Yorqinoy Hamrayeva


------------------- B ---------------------



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə5/31
tarix14.06.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#129874
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
o`zlashmalar

------------------- B ---------------------
BAÁYNI [f-t+a] rvsh. Ajratib bo‘lmaydigan darajada o‘xshash, aynan o‘xshash, xuddi o‘zi.
BAD [f-t] I Yomon, yaramas.
BAD [f-t] II Qo‘shma so‘z tarkibida uning birinchi qismi bo‘lib keladi va yomon ma’nosini bildiradi.
BADAVLAT [f-t+a] Katta boylikka ega bo‘lgan.
BADAL [a] 1 O‘rniga o‘rin, bir narsaning evaziga to‘lanadigan haq yoki bir narsaning o‘rnini bosadigan boshqa narsa; evaz. 2 To‘lov.
BADAN [a] 1 Tananing sirtqi qismi. 2 Tan, vujud.
BADBIN [f-t] 1 Birovga yomonlik sog‘inuvchi. 2 Umidsiz.
BADIHA [a] ad. Biror voqea, hodisa munosabati bilan to‘satdan aytib yuborilgan she’r, she’riy parcha yoki musiqa asari.
BADIIY [a] 1 Voqelikni san’at vositalari orqali ifoda etuvchi, tasvirlovchi. 2 Yuksak estetik talablarga javob beradigan. 3 Baland did va mahorat bilan bajarilgan. 4 San’atga oid.
BAGAJ [fr] 1 Yo‘lovchining yuki, yuk. 2 ko‘ch. Bilim, saviya.
BAHARNAV [f-t+a] rvsh. 1 Har holda, har qalay, bir navi. 2 Qanday qilib bo‘lmasin, qanday bo‘lsa ham.
BAHAVO [f-t+a] Havosi mo‘l va musaffo, shu bilan birga keng, ochiq.
BAHO [f-t] 1 Qiymat, narx. 2 ko‘ch. Ahamiyat, qadr-qimmat. 3 O‘quv yurtlarida o‘zlashtirish darajasini belgilaydigan raqam.
BAHODIR [mo‘g‘] 1 Ertak, dostonlarda devqomat odam. 2 Azamat, qudratli, botir.
3 ko‘ch. Ulkan, katta.
BAHONA [f-t] 1 Vaj, dastak, ro‘kach. 2 Sabab, bois.
BAHR I [a] 1 esk. Dengiz. 2 ko‘ch. Kenglik, ochiqlik, yorug‘lik.
BAHR II [a] ad. Aruzda o‘n to‘qqizta she’riy vazn guruhidan har biri.
BAHR III [f-t] ayn. Bahra.
BAHRA [f-t] 1 Foyda, manfaat, naf. 2 Lazzat, huzur.
BAHS [a] 1 Munozara, tortishuv. 2 s.t. Har kim o‘zinikini ma’qullash, talashish. 3 Fan yoki ilmiy asarda ma’lum bir masalaga oid qism. 4 s.t. Biror masala haqidagi gap.
BAKTÉRIYA [yun] Mikroskop vositasi bilan ko‘rish mumkin bo‘lgan,o‘simliklar dunyosiga mansub juda mayda organizm.
BAL [fr] Katta raqs kechasi.
BALALÁYKA [r] Qorni uchburchak shaklidagi uch torli rus xalq musiqa asbobi.
BALANS [fr] iqt. Xo‘jalik, savdo ishlarida bir-biriga bog‘liq bo‘lgan sohalarning o‘zaro muvofiq salmog‘i.
BALET [fr] Musiqa jo‘rligidagi raqs va mimik harakatlardan iborat bo‘lgan sahna asari.
BALKON [ital] 1 Binoning ikkinchi va undan yuqori qavatlaridagi ko‘cha tomonga qaratib qurilgan ayvoncha. 2 Teatrda ikkinchi va undan yuqori qavatdagi o‘rinlar.
BALL [fr] 1 Tabiiy hodisalarning kuchini o‘lchash uchun qabul qilingan o‘lchov birligi. 2 Imtihon, sinovlarda olingan baho.
BALLON [fr] 1 Suyuqlik yoki gaz saqlanadigan maxsus idish. 2 Avtomobil, motosikl singari mashinalarning havo damlanadigan rezina g‘ildiragi. 3 Aerostatning gaz o‘tkazmaydigan qobig‘i.
BALO I [a] 1 Ofat, falokat. 2 s.t. Qandaydir noaniq ish, illat.
BALO II [a] s.t. Pishiq, uddaburon, puxta.
BALOG‘AT [a] 1 Voyaga yetganlik. 2 ko‘ch. Yetuklik, kamolot.
BAMBUK [fr] Tropik va subtropik mamlakatlarda o‘sadigan, qamishsimon tanali, baland bo‘yli o‘simlik.
BANAN [isp] 1 Tropik mamlakatlarda mevasi va tolasi uchun o’stiriladigan, bargi katta o’simlik. 2 Shu o‘simlikning sarg‘ish rangli, uzunchoq shirin mevasi.
BAND I [f-t] 1 Narsaning ushlanadigan qismi, tutqich. 2 Narsaning boshqa narsaga suqib, qistirib qo‘yilgan joyi. 3 Mevalarning novdaga birikkan ingichka qismi.
BAND II [f-t] 1 Qaror, qonun, shartnoma va sh.k.larning raqam yoki harf bilan bo‘lib ko‘rsatilgan kichik bir qismi. 2 She’riy yoki musiqiy asarning bir parchasi.
BAND III [f-t] 1 Bog‘lam, tugun.2 Asirlik, tutqunlik holati; qamoq, tutqun. 3 ko‘ch. Biror kimsaga berilganlik, maftunlik yoki uning hukmi, ta’siri ostiga olinganlik.
BÁNDA [ital] Bosqinchilar, kallakesarlar, banditlar to‘dasi
BANDÁ [f-t] 1 din. Taqdirini xudoning ixtiyoriga topshirgan kishi, Ollohning quli.
2 s.t. Umuman odam, kishi.
BANDARGOH [f-t] 1 Kemalarning to‘xtash joyi. 2 Cho‘l, dasht va tog‘li yo‘llarda kesishgan, qo‘nib o‘tiladigan joy.
BANDEROL [fr] 1 Pochta orqali yuboriladigan narsa. 2 Ba’zi mollar o‘rami ustidan yopishtirilgan va shu mollar uchun davlat tomonidan belgilangan to‘lov to‘langanligini bildiradigan qog‘oz.
BANDIT [ital] Qurollangan o‘g‘ri, bosqinchi, kallakesar.
BANGI [f-t] 1 Nasha chekuvchi; nashavand. 2 Umuman giyohga (ko‘knor, qoradori va sh. k.larga) o‘rgangan odam; giyohvand, ko‘knori.
BANGIDEVONA [f-t] Bir yillik zaharli o‘simlik.
BANK [ital] Pul muomalalarini amalga oshiruvchi muassasa.
BÁNKA [r] 1 Shisha yoki metalldan yasalgan silindrik idish. 2 tib. Kishi tanasininng kasal qismiga qo‘yiladigan noksimon qalin shisha.
BANKET [fr] Tantanali ziyofat, o‘tirish.
BANKROT [nem] Kasodga uchragan kishi yoki tashkilot.
BAQAMTI [f- t+a] rvsh. Yuzma-yuz, ro‘baro‘.
BAQAR [a] ayn. Sigir yili, sigir.
BAQIYA [a] esk. Soliq, to‘lov, qarz va sh.k. larning vaqtida to‘lanmay qolgan qismi; qoldiq, boqimonda.
BAQIYADOR [a+f-t] esk. Qarzdor, boqimondachi.
BAQO [a] esk. kt. Abadiylik, mangulik; abadiyat.
BAQQOL [a] esk. Mayda-chuyda ro‘zg‘or mollari va oziq-ovqat bilan savdo qiluvchi do‘kondor.
BARAKA [a] din.1 Ne’mat, xudoning bergani. 2 Seroblik, mo‘llik.
BARDAM [f-t] Kuch-quvvatga to‘la, sog‘lom.
BARDOSH [f-t] Chidam, to‘zim, matonat, toqat.
BARG [f-t] ayn. Yaproq.
BARGIZUB [f-t] Yirik bargli ko‘p yillik dorivor o‘t.
BARHAYOT [f-t+a] Yashab turgan, tirik.
BÁRIY [yun] Kimyoviy element, kumushsimon oq metall.
BARJA [fr] Shatakka olib yuradigan yoki o‘ziyurar yuk kemasi.
BARKASH [f-t] Patnis.
BARÓMETR [yun] Atmosfera bosimini o‘lchaydigan asbob.
BAROT I [a] esk. 1 Podsho tomonidan berilgan ozodlik xati; oqlik qog‘ozi.
2 Biror narsa, chunonchi unvon olganlik yoki imtiyoz berilganlik haqidagi yorliq.
BAROT II [a] s.t. Qamariya yili hisobida sakkizinchi oy nomi; sha’bon.
BARQAROR [f-t+a] 1 Qaror topgan, uzil-kesil o‘rnashgan. 2 O‘zgarmas, turg‘un.
BARRA [f-t] 1 ayn. Qo‘zichoq. 2 Qo‘zichoqning jingalak mo‘ynasi. 3 sft Yosh, mayin, beg‘ubor.
BARRIKÁDA [fr] Ko‘cha janglarida duch kelgan narsalardan foydalanib qurilgan g‘ov.
BÁRTER [ingl] Tovar ayirboshlash.
BARVASTA [f-t] Gavdali.
BAS [r] Erkaklarning eng past, yo‘g‘on ovozi va shunday ovozli ashulachi.
BASKETBOL [ingl] sport. Ikki komanda o‘rtasida to‘pni qo‘lma-qo‘l irg‘itib, balanddagi chambar-to‘rga tushirish o‘yini.
BASSEYN [fr] Sun’iy suv havzasi.
BATAFSIL [f-t+a] rvsh Ikir-chikirigacha qoldirmasdan, to‘liq.
BATALYON [fr] Bir necha rotadan iborat bo‘lgan harbiy bo‘linma.
BATARÉYA [fr] 1 Bir necha to‘p, zambarak joylashgan istehkom. 2 fiz. O‘zaro biriktirilgan bir necha akkumulator. 3 tex. Bir turdagi bir necha element birikmasidan iborat qurilma.
BATIST [fr] Pishitilgan ingichka ipdan to‘qilgan yupqa gazlama.
BAXIL [a] Birovning yutug‘ini ko‘rolmaydigan; qizg‘anchiq, xasis.
BAXT [f-t] 1 Hayotdan mamnunlik; bearmonlik. 2 Omad, tole, iqbol.
BAXTIYOR [f-t] 1 Baxti kulgan; baxtli. 2 Mazmunli, farovon.
BAXYA [f-t] Kiyim-kechakning to‘g‘ri chok bilan bostirilgan qirg‘og‘i, cheti, zixi va shunday chokning o‘zi.
BAXSH [f-t] | Baxsh etmoq – bag‘ishlamoq, bermoq.
BAYAN [r] Katta garmon.
BAYON [a] 1 Voqea-hodisa, fikr-mulohazalarning og‘zaki yoki yozma ifodasi; izhor.
2 ad. Adabiy asarning sodir bo‘layotgan voqealar haqida hikoya qilinayotgan qismi. 3 Maktabda yozma ish turi.
BAYOZ [a] ad. Bir yoki bir necha shoirning she’rlar to‘plami.
BÁZA [fr] 1 Asos, negiz, tayanch. 2 Hayot yoki faoliyat uchun zarur moddiy texnik boyliklar yoki sharoitlar majmui. 3 Biror xizmat ko‘rsatish va kerakli narsalar bilan ta’min etib turish uchun barpo etilgan maxsus joy, tayanch nuqta.
BÁZIS [yun] iqt. Jamiyatning iqtisodiy, huquqiy tuzilishi asosini tashkil etuvchi ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlari majmui.
BAZM [f-t] 1 O‘yin-kulgi kechasi, ziyofat. 2 ko‘ch. Qushlarning sayrashi bilan kishiga zavq beradigan manzaralar haqida.
BAZZOZ [a] Gazlama sotuvchi savdogar; gazlamafurush.
BAZO‘R [f-t] Qiyinchilik bilan, arang.
BASHAR [a] kt. Inson, odam.
BASHARA [a] 1 salb. Yuz, bet, aft. 2 Kishining ruhiy holatini, ichki kayfiyati yoki tabiatini ifodalovchi ko‘rinish, chehra, avzo. 3 ko‘ch. Kishining tashqi yoki ma’naviy qiyofasi. 4 Aniqlanmish vazifasida kelib “o‘xshash” ma’nosini bildiradi.
BASHORAT [a] kt. 1 esk. Xushxabar. 2 Oldindan ko‘rish, oldindan aytib berish.
BACHKI [f-t] 1 O‘simlik tanasining, poyasining ostidan, yon-beridan o‘sib chiqqan mayda shoxchalar, nihollar. 2 Ko‘kligida o‘rib olish uchun ekilgan makkajo‘xori.
BA’D [a] esk. kt. Keyin, so‘ng.
BEADAB [f-t+a] 1 Tarbiya ko‘rmagan; adabsiz. 2 Odob-axloq me’yorlariga to‘g‘ri kelmaydigan.
BEADAD [f-t+a] Hisobi yo‘q, juda ko‘p.
BEBAQO [f-t+a] Abadiy turmaydigan; o‘tkinchi.
BEBURD [f-t] 1 So‘zida turmaydigan, va’dasining ustidan chiqmaydigan; burdi yo‘q, subutsiz. 2 Tuturuqsiz, bema’ni.
BEDIL [f-t] 1 kt. Ma’yus, hasratli; g‘amgin. 2 ko‘ch. Ko‘ngilsiz bo‘lgan, ko‘ngli sovigan. 3 kt. Ishq o‘tida kuygan.
BEDOD [f-t] Hech kimga arz qilolmay noiloj qolgan.
BEDOV [f-t] Uchqur, o‘ynoqi.
BEGEMOT [r] Tropik Afrika ko‘l va daryolari atrofida yashaydigan, terisi qalin, yirik sutemizuvchi hayvon; suv ayg‘iri.
BEHAD [f-t+a] Juda ko‘p, cheksiz.
BEHUDA [f-t] 1 Nafi tegmaydigan; foydasiz, keraksiz. 2 Amalga oshmaydigan, puch. 3 O‘rinsiz, nohaq. 4 Asossiz, bo‘lmag‘ur, bema’ni.
BEIBO [f-t+a] Or-nomusni bilmaydigan; uyatsiz, ibosiz.
BEILLAT [f-t+a] Kamchiliksiz, nuqsonsiz.
BEJO [f-t] rvsh. 1 Allanechuk, besaranjom, bezovta, iztirobli. 2 Nojo‘ya, noo‘rin.
3 O‘z joyida emas.
BEKAMI KO‘ST [f-t] Har jihatdan to‘liq, benuqson.
BEKOR [f-t] 1 Ishdan xoli, ishsiz, bo‘sh. 2 Behuda, befoyda.
BELÍLA [r] Mineral oq bo‘yoq.
BELLETRÍSTIKA [fr] Nasriy yo‘l bilan yozilgan adabiyotlar.
BEMAVRID [f-t+a] 1 Nomuvofiq paytda, bemahal. 2 Nomuvofiq o‘rinda, o‘rinsiz, noo‘rin.
BEMAZA [f-t+a] 1 Og‘izga yoqmaydigan, ta’mi yomon. 2 ko‘ch. Badiiy jihatdan zaif, bema’ni, siyqa. 3 Yaramas, yomon, bema’ni. 4 Odob-axloq me’yorlariga to‘g‘ri kelmaydigan.
BEMOR [f-t] Kasal, xasta.
BENAVO [f-t] Huzur-halovat ko‘rmagan, bechora.
BENAZIR [f-t+a] Tengi yo‘q, mislsiz.
BENZIN [r] Neftdan olinadigan rangsiz suyuq yonilg‘i.
BENZOL [a+lot] Toshko‘mirdan olinadigan rangsiz suyuq yonilg‘i.
BERILL [yun] Silikatlar guruhiga kiruvchi mineral.
BERÍLLIY [yun] kim. Kumush rang yengil, erishi qiyin metall.
BESAR [f-t] | Besar bo‘lmoq - Halovatini yo‘qotmoq, izdan chiqmoq.
BETAMIZ [f-t] Farosati yetishmaydigan, kaltafahm.
BETAVFIQ [f-t+a] Ollohga va dinga ishonmaydigan, imonsiz.
BETOB [f-t] Biror kasallikka chalingan; kasal.
BETON [fr] Sement, qum, shag‘al va suv qorishmasidan tayyorlangan qurilish materiali.
BEZ [r byaz] Surpdan qalin, pishiq ip gazlama.
BECHORA [f-t] 1 Muhtojlikda kun kechiruvchi; kambag‘al. 2 Mushkul ahvolga tushib qolgan; chorasiz.
BIDON [r] Suyuqlik solinadigan qopqoqli idish.
BID’AT [a] din. Dindan keyin paydo bo‘lgan, dinga xilof yangilik, isloh.
BIHISHT [f-t] kt. ayn. Jannat.
BILLUR [f-t] Yuqori navli tiniq oq shisha.
BILYARD [fr] Maxsus tayoq bilan to‘pchalarni luzalarga (chuqurchalarga) tushirib o‘ynaladigan stol o‘yini.
BINAFSHA [f-t] 1 ot O‘tsimon o‘simlik va uning bahorda ochiladigan xushbo‘y safsar guli. 2 sft Shu gul rangidagi.
BINO [a] Katta uy, imorat.
BINOAN [a] ko‘m. | Shunga binoan - shunga asosan, shunga ko‘ra.
BINOBARIN [f-t] Shu sababli, demak.
BINOYI [f-t+a] Tuppa-tuzuk, yaxshigina, durust.
BINT [r] Yara bog‘laydigan doka tasma.
BIOFÍZIKA [yun] Tirik organizmlarga xos fizikaviy qonuniyatlarni o‘rganadigan fan.
BIOGRÁFIYA [yun] Biror kishining hayotiy yo‘li va uning tavsifi; tarjimai hol.
BIOLÓGIYA [yun] Tirik organizmlarning rivojlanishi haqidagi fan.
BÍRJA [nem] Qimmatbaho qog‘ozlar va har xil mollar savdosi o‘tkaziladigan muassasa. | Mehnat birjasi - Aholini ish bilan ta’minlashda yordam beradigan muassasa.
BIRODAR [f-t] 1 Aka yoki uka. 2 Aka-ukadek yaqin do‘st, hamdam. 3 O‘rtoq, og‘ayni (murojaatda).
BISKVIT [fr] Ko‘pirtirilgan tuxumga un va shakar qorib pishiriladigan shirinlik.
BISMILLOH [a] 1 din. Qur‘on suralari va umuman diniy kitoblarning boshlanish so‘zi. 2 Biror ishga kirishishdan, xususan ovqat yeyishni boshlashdan oldin aytiladigan so‘z. 3 ko‘ch. Biror ishning boshlanishi, muqaddimasi.
BISOT [a] 1 Mol-dunyo boylik. 2 ko‘ch. Kimsada bor bo‘lgan har qanday narsa.
BISYOR [f-t] rvsh, esk. kt. Juda ko‘p, g‘oyat darajada.
BIYOBON [f-t] Suvsiz cho‘l, sahro.
BÍZNES [ingl] Katta daromad orttirishga, foyda olishga qaratilgan ish.
BIZNESMEN [ingl] Biznes bilan shug‘ullanuvchi shaxs; tadbirkor.
BLANK [fr blanka] Bosmaxonada nashr qilingan ish qog‘ozi, hujjat.
BLOKNOT [fr] Yon daftarcha.
BOB [a] 1 Kitob, asarning bir qismi.
BOD I [f-t] kt. esk. Shamol, yel.
BOD II [f-t] Bo‘g‘in va mushaklarning yallig‘lanish kasalligi, revmatizm.
BODA [f-t] she’r. May, ichkilik, sharob.
BODOM [f-t] Asosan tog‘larda o‘sadigan butasimon daraxt va shu daraxtning sermoy va lazzatli mag‘izga ega bo‘lgan danak-mevasi.
BODREZAK [f-t] Sarg‘ish gulli buta va uning yeyish mumkin bo‘lgan achchiq qizil mevasi.
BODRING [f-t] Poliz o‘simligi va uning yeyishli cho‘zinchoq hosili.
BOIS [a] Sabab, asos.
BOJ [a] Chet davlatdan keltirilgan mol uchun olinadigan haq.
BOKIRA [a] 1 Turmushga chiqmagan; iffatli. 2 ko‘ch. Qo‘l tegmagan, kishi oyog‘i yetmagan.
BOKS I [ingl] Maxsus qo‘lqop kiyib, ma’lum qoidalar asosida mushtlashish o‘yini.
BOKS II [ingl] Kasalxonalarda yuqumli kasallik bilan og‘rigan bemorlarni boshqalardan ajratib qo‘yish uchun belgilangan maxsus xona.
BOLOR [f-t] shev. To‘sin.
BOLT [r] Rezbali metall mix.
BÓMBA [fr] Portlatuvchi yoki yondiruvchi snaryad.
BOMDOD [f-t] 1 din. Kun chiqmasdan o‘qiladigan birinchi namoz. 2 Erta tong payti; sahar.
BONU [f-t] 1 esk. Yuqori tabaqalarga, zodagonlarga mansub ayollar unvoni. 2 Hurmat yuzasidan xotinlar ismiga qo‘shib ishlatiladi.
BOQIMONDA I [a+f-t] Qoldiq qarz, undirilmagan soliq va sh. k.
BOQIMONDA II [a+f-t] Birovlarning hisobiga kun ko‘ruvchi.
BOR I [f-t] kt. Marta, karra.
BOR II [lot] Sof va birikma holida tibbiyot va texnikada keng qo’llanadigan kimyoviy element.
BORJOM [gruzincha] Shifobaxsh mineral suv.
BORONA [r] dehq. Haydalgan yerni tekislaydigan va kesaklarini maydalaydigan qishloq xo‘jalik quroli; sixmola.
BORT [goll] 1 Kema, yuk mashinasi va sh.k.larning yoni, yon devori. 2 kelishik affiksi olgan shakllarda Samolyot, kema va sh.k. larning ichi ma’nosini bildiradi.
BOZIGAR [f-t] 1 esk. O‘yinchi, raqqosa. 2 Ko‘z bog‘lovchi, fokuschi. 3 ko‘ch. Ayyor, tullak odam.
BOZOR [f-t] 1 Savdo-sotiq qilinadigan maxsus joy. 2 Shunday joyda savdo-sotiq qilinadigan kun. 3 ko‘ch. Shovqin-suron, tartibsizlik holati. 4 Tovar, mol almashinuv sferasi.
BÓCHKA[r] Yog‘och yoki metalldan ishlangan silindrik idish.
BOG‘ [f-t] 1 Daraxtzor, mevazor. 2 Shahardan tashqaridagi qo‘rg‘on va undagi mevazor.
3 ko‘ch. Gullab-yashnagan, obod joy; gulzor.
BOG‘BON [f-t] 1 Bog‘dorchilik mutaxassisi. 2 Bog‘ni parvarish qiluvchi kishi.
BRAK [nem] Sifatsiz mahsulot; yaroqsiz narsa, chiqit.
BREZENT [goll] Suv o‘tkazmaydigan kanop mato.
BRIKET [fr] G‘isht shaklida presslangan narsa.
BRILYANT [fr] Tarashlangan va sayqal berilgan olmos.
BRÍNZA [r] Qo‘y sutidan tayyorlangan sir, pishloq.
BROM [yun] 1 Kimyoviy element, to‘q qizil, qo‘lansa suyuqlik.
BRÓNZA [fr] Misning qo‘rg‘oshin, qalay va aluminiy bilan qotishmasi.
BROSHÚRA [fr] Kichik kitob; risola.
BRÚTTO [ital] Tovarning idishi bilan birgalikdagi og‘irligi.
BUDJET [fr] 1 iqt. Davlat, korxona, muassasa va sh.k. larning ma’lum muddat uchun oldindan belgilab qo‘yilgan kirim-chiqimi. 2 Shaxsiy kirim-chiqim majmui.
BÚFER [ingl] Parovoz, vagon, avtomobil va sh.k. larda urilish zarbini yumshatuvchi qurilma.
BUFET [fr] 1 Idish-tovoq, meva-cheva, ichimlik va sh.k.lar saqlanadigan maxsus javon.
2 Yengil-yelpi ovqatlanish uchun mo‘ljallangan yemakxona.
BULBUL [f-t] 1 Chumchuqsimonlar turkumining qorayaloqlar oilasiga mansub sayroqi qush. 2 ko‘ch. Xushovoz qo‘shiqchi, mohir notiq.
BULLETEN [fr] 1 Biror muassasaning vaqti-vaqti bilan chiqarib turiladigan bosma organi. 2 Ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan muhim voqeaning borishi haqida vaqtli matbuotda e’lon qilib turiladigan axborot. 3 Saylovlarda ovoz berish varaqasi. 4 s.t. Kasallik tufayli vaqtincha ishga yaroqsizlik haqida vrach tomonidan beriladigan varaqa.
BÚNKER [ingl] Kombayn, paxta terish mashinasining yig‘ilgan narsa to‘planadigan qismi.
BUNYOD [f-t] Yuzaga kelmoq, barpo bo‘lmoq.
BURD [f-t] Ishonchga sazovorlik, tayinlilik, rostlik; e’tibor.
BURDA [f-t] Kichik parcha, bo‘lak.
BURJ [a] astr. Quyoshning yillik harakat yo‘li bo‘ylab joylashgan o‘n ikkita yulduzlar turkumining majmui va ularning har biri.
BURJUA I [fr] Burjuaziya sinfining vakili.
BURJUA II [fr] s.t. 1 ot Burjuaziya. 2 sft. Burjuaziya hukmronligiga asoslangan; burjuaziya hukmronligi uchun xizmat qiluvchi.
BURJUAZÍYA [fr] Asosiy ishlab chiqarish vositalariga egalik qiluvchi va yollanma mehnatdan foydalanish hisobiga boylik orttiruvchi ekspluatatorlar sinfi.
BUROMAD [f-t] Chiqim; sarf-xarajat.
BUROQ [a] 1 mif. Me’roj kechasi Muhammad payg‘ambar osmonga minib chiqishi uchun xudo tomonidan yuborilgan ot. 2 ko‘ch. Uchqur ot.
BUT [f-t] din. 1 ayn. Sanam. 2 s.t. Hoch shaklidagi narsa; hoch.
BUTA [f-t] Tagidan shoxlab o‘sadigan mayda daraxt.
BUTERBROD [nem] Orasiga sariyog‘ surtilgan yoki pishloq, kolbasa parchasi va sh.k.lar qo‘yilgan bir bo‘lak non.
BUXÁNKA [r] Bir butun bulka non.
BÚXTA [nem] Bo‘ron va to‘lqinlardan pana qo‘ltiq.
BUZRUK [f-t buzurg] 1 esk. kt. Katta, ulug‘. 2 din. Aziz, avliyo. 3 Shashmaqomdagi birinchi maqom nomi.
BYURO [fr] 1 Ba’zi muassasa, tashkilot va sh.k.larning rahbarlik qiluvchi va qabul etilgan qarorlarni ijro etuvchi organi. 2 Ba’zi bir muassasa, tashkiloti yoki ularning bo‘limlari nomi.
BYUROKRAT [fr+yun] O‘z vazifasiga rasmiyatchilik bilan qarovchi, rasmiyatparast, to‘ra.
BYUROKRATÍZM [r] 1 Mamlakatni hokim sinflar manfaatini ko‘zlovchi, to‘ralar orqali idora qilish usuli. 2 Ishga, o‘z vazifasiga rasmiyatchilik bilan qarash; qog‘ozbozlik, sansalorlik, to‘rachilik.
BYUST [fr] Gavdaning ko‘krakdan yoki beldan yuqori qismini tasvirlovchi haykal.
BO‘HTON [a] Birovni ayblash yoki qoralash maqsadida o‘ylab chiqarilgan asossiz da’vo; tuhmat.
BO‘LKA [r bulka] s.t. Bug‘doy unidan tayyorlanib, pechda pishiriladigan non.
BO‘STON [f-t] she’r. 1 Yashnagan bog‘. 2 ko‘ch. Bog‘-rog‘li obod yer, yashnagan, gullagan joy.
BO‘YRA [f-t buryo] Tozalangan qamish cho‘pidan to‘qilgan to‘shama.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin