------------- CH ---------------------------- CHAMAN [f-t] Gulzor, gul ko‘p joy.
CHAMBARCHAS [f-t] Yechilib ketmaydigan, mahkam.
CHANDON [f-t] rvsh 1 Marta, karra. 2 Har qancha, qanchalik.
CHANG [f-t] Torlari qo‘sh cho‘p bilan urib chalinadigan to‘rtburchak shakldagi musiqiy asbob.
CHANGAL [f-t] 1 Panja. 2 ko‘ch. Tutqunlik ramzi. 3 Siqim.
CHANGALZOR [f-t] Tikanli butalar o‘sadigan joy.
CHAPAK [f-t] Kaftlarning bir-biriga urilishidan chiqadigan tovush; qarsak.
CHAPDAST [f-t] Chaqqon, epchil, abjir.
CHARM [f-t] Pishiq teri, ko‘n.
CHAROG‘ON [f-t] Yorug‘; porloq.
CHARX [f-t] 1 Yigirish asbobi. 2 Har xil asboblarning aylanadigan qismi.
3 Qayroq. 4 ko‘ch. Aylana, dunyo.
CHARXPALAK [f-t+a] Ariq ichida aylanib, yuqoriga suv chiqaradigan moslama.
CHASTOTA [r] fiz. Ma’lum vaqt ichida takrorlangan harakat yoki tebranishlar soni.
CHAVANDOZ [f-t] Ot choptirish, otda o‘ynash san’atini egallagan odam.
CHAVGON [f-t] Ot ustida o‘tirib, uchi egri tayoq bilan to‘p urib o‘ynaladigan o‘yin.
CHEKÁNKA [r] dehq. G‘o‘zaning uchlarini qirqish.
CHEMPION [ingl] Sport musobaqalarining g‘olibi.
CHERKOV [r tserkov] 1 Xristianlar ibodatxonasi. 2 Diniy tashkilot.
CHILANGAR [f-t] Metall buyumlar yasovchi mutaxassis.
CHILLA [f-t] Yilning eng issiq yoki eng sovuq qirq kuni.
CHILLAKI [f-t] 1 ot Uzumning ertapishar navi. 2 sft Ertapishar.
CHINNI [f-t] Maxsus oq loy va undan yasalgan buyumlar.
CHINOR [f-t] Po‘sti ko‘kish, panjasimon shapaloq bargli, uzoq umrli sersoya daraxt.
CHIROY [f-t] 1 Go‘zallik, husn. 2 ko‘ch. Kayfiyat.
CHISTON [f-t] Topishmoq, jumboq.
CHORAK [f-t] 1 To‘rtdan bir ulush. 2 Yilning to‘rtdan bir qismi.
CHORDOQ [f-t] Tom bilan ship oralig‘idagi joy.
CHORIZM [r tsarizm] tar. Ilgarigi Rossiyaning monarxiyaga asoslangan davlat tuzumi.
CHORRAHA [f-t] To‘rt ko‘chaning kesishgan joyi.
CHORYOR [f-t] din. Muhammad payg‘ambarning to‘rtta eng yaqin safdoshi; ilk xalifalar.
CHORSHANBA [f-t] Hafta kuni.
CHOY [xit] 1 Bargi damlab ichiladigan, janubiy o‘lkalarda o‘suvchi yashil buta. 2 Shu o‘simlikning quritib maxsus ishlangan barglari. 3 Shu quritilgan barglardan damlab ichiladigan ichimlik.
CHUNKI [f-t] Sabab bog‘lovchisi.
CHO‘PON [f-t] Qo‘y boquvchi.
CHO‘TKA [r] 1 Narsalarni tozalash uchun mo‘ljallangan qil tolalaridan yasalgan buyum. 2 Bo‘yash, oqlash uchun qildan yasalgan asbob, mo‘yqalam.
CNO’YAN [r chugun] Po‘lat hosil qilish yoki quyma detallar tayyorlash uchun ishlatiladigan, uglerod bilan temirdan iborat qotishma.