Yorqinoy Hamrayeva


-------------------- N ------------------------------



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə16/31
tarix14.06.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#129874
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31
o`zlashmalar

-------------------- N ------------------------------
NABI [a] Xudoning xohishini oldindan aytuvchi, payg‘ambar.
NABOTOT [a] 1 O‘simliklar dunyosi. 2 esk. ayn. Botanika.
NADOMAT [a] Pushaymon, o‘kinch.
NAFAQA 1 Keksayib ishga yaroqsiz bo‘lib qolgan fuqarolar, nogironlar va yetim bolalar uchun davlat tomonidan berib turiladigan pul; iona. 2 O‘zidan bo‘lak turadigan balog‘atga yetmagan bolalarga yoki mehnatga yaroqsiz ota-onaga qonun asosida to‘lab turiladigan ta’minot puli.
NAHANG [f-t] 1 ayn. Akula. 2 ko‘ch. Yirtqich, yulg‘ich odam haqida.
NAHOR [a] 1 Tong yorishgan payt. 2 Ertalabdan nonushta qilmasdan.
NAJJOR [a] esk. ayn. Duradgor.
NAM [f-t] Ho‘l.
NAMOZ [a] Musulmonlarning kuniga besh mahal qiladigan ibodati.
NAMOYANDA [f-t] Biror ijtimoiy guruhga yoki sohaga mansub bo‘lgan shaxs; vakil.
NAQD [a] 1 Pulni darhol to‘lash sharti bilan bo‘ladigan savdo muomalasi. 2 Tayyor.
NAQL [a] Xalq tomonidan to‘qilgan og‘zaki hikoya.
NAQSH [a] O‘yib yoki bo‘yoq bilan ishlangan gul, bezak.
NARGIS [f-t] Oq yoki sariq gulli ko‘p yillik o‘t va uning guli.
NARKÓTIK [fr+r] ot Behush qiladigan va vaqtincha og‘riqni sezdirmaydigan zaharli modda; qoradori.
NARKOTÍK [r narkoticheskiy] sft Behush qiladigan, uxlatadigan.
NARVON [f-t] Yuqoriga chiqish moslamasi; shoti.
NASAB [a] Kelib chiqish, avlod.
NASIBA [a] Ulush; rizq.
NASIYA [a] Pulni keyin to‘lash sharti bilan bo‘ladigan savdo muomalasi.
NASL [a] 1 Bir avlod-ajdodga mansub kishilar, ularning zoti, tagi-taxti. 2 Kelajak avlod, zurriyot. 3 Ma’lum belgi-xususiyatlarga ega, bir zotga mansub hayvonlar guruhi, urug‘.
NASOS [r] Suyuqlik yoki gazni tortib chiqarish yoki yuborish uchun qo‘llanadigan asbob, mashina.
NASR [a] ad. Adabiy janr; hikoya, qissa, roman, kabilar.
NASRONIY [a] Xristian diniga mansub kishi.
NASTARIN [a] Oq yoki och binafsharang xushbo‘y shoda gulli manzarali buta va uning bahorda ochiladigan guli.
NÁTRIY [lot] Kimyoviy element, kumushsimon yumshoq ishqoriy metall.
NAVBAT [a] Tartib, gal.
NAVBAHOR [f-t] kt. Erta bahor.
NAVKAR [f-t] tar. Hukmdorlarning askari.
NAVO [f-t] 1 Kuy, ohang; xonish. 2 Shoshmaqomdagi ikkinchi maqom nomi.
NAVQIRON [f-t+a] Kuchga to‘lgan, yosh.
NAVRO‘Z [f-t] 1 ayn. Yangi kun. 2 Shamsiya yili hisobidagi yangi yilning birinchi kuni.
NAY [f-t] Puflab chalinadigan musiqiy asbob.
NAYZA [f-t] 1 Uchi o‘tkir qurol. 2 Gazandalarning chaqqanda badanga sanchiladigan a’zosi.
NAZAR [a] Ko‘z qarashi; qarash, fikr.
NAZÁRIYA [a] 1 Tajriba va ijtimoiy hayot amaliyotining tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlarini aks ettiruvchi mantiqiy umumlashmasi. 2 Biror fan sohasini yoki uning biror qismini tashkil etuvchi umumlashgan qoidalar majmui. 3 Ilm-fan, san’at va boshqa sohalarning mantiqiy ishlab chiqilgan asoslari. 4 Hodisa, dalil va sh.k.larni tushunishning umumiy tamoyillarini asoslab beruvchi ilmiy qoidalar majmui.
NAZM [a] Adabiy janr; she’riyat.
NAZORAT [a] 1 Tekshirish, kuzatish. 2 esk. Komissarlik, vazirlik.
NASHA [a] 1 Poyasidan tola, urug‘idan yog‘ olinadigan baland bo‘yli o‘simlik. 2 Shu o‘simlikning shirasidan tayyorlanadigan, kayf beradigan narkotik modda.
NASHRIYOT [a] Kitob, gazeta va boshqa nashrlarni bosib chiqaradigan korxona; bosmaxona.
NASH’A [a] she’r. Huzur, gasht.
NEFRIT I [yun] tib. Buyrak yallig‘lanishi.
NEFRIT II [yun] Yashil yoki oq rangli mineral.
NEFT [f-t] Yoqilg‘i sifatida ishlatiladigan va turli mahsulotlar olinadigan qora yog‘simon suyuq mineral modda.
NEOLOGIZM [yun] tilsh. Tilda yangi paydo bo‘lgan so‘zlar.
NEON [yun] Kimyoviy element, havo tarkibida bo‘ladigan rangsiz va hidsiz gaz.
NEPTUN [lot] Quyosh sistemasining sakkizinchi katta sayyorasi.
NEPTÚNIY [lot] Tabiiy uranning parchalanishidan hosil bo‘ladigan kumushsimon radioaktiv element.
NERV 1 anat., fiziol. Bosh va orqa miyadan barcha a’zolarga tarqalgan va ularning faoliyatini boshqarib turadigan juda ingichka asab tomirlari sistemasi. 2 Organizm faoliyati va inson xatti-harakatlarini o‘z ichiga olgan sistemalar majmui.
NÉTTO [ital] Tovarning idishdan tashqari sof og‘irligi.
NEVROZ [yun] tib. Markaziy nerv sistemasining kasalligi.
NEVROPATOLÓGIYA [yun] tib. Nerv sistemasi kasalliklari haqidagi fan.
NEYLON [ingl] Sun’iy tola va shu toladan to‘qilgan gazlama.
NEYTRON [lot] fiz. Atom yadrosi tarkibidagi elektr zaryadidan xoli bo‘lgan zarra.
NE’MAT [a] Tabiat tomonidan in’om etilgan yeguliklar.
NISHON [f-t] esk. kt. Kishi bilmaydigan, yashirin.
NILUFAR [f-t] Yirik bargli, katta-katta oq gulli ko‘p yillik suv o‘simligi.
NIM [f-t] Yarim.
NISBAT [a] 1 Narsalarning bir-biriga qiyosan katta-kichikligi. 2 mat. Bir sonning ikkinchi songa bo‘linmasi.
NISBIY [a] 1 Qiyosiy, solishtirma. 2 tilsh. Munosabat bildiruvchi.
NITRAT [yun] Azot kislotasining tuzi.
NIZO [a] O‘zaro kelishmovchilik, qarama-qarshilik, dushmanlik.
NIZOM [a] Ish tartibi, uning bajarilishi, tatbiq qilinishi va tashkil etilishini belgildovchi qonun-qoidalar majmui.
NISH [f-t] 1 O‘tkir narsaning uchi. 2 Gazandalarning chaquvchi a’zosi. 3 Endigina unib chiqqan o‘simlik.
NOBAKOR [f-t] Fe’l-atvori, xatti-harakati yomon odam.
NODIR [a] 1 Topilishi qiyin bo‘lgan, kam uchraydigan. 2 Qimmatbaho, asl.
NOGIRON [f-t] Kasallik yoki biror shikast oqibatida mehnat qobiliyatini yiqotgan kishi.
NOIB [a] esk. O‘rinbosar, yordamchi.
NOILOJ [f-t+a] 1 Istamagan holda, majburiyat orqasida. 2 Chora topa olmay.
NOK [f-t] 1 Yog‘ochi qattiq mevali daraxt. 2 Shu daraxtning shirin, sersuv mevasi.
NOL [lot] 1 Miqdorning yo‘qligini ifodalovchi (0) belgining nomi. 2 Issiqlik va sovuqlik haroratlari o‘rtasidagi shartli chegara.
NOLA [f-t] 1 Ayanchli ovoz; faryod. 2 Yolvorish, o‘tinish ifodalovchi ovoz.
NOMA [f-t] esk. Xat.
NOMUS [a] 1 O‘z obro‘sini ardoqlash tuyg‘usi. 2 Uyat, andisha.
NOMUTANOSIB [f-t+a] 1 Bir-biriga mos kelmaydigan, teng bo‘lmagan.
NON [f-t] Xamirdan tayyorlanib, tandir yoki pechda pishirilgan yegulik.
NORASIDA [f-t] Balog‘atga yetmagan.
NÓTA [lot] 1 Tovushning shartli yozma belgisi. 2 Musiqada yoki ashulada tovushning o‘zi. 3 Shunday belgilar bilan yozilgan musiqiy matn.
NOTÁRIUS [lot] Yuridik hujjatlarni rasmiylashtiruvchi lavozimli kishi, mutaxassis.
NOTIQ [a] Nutq so‘zlovchi.
NOV [f-t] Suv oqizish uchun qilingan maxsus o‘zan.
NOYOB [f-t] Kam uchraydigan.
NOZ [f-t] Ayollarga xos harakat; ishva.
NOZIR [a] 1 Nazorat qiluvchi; mudir. 2 esk. Vazir.
NOG‘ORA [f-t] Ikkita cho‘p bilan urib chalinadigan bir juft musiqiy asbob.
NUFUZ [a] Obro‘-e’tibor.
NUJUM [a] ayn. Astrologiya.
NUQSON [a] Kamchilik; illat; ayb.
NUR [a] 1 Yorug‘lik manbaidan taraluvchi ziyo. 2 Umuman yorug‘lik. 3 ko‘ch. Erkinlik, ma’rifat ramzi. 4 fiz. Musbat yoki manfiy zarralar, elektromagnit tebranishlar oqimi.
NUSXA [a] 1 Namuna; andaza. 2 Bosma yoki yozma asarning har bir donasi. 3 Aslidan ko‘chirilgan narsa. 4 s.t. Salbiy toifaga mansub odam.
NO‘XAT [f-t] Bir yillik dukkakli o‘simlik va uning ovqatga ishlatiladigan yumaloq sariq doni.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin