----------------------- M ------------------------ MABLAG‘ [a] Yig‘ilgan pul, sarmoya.
MADAD [a] Ko‘mak, yordam, dalda.
MADHIYA [a] 1 Kishi, narsa, shuningdek biror voqeani maqtab yozilgan she’r. 2 Davlat ramzi sifatida qabul qilingan tantanali qo‘shiq.
MADOR [a] Kuch-quvvat.
MADRASA [a] 1 tar. Islom mamlakatlaridagi, shuningdek XX asr boshlariga qadar O‘rta Osiyodagi diniy oliy o‘quv yurti. 2 O‘rta Osiyo va Qozog‘iston diniy boshqarmasi qoshidagi diniy maktab.
MAFKURA [a] Falsafiy, diniy, siyosiy, huquqiy, axloqiy madaniy qarashlar sistemasi.
MAFTUNKOR [a+f-t] Kishini o‘ziga qaratadigan, yoqimli.
MÁGMA [yun] geol. Yerning chuqur qatlami ichida hosil bo‘ladigan cho‘g‘simon suyuq modda.
MAGNIT [yun] Temir va po‘lat jismlarni o‘ziga tortish yoki o‘zidan itarish xususiyatiga ega bo‘lgan jism.
MAGNITOFON [r]Audiomagnitofon – ovozni elektromagnit usuli bilan kassetaga yozib oladigan va eshittiradigan apparat. Videomagnitofon – ovoz va tasvirni shunday usulda videokassetaga yozib oladigan va ko‘rsatib, eshittiradigan apparat.
MÁGNIY [lot+r] Kimyoviy element, kumushrang yaltiroq yengil metall.
MAHAL [a] Payt.
MAHALLA [a] Shahar yoki qishloqning bir necha ko‘chani o‘z ichiga olgan qismi va uning aholisi.
MAHBUS [a] Ozodlikdan mahrum etilgan kishi; tutqun.
MAKAMA [a] Hokimiyat organi, hukm chiqaruvchi idora.
MAHKUM [a] Jazoga hukm qilingan.
MAHORAT [a] Biror ish yoki kasbda orttirilgan ustalik.
MAHSUL [a] 1 Ish, mehnat samarasi. 2 Hosil, unum.
MAHSULOT [a] Ishlab chiqarilgan narsa.
MAJBURIY [a] Amalga oshirilishi shart bo‘lgan.
MAJBURIYAT [a] 1 Ixtiyoriy bo‘lmagan vazifa, burch yoki eshtiyoj. 2 Mehnat ahllarining biror ishni bajarish uchun bergan qat’iy va’dasi.
MAJHUL [a] esk. 1 kt. Noaniq. 2 mat. Noma’lum.
MAJLIS [a] 1 Yig‘ilish. 2 esk. To‘y, ziyofat, o‘tirish va ularning qatnashchilari.
MAJMUA [a] 1 Ma’lum tartibda to‘plangan matnlar, ma’lumotlar, asarlar to‘plami.
2 esk. To‘plam shaklida chiqariladigan nashr.
MAJOZ [a] ad. So‘z yoki iboraning ko‘chma ma’noda ishlatilishi.
MAJOZIY [a] Majozga oid, ko‘chma.
MAJUSIY [a] Otashparastlik diniga mansub kishi.
MAKARON [ital] Naycha shaklida quritilgan ugra va undan tayyorlangan taom.
MAKET [fr] Biror narsaning, odatda, kichraytirib ishlangan nusxasi.
MAKTAB [a] 1 Ta’lim-tarbiya muassasasi. 2 Ixtisos o‘rganiladigan o‘quv maskani. 3 Biror sohadagi oqim, yo‘nalish. 4 O‘rganish, tajriba orttirish.
MAKTUB [a] Xat, noma.
MALIKA [a] 1 Ayol podshoh. 2 Podshoh oilasiga mansub ayol.
MAMNUN [a] Ko‘ngli to‘lgan, qanoatlangan.
MANDARIN [fr] Janubda o‘sadigan sitrus o‘simlik va uning shirin xushbo‘y mevasi.
MANFAAT [a] Foyda, naf.
MANFIY [a] 1 mat. Noldan past. 2 fiz. Zarrachalari elektrondan iborat bo‘lgan.
MANGU [mo‘g‘] Abadiy, umrbod.
MANGÚSTA [fr] Janubiy Osiyo va Afrikada yashaydigan kichkina yirtqich hayvon.
MÁNNIY [a+r] Bug‘doy mag‘zidan tayyorlangan mayda yorma.
MANÓMETR [yun] Damlangan bug‘, gaz yoki suyuqlik bosimini o‘lchaydigan asbob.
MANTIQ [a] 1 Tafakkur shakli va qonunlari haqidagi fan. 2 Gap, harakat va sh.k.larning aqlga monandligi; asoslilik.
MANZARA [a] Ko‘rinish, tasvir.
MANZIL [a] Biror kishi yoki tashkilot o‘rnashgan joy.
MANZUR [a] Ma’qul bo‘ladigan.
MAORIF [a] 1 Kishining bilim va ongini oshirish, umumiy saviyasini ko‘tarish uchun qaratilgan ta’lim-tarbiya. 2 Ta’lim-tarbiya, maktab ishlarini boshqaruvchi idora.
MAQOL [a] Xalq tomonidan yaratilgan, pand-nasihat mazmuniga ega bo‘lgan ibora.
MAQOLA [a] Gazeta, jurnal, to‘plamlar uchun yozilgan ilmiy yoki publitsistik asar.
MAQSAD [a] Erishish uchun ko‘zda tutilgan narsa, muddao.
MARD [f-t] Qo‘rqishni bilmaydigan, botir. 2 Aytganining ustidan chiqadigan.
MARGÁNES [nem] Kimyoviy element, erishi qiyin bo‘lgan mo‘rt kumushrang metall.
MARGARIN [yun] Mol yog‘i, o‘simlik moyi va boshqa moddalar aralashmasidan tayyorlangan omuxta yog‘.
MARGIMUSH [f-t] 1 Kimyoviy element, ko‘pgina moddalar tarkibida uchraydigan zaharli, qattiq modda. 2 Shu moddadan tayyorlangan preparat.
MARHAMAT [a] 1 Rahm-shafqat, yaxshilik. 2 und.s. Taklif yoki rozilikni bildiradi.
MÁRKA I [nem] 1 Pochta belgisi, to‘rtburchak qog‘ozcha. 2 Tovarga qo‘yilgan tamg‘a. 3 Tovarning navi, xili.
MÁRKA II [nem] Finlandiyada pul birligi.
MARKAZ [a] 1 mat., fiz. Geometrik yoki fizik nisbatlarning o‘rta nuqtasi. 2 Aholi yashaydigan joyning ma’muriy binolar o‘rnashgan asosiy qismi. 3 Biror faoliyat sohasida asosiy ish olib boradigan joy. 4 ayn. Poytaxt. 5 fiziol. Nerv hujayralarining boshqaruvchi guruhi.
MÁRKET [ingl] Oldi-sotdi; bozor.
MARKÉTING [ingl] Iste’molchilar ehtiyojini aniqlash va uni qondirishga yo’naltirilgan faoliyat.
MARMAR [a] Haykaltaroshlik, binokorlik va sh.k.larda ishlatiladigan, turli rangda bo‘ladigan qattiq tog‘ jinsi.
MARMELAD [portugalcha] Ezilgan meva va shakardan tayyorlanadigan qandolat mahsuloti.
MARS [lot] Quyosh sistemasidagi to‘rtinchi katta sayyora; Mirrix.
MARTA [a] Takrorni bildiradi.
MASAL [a] O‘gitli, xulosali kichik majoziy hikoya.
MASALA [a] 1 Hal etilishi lozim bo‘lgan narsa, muammo. 2 Bahs, muhokama mavzui. 3 mat. Matematik vazifa.
MASJID [a] Jam bo‘lib namoz o‘qiladigan, kishilarni iymon-insof, halollik va to‘g‘rilikka da’vat etuvchi o‘gitlar aytiladigan joy.
MASLAHAT [a] 1 Tavsiya, ko‘rsatma. 2 Kengash, fikr almashish.
MASSHTAB [nem] Joyning, narsaning haqiqiy o‘lchami bilan uning xarita yoki chizmadagi kichraytirilgan o‘lchami o‘rtasidagi nisbat.
MAS’UL [a] O‘z zimmasiga olgan ish uchun javobgar bo‘lgan kishi.
MATAL [a] 1 Tugal ma’no ifodalaydigan hikmatli so‘z. 2 Qissa, masal.
MATEMÁTIKA [yun] Obyektiv borliqdagi miqdoriy nisbat va shakllarni o‘rganadigan fan.
MATERIAL [lot] 1 Xomashyo, modda. 2 Asos yoki dalil vazifasini o‘taydigan ma’lumot. 3 Gazlama, mato.
MATERIALIZM [lot] fals. Ruh, ong va tafakkurga nisbatan materiyaning, obyektiv borliqning birlamchiligini, obyektiv borliqning kishi ongi va tafakkuriga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjudligini tan oluvchi ilmiy-falsafiy yo‘nalish.
MATÉRIYA [lot] fals. Kishi ongidan tashqarida va unga bog‘liq bo‘lmagan holda yashaydigan obyektiv borliq.
MAVHUM [a] 1 Aql bilan tasavvur etiladigan; fikriy. 2 Noaniq, mujmal.
MAVJUDOT [a] Olamda bor bo‘lgan narsalar.
MAVZE [a] Shaharning bir mahallasi.
MAXFIY [a] Sir tutiladigan; yashirin.
MAXLUQ [a] 1 Tirik mavjudot. 2 ko‘ch. O‘xshovsiz, xunuk, axloqsiz kishi.
MAXRAJ [a] mat. Kasr chizig‘i ostidagi raqam.
MAXSUS [a] 1 Biror ish yoki narsaga xos bo‘lgan. 2 Ataylab qilingan.
3 Ixtisoslashtirilgan.
MAY [f-t] Ichkilik.
MAYDA [f-t] 1 Kichik bo‘laklardan iborat. 2 Kichik. 3 Ahamiyat jihatdan o‘rin tutmaydigan. 4 Miqdor jihatdan kam bo‘lgan.
MAYL [a] 1 Ishtiyoq, qiziqish, havas. 2 Istak, xohish. 3 Erk, ixtiyor. 4 tilsh. Harakatning voqelikka munosabatini ifodalovchi fe’l kategoriyasi.
MAYOR [lot] Kapitandan bir daraja yuqori bo‘lgan unvon va shu unvon egasi.
MAZA [a] Ta’m, lazzat.
MAZHAB [a] Diniy yo‘nalish.
MAZMUN [a] 1 Umumiy ma’no, mohiyat. 2 fals. Biror hodisaning mohiyatini belgilovchi asosi.
MAG‘IZ [f-t] 1 Meva yoki boshqa narsalarning ichki qismi. 2 ko‘ch. Mohiyat, mazmun.
MAG‘LUB [a] Yengilgan, yutqizgan.
MAG‘RUR [a] Kekkaygan, g‘ururli.
MASHÍNA [fr] 1 Energiyaning bir turini boshqa turdagi energiyaga aylantiruvchi yoki foydali ish bajaruvchi mexanizm. 2 s.t. Avtomobil.
MASH’AL [a] 1 Yoritish uchun ishlatiladigan alangali tayoq. 2 Alanga, olov. 3 ko‘ch. Yo‘l ko‘rsatadigan, namuna bo‘ladigan narsa.
MA’DAN [a] 1 ayn. Mineral 2 ayn. Metall. 3 ayn. Ruda
MA’LUM [a] 1 Hamma biladigan, oshkor. 2 mat. Oldindan berilgan, mavjud. 3 Belgili, o‘lchovli. 4 Mashhur, nom chiqargan.
MA’LUMOT [a] 1 O‘qish-o‘rganish natijasida olingan bilim. 2 Xabar, axborot.
MA’MUR I [a] Boshqarish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor; boshliq.
MA’MUR II [a] Obod va farovon, to‘kin.
MA’NAVIY [a] 1 Kishining ruhiy hayotiga oid. 2 ayn. Axloqiy.
MA’NO [a] So‘z bilan ifodalangan tushuncha.
MA’RIFAT [a] Kishilarning ong-bilimi, saviyasi va madaniyatini oshirishga qaratilgan ta’lim-tarbiya.
MÉBEL [fr] Uy va idora jihozlari.
MEDAL [fr] Alohida xizmatlari va yutuqlari uchun beriladigan nishon.
MEDITSÍNA [a+f-t madadi Sino] ayn. Tibbiyot.
MEDÚZA [yun]Qisib olish xususiyatiga ega, dirildoq tanli dengiz jonivori .
MEGAJIN [mo‘g‘] Urg‘ochi cho‘chqa.
MEHNAT [a] Ish, maqsadli harakat.
MEHR [f-t] Insonning o‘zgaga bo‘lgan samimiy tuyg‘usi, sevgisi.
MEMBRÁNA [lot] fiz., tex. Tebranma harakat qila oladigan parda yoki yupqa plastinka.
MEMUAR [fr] O‘tmish haqida, esdaliklar shaklida yozilgan adabiy asar.
MÉNEJER [ingl] Tashkilotlarda va korxonalarda ish yurituvchi yoki boshqaruvchi.
MENZÚRKA [lot] Suyuqliklarning hajmini o‘lchaydigan asbob.
MERKÚRIY [lot] Quyosh sistemasidagi to‘qqizta katta sayyoradan biri, quyoshga eng yaqini.
MEROS [a] 1 Marhumdan vorislarga qolgan mulk. 2 Ajdodlardan avlodlarga qolgan ilmiy, adabiy, madaniy boylik.
METÁFORA [yun] ad. O‘xshatishga asoslangan ko‘chma ma‘noda ishlatilgan so‘z yoki ibora; istiora.
METALL [yun] O‘ziga xos jiloga ega bo‘lgan, issiqlik va energiyani yaxshi o‘tkazadigan, bolg‘alanuvchan kimyoviy element; qotishma.
METAN [yun] Uglerod bilan vodorod birikmasidan iborat rangsiz gaz.
METATÉZA [yun] tilsh. So‘z ichida tovushlarning o‘rin almashuvi.
METEOROLÓGIYA [yun] 1 Yer atmosferasi, uning tuzilishi, xususiyatlari va unda bo‘ladigan fizik jarayonlar haqidagi fan. 2 Ob-havo va uni oldindan bilish metodlari haqidagi fan.
METIL [yun] kim. Ko‘pgina organik birikmalar tarkibida bo‘ladigan, bir atom uglerod va uch atom vodoroddan iborat guruh.
METILEN [yun] Ko‘pgina organik birikmalar tarkibida bo‘ladigan, bir atom uglerod va ikki atom vodoroddan iborat guruh.
METIS [isp] Turli irqqa mansub er-xotindan bunyodga kelgan avlod.
MÉTOD [yun] 1 Tabiat va jamiyat hodisalarini bilish, tadqiq qilish usuli; uslub.2 Biror ishni bajarish, amalga oshirish usuli yoki usullar tizimi.
METODOLÓGIYA [yun+lot] Umuman ilmiy metod haqidagi, xususan, ayrim fanlarning metodlari haqidagi fan.
METONÍMIYA [yun] tilsh. Biror so‘zning o‘rniga u bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa so‘zni qo‘llash.
METR [yun] 100 santimetrga teng uzunlik o‘lchovi.
METRO [fr] Yer osti temir yo‘li.
MEXÁNIKA [yun] 1 Fizikaning jismlar harakati va ularning qonuniyatlarini o‘rganuvchi bo‘limi. 2 Mashina va mexanizmlar tayyorlash va ularni tuzishga oid.
MEXANIZM [yun] 1 Mashina, apparat va sh.k.larning ichki, ishga soluvchi qismlari.
2 Kimyoviy, fizik, fiziologik va boshqa jarayonlar davomida yuz beradigan ichki hodisalar majmui.
MEZANA [a] Masjidning azon aytiladigan joyi.
MEZBON [f-t] Mehmon kutuvchi.
MEZOLIT [yun] O‘rta tosh asri.
MEZON [a] 1 esk. Tarozi, o’lchov. 2 ko‘ch. Taqqoslash yoki qiyoslash uchun andaza. 3 astr. Savr bilan Saraton o‘rtasidagi burj. 4 Shamsiya yili hisobida yettinchi oy nomi. 5 Ba’zi o‘simliklarning kuzda havoda suzib yuradigan o‘rgimchak uyasiga o‘xshash urug‘ tashuvchilari.
MEZOZOY [yun] Yerning geologik tarixida paleozoy bilan kaynozoy eralari oralig‘idagi davr.
MESH [f-t] Suyuq narsalar solish uchun teridan yasalgan idish.
ME’MOR [a] Bino, inshootlarni loyihalovchi, quruvchi va ularga bezak beruvchi mutaxassis.
ME’YOR [a] O‘lchov.
MIFOLÓGIYA [yun] 1 Afsonalar, rivoyatlar haqidagi fan. 2 Biror xalqning afsona va rivoyatlari majmui.
MIKROFON [yun] Tovushni kuchaytirib, uzoq masofaga yetkazish uchun ishlatiladigan asbob.
MIKROSKOP [yun] Oddiy ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydigan narsalarni tekshirish uchun qo‘llanadigan, kattalashtirib ko‘rsatadigan optik asbob.
MILÍTSIYA [lot] 1 O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston va boshqa mamlakatlarda: jamoat tartibini, fuqarolar xavfsizligini ta‘minlash, ijtimoiy mulkni qo‘riqlash kabi vazifalarni bajaruvchi ma‘muriy boshqarma. 2 s.t. Shunday boshqarma xodimi.
MILK [f-t] Tish o‘zaklarini qoplab turgan et.
MILLAT [a] Tarixan tashkil topgan, tili, madaniyati asosida vujudga kelgan kishilar guruhi.
MILLIARD [fr]1 snq son 1000000000 raqami va shu raqam bilan ifodalangan son, miqdor. 2 Son-sanoqsiz, juda ko‘p.
MILLIONER [fr] Boyligi millionlab hisoblanadigan kishi yoki tashkilot.
MILOD [a] Biror yil hisobi boshlangan payt va shunday yil hisobining o‘zi.
MÍNA [fr] 1 Yer, suv ostiga qo‘yiluvchi snaryad. 2 Otuvchi qurilmadan otiladigan snaryad.
MINERAL I [fr] Yer qobig‘i tarkibida uchraydigan tabiiy kimyoviy birikma yoki element.
MINERAL II [fr] sft Tabiiy kimyoviy birikma elementlarga oid, shunday element yoki birikmalardan iborat bo‘lgan, tarkibida shunday element yoki birikmalar bor.
MÍNIMUM [lot] 1 Eng oz, eng kichik miqdor. 2 Biror soha uchun lozim bo‘lgan eng zaruriy bilim yoki tadbirlar yig‘indisi.
MINNAT [a] Qilgan yaxshiligini yuzga solish.
MINNATDOR [a+f-t] Birovning qilgan yaxshiligidan mamnun, qarzdor.
MÍNUS [lot] 1 mat. Ayirish amalini yoki manfiy miqdorni bildiruvchi (-) belgi. 2 mat. Ayiruv, oluv. 3 mat. Miqdorning manfiyligini, haroratning noldan pastligini bildiruvchi belgi.
MINUT [lot] 1 Soatning oltmishdan bir ulushiga teng vaqt o‘lchovi; daqiqa. 2 Qisqa muddat, lahza. 3 mat. Gradusning oltmishdan bir ulushiga, aylananing yigirma bir ming olti yuzdan bir ulushiga teng burchak va yoy o‘lchov birligi.
MIQDOR [a] Son; sanoq.
MIRZA [a+f-t] 1 tar. Yozuv-chizuv ishlarini olib boradigan lavozimli kishi. 2 ko‘ch. Savodli, o‘qimishli kishilarga murojaat etish shakli. 3 esk. Yuqori tabaqalarga mansub kishi.
MIS [f-t] Kimyoviy element, qizg‘ish rangli qayishqoq metall.
MISRA [a] She‘riy asarning bir qatori.
MIX [f-t] Bir tomoni uchli, ikkinchi tomoni qalpoqli, qoqish uchun ishlatiladigan metall buyum.
MODA I [f-t] Tovuq va bedanadan boshqa qushlarning, dengiz jonivorlarining urg‘ochisi.
MODA II [fr] Ma‘lum bir davrda, ma‘lum muhitda kishilarning ta‘biga, didiga mos bo‘lgan va keng tarqalgan odat, kiyim-kechak va sh.k.lar.
MODDA I [a] Jismlarni tashkil qilgan narsa.
MODDA II [a] Rasmiy hujjat, qonun va sh.k.larning mustaqil bo‘limi.
MOHIYAT [a] 1 Biror narsaning zamiridagi tub, eng muhim ma’no, ichki mazmun, mag‘iz. 2 fals. Narsa va voqealarning eng muhim, mazmunan chuqur ichki belgilari, hodisalari o‘rtasidagi ichki bog‘lanish, ularning yuzaga chiqish xususiyati va usullarini belgilovchi bosh omil.
MOLIYA [a] 1 Aylanib turgan pul mablag‘lari. 2 Pul mablag‘lari to‘plash, taqsimlash kabi ishlar bilan shug‘ullanuvchi davlat organi.
MONÁRXIYA [yun] Yakka hokimiyatchilik shakliga ega bo‘lgan davlat.
MONASTIR [yun] 1 Tarki dunyo qilgan xristianlar jamoasi. 2 Shunday jamoaga qarashli cherkov.
MONE [a] To‘sqinlik, qarshilik qiluvchi narsa.
MONITOR [ingl] Kompyuter ekrani.
MONITÓRING [ingl] Biror holat, natija haqidagi ma’lumotlar.
MONOPÓLIYA [yun] 1 Iqtisogiyotning bir sohasidagi tanho hukmronlik. 2 Xo‘jalikning biror sohasiga yakka hukmronlik qilish va eng ko‘p foyda olish maqsadida kapitalni birlashtirish asosida vujudga kelgan yirik birlashma.
MONTAJ [fr] 1 Mashina, uskuna, inshoot va sh.k.larning qismlarini ma’lum chizma asosida yig‘ish va o‘rnatish. 2 Film, adabiy va musiqiy asarlar, rasm va sh.k.larning parchalarini tanlab olib mazmun va badiiy jihatdan bir butun holga keltirish.
MONTYOR [fr] Elektr simlari, asboblarini tuzatuvchi va ta’mirlovchi ishchi, mutaxassis.
MORFÉMA [yun] So‘zning ma’no anglatuvchi, qismlarga bo‘linmaydigan bo‘lagi; qo‘shimcha.
MORFOLÓGIYA [yun] 1 tib. Organizm, a’zolar tuzilishi haqidagi fan. 2 tilsh. Grammatikaning so‘z tarkibi va shakllarini o‘rganuvchi bo‘limi.
MOSUVO [a] Judo bo‘lgan, ayrilgan.
MOTAM [f-t] Azadorlik munosabati bilan o‘tkaziladigan rasm-rusumlar.
MOTOR [lot] Biror turdagi energiyani mexanik energiyaga aylantiradigan mashina; dvigatel.
MOTOSIKL [r] Ichki yonuv dvigateli kuchi bilan yuradigan ikki g‘ildirakli mashina.
MOZIY [a] kt. O‘tmish.
MOZOR [f-t] 1 Qabriston. 2 Qabr, go‘r.
MOSH [f-t] Dukkaklilarga mansub o‘simlik va uning ovqatga ishlatiladigan to‘q yashil dumaloq doni.
MUALLIM [a] 1 Dars, ilm beruvchi kishi; o‘qituvchi. 2 O‘rgatuvchi; ustoz.
MUAMMO [a] Hal qilinishi zarur bo‘lgan muhim masala, ish.
MUASSASA [a] Xo‘jalik, savdo-sotiq, ilmiy, shuningdek ta’limiy-tarbiyaviy ishlarni olib boruvchi, o‘z ma’muriyatiga ega bo‘lgan tashkilot.
MUATTAR [a] Yoqimli hid taratuvchi.
MUBOLAG‘A [a] 1 ad. Tasvirlanayotgan narsa, hodisaning sifatini bo‘rttirib, orttirib ko‘rsatish. 2 Umuman oshirib yuborish; lof.
MUHABBAT [a] 1 Sevgi. 2 Biron narsaga berilish tuyg‘usi.
MUHANDIS [a] Texnikaning biror sohasi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassis.
MUHARRIR [a] 1 Matnni tahrir qiluvchi. 2 Kitob, gazeta va sh.k.lar mazmuniga javobgar rahbar xodim.
MUHOFAZA [a] Saqlash, qo‘riqlash.
MUHOJIR [a] O‘z mamlakatini tark etib boshqa mamlakatga ketib qolgan odam.
MUHR [a] Xat-hujjatlarni rasmiylashtirish uchun qo‘yiladigan tamg‘a.
MUHTARAM [a] Hurmatli.
MUHTASHAM [a] Hashamatli.
MUKAMMAL [a] 1 Har jihatdan to‘liq; kamchiliksiz; but. 2 Kamolotga erishgan, yetuk.
MUKOFOT [a] Taqdirlash uchun berilgan narsa.
MULK [a] Ixtiyordagi mol-dunyo, yer-suv, imorat va boshqa narsalar.
MULKDOR [a+f-t] 1 Xususiy mulk egasi. 2 tar. Katta yer-suv egasi.
MULLA [a] 1 Madrasada tahsil ko‘rgan kishi. 2 Din arbobi. 3 esk. O‘qimishli kishi.
MULOHAZA [a] 1 Aqlan muhokama yuritish, o‘ylash; o‘y. 2 Biror masala yuzasidan o‘ylangan fikr.
MULOQOT [a] kt. Uchrashish, gaplashish.
MULOZIM [a] 1 tar. Hokimlarning, amaldorlarning huzurida ularning xizmatida bo‘lgan kishi. 2 esk. Xodim, xizmatchi.
MULTIPLIKÁTSIYA [lot] Harakatdagi narsalarning ketma-ket keladigan turli holatlarini aks ettiruvchi surat yoki qo‘g‘irchoqlarni rasmga olish yo‘li bilan film tayyorlash va shu yo‘l bilan olingan kinofilm.
MUM [f-t] Saqichsimon yumshoq modda.
MUMIYO I [a] Tabobatda ishlatiladigan mumsimon organik modda.
MUMIYO II [a]Suvsiz temir oksididan iborat, ko‘pincha qizg‘ish rang mineral bo‘yoq.
MUMIYO III [a] Kimyoviy yo‘l bilan chirimaydigan qilib qo‘yilgan jasad.
MUMKIN [a] 1 Amalga oshadigan. 2 Ruxsat etilgan. 3 Ehtimoli bor.
MUMTOZ [a] 1 kt. Biror fazilati, yaxshi tomoni bilan boshqalardan ajralib turadigan, afzalliklarga ega bo‘lgan. 2 Tarixiy shaxslar tomonidan yaratilgan, xalqlarning iftixoriga aylangan, namunaviy.
MUNAJJIM [a] 1 Nujum ilmi bilan shug‘ullanuvchi, yulduzlarga qarab fol ko‘ruvchi kishi. 2 kt. ayn. Astronom.
MUNDARIJA [a] 1 Kitob, jurnal va sh.k.larning bo‘limlari betlarini ko‘rsatuvchi ro‘yxat. 2 esk. ayn. Mazmun.
MUNIS [a] esk. kt. Yaqin sirdosh, do‘st.
MUNOSABAT [a] 1 Aloqa, muomala. 2 Kishining voqelikka qarashi, yondoshishi.
3 Tegishli asos, dahl.
MUNOZARA [a] Tortishuv, bahs.
MUNTAZAM [a] 1 Tartibli davom etadigan. 2 Belgilangan reja asosida amalga oshadigan. 3 Takrorlanib turadigan. 4 mat. Hamma tomonlari, burchaklari teng.
MUNSHIY [a] tar. Saroyda yozuv ishlarini olib borgan kotib.
MUOLAJA [a] Davolash, davolanish.
MUOMALA [a] Munosabat; so‘zlashuv; aloqa.
MUOVIN [a] 1 Boshliq yoki rahbarning o‘rinbosari. 2 esk. Birovga ko‘maklashuvchi, yordamchi.
MUQADDAS [a] Aziz, tabarruk.
MUQADDIMA [a] Boshlanish; debocha; kirish qismi.
MUQOYASA [a]Qiyoslash, solishtirish, chog‘ishtirish.
MURABBA [a] 1 ad. To‘rt misradan iborat she’r. 2 esk. mat. Tomonlari teng to‘g‘ri to‘rtburchak; kvadrat.
MURABBIY 1 kt. ayn. Tarbiyachi. 2 Sport mashqlarini o‘rgatuvchi rahbar.
MURDA [f-t] O‘lik.
MURID [a] din. Shogird, muxlis.
MUROJAAT [a] Birovga qarata aytilgan gap, chaqiriq.
MUROSA [a] Til topishish; kelishuv.
MURUVVAT [a] Yaxshilik, saxovat.
MURG‘AK [f-t] Hali quvvatga kirmagan, nozik-nihol.
MUSADDAS [a] 1 esk. ayn. Oltiburchak. 2 ad. Olti misradan iborat she’r.
MUSALLAS [a] 1 esk. ayn. Uchburchak. 2 ad. Uch misradan iborat she’r.
MUSBAT [a] 1 mat. Noldan yuqori. 2 fiz. Moddiy qismlari proton va pozitrondan iborat elektrga oid.
MUSIBAT [a] Tashvish.
MUSIQA [yun] 1 Voqelikni ovoz bilan ifodalovchi san’at turi. 2 Shu san’atning cholg‘u bilan ijro etiladigan asari, kuy.
MUSIQIY [a] Musiqaga oid.
MUSKUL [lot] Odam va jonivor a’zolarining tortilish qobiliyatiga ega bo‘lgan to‘qimasi; mushak.
MUSOBAQA [a] Kim o‘zar; jismoniy yoki aqliy kuch sinashish.
MUSOFIR [a] 1 Safardagi kishi. 2 Boshqa yerdan kelib yashovchi; kelgindi.
MUSTAHKAM [a] 1 Buzilmaydigan, pishiq. 2 ko‘ch. O‘zgarmas, barqaror.
MUSTAQIL [a] 1 Ixtiyori o‘zida bo‘lgan; qaram emas. 2 O‘zganing yordamisiz ish qila oladigan.
MUSTASNO [a] Qoidadan, odatdagidan tashqari.
MUTLAQO [a] 1 Tamomila, batamom. 2 Hech qachon, sira.
MUVOFIQ [a] To‘g‘ri keladigan, mos, loyiq.
MUXTORIYAT [a] esk. O‘ziga mustaqillik; avtonomiya.
MUZEY [yun] San’at, texnika, tabiat namunalarini, tarixiy va ilmiy-tabiiy ahamiyatga ega bo‘lgan narsalarni yig‘ish, saqlash, o‘rganish va xalqqa namoyish qilish bilan shug‘ullanadigan muassasa.
MUZOFOT [a] esk. Viloyat.
MUZOKARA [a] 1 Muhokamaga qo‘yilgan masala yuzasidan o‘z fikrini bayon qilish. 2 Fikr almashish.
MUSHK [f-t] Xushbo‘y qoramtir modda.
MUSHKUL [a] 1 sft Hal qilinishi qiyin bo‘lgan, og‘ir. 2 ot Qiyinchilik, og‘ir ahvol.
MUSHOIRA [a] ad. She’r aytish musobaqasi.
MUSHTARIY I esk. kt. 1 Xaridor, oluvchi. 2 Obunachi.
MUSHTARIY II ayn. Yupiter.
MO‘JIZA [a] 1 G‘ayritabiiy, ilohiy hodisa. 2 Kishini shayratga soluvchi har qanday narsa.
MO‘TABAR [a] E’tibor topgan.
MO‘TADIL [a] 1 Sovuq ham emas, issiq ham emas; o‘rtacha. 2 Biror tomonga yon bosmaydigan.
MO‘Y [f-t] Tuk, qil, soch.
MO‘YLOV [f-t] 1 Labning ustidagi tuklar. 2 Ba’zi hasharot va hayvonlarning sezish uchun xizmat qiladigan mo‘ylari.
MO‘YSAFID [f-t] 1 Soch-soqoli oqargan. 2 Keksa, chol.