Yorqinoy Hamrayeva


----------------------- R -------------------------



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə20/31
tarix14.06.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#129874
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   31
o`zlashmalar

----------------------- R -------------------------
RAB [a] din. Xudo, tangri, parvardigor.
RABOT [a] tar. 1 Qo‘rg‘onlarda soqchilar turadigan joy. 2 Savdo yo‘llaridagi karvonsaroy. 3 Shahardan chetroqdagi turar joy.
RADDIYA [a] 1 Biror xabar, ma’lumotlarni rad etuvchi, ularning asossizligini tasdiqlovchi rasmiy bayonot. 2 Rad javobi.
RADIÁTOR [lot] tex. Dvigateldagi suvni sovituvchi asbob.
RADIÁTSIYA [lot] Nurlanuvchi jismdan chiqadigan elektromagnit nur, energiya.
RADIF [a] ad. She’r misralarida qofiyadan keyin takrorlanuvchi so‘z.
RADIKAL I [lot] 1 mat. Ildiz chiqarish amalining belgisi (√¯) va shu amalning natijasi. 2 kim. Bir kimyoviy birikmadan ikkinchi birikmaga o‘zgarishsiz o‘tadigan turg‘un atomlar guruhi.
RADIKAL II [r radikalniy] sft Qat’iy, keskin, tub.
RÁDIO [lot] Ovozni uzoq masofalarga elektromagnit to‘lqinlar orqali uzatuvchi va qabul qiluvchi vositalar majmui.
RADIOAKTIV [r radioaktivniy] Atom yadrolarining parchalanishiga, nurlanish xossasiga oid.
RADIOSTÁNSIYA [lot] Radio to‘lqinlarini uzatuvchi yoki qabul qiluvchi qurilmalar majmui va ular joylashgan bino.
RÁDIUS [lot] mat. Aylana nuqtasini uning markazi bilan tutashtiruvchi to‘g‘ri chiziq.
RÁDIY [lot] Radioaktiv xususiyatga ega bo‘lgan kimyoviy element, metall.
RAHBAR [a] Yo‘lboshchi, boshliq; ustoz.
RAHM [a] Achinish hissi; shafqat.
RAHMAT [a] 1 und s. Minnatdorchilikni ifodalaydi. 2 din. Marhamat, muruvvat.
RAJAB [a] Qamariya yili hisobida yettinchi oyning nomi.
RAKÉTA [nem] 1 Ichidagi zaryadi yonganda osmonga ko‘tariladigan, mushakbozlikda yoki harbiy ishlarda qo‘llanadigan snaryad; mushak. 2 Reaktiv dvigatelga ega bo‘lgan uchish apparati.
RAKÉTKA [r] Tennis o‘ynash uchun o‘rtasiga to‘r qo‘yib yasalgan rapidasimon buyum.
RAMAZON [a] 1 Qamariya yili hisobida to‘qqizinchi oyning nomi; musulmonlar ro‘za tutadigan muqaddas oy. 2 Shu oyda bolalar yoki tilanchilar eshikma-eshik yurib aytadigan qo‘shiq.
RAMZ [a] Biror g‘oya, tushuncha, hodisa va sh.k.larni eslatuvchi shartli belgi.
RANG [f-t] 1 Bo‘yoq. 2 Tus.
RANDA [f-t] Duradgorlik asbobi.
RAPIDA [f-t] Non yopishda ishlatiladigan yassi, keng qo‘lqop.
RAQAM [a] 1 Sonni yozuvda ifodalovchi belgi. 2 Miqdor, ko‘rsatkich.
RAQIB [a] 1 O‘yinda qarshi tomon. 2 Dushman, yov.
RAQS [a] 1 San’atning tan harakatlari vositasida badiiy obrazlar yaratuvchi turi. 2 Musiqaga mos turli maqomlar bilan bajariladigan harakat.
RASAD [a] kt. astr. Osmon jismlarini kuzatish.
RASADXONA [a+f-t] ayn. Observatoriya.
RASM I [a] Surat, tasvir.
RASM II [a] Odat, udum.
RASMAN [a] rvsh Rasmiy ravishda, qoidaga muvofiq.
RASMIY [a] 1 Hukumat, davlat yoki biror tashkilotga oid, shular tomonidan belgilangan. 2 Qonuniy ravishda tasdiqlangan. 3 ko‘ch. Quruq rasmiyatchilik yuzasidan. 4 tilsh. Hujjat tiliga xos bo‘lgan.
RASSOM [a] Rasm chizuvchi san’atkor.
RASTA [f-t] Savdo do‘konlari qatori.
RASUL [a] Ollohning elchisi.
RÁTSIYA [lot+r] Qabul qiluvchi va eshittiruvchi ko‘chma radiostansiya.
RAVZA [a] esk. kt. Gulzor, bog‘.
RAVISH [f-t] 1 Harakat, hodisa, jarayonning borishidagi o‘ziga xos xususiyat. 2 Usul, tarz, yo‘sin. 3 tilsh. So‘z turkumi.
RAVNAQ [f-t] kt. 1 Porlash; husn, ko‘rk. 2 Taraqqiyot, rivoj, gullab yashnash.
RAVON [f-t] 1 Bir tekisda, to‘xtovsiz. 2 Tekis, silliq. 3 Mantiqiy va uslubiy jihatdan to‘g‘ri bog’langan. 4 Oson harakatlanadigan.
RAYHON [a] bot. Oshko‘k uchun ekiladigan xushbo‘y o‘simlik
RASHK [f-t] Yaxshi ko‘rgan kishisini qizg‘anish.
RA’NO [a] bot. Atirgullilar oilasiga mansub ko‘p yillik o‘simlik va uning xushbo‘y guli.
REÁKSIYA [lot] 1 kim. Ikki yoki bir necha modda o‘rtasidagi o‘zaro kimyoviy ta’sir. 2 Tashqi ta’sirga javoban ko‘rsatilgan aks ta’sir.
REAKTIV I [lot] kim. Boshqa moddalar bilan birga ma’lum kimyoviy reaksiyani vujudga keltiruvchi va shu tariqa izlanayotgan moddaning bor-yo‘qligini aniqlab beruvchi modda.
REAKTIV II sft [r reaktivniy] Bug‘, gaz va sh.k.lar oqimining tepki kuchi natijasida harakat qiladigan.
REAL [r realniy] 1 Haqiqatan mavjud bo‘lgan; chin. 2 Amalga oshirish mumkin bo‘lgan.
REALIZM [lot] Adabiyot va san’atda: voqelikni haqqoniy tasvirlashni talab qiluvchi yo‘nalish.
REFERAT [lot] 1 Biror asar, ilmiy ish va sh.k.ning qisqacha yozma mazmuni. 2 O‘qilgan asar haqidagi qisqacha ma’ruza.
REFERÉNDUM [lot] Davlat ahamiyatiga ega bo’lgan muhim masalalar yuzasidan umumxalq fikrini olish, shunday masalalarni yalpi ovozga qo‘yish.
REFLEKS [lot] Organizmning tashqi ta’sirga javoban oliy nerv sistemasi ishtirokida ko‘satadigan reaksiyasi.
REFLEKTIV [r reflektivniy] Refleks orqali ro‘y beradigan, g‘ayriixtiyoriy.
REFÓRMA [fr+lot] Qayta qurish, islohot.
REJA [f-t] Biror ishni bajarish uchun oldindan belgilangan mo‘ljal.
REKLÁMA [lot] 1 Turli yo‘llar bilan hammaning diqqatini tortish. 2 Shu maqsadda chiqarilgan e‘lon, eshittirish, ko‘rsatuv, rasm va sh.k.lar.
REKONSTRÚKSIYA [lot] 1 Yaxshilash, takomillashtirish maqsadida qayta qurish, yangitdan uskunalash. 2 Qadimgi inshoot, san’at asarlarini ularning saqlanib qolgan ayrim bo‘laklariga asoslanib qayta tiklash.
RÉKTOR [lot] Oliy o‘quv yurtining rahbari.
REKTORAT [lot] Rektor rahbarligidagi ma’muriy bo‘lim.
RENTGEN [nem] 1 Qisqa elektromagnit to‘lqinidan iborat ko‘rinmas nurlar. 2 Shunday nurlar bilan tekshirish apparati. 3 fiz. Rentgen va gamma nurlarining o‘lchov birligi.
REPETÍTSIYA [lot] Sahna asarlari yoki tomoshalarni ko‘rsatish oldidan qilinadigan tayyorgarlik.
REPORTAJ [ingl+r] Matbuot uchun tayyorlangan xabar.
RESPÚBLIKA [lot] Hokimiyatning oliy organlari ma’lum muddatga saylanadigan davlat tuzumi va shunday davlatning o‘zi.
RESURS [fr] Zaruriyat tug‘ilganda foydalanish uchun mavjud bo‘lgan boylik.
RETSEPT [lot] Bemorga vrach yozib bergan tavsiya qog‘ozi.
REVMATIZM [yun] Bo‘g‘im va paylarning yallig‘lanishi bilan kechuvchi kasallik.
REZIDÉNSIYA [lot] Davlat boshlig‘i yoki hukumatning, shuningdek katta mansab egalarining doimiy qarorgohi.
REYS [nem] Kema, samolyot, mashina kabi transport vositalarining rejali qatnovi.
RÉYTING [ingl] To‘plangan ballar asosida baholash tizimi.
REZÍNA [r] Kauchukni vulkanizatsiya qilish yo‘li bilan olinadigan elastik material.
REZÍNKA [r] 1 Tortganda cho‘ziladigan rezinali tasma. 2 s.t. ayn. Rezina.
RIAL [f-t] Eron, Yaman, Qatarda pul birligi.
RING [ingl] Boks maydoni.
RISOLA [a] Biror kasbga, sohaga oid kitobcha.
RITM [yun] Biror hodisa yoki ish-harakat elementlarining ma’lum vaqt oralig‘ida tartibli takrorlanib turishi.
RIVOJ [a] Bir holatdan yuqoriroq holatga o‘tish; o‘sish, yuksalish.
RIYOZIYOT [a] esk. ayn. Matematika.
RIZQ [a] Hayot uchun zarur ozuqa. 2 Nasiba.
RISHTA [f-t] 1 Ip, arqon. 2 ko‘ch. Aloqa, bog‘lanish.
ROBITA [a] esk.kt. O‘zaro munosabat, aloqa, bog‘lanish.
ROBOT [chex] Murakkab harakatlarni odamdek bajaradigan avtomat; temir odam.
ROHIB [a] Xristian dinidagi monax; zohid.
ROL [fr] 1 Sahna asarida yoki kinofilmda aktyor gavdalantiradigan obraz. 2 Ahamiyat, o‘rin.
ROMAN [fr] Murakkab sujetli, katta hajmdagi nasriy asar.
ROMÁNTIKA [fr] Zo‘r ko‘tarinki ruh uyg‘otadigan, kishini ulug‘likka ilhomlantiruvchi g‘oya va tuyg‘ular bilan to‘lib toshgan tushuncha.
ROMB [yun] mat. Hamma tomonlari teng, burchaklari to‘g‘ri bo‘lmagan parallelogramm.
ROST [f-t] 1 sft To‘g‘ri, adil. 2 Haqiqatga asoslangan, chin. 3 ot Haqiqat.
ROYAL [fr] Metall torlari gorizontal tortilgan klavishli katta musiqiy asbob.
RUBL [r] Rossiya pul birligi.
RUBOB [f-t] Besh torli milliy musiqa asbobi.
RUBOIY [a] ad. To‘rt misradan iborat, tugal ma’no ifodalovchi she’r.
RUDA [r] Tabiiy mineral xomashyo.
RUH I [a] 1 Kishining ichki holatini, kechinmalarini aks ettiruvchi kayfiyati. 2 ko‘ch. Jonlilik, fayz. 3 din. Kishi o‘lganidan keyin uning tanidan chiqib abadiy yashaydigan arvoh. 4 Ong, tafakkur.
RUH II [a] Kimyoviy element, yuqori temperaturada eriydigan, kumushsimon oq metall.
RUHIY [a] 1 Kishi ruhiga oid. 2 ayn. Ma’naviy.
RUKN [a] 1 esk. Ustun. 2 Gazeta, jurnal va sh.k.da: biror bo‘limnig sarlavhasi.
RUKZAK [nem] Orqaga osib yuriladigan sumka, yuk xalta.
RUL [goll] Transport vositalarining boshqarish mexanizmi.
RÚPIY [sanskrit tilidan] Hindiston, Pokiston, Indoneziya, Birma, Seylon kabi mamlakatlarning pul birligi.
RUTUBAT [a] Namlik, zaxlik.
RUXSAT [a] Rozilik, izn. 2 kesim vazifasida «Ketishingiz mumkin» ma’nosida.
RÚCHKA [r] Yozuv quroli.
RO‘MOL [f-t+a] Ayollar bosh kiyimi.
RO‘PARA [f-t] Qarama-qarshi tomon.
RO‘YXAT [f-t+a] Narsa va kimsalarni ma’lum tartibda hisobga olib yozilgan hujjat.
RO‘Z [f-t] kt. Kun.
RO‘ZA [f-t] 1 din. Musulmonlarning Ramazon oyida kun davomida ovqatlanish va boshqa huzur-halovatdan o‘zlarini tiyish odati. 2 s.t. Ramazon oyi.
RO‘ZG‘OR [f-t] Oila va unga tegishli bo‘lgan narsalar.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin