--------------- E ------------------------- EGOIST [fr+r] O‘zini va o‘z manfaatini hammadan ustun qo‘yadigan odam; xudbin.
EHROM [a] 1 Qadimgi Misrda Fir’avnlarning ulkan tosh maqbarasi. 2 din. Haj amallarini bajarishda kiyiladigan oq kiyim.
EKIPAJ [fr] Kema, samolyot, va sh.k.lar jamoasini tashkil qilgan kishilar.
EKRAN [fr] 1 Tasvir tushirish uchun moslangan sath, parda. 2 ko‘ch. Kino san’ati.
EKSKAVÁTOR [lot] Yer kavlash, tuproqni chiqarish kabi ishlarni barajarishga mo‘ljallangan mashina.
EKSKÚRSIYA [lot] Biror joyga ko‘pchilik bo‘lib sayohat uyushtirish.
EKSPÁNSIYA [lot] Yirik monopoliyalarning o‘zga hudud va bozorlarni, xom ashyo manbalarini bosib olishga, o‘z siyosat va iqtisodiy ta’sir doirasini kengaytirishga qaratilgan agressiv siyosati.
EKSPEDÍTSIYA [lot] 1 Biror maqsad bilan uyushtirilgan safar. 2 Shu safar qatnashchilari.
EKSPERT [lot] Qiyin va chigal masalani yechish uchun chaqirilgan mutaxassis.
EKSPERTÍZA [lot] Qiyin va chigal masalani yechish va hal qilish uchun mataxassislar ishtirokida uyushtirilgan tekshirish.
EKSPLUATÁTSIYA [fr] Kishi kuchidan foydalanish, ishlab chiqarish vositalari egalarining boshqalar mehnati mahsulini o‘zlashtirib olishi.
EKSPONAT [lot] Muzey va ko‘rgazmalarda namoyish qilinadigan narsa.
ÉKSPORT [ingl] iqt. Chet ellarga mol yoki kapital chiqarish va chiqarilgan mol, kapital miqdori.
EKSTERNAT [lot+r] O‘quv yurtida: o‘qimasdan mustaqil tayyorlanib, imtihon topshirib, sinfdan sinfga yoki kursdan kursga o‘tish.
EKVÁTOR [lot] Yer sharining ikki qutbi o‘rtasidan o‘tadigan va yerni shimoliy ham janubiy yarimsharlarga ajratadigan farazli aylana.
ELÁSTIK [yun] Cho‘ziluvchan, egiluvchan, qayishqoq modda; rezinka.
ELÉKTR [yun] 1 Zaryadlangan zarrachalarning o‘zaro ta’siri va harakati natijasida ro‘y bergan fizik hodisalar majmui, shu hodisalar tufayli yuzaga keladigan energiya turi. 2 s.t. Tok quvvati bilan yonadigan narsalar.
ELEKTRÍCHKA [r] Elektr kuchi bilan yuradigan poyezd.
ELEKTROD [yun] fiz. Suyuqlik yoki gazga elektr o‘tkazish uchun ishlatiladigan plastinka, sterjen, shar shaklidagi o‘tkazgich.
ELEKTRODINÁMIKA [yun] Fizikaning harakatlanuvchi elektr zaryadi xossalarini va o‘zaro ta’sirini o‘rganadigan bo‘limi.
ELEKTROLIT [yun] kim. Elektr toki o‘tkazilganda tarkibiy qismlarga ajraladigan kimyoviy modda.
ELEKTRON I [yun] Atomning manfiy elektr zaryadiga ega bo‘lgan elementar zarrachasi.
ELEKTRON II [r elektronniy] 1 Elektronga oid. 2 Elektronlar xususiyatidan foydalanadigan.
ELEKTROSKOP [yun] Jismlarning elektrlanganligini bilish uchun ishlatiladigan asbob.
ELEKTROSTÁNSIYA [yun+r] Elektr toki ishlab chiqaradigan korxona.
ELEMENT [lot] 1 kim. Kimyoviy usul bilan tarkibiy qismlarga ajratilmaydigan modda. 2 Bir butunlikning tarkibiy qismi. 3 Kimyoviy reaksiya hisobiga elektr toki hosil qiladigan tok manbai.
EMAL [fr] 1 ayn. Sir, bo‘yoq. 2 Tishning qattiq yaltiroq qoplamasi.
ENEOLIT [lot+yun] Neolitdan bronza davriga o‘tish davri.
ENÉRGIYA [yun] Materiyaning asosiy xossalaridan biri, materiyaning ish bajara olish qobiliyati mezoni.
ENSIKLOPÉDIYA [fr] Ilm-fanning hamma sohalarini o‘z ichiga olgan yoki biror soha bo‘yicha to‘liq ma’lumot beradigan lug‘at tarzidagi ilmiy to‘plam; qomus.
EPÍGRAF [yun] Adabiy asarning boshida beriladigan va uning mazmunini ifodalaydigan maqol yoki ibora.
EPITÉLIY [yun] 1 biol. Ko’p hujayrali organizmlarning badanini hamda bo‘shliqlarining ichki, tashqi devorlarini qoplovchi to‘qimalar. 2 bot. Ba’zi o‘simliklarning bo‘shliqlarini qoplagan yupqa devorli hujayralar qatlami.
EPOPÉYA [yun] ad. Nasriy janrdagi tarixiy voqealar tasvir etilgan yirik badiiy asar.
ÉPOS [yun] Xalq og‘zaki ijodiyotida qahramonlik dostonlari majmui.
ÉRA [lot] Yer tarixida ma’lum tog‘ jinslarining paydo bo‘lishi bilan belgilanadigan, bir necha yuz million yillarni o‘z ichiga olgan davr.
ESKALÁTOR [ingl] O‘ziyurar zina.
ESTÉTIKA [yun] Go‘zallik, nafis san’at, badiiy ijodiyot va ularning shakllari haqidagi falsafiy ta’limot.
ESTRÁDA [fr] Ashula, raqs, akrobatika, badiiy o‘qish va sh.k.lar shaklidagi konsert-tomoshalar.
ETAN [yun] Neft gazlari tarkibida bo‘ladigan tussiz gazsimon yonuvchi modda.
ÉTIKA [lot] 1 Axloqni ijtimoiy ongning bir shakli sifatida o‘rganuvchi falsafiy ta’limot. 2 Biror ijtimoiy guruh, yoki biror kasb egalariga xos odob-axloq qoidalari majmui.
ETIL [yun] kim. Ko‘pgina organik birikmalar tarkibiga kiradigan, vodorod va kislorod atomlaridan iborat kimyoviy guruh.
ETILEN [yun] kim. Uglerod va vodorod birikmasidan iborat, havoga qo‘shilib portlovchi modda hosil qiladigan, yonuvchi tussiz va hidsiz gaz.
ETIMOLÓGIYA [yun] 1 Tilshunoslikning so‘zlarning kelib chiqishini o‘rganadigan bo‘limi. 2 So‘zning manbai, kelib chiqishi.
ETNOGRÁFIYA [yun] 1 Tarix fanining xalqlarning kelib chiqishini, turmushini, rasm-rusumlarini, moddiy, ma’naviy va ijtimoiy madaniyatini ko‘pincha bevosita kuzatish bilan shug‘ullanadigan bo‘limi. 2 Biror xalqning yoki bir hududdagi bir necha xalqning turmushi, madaniyati, urf-odatlariga xos xususiyatlar majui.
EVAKUÁTSIYA [lot] Qo‘shinlarni ular egallab turgan joydan olib ketish; bo‘shatib ketish; fuqarolar, sanoat korxonalari va sh.k.larni urush harakati borayotgan yoki tabiiy ofat yuz bergan hududdan xavfsiz joyga ko‘chirish.
EVKALIPT [yun] Avstraliyada o‘sadigan va mamlakatimiz janubiy hududlarida o‘stirilayotgan baland, barglari efir moyiga boy, doim yashil jaraxt.
EVOLÚTSIYA [lot]Uzluksiz tadrijiy rivojlanish, o‘zgarish; tabiat va jamiyatda uzluksiz va tadrijiy ravishda davom etadigan, sifat o‘zgarishlariga olib keladigan miqdor o‘zgarishlari.
E’TIROF [a] Biror gap, fikr, ish-harakat va sh.k.larni to‘g‘ri deb bilish, ularni tan olish haqidagi tasdiq.