchli bo‘tqasimon taom.
SHAVQ [a] Biror narsaga o‘ta berilish; ishtiyoq.
SHAXS [a] 1 Jamiyatdagi alohida bir odam. 2 Biror kishining o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlar majmui. 3 tilsh. Grammatik kategoriya.
SHAXSIY [a] Shaxsning o‘ziga tegishli bo‘lgan.
SHÁXTA [nem] Qazilmalar olinadigan joy; kon.
SHÁYBA [nem] 1 tex. Gayka ostiga qo‘yiladigan yassi metall xalqa. 2 sport. Xokkey o‘yinida qo‘llanadigan kulchasimon og‘ir rezina.
SHAYTANAT [a] 1 Shaytonlar makoni. 2 ko‘ch. Makkorlar, firibgarlar to‘dasi.
SHAYTON [a] 1 din. Odamlarni din yo‘lidan ozdiruvchi, jinoyatga, razolatga boshlovchi ilohiy maxluq; iblis. 2 ko‘ch. Ayyor, quv odam; aldamchi. 3 ko‘ch. Sho‘x, o‘ynoqi.
SHAYX [a] 1 Oliy musulmon ruhoniylari vakili; faqih. 2 Mozor, qadamjo kabi ziyoratgohlar mutasaddisi, nazr-niyozlarni qabul qiluvchi ruhoniy.
SHÁSHKA [r] 12 ta oq va 12 ta qora donalar bilan ma’lum qoidalar asosida o‘ynaladigan o‘yin.
SHA’BON [a] Qamariya yili hisobida sakkizinchi oyning nomi.
SHA’N [a] 1 Qadr-qimmat, obro‘. 2 Dong, shuhrat. 3 jo‘nalish kelishigida Birovga bag‘ishlab, maqtab.
SHER [f-t] 1 Mushuksimonlar oilasiga mansub yirik sutemizuvchi yirtqich hayvon.
2 ko‘ch. Azamat, polvon, qo‘rqmas.
SHEROZIY [f-t] Surrang yoki kulrang jingalak junli qo‘zichoq terisi, qorako‘l terining a’lo navi.
SHEVA [f-t] 1 tilsh. Umumxalq tilining ma’lum hududga xos tarmog‘i. 2 ayn. Til.
SHE’R [a] Ma’lum vazn va qofiyali kichik badiiy asar.
SHE’RIYAT [a] 1 She’riy asarlar majmui. 2 O‘ziga maftun qiluvchi, his-tuyg‘u uyg‘otuvchi narsa.
SHIA [a] Muhammad payg‘ambar davridagi Qur’onni tan olib, unga keyin qo‘shilgan diniy aqidaldarni tan olmaydigan oqim, islom mazhablaridan biri.
SHIDDAT [a] Harakatdagi narsa-hodisalarning kuchi, epkini. 2 Zo‘r g‘ayrat.
3 ko‘ch. Qahr, g‘azab.
SHÍFER [nem] Tom yopish uchun ishlatiladigan binokorlik materiali.
SHIFO [a] 1 Kasallikdan xalos bo‘lish, sog‘ayish, tuzalish. 2 Sog‘ayish vositasi, davo.
SHIFR [a] 1 Maxfiy yozishmalar uchun ishlatiladigan shartli belgilar, raqamlar yoki harflar. 2 Kutubxona kitoblariga, ayrim hujjatlarga qo‘yiladigan raqam.
SHIJOAT [a] Qiyin sharoitda ko‘rsatilgan jasorat.
SHIKAST [f-t] 1 Jismoniy zarar. 2 Narsaning zararlangan, singan, lat yegan joyi. 3 ko‘ch. Ko‘ngilsiz hodisa, zarar, falokat.
SHIKOR [f-t] kt. Ov.
SHIKOYAT [a] Biror narsadan nolish, hasrat qilish.
SHÍLLING [ingl] Yevro qabul qilinguniga qadar Avstriyada amalda bo‘lgan pul birligi.
SHIMOL [a] Dunyoning to‘rt tomonidan biri.
SHIMPANZE [fr] Afrikaning tropik o‘rmonlarida yashaydigan odamsimon maymun.
SHÍNA [nem] Harakaktni yengillashtirish uchun g‘ildirakka kiydiriladigan rezina gardish.
SHINEL [r] Maxsus bichimdagi formali palto; harbiylarning qishlik ust kiyimi.
SHIOR [a] Biror g‘oya yoki talabni ifodalovchi qisqa shakldagi chaqiriq.
SHIRA I [f-t] 1 Ho‘l meva va poliz ekinlari tarkibidagi shirin suyuqlik. 2 Inson yoki hayvon organizmi hujayralarida bo‘ladigan suyuqlik. 3 s.t. Ko‘knor po‘stidan tayyorlanadigan kayf beruvchi ichimlik. 4 ko‘ch. Asar yoki gapning mazmun-mohiyati. 5 ko‘ch. Ohangdorlik, jarangdorlik, yoqimlilik.
SHIRA II [f-t] O‘simlik shirasini so‘rib oziqlanadigan mayda hasharot; o‘simlik biti.
SHIRIN [f-t] 1 Shakar, bol, qiyom kabilar ta’miga oid. 2 ko‘ch. Lazzatbaxsh, yoqimli. 3 ko‘ch. Yaxshi, ajoyib.
SHIRKAT [a] 1 Ma’lum ishni amalga oshirish maqsadida birlashgan kishilar uyushmasi. 2 Teng huquqli ishtirokchilardan tashkil topgan sanoat yoki savdo uyushmasi.
SHIRVOZ [f-t shirboz] Qo‘yning sut emib o‘sayotgan semiz bolasi.
SHIYPON [xit] 1 Atrofi odatda har tomonidan ochiq yozlik bino. 2 Dalada dehqonlarning dam olishi va ovqatlanishi uchun qurilgan maxsus bino.
SHISHA [f-t] 1 Kvars qumiga boshqa moddalarni qo‘shib eritish, kimyoviy ishlov berish yo‘li bilan olinadigan qattiq shaffov material. 2 Shunday materialdan yasalgan bo‘g‘zi tor idish.
SHKAF [r] Turli anjomlar solib qo‘yiladigan javon.
SHKALA [lot] 1 O‘lchov asboblarining daraja ko‘rsatuvchi chiziqlari. 2 Biror kattalikni, miqdorni va sh.k.larni baholash uchun qabul qilingan sonlar sistemasi.
SHLANG [nem] Rezina yoki polietilendan yasalgan egiluvchan quvur.
SHLYÁPA [r] Atrofi soyabonli bosh kiyim.
SHOD [f-t] Mamnun, quvongan, xursand.
SHOGIRD [f-t] 1 Biror usta yoki mutaxassisdan hunar yoki bilim o‘rganayotgan kishi. 2 Biror ta’limotning davomchisi.
SHOH [f-t] 1 ayn. Podshoh. 2 Shahmat o‘yinidagi eng asosiy figura. 3 Shahmat o‘yinida: raqibga qilingan hujum. 4 Narsa yoki kimsalarning eng sarasi.
SHOIR [a] 1 She’riy asarlar yozadigan kishi. 2 Baxshi, oqinlar ismiga hurmat yuzasidan qo‘shib aytiladi.
SHOKOLAD [r] Kakao, shakar va sut aralashmasidan tayyorlanadigan shirinlik.
SHOKOSA [f-t] Katta kosa.
SHON [a] 1 Ezgu ishlar tufayli erishilgan hurmat, obro‘. 2 Yaxshi nom, dong, shuhrat.
SHONA [f-t] G‘o‘za guli.
SHOVINIZM [fr] Irqiy ayirmachilik va milliy nizoni avj oldirishga urinuvchi burjua millatchiligi.
SHOVUL [r shavel] Otquloqqa o‘xshash, nordon ta’mli ko‘p yillik o‘t; qo‘ziquloq.
SHOX I [f-t] O‘simliklar tanasidan yon-veriga o‘sib chiqadigan tarmoq.
SHOX II [f-t] Ba’zi hayvonlarning boshidan o‘sb chiqadigan qattiq o‘simta.
SHOYI [f-t] 1 Ipakdan to‘qilgan gazlama. 2 s.t. Shunday gazlamadan tikilgan kiyim.
SHPARGÁLKA [pol] Imtihon vaqtida o‘qituvchidan yashirincha foydalanish uchun tayyorlangan javoblar yozilgan qog‘oz.
SHTAMP [ital] To‘rtburchak muhr.
SHTAT [nem] Ba’zi davlatlarda ma’lum darajada o‘z-o‘zini boshqarish huquqiga ega bo‘lgan ma’muriy-hududiy birlik.
SHUBA [r] Mo‘ynali qishki kiyim.
SHUBHA [a] Biror narsaning haqqoniyligiga, to‘g‘riligiga ishonmaslik; gumon.
SHUDGOR [f-t] 1 Haydalgan, chopilgan yer. 2 Haydash, chopish.
SHUHRAT [a] Xalq oldida katta xizmat, jasorat uchun qozonilgan obro‘.
SHUKR [a] und. s. Biror narsadan mamnunlikni, minnatdorchilikni ifodalaydi.
SHURUP [nem] Burama mix.
SHUUR [a] Ong, tushuncha.
SHO‘BA [a] 1 Tashkilot yoki muassasaning alohida bir bo‘limi. 2 mus. Shashmaqom bo‘limi.
SHU’LA [a] 1 Yorug‘lik, nur. 2 ayn. Alanga.
SHO‘R I [f-t] 1 Tuzi me’yoridan ortiq solingan. 2 Tarkibida tuz moddasi ko‘p bo‘lgan. 3 ot Yer betida hosil bo‘lgan tuz moddasi. 4 Terning kiyimga chiqishidan hosil bo‘lgan dog‘.
SHO‘R II [f-t] 1 Tolei past, baxtsiz, bechora. 2 Azob-uqubat.
SHO‘RA [f-t] G‘ovlab o‘sadigan barglarining usti yaltiroq, osti kul rang yovvoyi o‘t.
SHO‘X [f-t] 1 O‘yinqaroq, to‘polonchi. 2 Xushchaqchaq, quvnoq. 3 Tez harakat qiladigan; o‘ynoqi. 4 ko‘ch. Kishiga shodlik bag‘ishlaydigan.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin