------------------ O ---------------------- OBAKI [f-t] Uzumning oq chillakiga o‘xshash shirin turi.
OBI-HAVO [f-t+a] Atmosfera quyi qatlamining ma’lum vaqt va ma’lum joydagi holati.
OBI-HAYOT [f-t+a] mif. Hayot suvi.
OBOD [f-t] Gullab-yashnagan.
ÓBRAZ [r]Badiiy asar qahramoni, personaj.
OBRO‘ [f-t] Hurmat, nufuz.
OBSERVATÓRIYA [lot] Maxsus asboblar yordamida osmon jismlarini va meteorologik hodisalarni kuzatish bilan shug‘ullanuvchi ilmiy muassasa va uning binosi; rasadxona.
OBYEKT [lot] 1 fals. Bizdan tashqarida va bizning ongimizga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘lgan borliq, voqelik, moddiy dunyo. 2 Kishi faoliyati, diqqat-e’tibori qaratilgan narsa, shaxs. 3 Xo‘jalik yoki mudofaa ahamiyatiga ega bo‘lgan ayrim joy.
OBYEKTIV I [lot] fiz. Bir necha linzadan iborat optik asbob.
OBYEKTIV II [lot] sft fals. 1 Ong bilan bog‘liq bo‘lmagan. 2 Xolisona, betarafona.
ODAM [a] Ongli jonli mavjudot.
ODAMZOD [a+f-t] Odam bolasi.
ODAT [a] 1 Ko‘nikma. 2 Rasm-rusum, urf.
ODEKOLON [fr] Xushbo‘y moddalarning spirtdagi eritmasidan iborat suyuqlik; atir.
ODIL [a] Adolatli.
ÓFIS [ingl] Idora, muassasa.
OFITSIANT [lot] Restoran, kafe va sh.k.larda xo‘randalarga xizmat qiluvchi.
OFTOB [f-t] 1 Quyosh, kun. 2 Quyosh nuri tushib turgan joy.
OGOH [f-t] 1 Bo‘lib o‘tgan ish-harakat yoki voqea-hodisadan xabardor. 2 Xushyor, sergak.
OHANG [f-t] 1 Bir-biri bilan uyg‘unlashgan yoqimli tovushlar tizimi. 2 Musiqiy asar; kuy. 3 Nutqda ovozning ko‘tarilishi yoki pasayishi.
OHISTA [f-t] rvsh 1 Past ovozda. 2 Shoshmasdan, sekin. 3 Bilinar-bilinmas.
4 Hovliqmasdan, bosiqlik bilan. 5 Ehtiyotlik bilan, avaylab.
OHOR [f-t] 1 maxs. Ip, gazlama yoki kiyimga pardoz berish yoki qotirish uchun ishlatiladigan modda; kraxmal. 2 Shunday modda bilan yangi narsaga, kiyimga berilgan ishlov.
OHU [f-t] Kiyik.
OILA [a] 1 Er-xotin, yaqin tug‘ishganlardan iborat kishilar majmui. 2 Tuzilish va kelib chiqish jihatdan o‘zaro yaqin bo‘lgan bir necha urug‘, narsani o‘z ichiga olgan guruh.
OJIZ [a] 1 Jismoniy jihatdan kuchsiz. 2 ko‘ch. Biror ish uchun hech nima qo‘lidan kelmaydigan; ilojsiz. 3 Ko‘rish qobiliyati yo‘q odam.
OKEAN [yun] geogr. Yer qit‘alari orasidagi bepoyon suv havzasi; ummon.
OKSID [yun] Kimyoviy elementning kislorod bilan birikishidan hosil bo‘lgan modda.
OLAM [a] 1 Butun mavjudot, borliq, dunyo. 2 Butun yer yuzidagi xalqlar. 3 Ijtimoiy guruh, jamiyat. 4 Biror soha, kasb egalari. 5 din. Bu dunyo.
OLIJANOB [a] 1 Yuqori darajada odobli. 2 Odamgarchiligi baland; himmatli.
3 Juda yaxshi.
OLIMPIÁDA [yun] 1 To‘rt yilda bir o‘tkaziladigan xalqaro sport musobaqasi. 2 San’at, bilim sohalari bo‘yicha yutuqlar ko‘rigi; bellashuv.
OMAD [f-t] Ishning o‘ngidan kelishi; baxt.
OMIL [a]Ish-harakat, voqea-hodisa va sh.k.larning yuzaga chiqishi uchun sabab bo‘lgan narsa.
OMON [a] Sog‘-salomat.
OMONAT [a] 1 Saqlab berish uchun topshirilgan. 2 Puturdan ketgan, zo‘rg‘a ilinib turgan.
OMÓNIM [yun] tilsh. Shakli va talaffuzi bir xil, ma’nosi har xil bo‘lgan so‘zlar; shakldoshlar.
ÓPERA [lot] 1 Musiqali yirik dramatik sahna asari. 2 Shunday asar ijro etiladigan teatr.
ÓPIUM [yun] ayn. Afyun.
ÓPTIKA [yun] 1 Fizikaning yorug‘lik va uning xususiyatilari haqidagi bo‘limi. 2 Yorug‘likning aks etish va sinish qonunlariga asoslangan asbob-uskunalar.
OPTIMIST [lot+r] Kelajakka komil ishonch bilan qarovchi, hayotdan zavq oluvchi kishi.
OQIBAT I [a] Qadrdonlik, mehr-muhabbat.
OQIBAT II [a]Oxirgi yakun, natija.
OQIL [a] O‘tkir aql sohibi.
OQILONA [a] rvsh Aql bilan.
OR [a] 1 O‘ziga munosib ko‘rilmaydigan ishdan uyalish. 2 Obro‘, faxr.
ORANGUTAN [malayyacha] Odamsimon maymunlarning bir turi.
ÓRGAN [yun] 1 Odam, hayvon, o‘simlik va umuman jonli organizmlarning ma’lum bir funksiyani bajaradigan qismi; a’zo. 2 Biror boshqarma tizimi tarkibiga kiruvchi muassasa, tashkilot.
ORGÁN [yun] Katta-kichik trubalarga dam bilan yetkazib berib turiladigan havo yordamida chalinadigan klavishli katta musiqiy asbob.
ORGÁNIK [r organicheskiy] 1 Organizmga oid; tirik, jonli. 2 Tirik organizmlar mahsulidan olingan.
ÓRDEN [lot] Harbiy yoki fuqarolik burchini namunali bajarganlik uchun beriladigan nishon.
ÓRDER [fr] Biror narsani olish, berish, biror ishni bajarish haqida berilgan ijozat qog‘ozi, buyruq varaqasi.
ORDINÁTA [lot] mat. Fazodagi nuqtaning vaziyatini aniqlovchi uch koordinatadan biri.
ORFOÉPIYA [yun] So‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish haqidagi qoidalar.
ORFOGRÁFIYA [yun] So‘zlarni to‘g‘ri yozish haqidagi qoidalar; imlo.
ORIF [a] Ma‘rifatli, bilimli, dono.
ORIYAT [a] Or-nomus, izzat.
ORKÉSTR [fr] Musiqiy asarni birgalikda ijro etuvchi cholg‘u asboblari yig‘indisi va shu asboblarni chaluvchilar jamoasi.
ORZU [f-t] Dildagi istak; ezgu umid.
OSMON [f-t] 1 Yer ustida gumbaz shaklida ko‘rinib turgan moviy fazo. 2 ko‘ch. s.t. Juda baland.
OSON [f-t] Qiyin emas; yengil, jo‘n, sodda.
OSTONA [f-t] 1 Bo‘sag‘a. 2 ko‘ch. Uy, xonadon. 3 ko‘ch. Qishloq yoki shaharga kiraverishdagi joy. 4 ko‘ch. Biror voqeaning boshlanish payti.
5 geogr. Suvlikdagi kemalar yurishini qiyinlashtiradigan do‘nglik.
OTASH [f-t] O‘t, olov.
OTASHIN [f-t] kt. Qalb harorati bilan isitilgan; qizg‘in.
OVORA [f-t] 1 Bir joyda qo‘nim topmagan.
2 Biror ish-harakat bilan mashg‘ul.
OVQAT [a] 1 Yemak, taom. 2 Tirikchilik uchun zarur narsalar.
OXIR [a] So‘ng, poyon.
OYAT [a] din. Qur’onda yozilgan nasihat va rivoyatlardan har biri.
OYNA [f-t] 1 Yassi shisha. 2 Deraza. 3 Ko‘zgu. 4 ko‘ch.Biror holatni yoritib, aks ettirib turgan narsa.
OZOD [f-t] 1 Erkin, hur; bo‘sh. 2 Tutqunlikdan qo‘yib yuborilgan. 3 kim. Birikmagan holdagi.
OZON [yun] Kislorodning bir ko‘rinishi, o‘ziga xos hidli gaz.
OZOR [f-t] Jismoniy yoki ruhiy azob.
OSH [f-t] 1 Issiq taom. 2 s.t. ayn. Palov.
OSHIQ [a] 1 Birovni sevib qolgan. 2 Biror narsaga juda berilgan.
OSHKOR [f-t] 1 sft Ochiq-oydin. 2 rvsh Yashirmasdan, ro‘y-rost.
OSHPAZ [f-t] Taom pishirishni kasb qilgan odam.
OSHYON [f-t] kt. 1 Qush uyasi, in. 2 ko‘ch. Yashirinib, jon saqlash mumkin bo‘lgan joy, boshpana. 3 ko‘ch. Oila, uy-joy.
OCHKO [r] O‘yin, musobaqalarda yutuqni ko‘rsatuvchi hisob birligi.