Yorqinoy Hamrayeva


------------------- D ----------------------



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə6/31
tarix14.06.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#129874
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
o`zlashmalar

------------------- D ----------------------
DABDABA [a] 1 Hayajonga yoki vahimaga soladigan xatti-harakat, suron.
2 Viqorli yurish-turish; quruq vahima.
DAF I [f-t] Chertib chalinadigan musiqiy asbob, doira.
DAF II [a daf’] Qaytarish, yo‘qotish.
DAFN [a] O‘likni ko‘mish marosimi.
DAFNA [yun] Doim yashil xushbo‘y bargli daraxt.
DAFTAR [yun] Kitobcha shaklida tikilgan qog‘ozlar.
DAHA [f-t] Shaharning ma’muriy-hududiy bo‘limi.
DAHAN [f-t] 1 ayn. Og‘iz. 2 ko‘ch. So‘zamollik ramzi. 3 Biror narsaning ochiq tomoni.
DAHLIZ [f-t] Uyning kiraverishidagi birinchi xona.
DAHO [a] 1 O‘tkir zehn, yuqori ijodiy iste’dod. 2 Shunday fazilatga ega bo‘lgan shaxs.
DAHRIY [a] Ollohga va oxiratga ishonmovchi kishi.
DAHSHAT [a] Kuchli qo‘rqinch, vahima, xavf.
DAKKI [hind] 1 Nojo‘ya ish, xatti-harakat uchun aytilgan gap, tanbeh. 2 Xo‘rlash, taxqirlash, turtkilash.
DALIL [a] 1 Fikr-mulohazalarni tasdiqlovchi yoki voqea-hodisalar haqida guvohlik beruvchi narsa, isbot. 2 yur. Jinoyatni tasdiqlovchi narsa yoki hol.
DALLOL [a] 1 Savdo-sotiqda oluvchi bilan sotuvchi o‘rtasida vositachilik qiluvchi, molga ustama narx qo‘yuvchi kishi. 2 salb. O‘rtada turib murosaga keltiruvchi vositachi.
3 salb. Qo‘shmachi.
DALOLAT [a] 1 Biror ishga undab berilgan maslahat, biror ishga undash. 2 esk. Dalil; dalillar.
DALV [a] 1 astr. Jadyi bilan Hut o‘rtasidagi burj. 2 Shamsiya yili hisobida o‘n birinchi oy nomi.
DAM I [f-t] 1 Nafas, tin. 2 Ishdan bo‘sh vaqt, hordiq. 3 Biror bo‘shliqqa to‘plangan havo, gaz. 4 Taft, issiq, harorat. 5 ko‘ch. Kibr-havo. 6 Bug‘, hovur.
DAM II [f-t] 1 On, lahza, payt. 2 ayiruv bog‘lovchi vazifasida Ba’zan, goh.
DÁMBA [goll] Suvni to‘sish uchun qilingan maxsus to‘siq, ko‘tarma.
DÁMKA [r] Shashka o‘yinida: raqib tomonidagi eng oxirgi qatorga chiqib olgan va istagan tomonga yurish huquqini olgan dona.
DANAK [f-t] Meva ichidagi urug‘.
DAQIQA [a] 1 Soatning oltmishdan bir bo‘lagi. 2 ko‘ch. Juda oz vaqt, on.
DARA [f-t] Ikki tog‘ oralig‘idagi uzun, tor, chuqur joy; jarlik.
DARAJA [a] 1 mat. Burchak va aylana yoyining o‘lchov birligi, 360 dan bir bo‘lagi; gradus. 2 fiz. Termometr, barometr va sh.k. o‘lchov asboblar shkalasidagi chiziqlar va raqamlar bilan belgilangan bo‘limlar. 3 mat. Teng ko‘paytuvchilarning ko‘paytmasi, bir sonning o‘zini o‘ziga ko‘paytirishdan olingan natija.
DARAK [a] 1 Xabar. 2 Alomat, nishona, belgi.
DARAXT [f-t] Tana qo‘yib, shox va novdalar chiqarib, tomir otib o‘sadigan ko‘p yillik o‘simlik.
DARD [f-t] 1 Og‘riq, kasallik. 2 ko‘ch. Ruhiy azob, g‘am. 3 ko‘ch. Kishining fikr-yodini band etgan ish, tashvish.
DARDISAR [f-t] Ortiqcha tashvish, daxmaza.
DARGOH [f-t] 1 Kimsaga tegishli uy-joy, maskan. 2 ko‘ch. Xizmat, faoliyat o‘rni.
3 ko‘ch. Najot, panoh topiladigan joy. 4 din. Sig‘iniladigan muqaddas joy.
DÁRHOL [f-t+a] rvsh. Tez, darrov, bir onda.
DAROMAD [f-t] 1 Davlat, korxonalar va tashkilotlar yoki ayrim shaxs hisobiga kelib tushadigan pul va boshqa mablag‘lar. 2 Muqaddima, kirish. 3 Biror joyga kiriladigan yo‘l, eshik, yo‘lak.
DAROZ [f-t] Novcha bo‘yli.
DARRA [f-t] 1 tar. Jazoga mahkum etilganlarni savalash uchun qayishdan yasalgan qamchi. 2 Xalq o‘yinlaridan birining nomi.
DARRANDA [f-t] Sutemizuvchi hayvonlar.
DARS [a] 1 O‘quv yurtlarida ilm, ma’lumot olish yoki berish maqsadida o‘tkaziladigan mashg‘ulot, saboq. 2 ko‘ch. Tajribadan kelajak uchun chiqarilagan foydali natija, ibrat.
DARVESH [f-t] 1 din. Tarki dunyo qilgan odam; so‘fiy. 2 ko‘ch. Hech narsa bilan ishi yo‘q, o‘taketgan sodda va sipo odam.
DARVINÍZM [ingl] Darvinning hayvonot turlari va o‘simliklar organizmlarining tabiiy tanlanish yo‘li bilan paydo bo‘lishi haqidagi ta’limoti.
DARVOZA [f-t] Hovli, qo‘rg‘on, qal’a, va sh.k.larga kiriladigan katta eshik. 2 Kanallarda suvni to‘sish yoki qo‘yib yuborish uchun ishlangan maxsus qurilma; qopqa. 3 sport. Futbol, xokkey va sh.k. o‘yinlarda maydonning raqib yuborgan to‘pni kiritmaslik uchun himoya qilinadigan chekli qismi, to‘r.
DASTAK [f-t] 1 Turli qurilmalarning richag asosiga qurilgan qismi. 2 kam qo‘ll. Dasta, sop, tutqa. 3 ko‘ch. Biror harakat uchun tayanch bo‘lib xizmat qiluvchi narsa.
DASTGOH [f-t] Hunarmandlarning, kosiblarning, to‘qimachilarning ish uskunasi.
DASTMOYA [f-t+a] Savdo-sotiq ishlarida aylantirib turiladigan, foyda keltiradigan dastlabgi mablag‘.
DASTUR [f-t] Ish-harakat uchun qo‘llanma, nizom.
DASTURXON [f-t] 1 Ustiga ovqat, noz-ne’mat qo‘yiladigan maxsus mato. 2 ko‘ch. O‘rtaga qo‘yilgan taomlar.
DASTXAT [f-t+a] Kishining o‘z qo‘li bilan yozilgan xat; imzo.
DAVLAT I [a] Hokimiyat organlari va siyosiy tashkilotlar sistemasiga ega bo‘lgan mustaqil mamlakat.
DAVLAT II [a] 1 Boylik, mol-dunyo. 2 ko‘ch. Baxt, iqbol.
DAVO [a] Kasalni tuzatish uchun qo‘llanadigan vosita, dori-darmon; umuman shifobaxsh narsa.
DAVOM [a] 1 Ish-harakat, jarayon, voqea-hodisaning borishi. 2 To‘xtagan jarayonning qolgan qismi. 3 Biror narsaning ma’lum joydan keyingi qismi.
DAVOMAT [a] Ishtirok etish, qatnashish.
DAVR [a] 1 Ma’lum vaqt. 2 geol. Geologik eraning bir pallasi.
DAVRIY [a] Muntazam takrorlanib turadigan.
DAXMAZA [f-t] Ortiqcha tashvish.
DAZMOL [f-t] Elektr toki yordamida qizdirilib kiyim-kechak, gazlama va sh.k.larning g‘ijimini yozadigan metall asbob.
DASHT [f-t] Ekin ekilmagan suvsiz yer; cho‘l.
DA’VAT [a] Biror ishga yoki biror yo‘lga chaqiriq, undov.
DA’VO [a] 1 yur. O‘z haq-huquqini himoya qilish haqida sud orqali yoki boshqa yo‘llar bilan qo‘yilgan talab. 2 Birovga ayb qo‘yish. 3 O‘zi ega bo‘lmagan haq-huquq yoki fazilatlarning e’tirof etilishi yo‘lidagi urinish; iddao. 4 Nazariy mulohaza, fikr.
DEBET [lot] iqt. Kirim-chiqim daftarining kirim, undirilgan qarz, daromad yozib boriladigan chap tomoni; aksi kredit.
DEBITOR [lot] iqt. Biror idora, tashkilot va sh.k.lardan qarzdor bo‘lgan kishi yoki tashkilot.
DEDÚKSIYA [lot] Umumiy holatdan xususiy holatga o‘tib muhokama yuritish; umumiy holatdan juz’iy natija chiqarish.
DEGREZ [f-t] Cho‘yandan turli asboblar quyuvchi usta.
DEGUSTÁTOR [r] maxs. Ta’mi va hidiga qarab oziq-ovqatlar sifatini aniqlovchi mutaxasiss.
DEHQON [f-t] Asosiy kasbi ekin ekib, hosil olishdan iborat bo‘lgan kishi.
DEKÁDA [fr] 1 O‘n kunlik davr. 2 O‘n kun davomida o‘tkaziladigan tadbir.
DEKAN [lot] Oliy o‘quv yurtida fakultet rahbari.
DEKANAT [lot+r] 1 Oliy o‘quv yurti fakultetining dekan boshchiligidagi ma’muriy-ilmiy boshqarmasi. 2 Shunday ma’muriyat joylashgan xonalar.
DEKLARÁTSIYA [lot] Muhim siyosiy masala yuzasidan rasmiy suratda e’lon qilingan bayonnoma.
DEKORÁTSIYA [fr] Sahnada tasvirlanayotgan voqea-hodisa o‘rni va sharoitini aks ettiruvchi rasm, bezak va sh.k.lar.
DEKCHA [f-t] Kichkina qozoncha.
DELEGÁTSIYA [lot] Biror tashkilot yoki davlat tomonidan belgilangan vakillar.
DELFIN [yun] Kitsimonlar turkumidan bir turi; dengiz va okeanlarda yashaydigan sutemizuvchi hayvon.
DEMOKRÁTIYA [yun] 1 Xalq hokimiyatiga asoslangan boshqaruv. 2 Jamoaning barcha a’zolarining faol ishtirokida rahbarlik qilish usuli.
DEPARTÁMENT [fr] 1 Fransiyada: eng yirik ma’muriy-hududiy bo‘linma. 2 AQSHda va Shveytsariyada: vazirlik.
DEPO [fr] Parovoz va vagonlar turadigan, ta’mirlanadigan maxsus bino.
DEPUTAT [lot] Ma’lum tartibda biror jamoa tomonidan davlat organiga vakil qilib saylangan kishi.
DESERT [fr] Ovqatdan keyin yeyiladigan shirinlik.
DETAL [r] Mashina, dastgoh va sh.k.larning biror qismi, bo‘lagi.
DEVON I [f-t] Shoirning radif va qofiyalarga rioya etgan holda alifbe sirasi bilan tartib etilgan she’rlar to‘plami.
DEVON II [f-t] 1 tar. Sharq musulmon mamlakatlarida, jumladan O’rta Osiyo xonliklarida oliy davlat amaldorlarining majlisi. 2 Davlatning bosh idorasi va ayrim vazirliklarning mahkamalari. 3 Bosh idora yoki mahkamalar o‘rnashgan bino. 4 tar. Ba’zi mansabdorlarning unvoni.
DEVONA [f-t] 1 Esi past, telba, tentak, savdoyi. 2 ko‘ch. Boshiga biror savdo tushgan, es-hushidan ajralgan. 3 din. Xudoning vasliga yetishish yo‘lida es-hushini yo‘qotgan, zikru samoga berilib ketgan so‘fiy. 4 Gado, tilanchi.
DEVOR [f-t] 1 Binoning tomni ko‘tarib turuvchi, xonalarni ajratuvchi qismi. 2 Biror hududni o‘rab olgan to‘siq.
DEZERTIR [fr] O‘zining fuqarolik burchini o‘tashdan qochgan; qochoq.
DEZINFÉKSIYA [fr+lot] Yuqumli kasalliklarni tarqatuvchi mikroblarni maxsus yo‘l bilan yo‘q qilish.
DIABET [yun] tib. Qandli diabet – qon va siydikda shakar moddasi miqdorining ko‘payishidan iborat kasallik.
DIAGONAL [lot] geom. Ko‘pburchakning qo‘shni bo‘lmagan ikki burchagini birlashtiruvchi to‘g‘ri chiziq.
DIAGRÁMMA [yun] Turli miqdorlar o‘rtasidagi munosabatni aks ettiruvchi chizma, tasvir.
DIALÉKTIKA [yun] 1 Tabiat, kishilik jamiyati va tafakkur taraqqiyotining umumiy qonuniyatlari haqidagi fan; abadiy harakatlanib va o‘zgarib turuvchi tabiat va jamiyat hodisalarini ularning ichki ziddiyatlari va qarama-qarshiliklarini ochish, bu ziddiyat va qarama-qarshiliklar o‘rtasidagi kurashni oydinlashtirish asosida bilishning umumiy metodi. 2 Biror narsaning harakat, rivojlanish, taraqqiyot jarayoni.
DIALEKTOLÓGIYA [yun] Tilning lahja va shevalarini o‘rganuvchi bo‘limi; shevashunoslik.
DIALOG [yun] 1 Ikki kishi o‘rtasidagi suhbat. 2 Ikki yoki bir necha kishi o‘rtasidagi suhbat shaklida yozilgan adabiy asar.
DIÁMETR [yun] Aylana yoki sharning markazidan o‘tib, uning ikki nuqtasini birlashtiruvchi to‘g‘ri chiziq; ko‘ndalang kesuvchi.
DIAPOZITIV [yun+lot] Proyeksion fonar orqali ko‘rsatish uchun shisha yoki boshqa shaffof plastinkaga, plyonkaga olingan surat.
DIDÁKTIKA [lot] Pedagogikaning ta’lim va uning mazmuni, umumiy metod va shakllari to‘g‘risidagi bo‘limi.
DIFTONG [yun] Ikki unli tovushning bir bo‘g‘inda birikib kelishi.
DIFFERENSIAL I [lot] ot 1 mat. Erkin o‘zgaruvchan miqdorning cheksiz kichik ixtiyoriy ortmasi. 2 tex. Mashina va mexanizmlarning turli qismlariga turlicha aylanish imkonini beradigan mexanizm.
DIFFERENSIAL II [r differensialniy] sft 1 Turli sharoitda turlicha bo‘ladigan, bir xilda bo‘lmaydigan, tafovutli. 2 mat. Differentsialga oid.
DIFFERENSIÁTSIYA [lot] Bir-biridan farqlanish, ajralish.
DIFFÚZIYA [lot] fiz. Biror modda zarralarining boshqa modda orasiga sekin-asta o‘tib borishi.
DIKTÁTOR [lot] Cheklanmagan huquqlarga ega bo‘lgan yakka hokim.
DIKTATÚRA [lot] Hukmron sinfning kuchiga tayanuvchi cheklanmagan hokimiyat.
DÍKTOR [lot] Radio yoki televizor orqali xabar yetkazuvchi xodim.
DIL [f-t] 1 ayn. Yurak. 2 ko‘ch. Kishining ichki ruhiy dunyosi, ko‘ngil, qalb. 3 ko‘ch. Ko‘ngildagi niyat, maqsad.
DILBAR [f-t] 1 sft Yoqimli, go‘zal. 2 ot Ma’shuqa, yor.
DILGIR [f-t] Xafa, g‘amgin.
DILKASH [f-t] 1 Suhbati shirin. 2 Ko‘ngilni ochadigan.
DILOZOR [f-t] Ko‘ngilga ozor beruvchi.
DILROZ [f-t] Yurak siri.
DIN [a] Ilohiy kuchga ishonishga asoslangan dunyoqarash va tasavvurlar.
DINÁMIKA [yun] 1Mexanikaning jismlar harakatini va harakat bilan uni yuzaga keltiruvchi kuch o‘rtasidagi bog‘lanishlarni o‘rganadigan bo‘limi. 2 Harakat holati; o‘sish, rivojlanish.
DINAMIT [yun] Asosiy tarkibiy qismi nitroglitserindan iborat bo‘lgan kuchli portlovchi modda.
DINOR [a] Liviya, Tunis, Iroq, Yaman, Jazoir va boshqa mamlakatlarda pul birligi.
DIPLOM [fr] Oliy yoki o‘rta-maxsus bilim yurtini bitirganlik yoki biror ilmiy unvon, ilmiy daraja berilganligini tasdiqlovchi guvohnoma.
DIPLOMAT [fr] Chet mamlakatlar bilan rasmiy aloqa qilish yoki muzokaralar olib borish uchun o‘z hukumati tomonidan vakil qilib tayinlangan lavozimli kishi.
DIPLOMÁTIYA [fr+r] Davlatning tashqi xalqaro siyosatini amalga oshirish, chet mamlakatlar bilan aloqa qilish sohasidagi faoliyati.
DIQQAT [a] 1 ot Fikr, e’tibor, zikr-yod. 2 sft Zo‘r e‘tibor talab etadigan, yurakni siqib yuboradigan, og‘ir, mashaqqatli. 3 kesim vazifasida Bo‘g‘ilgan, siqilgan.
DIRAM [a dirham] 1 tar. Buxoro xonligi, Eron va Iroqda og‘irlik o‘lchov birligi.
2 tar. Buxoro xonligi, Eron, Iroq, Afg‘oniston, Turkiyada pul birligi.
DIRXAM [a] Marokash pul birligi.
DIRÉKTOR [lot] Korxona, muassasa yoki o‘quv yurtining rahbari; mudir.
DIRIJABL [fr] Ichiga to‘ldirilgan gaz kuchi bilan havoga ko‘tarilib, motor bilan yurgiziladigan uchish moslamasi.
DIRIJOR [fr] Orkestr yoki xorni, va boshqa ijrochilarni boshqarib turuvchi rahbar.
DISK [yun] 1 Mashina, mexanizm va sh.k.larning to‘garak qismi. 2 sport. Qo‘l bilan uzoqqa otiladigan yalpoq metall, gimnastika asbobi. 3 harb. Pulemyot, avtomat, miltiq va sh.k.larning to‘garak shakldagi o‘qdoni. 4 Kompyuter, magnitofon va sh.k. elektrotexnik qurilmalar uchun axborot yozilgan magnit buyum.
DISLOKÁTSIYA 1 [fr] harb. Harbiy qismlarning mamlakat bo‘ylab joylashuvi yoki joylashtirilishi, flot kemalarining portlarga bo‘lib biriktirilishi. 2 geol. Yer qobig‘i qatlamlari dastlabgi joylanishining buzilishi, o‘zgarishi. 3 tib. Singan yoki chiqqan suyakning joyidan siljishi.
DISPÁNSER [fr] Kasallarni davolash, kasallikning oldini olish uchun aholi o‘rtasida doimiy kuzatish olib borish bilan shug‘ullanuvchi tibbiy muassasa.
DISSERTÁTSIYA [lot] Ilmiy daraja olish maqsadida yoziladigan ilmiy-tekshirish ishi.
DISSIMILÁTSIYA [lot] 1 biol. Organizm faoliyati jarayonida qabul qilingan murakkab organik moddalarning ajralishi, o‘zgarishi. 2 tilsh. Talaffuzda hosil bo‘lish o‘rni yoki usuli jihatdan o‘xshash tovushlardan birining o‘zgarishi, boshqa noo‘xshash tovush bilan almashinuvi.
DISTÁNSIYA [lot] 1 Masofa, oraliq. 2 sport. Start va finish oralig‘idagi masofa. 3 Temir yo‘llarning va shuningdek oddiy suv yo‘llarining ma’muriy-texnikaviy hududi.
DISTROFÍYA [lot] tib. A‘zo, to‘qima va umuman organizmning oziqlanish funksiyasi buzilishidan iborat kasallik.
DIVAN [f-t] O‘tirish va yotish uchun mo‘ljallangan suyanchiqli yumshoq mebel.
DIVIDEND [lot] Aksiya egasining aksiyadorlik jamiyati foydasidan oladigan ulushi.
DIYONAT [a] 1 Vijdon, vijdonlilik, insof. 2 Diniy qonun-qoidalarga qat’iy rioya etish; taqvodorlik.
DIYOR [a] Mamlakat, yurt, vatan.
DIZAYN [ingl] Maqsad; loyiha, chizma, rasm; bezak.
DIZÁYNER [ingl] Yangi chizma, loyiha yaratuvchi odam.
DÍZEL [nem] Suyuq yonilg‘ining og‘ir xillari bilan ishlaydigan ichki yonishli dvigatel.
DIZENTERÍYA [yun] tib. Yo‘g‘on ichakning yallig‘lanishi.
DODXOH [f-t] 1 esk. kt. Adolat talab etuvchi. 2 tar. Buxoro xonligida adolat istovchilardan amir nomiga ariza qabul qilish lavozimidagi kishi. 3 XX asr boshlariga qadar: Farg‘ona vodiysi va Toshkentda mingboshi va boshqa ba’zi amaldorlarni ulug‘lash uchun ishlatiladigan so‘z.
DOIR [a] ko‘m. Aloqasi, munosabati bo‘lgan; tegishli, oid, mansub.
DOIRA I [a] 1 geom. Aylana bilan o‘ralgan yuza; to‘garak. 2 ko‘ch. Belgili chegara tevaragidagi yoki ichidagi joy. 3 ko‘ch. Biror harakat, faoliyat, qonun-qoida va sh.k.larning davom etishi mumkin bo‘lgan hudud. 4 ko‘ch. Belgili soha, kasb yoki tabaqa ahli.
DOIRA II [a] Childirma, daf.
DÓKTOR [lot] 1 s.t. Vrach. 2 Oliy ilmiy daraja va shu darajani olgan olim.
DÓLLAR [ingl] AQSH, Kanada, Avstraliya va boshqa bir qancha mamlakatlarda pul birligi.
DOLCHIN [f-t] Bir turli tropik o‘simlikning quritilgan jigarrang po‘stlog‘i.
DOMINION [ingl] Hukmron davlat tarkibiga kiruvchi, shaklan o‘z-o‘zini boshqarish huquqiga ega, ammo siyosiy jihatdan unga qaram bo‘lgan davlat.
DOMINO [fr] Yassi soqqalar bilan o‘ynaladigan stol o‘yini.
DONA [f-t] 1 Sanoq sonlar bilan kelib, miqdorni bildiradi. 2 Don, urug‘. 3 Sochiluvchan narsalarning zarrasi. 4 Shahmat, shashka o‘yinlaridagi shaklcha.
DONO [f-t] 1 Aql-zakovatli, donishmand. 2 sft Aql-zakovatdan dalolat beradigan; oqilona.
DOR [f-t] 1 Kiyim-kechak, mol tashlab qo‘yish uchun ikki xoda o‘rtasiga tortilgan arqon. 2 tar. O‘limga mahkum etilganni osib o‘ldirish uchun maxsus qurilma. 3 ko‘ch. Adolatsizlik ramzi. 4 Dorbozlik qurilmasi.
DORBOZ [f-t] Dorda o‘ynovchi kishi.
DORI [f-t] 1 Davolash uchun ishlatiladigan modda. 2 ko‘ch. Dardga darmon bo‘ladigan narsa, davo. 3 s.t. Zararkunandalarga qarshi ishlatiladigan kimyoviy modda. 4 ko‘ch. Spirtli ichimlik.
DORIVOR [f-t] 1 Dori bo‘ladigan yoki dori olinadigan. 2 Ziravorlar. 3 s.t. Turli texnologik jarayonlarda ishlatiladigan moddalar.
DOSTON [f-t] 1 ad. Nazm yoki nasr yo‘li bilan yozilgan hikoya. 2 ad. Xalq qahramonlari haqidagi nasriy asar. 3 ko‘ch. Kechmish voqealar, sarguzasht.
DOTSENT [lot] Oliy o‘quv yurtlarida professordan quyi, assistentlardan yuqori unvon va shunday unvon egasi.
DÓZA [yun] Bemor qabul qilishi uchun belgilangan dori miqdori.
DOG‘ I [f-t] Qizdirilgan.
DOG‘ II [f-t] Ko‘ngildagi alam.
DOG‘ III [f-t] 1 Narsaning yuzida boshqa tusda ajralib turgan joy. 2 Narsaning biror modda tegib bulg‘angan joyi. 3 ko‘ch. Isnod keltiruvchi narsa; gard, g‘ubor.
DRÁMA [yun] Dialog shaklida, muallif nutqi aralashtirilmay yozilgan sahna asari.
DRAP [fr] Qalin jun gazlama; movut.
DUALÍZM [lot] fals. Dunyoning negizida modda ham, ruh ham bor deb biluvchi, materializm bilan idealizmni kelishtirishga urinuvchi falsafiy oqim.
DUBLIKAT [lot] Biror hujjatning asl nusxasi bilan barobar yuridik kuchga ega bo‘lgan nusxasi.
DUBLAJ [fr] Bir tildagi ovozli film so‘zlarini boshqa tilga ko‘chirish.
DUBLYOR [fr] Biror ishni navbatlashib bajaruvchi ikki kishidan biri.
DUD [f-t] Is, tutun.
DUEL [fr] Ikki shaxsning or-nomus talashib ma’lum shartlar asosida yakkama-yakka qilichbozlik qilishi yoki otishuvi.
DUET [ital] mus. 1 Ikki musiqa asbobi yoki ikki xil ovoz bilan ijro etiladigan musiqa asari. 2 Shunday asarni ijro etuvchi ikki kishi.
DUGOH [f-t] Shoshmaqomdagi uchinchi maqom nomi.
DUGONA [f-t] Qiz, ayol o‘rtoq.
DUM [f-t] Hayvon a’zosi; quyruq.
DUNYO I [a] 1 Koinot, olam. 2 Borliqning ayrim bo‘laklari. 3 Jonli tabiatning ayrim qismi. 4 Yer yuzi va undagi barcha odamlar. 5 Hayot, tiriklik. 6 Davr.
DUNYO II [a] Boylik, davlat.
DUNYOVIY [a] Hayotiy.
DUO [a] 1 din. Ollohdan tilak tilash. 2 din. Fotihada o‘qiladigan qur‘on surasi. 3 Birovga tilanadigan yaxshi niyatlar.
DUR [a] 1 Gavharning yirik turi. 2 ko‘ch. Bebaho, eng sara narsalar haqida.
DURRA [f-t] Kichik ro‘mol.
DURUST [f-t] 1 Yaxshi, tuzuk. 2 Munosabati yaqin, qalin; ittifoq. 3 kesim vazifasida Xo‘p, mayli. 4 kirish s. To‘g‘ri, faraz qilaylik.
DUYM [goll] Eski Rossiyada va hozir Angliyada: 25,4 millimetrga teng uzunlik o‘lchovi.
DUSH [fr] 1 Yuvinish yoki davolanish uchun suvni mayda teshiklardan chiqarib beradigan qurilma. 2 Shunday qurilma o‘rnatilgan xona.
DUSHMAN [f-t] 1 Dunyoqarashi, manfaatlari, g‘oyalari bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan; raqib, g‘anim. 2 Urushda o‘zaro jang qiluvchi taraflardan har biri, yov. 3 ko‘ch. Kishiga zarar keltiruvchi narsa, hodisa.
DVÍGATEL [r] Energiyaning biror turini mexanik energiyaga aylantiruvchi va boshqa mashinani harakatga soladigan mashina.
DO‘KON [a] 1 Savdo korxonasi. 2 Hunarmandlarning ishxonasi. 3 Hunarmandlar dastgohi.
DO‘LANA [f-t] 1 Ko‘pincha tog‘li joylarda yovvoyi holda o‘sadigan sariq yoki qizg‘ish mevali daraxt va uning yeyishli mevasi. 2 Shu daraxt yog‘ochidan ishlangan munchoq.
DO‘MBIRA [f-t] Ikki torli, pardasiz musiqiy asbob.
DO‘ST [f-t] Totuvlik munosabati bilan bog‘langan; jo‘ra, oshna. 2 Tarafdor, homiy.
3 Diniy tasavvufda: xudo.
DO‘ZAX [f-t] 1 Diniy tasavvurga ko‘ra: narigi dunyoda gunohkorlar abadiy azoblanadigan joy. 2 ko‘ch. Og‘ir sharoit, yomon muhit.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin