Yorqinoy Hamrayeva


------------------ G‘ --------------------------



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə28/31
tarix14.06.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#129874
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
o`zlashmalar

------------------ G‘ --------------------------
G‘AFLAT [a] 1 Bilmay qolish, bexabarlik. 2 ko‘ch. Narsalarning mohiyatiga tushunmaslik, nodonlik.
G‘ALABA [a] 1 Jangda, kurashda qo‘lga kiritilgan muvaffaqiyat. 2 Umuman biror ishda erishilgan yaxshi natija.
G‘ALAYON [a] 1 Norozilik bildirib ko‘tarilgan qo‘zg‘olon. 2 ko‘ch. Kishi ichki dunyosidagi tug‘yon.
G‘ALATI [a+f-t] 1 Kishini hayratga soladigan, ajoyib. 2 Odatdagidek emas, boshqalarga o‘xshamaydigan. 3 O‘z tabiiy holatini o‘zgartirgan.
G‘ALLA [a] Boshoqli ekinlar hosili, don.
G‘ALTAK [f-t] Ip, sim o‘rami.
G‘AM [a] Ruhiy azob, qayg‘u.
G‘AMXO‘R [a+f-t] Kimsa uchun qayg‘uradigan, mehribon.
G‘AMZA [a] Ishva, noz.
G‘ANIM [f-t] Yov, dushman, raqib.
G‘ANIMAT [a] 1 esk. kt. Qo‘lga kiritilgan narsa, o‘lja. 2 Tezda o‘tib ketadigan, qayta takrorlanmaydigan.
G‘ARAZ [a] Biror kimsaga qarshi qaratilgan yomon maqsad, adovat.
G‘ARB [a] Dunyoning to‘rt tomonidan biri – Sharqqa qarama-qarshi tomon.
G‘ARBIY [a] G‘arb tomonda joylashgan, kunbotar tomondagi.
G‘ARIB [a] 1 Qarindosh-urug‘i yo‘q, biror homiysi, ko‘makchisi bo‘lmagan musofir. 2 Kambag‘al, qashshoq, bechora.
G‘AROYIBOT [a] Ajoyib, hayratlanarli narsalar.
G‘AVVOS [a] Suvga sho‘ng‘uvchi va suv osti ishlarini bajaruvchi kishi.
G‘AYRAT [a] Ish-harakatni tezroq bajarishga bo‘lgan ishtiyoq.
G‘AYRI [a] 1 Notanish, yot, begona. 2 Boshqacha, o‘zgacha.
G‘AZAB [a] Kuchli darajadagi nafratlanish, qahrlanish hissi.
G‘AZAL [a] Mumtoz she’r janri.
G‘AZALNAVIS [a+f-t] G‘azal yozuvchi.
G‘IJJAK [f-t] Kamonchali milliy cholg‘u asbobi.
G‘ILMON [a] din. Jannatda bo‘ladigan xizmatkor yigit.
G‘ILOF [a] Buyumni shikastdan asraydigan maxsus jild, qoplama.
G‘IYBAT [a] Birovni orqavorotdan yomonlab gapirish.
G‘ISHT [f-t xisht] Qolip yordamida yasaladigan to‘rtburchak qurilish materiali.
G‘OFIL [a] Hech narsadan bexabar, g‘aflatda qolgan.
G‘OLIB [a] Urush, jang, kurash, tortishuv va sh.k.larda g‘alaba qozongan, ustun chiqqan.
G‘OYA [a] 1 Biror ish-harakat qilish haqidagi fikr, niyat, maqsad. 2 Dunyoqarashning asosiy muhim tamoyili.
G‘OYAVIY [a] Muayyan bir g‘oyaga asoslangan.
G‘OYIB [a] Mavjud bo‘lmagan; ko‘rinmaydigan; yo‘q.
G‘UBOR [a] 1 Chang, to‘zon. 2 ko‘ch. Ko‘ngil xiraligi, xafalik.
G‘ULOM [a] esk. kt. Saroyda xizmat qiluvchi yosh xizmatkor yigit.
G‘UNAJIN [mo‘g‘] Ikki yoshdan oshgan urg‘ochi buzoq.
G‘UNCHA [f-t] 1 Hali ochilmagan gul. 2 ko‘ch. Biror hodisaning boshlanish payti.
G‘URBAT [a] 1 G‘am-g‘ussa, xafalik, kulfat. 2 Vatandan uzoqda yashash, musofirlik.
G‘URUR [a] 1 Insonning o‘z qadr-qimmatini bilish hissi, izzat-nafs. 2 Mamnun bo‘lish, faxrlanish hissi. 3 Faxrlanishga asos bo‘ladigan kimsa yoki narsa. 4 Kibru havo.
G‘USSA [a] G‘am, qayg‘u; hasrat, alam.
G‘O‘LA [f-t] 1 Xodadan kesib olingan bo‘lak. 2 Umuman g‘o‘lasimon narsa.
G‘O‘R [f-t] 1 Pishmagan, xom. 2 ko‘ch. Pishiq ishlanmagan. 3 ko‘ch. Turmush qiyinchiliklarini ko‘rmagan, hayot tajribasi yetishmaydigan.
G‘O‘ZA [f-t] Gulxayrilar oilasiga mansub bir yillik o‘simlik, paxta o‘simligi.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin