Yorqinoy Hamrayeva


------------------------ P ---------------------------



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə18/31
tarix14.06.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#129874
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31
o`zlashmalar

------------------------ P ---------------------------
PADAR [f-t] kt. ayn. Ota.
PAHLAVON [f-t] 1 Barvasta; bahodir. 2 Botir, qahramon.
PAKET [fr] 1 Qog‘oz yoki sellofan xalta. 2 Rasmiy xat, hujjat va sh.k.lar yuboriladigan katta konvert.
PAKT [lot] Xalqaro siyosiy shartnoma, bitim.
PALAK I [f-t] Qovun, bodring va sh.k. o‘simliklarning yerga yoyilib o‘sadigan tanasi.
PALAK II [f-t] Kashta tikilgan mato, so‘zana.
PALÁTA I [lot] Ba’zi mamlakatlarda: qonun chiqaruvchi oliy davlat organini tashkil etuvchi, turli tabaqa vakillaridan yoki deputatlardan iborat davlat muassasasi.
PALÁTA II [lot] Davolash va dam olish muassasalarida bemorlar yoki dam oluvchilar yotadigan alohida xona.
PALEOLIT [yun] geol. Tosh asrining eng qadimgi davri.
PALEOZOY [yun] geol. Yer geologik tarixining uchinchi erasi.
PALLA I [f-t] Payt, davr.
PALLA II [f-t] 1 Tarozining narsa qo‘yiladigan joyi. 2 Yumaloq narsaning teng ikkiga bo‘lingan qismlaridan biri.
PÁLMA [lot] Janub tomonlarda o‘sadigan doim yashil, katta bargli baland daraxt.
PALOS [f-t] Katta sholcha, to‘sham.
PALOV [f-t] Asosiy masallig‘i guruch, sabzi, go‘sht va yog‘dan iborat bo‘lgan taom.
PALTO [fr] Qishlik qalin ustki kiyim.
PANA [f-t] 1 ot Boshqalarning nazari tushmaydigan joy. 2 sft Birovning nazaridan yashirilgan, himoya qilingan.
PAND [f-t] O‘git, nasihat.
PÁNDA [hind] Himolay tog‘larida yashovchi kichkina ayiq.
PANJA [f-t] 1 Qo‘lning kaft va barmoqlardan iborat qismi. 2 s.t. Barmoq. 3 Hayvon va qushlar oyog‘ining uch qismi; changal. 4 ko‘ch. Hukmronlik ramzi.
PAPÍRUS [yun] 1 Tropik mamlakatlarda o‘sadigan qamishsimon o‘simlik. 2 Qadimgi misrliklar va boshqa xalqlar tomonidan shu o‘simlikdan tayyorlangan va qog‘oz o‘rnida foydalanilgan narsa.
PÁPKA [nem] Qog‘oz, xat-hujjatlar solib qo‘yiladigan jild yoki muqova.
PAR [f-t] Parranda pati.
PARÁBOLA [yun] mat. Konusni yasovchiga parallel tekislik bilan kesishganda hosil bo‘ladigan yopiq egri chiziq.
PARALLEL I [yun] 1 mat. O‘zaro yondosh chiziqlarning har biri. 2 geogr. Yer yuzasidan ekvatorga parallel holda o‘tkazilgan chiziqlardan har biri.
PARALLEL II [r parallelniy] sft 1 mat. Bir tekislikda yotgan va o‘zaro sira kesishmaydigan; yondosh. 2 Bir tomonga qarab yo‘nalgan va bir-biridan deyarli teng uzoqlikda yonma-yon joylashgan. 3 ko‘ch. Ayni bir vaqtda mavjud bo‘lgan yoki davom etadigan.
PARALLELEPÍPED [yun] mat. Hamma yoqlari parallelogrammdan iborat bo‘lgan olti yoqli geometrik jism.
PARÁMETR [yun] mat. Matematik formulaga kiradigan va o‘zining ma’lum qiymatida shu tenglama bilan ifodalangan munosabatlardan muayyan biriga olib keladigan miqdor.
PARAZIT [yun] 1 biol. Boshqa organizmlarda yashab, uning hisobiga oziqlanuvchi jonivor yoki o‘simlik. 2 ko‘ch. Boshqalar mehnati hisobiga yashovchi; tekinxo‘r.
PARASHUT [fr] Uchish apparatlaridan sakrash va yuk tushirish uchun belgilangan, havoda soyabonsimon ochilib ketadigan moslama.
PARDA [f-t] 1 Eshik yoki derazaga tutiladigan buyum. 2 ko‘ch. Qorong‘ilik, tuman. 3 Sahnadagi to‘siq. 4 Sahna asarining tugal bir qismi. 5 anat. Organizmda ayrim organlarni qoplab, bir-biridan ajratib turuvchi to‘qima. 6 mus. Cholg‘u asboblarida tovush notalarini belgilovchi bo‘g‘imlar.
PARFUMÉRIYA [fr] 1 Pardoz mollari. 2 Shunday mollar ishlab chiqaruvchi sanoat tarmog‘i.
PARHEZ [f-t] Kasallik davrida va undan keyin belgilangan tartibda ovqatlanish, ayrim ovqatlardan o‘zini tiyish.
PARLÁMENT [fr] siyos. Ayrim mamlakatlarda: butunlay yoki qisman saylov asosida tuziladigan, qonun chiqaruvchi oliy davlat organi.
PAROKANDA [f-t] kt. Turli tomonga tarqalgan, tartibsiz.
PAROVOZ [r] Poyezdlarni tortuvchi, bug‘ dvigatelli lokomotiv.
PAROXOD [r] Bug‘ dvigatelli kema.
PÁRTIYA [nem] 1. Biror maqsadda birlashgan, birga ish olib boruvchi kishilar guruhi, jamoasi. 2 Bir qur o‘yin.
PARVARISH [f-t] Asrash, o‘stirish, voyaga yetkazish maqsadida qilingan harakat; boquv.
PARVONA [f-t] Shu‘la atrofida aylanuvchi tun kapalagi.
PARCHA [f-t] Qism, bo‘lak, bo‘lakcha.
PASAJJIR [nem] Transportda ketayotgan yo‘lovchi.
PÁSPORT [fr] 1 Shaxsni ko‘rsatuvchi, fuqarolikni tasdiqlovchi hujjat. 2 Mashina, asbob va sh.k.larning asosiy ma’lumotlari qayd etilgan guvohnomasi.
PASTKASH [f-t] Arzimagan narsaning ham yuziga boradigan; yaramas.
PAVIAN [nem] Afrika va Arabistonda uchraydigan tumshug‘i uzun yirik maymun;
PAYSA [f-t] 1 esk. 50 grammga teng keladigan og‘irlik o‘lchov birligi. 2 tar. Buxoro xonligida: besh tiyinlik tanga.
PAZANDA [f-t] Taom pishirish san’atini egallagan kishi, mohir oshpaz.
PEDAGÓGIKA [yun] Ta’lim-tarbiya va o‘qitish haqidagi fan.
PEDAL [fr] Mashina, musiqa asboblari va sh.k.larning oyoq bilan bosiladigan tepkisi.
PERGÁMENT [yun] 1 Qog‘oz ixtiro qilinmagan vaqtlarda maxsus ishlov berib qog‘oz o‘rnida ishlatilgan hayvon terisi. 2 Shunday teriga yozilgan qo‘lyozma.
PERÍMETR [yun] mat. Yassi geometrik shaklning hamma tomonlari uzunligi yig‘indisi.
PERPENDIKULAR I [lot] mat. Biror to‘g‘ri chiziq yoki tekislik bilan to‘g‘ri burchak hosil qiluvchi chiziq.
PERPENDIKULAR II [r perpendikulyarniy] sft Perpendikular holatda joylashgan; tik.
PERRON [fr] Temir yo‘l bekatida poyezd to‘xtaydigan maydon.
PERSONAJ [fr] Badiiy asarda ishtirok etuvchi shaxs.
PÉSO [isp] Markaziy va Janubiy Amerikaning bir qator mamlakatlarida pul birligi.
PEYZAJ [fr] 1 Biror joyning umumiy ko‘rinishi; manzara. 2 Badiiy san’atning tabiat manzaralarini tasvirlash bilan shug‘ullanadigan janri.
PECH [r] G‘isht yoki metalldan yasalgan usti yopiq o‘choq; non, konditer mahsulotlari va taomlar pishiriladigan buyum.
PECHÉNYE [r] Shirin xamirdan tayyorlanadigan maxsulot; shirinlik.
PIANÍNO [ital] Baland quti shaklidagi klavishli musiqa asbobi.
PILLA I [f-t] Ipak qurtining mahsuli.
PILLA II [f-t] tib. Milkda hosil bo‘lgan shish.
PILLAPOYA [f-t] Zinaning har bir bosqichi; pog‘ona.
PIPÉTKA [fr] Dori tomizish uchun ishlatiladigan shisha naycha.
PIR [f-t] 1 Uzoq umr ko‘rgan odam, keksa, qari. 2 din. Diniy mazhab boshlig‘i, rahbar. 3 Biror kasbning asoschisi, homiysi deb qaraladigan mo’tabar shaxs. 4 ko‘ch. Biror ish, kasb yoki sohani juda yaxshi egallagan kishi; mohir usta.
PIRAMÍDA [yun] 1 mat. Asosi ko‘pburchak, yon yoqlari esa umumiy uchda birlashgan uchburchaklardan iborat geometrik shakl. 2 Shunday shakldagi jism.
PIROG [r] Qiyma, meva yoki qiyom solib pishiriladigan non.
PIRÓJNIY [r pirojnoye] Tuxum, sut va shakardan tayyorlanadigan kremli shirinlik.
PISTA [f-t] 1 bot. Janub tog‘larida o‘sadigan past bo‘yli daraxt. 2 Shu daraxtning qattiq qobiqli, mag‘zi yeyishli danagi.
PLAKAT [nem] Targ‘ibot, axborot yoki reklama maqsadida jamoat joylariga ilib qo‘yiladigan surat.
PLASTILIN [yun] Loy, mum va moybo‘yoqlardan tayyorlanadigan plastik narsa.
PLASTMÁSSA [yun+r] Bosim ostida har qanday shaklga kiradigan va shu shaklni saqlab qoladigan material.
PLATFÓRMA [fr] 1 Temir yo‘l stantsiyalarida: yo‘lovchilar turadigan joy, maydoncha. 2 Yon devorlari uncha baland bo‘lmagan usti ochiq yuk vagoni.
PLÁTINA [isp] Kimyoviy element, qattiq cho‘ziluvchan, baland haroratda eriydigan metall.
PLÁZMA [yun] 1 biol. Qonning suyuq tarkibiy qismi. 2 Yuqori darajada ionlashgan modda.
PLASH [r] Suv o‘tkazmaydigan materialdan tikilgan ust kiyim.
PLUTON [yun] Quyosh sistemasining to‘qqizinchi eng katta sayyorasi.
PODA [f-t] Chorva mollarining birga boqiladigan to‘dasi.
POL [r] Xonaning oyoq bosib yuriladigan sathi.
POLIETILEN [yun] Etilendan olingan qattiq material.
POLIMER [yun] Polimerlar kim. Bir xil tarkibli, molekulalaridagi atomlar miqdori bilan bir-biridan farqlanuvchi moddalar (sintetik materiallar, plastmassalar va sh.k.lar).
POLISEMÍYA [yun] tilsh. Bir so‘zning bir necha ma‘noga ega bo‘lishi, ko‘pma‘nolilik.
POLÍTSIYA [nem] 1 Ayrim mamlakatlarning davlat xavfsizligini saqlash ma’muriy organi. 2 Shu organ xodimlari.
PÓLKA [chex] Ikki chorak taktga asoslangan tez raqs va shunday raqs uchun yozilgan musiqa asari.
POLVON [f-t] 1 Jismoniy jihatdan baquvvat kishi. 2 sport. Kurash tushadigan sportchi.
POMIDOR [ital] Ituzumlar oilasiga mansub sabzavot o‘simligi va shu o‘simlikning yumaloq qizil mevasi.
PORA I [f-t] 1 Bo‘lak, parcha. 2 esk. kt. To‘da, to‘p.
PORA II [f-t] Lavozimli kishiga noqonuniy ishni bitirib bergani uchun berilgan narsa yoki pul.
PORTRET [r] 1 Odamning rassom yoki fotosuratchi tomonidan ishlangan rasmi.
2 ko‘ch. Adabiy asarda personajlar qiyofasi.
POSBON [f-t] 1 Xavfsizlikni ta’minlovchi kishi; qo‘riqchi, soqchi. 2 ko‘ch. Muhofaza qiluvchi, homiy.
POVÍDLO [r] Ezilgan mevadan tayyorlanadigan quyuq shinni.
POYA [f-t] O‘simlikning yer ustki qismi.
PÓYEZD [r] Bir-biriga ketma-ket tiralgan, lokomotiv yordamida yuradigan vagonlar tizmasi.
POYGA [f-t] sport. Kimo‘zdi musobaqasi.
POYON [f-t] 1 Joy, masofa va sh.k.larning pirovard chegarasi, oxiri. 2 Ish, gap va sh.k.larning tugashi, intihosi.
POZITIV [r] Negativdan ko‘chirilgan va narsaning haqiqiy tusini aks ettiradigan fotosurat yoki plyonka.
POZITRON [lot] fiz. Musbat elektron.
PÓCHTA [pol] 1 Xat, posilka va sh.k.larni qabul qilib, tayinlangan manzilga yetkazib beradigan aloqa muassasasi va u joylashgan bino. 2 Shunday muassasa tomonidan yetkazilgan narsalar.
PRAVOSLAV [r] Xristian dinining Vizantiyada shakllangan, G‘arbdagi katolitsizmdan farqlanuvchi mazshabi.
PREMYÉRA [fr] Film, sahna asari va sh.k.larning birinchi bor namoyish qilinishi.
PREPARAT [lot] 1 kim. Laboratoriya yoki fabrikada tayyorlangan mahsulot. 2 Kimyoviy jihatdan o‘rganish, tekshirish uchun tayyorlangan modda namunasi.
PREZIDENT [lot] 1 Respublika shaklida idora qilinadigan ba’zi mamlakatlarning ma’lum muddatga saylab qo‘yilgan davlat boshlig‘i. 2 Ba’zi ilmiy muassasa yoki jamiyatning ma’lum muddatga saylab qo‘yilgan rahbari.
PRÍZMA [yun] 1 mat. Ikki teng parallel asosdan, yon yoqlari esa parallelogrammdan iborat ko‘pyoqlik. 2 fiz. Xuddi shunday shakldagi, yorug‘lik nurini o‘zgartirish uchun xizmat qiladigan, turli optik asboblarda ishlatiladigan maxsus shisha.
PROFÉSSOR [lot] Oliy o‘quv yurtlarida: eng malakali o‘qituvchilarga, shuningdek tadqiqot ishlariga rahbarlik qiluvchi olimlarga beriladigan unvon va shunday unvonga ega bo‘lgan shaxs.
PROFILÁKTIKA [yun] 1 Kasallikning oldini olish uchun ko‘riladigan tadbirlar tizimi. 2 Umuman biror hodisaning oldini olish uchun ko‘riladigan choralar.
PROGRESS [lot] Taraqqiyot, kamolot sari yo‘nalgan harakat; rivojlanish.
PROKUROR [r] 1 Qonunga to‘la amal qilinishi ustidan davlat nazorati olib boruvchi lavozimli kishi. 2 Sud jarayonida: qoralovchi.
PROPÓRSIYA [lot] 1 mat. Ikki nisbatning tengligi. 2 Qismlarning, o‘lchamlarning o‘zaro nisbati.
PROTOTIP [yun] ad. Badiiy obraz yaratishda yozuvchiga manba, namuna bo‘lgan shaxs.
PROTSESSUAL [lot] Sud jarayoniga oid; sud jarayoni bilan bog‘liq, sudda ishning ko‘rilish tartibini belgilovchi.
PSIXOLÓGIYA [yun] 1 Ruhiy faoliyatning qonuniyatlari, jarayoni va taraqqiyoti haqidagi fan. 2 Biror faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan psixik jarayonlar majmui. 3 Kishining ichki dunyosi, ruhiy holati.
PUBLITSÍSTIKA [lot] 1 Adabiyotning muhim zamonaviy ijtimoiy-siyosiy masalalarga bag‘ishlangan turi. 2 Shu janrda yozilgan asarlar.
PULS [lot] Yurakning har bir qisqarishida undan kelayotgan qon oqimi ta’siri bilan qon tomiri devorchalarining silkinishi, shuningdek badanning tomir tepki sezadigan joyi.
PULT [nem] tex. Elektr asboblarini masofadan turib boshqarishga mo‘ljallangan tugmali moslama.
PUNKTUÁTSIYA [lot] Tinish belgilarini qo‘yish tartibi va qoidalari majmui.
PUSHAYMON [f-t] O‘z qilmishi uchun ruhiy ezilish.
PUSHT [f-t] 1 Odam yoki jonivorning urug‘i, tuxumi. 2 Avlod-ajdod, nasl.
PUSHTI [f-t] Och qizil.
PYÉSA [fr] 1 ad. Sahna uchun mo‘ljallangan dramatik asar. 2 mus. Kichik hajmli musiqiy asar.
PO‘LAT [a] Temir bilan uglerodning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan kul rang qattiq metall.
PO‘STIN [f-t] Mo‘ynali teridan tikilgan uzun, ustki qishlik kiyim.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin