Yorqinoy Hamrayeva


Shartli qisqartmalar ro‘yxati



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə4/31
tarix14.06.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#129874
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
o`zlashmalar

Shartli qisqartmalar ro‘yxati



a – arabcha
ad. – adabiyotga oid atama
anat. – anatomiyaga oid atama
astr. – astronomiyaga oid atama
arxit. – arxitekturaga oid atama
ayn. – aynan
biol. – biologiyaga oid atama
bnk. – binokorlikka oid atama
bot. – botanikaga oid atama
bog‘. – bog‘dorchilikka oid atama
dehq. – dehqonchilikka oid atama
din. – diniy so‘z
esk. – eskirgan so‘z
etn. – etnografiyaga oid atama
fals. – falsafaga oid atama
fiz. – fizikaga oid atama
fiziol. – fiziologiyaga oid atama
folk. – folklorga oid so‘z
fr – fransuzcha
f-t – fors-tojikcha
geogr. – geografiyaga oid atama
geol. – geologiyaga oid atama
geom. – geometriyaga oid atama
goll – gollandcha
harb. – harbiy atama
hind – hindcha
his. – hisob-kitobga oid so‘z
ijob. – ijobiy munosabatni ifodalaydi
ingl – inglizcha
iqt. – iqtisodga oid atama
isp – ispancha
ital – italyancha
kam qo‘ll. – kam qo‘llanadi
kim. – kimyoga oid atama
kirish s. – kirish so‘z
kt. – kitobiy so‘z
ko‘m. – ko‘makchi
ko‘ch. – ko‘chma ma‘nodagi so‘z
lot – lotincha


man. – mantiqqa oid atama
mat. – matematikaga oid atama
maxs. – maxsus atama
mex. – mexanikaga oid atama
mif. – mifologiyaga oid atama
modal s.- modal so‘z
mol.- moliyaga oid atama
mus. – musiqiy atama
mo‘g‘– mo‘g‘ulcha
nafr. – nafratni ifodalaydi
nem – nemischa
opt. – optikaga oid atama
ped. – pedagogikaga oid atama
pol – polyakcha
psixol. – psixologiyaga oid atama
r – ruscha
rvsh – ravish
salb. – salbiy munosabatni ifodalaydi
sft – sifat
siyos. – siyosiy atama
snq son – sanoq son
sport. – sportga oid atama
s.t. – so‘zlashuv tilida
so‘r. olmsh – so‘roq olmoshi
tar. – tarixga oid atama, tarixiy so‘z
tex. – texnikaga oid atama
tib. – tibbiyotga oid atama
tilsh. – tilshunoslikka oid atama
und s.- undov so‘z
va h.k. – va hokazo
xit – xitoycha
yun – yunoncha
yur. – yuridik atama
zool. – zoologiyaga oid atama
shahm. – shahmatga oid so‘z
shev. – shevaga xos so‘z
she’r. – she’riy so‘z
sh.k. – shu kabi
chex – chex tilidan



--------------------- A ------------------------
ABAD [a] 1 ot Mangulik, poyonsiz kelajak. | To abad – umrbod, hamisha, doimo.
2 rvsh Mangu, abadiy.
ABADIY [a] Vaqt bilan chegaralanmagan, doimiy; mangu.
ABAJUR [fr] Lampa qalpog‘i.
ABAS [a] esk. kt. Foydasiz, behuda.
ABBAT [lot] 1 Katolik erkaklar monastirining boshlig‘i. 2 Fransiyada: katoliklar ruhoniysi.
ABGOR [f-t afgor] Yomon ahvolga tushib qolgan; nochor, xarob.
ABJAD [a] Qadimiy arab alifbosi sirasini esda saqlash uchun o‘ylab chiqarilgan sakkizta so‘zdan birinchisining va shu sakkiz so‘z majmuining nomi.
ABLAH [a] 1 Qabih, yaramas, razil. 2 Be’mani, nodon.
ABONEMENT [fr] Biror narsadan ma’lum bir muddat ichida foydalanish uchun berilgan hujjat.
ABONENT [nem] Abonementdan foydalanuvchi, abonement egasi; obunachi.
ABR [f-t] esk. kt. Bulut.
ABSOLUTIZM [lot] Monarxiyaning bir ko‘rinishi, hokimiyat boshqaruvi bir shaxs qo‘lida bo‘lgan davlat tuzumi.
ABZAL [f-t afzor] Ot-ulov uchun egar-jabduq.
ABZAS [nem] 1 Xat boshi, satr boshi. 2 Ikkita xat boshi orasidagi matn.
ADAB [a] Axloqiy tarbiya va uning me‘yorlari.
ADABIY [a] 1 Badiiy adabiyotga oid. 2 Yozuvchilarga oid. 3 Adabiyot talablariga javob bera oladigan, madaniy hayotda omma tomonidan qabul etilgan.
ADABIYOT [a] 1 Ma’lum xalqqa tegishli bo‘lgan badiiy, ilmiy va falsafiy asarlar majmui. 2 San’atning so‘zlar yordamida badiiy obrazlar yaratuvchi sohasi va shu sohaga oid asarlar majmui. 3 Muayyan bir fan yoki sohaga oid asarlar.
ADAD [a] 1 Donalab sanash mumkin bo‘lgan narsalarning miqdori. 2 Kitob, jurnal va sh.k.larning bosilib chiqqan nusxalari soni.
ADAPTÁTSIYA [lot] Jonli mavjudotlar sezgi organlarining turli sharoitga moslashuvi.
ADIB [a] Yozma asarlar yaratuvchi shaxs, yozuvchi.
ADIL [a] 1 Tik, to‘ppa-to‘g‘ri. 2 Adolatli, odil.
ADL [a] Adolat, haqiqat, to‘g‘rilik.
ADLIYA [a] Sud organlari faoliyati.
ADMIRAL [a amir al-bahr] Harbiy dengiz flotining oliy qo‘mondonlik tarkibiga beriladigan unvon va shu unvonga ega bo‘lgan kishi.
ADO [a] 1 Voqea-hodisa yoki harakatning oxiri. 2 Ishva, jilva, karashma.
ADOLAT [a] Haqqoniylik, odillik, xolisona ish ko‘rish.
ADOLATPARVAR [a+f-t] Adolat tarafdori, haqiqat uchun kurashuvchi, haqiqatgo‘y.
ADOVAT [a] 1 Nizo, dushmanlik munosabati 2 Xusumat, kek.
ADRAS [f-t] Ipak va paxta tolasidan tayyorlanadigan milliy gazlama.
ADVOKAT [lot] 1 Ma’lum shaxsning huquqlarini himoya qiluvchi, huquqiy masalalar bo‘yicha maslahatlar beruvchi mutaxassis, yurist. 2 Sudda ayblanuvchini oqlovchi.
ADVOKATÚRA [lot] 1 Advokatlik ishi, faoliyati. 2 Shu soha xodimlari.
ADYOL [r odeyalo] Jun yoki shu kabi qalin matolardan qilinadigan bir qavatli ko‘rpa.
AERODINÁMIKA [r] Havo va gazlarning harakatini o‘rganadigan fan.
AERODROM [r] Uchish apparatlari uchun zaruriy inshootlari bo‘lgan keng maydon.
AEROFLOT [r] Havo floti, uchish apparatlari majmui.
AEROPLAN [yun+fr] ayn. Samolyot.
AEROPORT [r] Transport aviatsiyasining muntazam qatnovini ta’minlab turuvchi inshoot va muassasa.
ÁFFIKS [lot] tilsh. O‘zaklarga qo‘shilib yangi so‘z yoki so‘zshakllarni yasash, turlash uchun hizmat qiladigan element; qo‘shimcha.
AFFRIKAT [r affrikata] tilsh. Ikki yoki undan ortiq elementdan iborat qorishiq tovush.
AFÍSHA [fr] Spektakl, konsert, va sh.k.lar haqida ko‘rinarli joylarga yopishtiriladigan e’lon.
AFORIZM [yun] Chuqur ma’noli, qisqa, ixcham ibora, hikmatli so‘z.
AFSONA [f-t] 1 Avloddan avlodga, og‘izdan og‘izga o‘tib kelgan fantastik, ba’zan diniy mazmundagi hikoya, rivoyat, doston. 2 ko‘ch. Asossiz gap, yolg‘on- yashiq, uydirma. 3 ko‘ch. Aql bovar qilmaydigan, aqlga sig‘maydigan, mislsiz narsa, ish.
AFSUN [f-t] ayn. Jodu.
AFSUNGAR [f-t] ayn. Jodugar.
AFSUS [f-t] 1 O‘kinish, achinish tuyg‘usi, pushaymon. 2 kirish s. Attang, esiz.
AFTODA [f-t] esk. 1 Notavon, nochor, abgor. 2 G‘am-anduh bilan yoki dard chekib ozib-to‘zib ketgan, ahvoli tang.
AFV [a] Kechirim, uzr.
AFYUN [a] 1 Ko‘knorining dumbul boshog‘idan olib quritilgan shira. 2 ko‘ch. Kishi ongini zaharlaydigan narsa.
AFZAL [a] Yaxshi, a’lo, ortiq.
AGAR [f-t] Shart bog‘lovchisi.
AGENT [lot] 1 Tashkilot, muassasa va sh.k.larning manfaati uchun xizmat qiladigan shaxs. 2 Biror davlat razvedkasining maxfiy xodimi; voqeanavis, josus.
AGENTÚRA [r] Maxfiy ma’lumotlar to‘plash va qo‘poruvchilik ishlari olib borish maqsadida uyushtirilgan josuslik xizmati.
AGRAR [r agrarniy] Qishloq xo‘jaligi, xususan, yer-suvdan foydalanishga oid.
AGRESSIV [r agressivniy] Agressiya siyosatini qo‘llovchi, tajovuzkor.
AGRÉSSIYA [lot] O‘zga davlat yerlarini kuch bilan bosib olish, boshqa davlat mustaqilligiga tajovuz qilish, uni iqtisodiy va siyosiy jihatdan qaram qilish, bosqinchilik.
AGROKIMYO [yun+a] O‘simliklarni o‘g‘itlash, oziqlantirish va kimyoviy yo‘l bilan zararkunandalardan saqlash to‘g‘risidagi fan.
AGRONÓMIYA [yun] Qishloq xo‘jaligi va dehqonchilikka doir nazariy va amaliy bilimlar majmui.
AGROTÉXNIKA [yun] Qishloq xo‘jaligiga oid ishlar majmui va ularni bajarish tizimi.
AHAMIYAT [a] Kishilik hayotida,voqelikda tutgan o‘rin, qiymat; e’tibor.
AHBOB [a] esk. kt. Do‘stlar, qadrdonlar.
AHD [a] 1 Qat’iy so‘z, qaror, va’da, lafz. 2 Shartnoma, kelishuv, bitim.
AHD-PAYMON [a+f-t] O‘zaro qat’iy kelishuv, va’da.
AHIL [a] Bir yoqadan bosh chiqargan, bir jon-bir tan, totuv, inoq.
AHL [a] 1Bir soha, kasb yoki doira odamlari. 2 Biror joyda istiqomat qiluvchi, yashovchi kishilar; aholi. 3 Qatnashchi.
AHMOQ [a] Aqliy jihatdan cheklangan, tentak.
AHOLI [a] Ma’lum joyda istiqomat qiluvchi odamlar majmui.
AJABTOVUR [a+f-t] Qiziqarli, binoyiday.
AJAM [a] 1 Arablardan boshqa xalqlar. 2 Shoshmaqom kuylaridan birining nomi.
AJDAR [f-t] 1 Afsonaviy ulkan maxluq. 2 Janubiy Osiyo hududida tarqalgan uchar kaltakesak.
AJDARGUL [f-t] ayn. Itog‘iz.
AJDOD [a] Ota-bobolar.
AJINA [a] 1 iloh. Alvasti, jin. 2 Kichkina ko‘rimsiz odam.
AJNABIY [a] 1 Chet ellarga oid, xorijiy. 2 Chet ellik kishi.
AJOYIB [a] 1 Hayratga soladigan darajada qiziq. 2 Qiziqarli.
AJOYIBOT [a] G‘ayrioddiy voqea-hodisalar.
AKADÉMIK [r] ot Fanlar akademiyasining a’zosi; Akademiya a’zoligiga saylangan olimning unvoni.
AKADEMÍK [r akademicheskiy] sft 1 Akademiyaga oid. 2 | O‘quv yurtlarida: akademik yil – o‘quv yili, akademik soat – dars soati (45 yoki 80 daqiqa).
AKADÉMIYA [yun] Ilm-fan yoki san’atni rivojlantirish maqsadida tuziladigan oliy ilmiy muassasa.
AKÁTSIYA [yun] Dukkaklilar oilasiga mansub xushbo‘y gulli daraxt yoki buta.
AKBAR [a] esk. kt. Katta, ulkan, buyuk.
AKKORDEON [fr] Yelkaga osib chalinadigan klaviaturali musiqa asbobi.
AKKROBÁTIKA [yun] Sport gimnastikasi va sirk san’atining murakkab turi.
AKKUMULÁTOR [lot] Elektr yoki issiqlik energiyasini to‘playdigan asbob.
AKOBIR [a] esk. kt. Yuqori martabali kishi.
AKS I [a] 1 ot Narsaning silliq sathda ko‘ringan tasviri. 2 sft Qarama-qarshi, teskari. 3 Tutgan yerini kesadigan, gapga ko‘nmaydigan, o‘jar.
AKSA [a] Dimog‘ qichishi natijasida o‘z-o‘zidan o‘pkadan keskin tovush bilan havo chiqishi.
AKSAR [a] 1 Ko‘p qism, ko‘pchilik. 2 Ko‘pincha, ko‘p hollarda.
AKSENT [lot] tilsh. 1 So‘z urg‘usi. 2 O‘zga tilda so‘zlaganda seziladigan talaffuz xususiyatlari.
ÁKSIYA [fr] Aksiyadorlik jamiyati, jamg‘armasiga o‘z ulushini qo‘shgan hissadorlarga shu jamiyat ishida qatnashish va uning daromadlaridan foydalanish huquqini beradigan qimmatbaho qog‘oz.
AKT [lot] 1 Muhim voqea, hodisa, harakat. 2 Biror ishni tasdiqlovchi hujjat.
AKTYOR [fr+r] Teatrda yoki kinoda rol bajaruvchi.
AKÚLA [r] Dengiz hayvoni, katta yirtqich baliq.
AKÚSTIKA [yun] 1 Fizikaning tovushlarni o‘rganadigan bo‘limi. 2 Biror binoda tovushlarning eshitilish xususiyatlari va imkoniyatlari.
AKVAREL [fr] Suvda eritib ishlatiladigan bo‘yoq.
ALAF [a] Yovvoyi o‘t.
ALAM I [a]1 Jismoniy azob, og‘riq. 2 Ruhiy qiynalish, dard-hasrat, iztirob. 3 Qasos, o‘ch. 4 Qahr, g‘azab, nafrat.
ALAM II [a] 1 esk. Bayroq, tug‘. 2 din. Ziyoratgoh joylardagi daraxtlarga biror niyat qilib bog‘lanadigan latta.
ALAMZADA [a+f-t] Alamidan to‘yib, birovdan o‘ch olishga qasd qilgan.
ALBÁTTA [a] modal s. 1 Fikrning qat’iyligini, bajarilishi aniqligini anglatadi.
2 kirish s. Shubhasiz, turgan gap.
ALGÉBRA [a al jabr] Matematikaning bir bo‘limi.
ALEBASTR [yun] Kukun shaklidagi pishirilgan oq gips.
ALIFBO [a] Biror til yozuvining ma’lum tartibda joylashgan harflar to‘plami.
ALLEGÓRIYA [yun] Mavhum tushunchalarni aniq obraz vositasi bilan ifodalash, majoz.
ALLO [ingl hello] Telefon orqali so‘zlashganda «salom», «eshityapman», «eshityapsizmi» ma‘nolarida qo‘llanadigan so‘z.
ALLOMA [a] kt. Ilm-fanning bir necha sohasini mukammal egallagan inson.
ALMANAX [lot+a] Zamondosh mualliflarning asarlari to‘plami.
ALÓE [yun] 1 Uzun bargli tropik va subtropik o‘simlik; sabur. 2 Shu o‘simlik shirasidan tayyorlanadigan dori.
ALOMAT [a] 1 ot Shartli ravishda qo‘yilgan belgi, ishora. 2 ot Biror voqea, hodisa, vaziyat va shu k.lardan darak beruvchi belgi, nishona. 3 ot Ramz. 4 sft Ijobiy xislatlarga ega bo‘lgan, ajoyib. 5 Kishini hayratga soladigan, ajablanarli.
ALOQA [a] 1Kishilar, narsalar, voqea-hodisalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat. 2 Tegishlilik, oidlik. 3 Masofadan turib bog‘lanish vositasi.
ALPINIZM [lot] Tog‘ cho‘qqilariga chiqish sporti.
ALUMÍNIY [lot] Kimyoviy unsur, kumush rangli yengil, qayishqoq metall.
ALVIDO [a] und. s. Abadiy xayrlashuv, so‘ngso‘z.
ALVON I [a] Sidirg‘a qizil ip gazlama.
ALVON II [a] 1 Qizil. 2 Xilma-xil, turli-tuman.
AMAL [a] 1 Kundalik ish, faoliyat. 2 Mansab, lavozim. 3 Chora, iloj. 4 mat. Matematik hisob.
AMALDOR [a+f-t] Yuqori mansab egasi.
AMALIYOT [a] 1 Kundalik tajriba. 2 Ilmiy-nazariy xulosa, qoida va sh.k.larni hayotga tatbiq qilish, amalda qo‘llash; tajriba.
AMBULATÓRIYA [lot] Qatnab davolanuvchilarga va uyda yotgan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatuvchi shifoxona.
AMFÍBIYA [yun] 1 zool. Suvda hamda quruqlikda yashash xususiyatiga ega umurtqali jonivor. 2 bot. Ham suvda, ham quruqlikda yashay oladigan o‘simlik.
AMFITEATR [yun] 1 Qadimgi Yunonistonda va Italiyada: tomoshalar ko‘rsatishga mo‘ljallangan, o‘rindiqlari zinapoya shaklida qurilgan ochiq bino. 2 Teatrlarda zalning zinapoya shaklida joylashgan o‘rindiqlari.
AMIN I [a] faqat kesim vazifasida: Qat’iy ishongan.
AMIN II [a] tar. 1 O‘rta Osiyo xonliklarida daha boshlig‘i yoki qishloq oqsoqoli.
2 Bozorlarda soliq undiruvchi.
AMIR [a] tar. Buxoroda va ayrim musulmon mamlakatlarida: xonlik unvoni va shu unvon egasi.
AMIRI [a+f-t] 1 Po‘chog‘i ko‘kish rangli, uzunchoq qovun navi. 2 Uzum navi.
AMLOK [a] 1 Katta yer-mulk. 2 Umuman mulk, mol-dunyo. 3 tar. Buxoro xonligida: yer-mulkdan o‘lpon olish uchun ajratilgan ma’muriy hudud.
AMLOKDOR [a+f-t] tar. 1 Katta yer egasi, zamindor. 2 O‘lpon soluvchi mansabdor. 3 Buxoro xonligida: tuman hokimi.
AMMIAK [yun] Azot va vodorod birikmasidan iborat o‘tkir hidli rangsiz gaz.
AMMÓNIY [lot] kim. Azot va vodoroddan iborat atomlar guruhi.
AMORF [r amorfniy] 1 Kristall shakliga ega bo‘lmagan, kristallanmagan. 2 Ma’lum shaklga ega bo‘lmagan, uyushmagan.
AMORTIZÁTOR [fr+r] Urilish zarbini yumshatib turuvchi moslama.
ÁMPER [fr] Elektr tokining o‘lchov birligi.
AMPERMETR [fr+yun]Tok kuchini o‘lchaydigan asbob.
AMPLITÚDA [lot] fiz. Tebranuvchi jismning tebranish kengligi.
ÁMPULA [lot] Naychasimon shisha idish.
AMR I [a] 1 Buyruq, farmoyish. 2 Izn, ixtiyor.
AMR II [a] esk. kt. ayn. Ish.
AMYÓBA [yun] Bir hujayrali eng sodda jonivor.
ANABIOZ [yun] biol. Ba’zi bir tirik organizmlarda hayot jarayonining vaqtinchalik sekinlashuvi yoki to‘xtab qolishi.
ANALITIK [yun] Tahliliy usulga asoslangan.
ANÁRXIYA [yun] 1 siyos. Har qanday davlat hokimiyatini, barcha qonun-qoidalarni va axloq-odob me’yorlarini inkor etish, hokimiyatsizlik. 2 koch. Beboshlik, tartibsizlik.
ANARXIZM [yun] Mayda burjua reaksion ijtimoiy-siyosiy oqimi.
ANATÓMIYA [yun] Tirik organizmlarning tuzilishi to‘g‘risidagi fan.
ANBAR [a] Mumsimon xushbo‘y modda.
ANBIYO [a] din. Nabiylar, payg‘ambarlar.
ANDALIB [a] esk. kt. ayn. Bulbul.
ANDAZA [f-t] 1 Kiyim, poyafzal va shu k. narsalarni bichish uchun tayyorlangan shakl. 2 ko‘ch. Tayyor qolip, namuna.
ANDISHA [f-t] 1 Yuz-xotir, ehtiyotkorlik. 2 Umuman fikr, mulohaza.
ANGÍNA [lot] Tomoqdagi bodomsimon bezlarning yallig‘lanishidan iborat kasallik.
ANGISHVONA [f-t] Tikish qilishda asosan nomsiz barmoqqa kiydiriladigan metall qalpoqcha.
ANILIN [a] kim. Zaharli rangsiz suyuqlik.
ANJUMAN [f-t] 1 Yig‘in, majlis. 2 Bir davrda faoliyat ko‘rsatgan atoqli shaxslar guruhi.
ÁNKER [goll] 1 Soat mexanizmining bir maromda yurib turishini taminlaydigan qismi. 2 Mashina, uskuna, inshoot va sh. k.larning qismlarini biriktirishda ishlatiladigan detal.
ANKÉTA [fr] Tegishli ma’lumot olish, to‘plash uchun belgilangan so‘roq varaqasi.
ANNOTÁTSIYA [lot] Kitob, maqola va sh. k.larning mazmuni, ahamiyati haqidagi qisqacha ma’lumot.
ANOD [yun] Musbat zaryadlangan elektrod; aksi katod.
ANOMÁLIYA [yun] Me’yordan chetlashish, umumiy qonuniyatga xiloflik.
ANONIM [r anonimniy] Muallifi noma’lum.
ANONS [fr] Konsertlar va boshqa tomoshalar haqida oldindan qilingan e’lon.
ANOR [f-t] 1 Qizil gulli buta. 2 Shu butaning mevasi.
ANQO [a] mif. Qof tog‘ida yashaydigan afsonaviy katta qush (yo‘qlik ramzi).
ANSAMBL [fr] 1 O‘zaro mos va uyg‘un qismlarining birikuvidan hosil bo‘lgan butunlik. 2 Butun jamoa bo‘lib tomosha ko‘rsatadigan artistlar guruhi.
ANTÉNNA [lot] Elektromagnit to‘lqinlarni tarqatuvchi yoki qabul qiluvchi moslama.
ÁNTIK [r antichniy] Qadimgi Yunoniston yoki Rim ijtimoiy tuzumi, madaniy hayotiga oid bo‘lgan.
ANTÓNIM [yun] tilsh. Ma’nosi biror so‘z ma’nosiga zid bo‘lgan so‘z.
ANTROPOLÓGIYA [yun] Odamning biologik tabiatini o‘rganadigan fan.
AN’ANA [a] Avloddan avlodga, ota-bobolardan bolalarga o‘tib kelgan urf-odatlar, axloqiy me’yorlar, qarashlar, rasm-rusumlar.
AÓRTA [yun] anat. O‘pkadan boshqa hamma organlarni qon bilan ta’minlab turuvchi eng katta tomir.
APELSIN [goll] 1 Janub tomonlarda o‘sadigan doim yashil sitrus daraxt. 2 Shu daraxtning sarg‘ish shirin mevasi.
APÓSTROF [yun] Tutuq belgisi.
APPARAT [lot] 1 Muayyan bir ishni bajarish uchun xizmat qiladigan asbob, moslama. 2 fiziol. Ma’lum vazifani bajaruvchi organlar majmui. 3 Boshqarma yoki xo‘jalikning biror sohasiga xizmat qiladigan muassasalar majmui.
APPENDITSIT [lot] Ko‘richak chuvalchangsimon o‘simtasining yallig‘lanishi.
APPLIKÁTSIYA [lot] 1 Biror narsaga rang-barang gazlama yoki qog‘oz parchalari yopishtirib yoki tikib naqsh solish usuli. 2 Shu usul bilan solingan surat.
APTÉKA [yun] Dori-darmon tayyorlanadigan, shuningdek, dorilar hamda tibbiyotga oid mollar sotiladigan muassasa.
AQIDA [a] kt. 1 Ko‘r- ko‘rona ishonishga, e’tiqodga asoslangan dalilsiz va isbotsiz qoida. 2 Ishonch bilan aytilgan yoki qattiq ishonilgan fikr, mulohaza.
AQIDAPARAST [a+f-t] salb. Aqidalarga ko‘r-ko‘rona ishonuvchi kishi.
AQIQA [a] esk. Oilada chaqaloq tug‘ilganligi munosabati bilan beriladigan ziyofat.
AQL [a] 1 Odamning bilish, fikr yuritish qobiliyati. 2 Zakovat darajasi; fahm- idrok, zehn, donishmandlik, yetuklik. 3 Es- hush, miya. 4 Mulohaza, maslahat.
AQRAB [a] 1 Mezon bilan Qavs o‘rtasidagi burj. 2 Shamsiya yili hisobida sakkizinchi oy nomi.
AR [lot] Yer o‘lchov birligi, yuz kvadrat metrga teng keladigan joy.
ARAFA [a] 1 din. Hayit yoki bayramdan oldingi kun. 2 ko‘ch. Biror voqeadan oldingi vaqt.
ARAVA [a] Ikki, uch yoki to‘rt g‘ildirakli oddiy transport vositasi.
ARÁXIS [yun] ayn. Yer yong‘oq.
ARBOB [a] 1 Fan, madaniyat sohasida yoki davlat ishida faoliyat ko‘rsatib tanilgan shaxs. 2 tar. Buxoro xonligida: mahalla boshlig‘i, ellikboshi yoki qishloq oqsoqoli.
ÁRFA [nem] Torlari barmoqlar bilan chertib chalinadigan uchburchak shakldagi changsimon musiqa asbobi.
ARIFMÉTIKA [yun] Matematikaning sodda xossalarni o‘rganadigan bo‘limi.
ÁRIYA [ital] Musiqa asboblari jo‘rligida bir kishi aytadigan vokal asar, qo‘shiq.
ARJUMAND [f-t] esk. kt. Aziz, qadrli; qimmatli.
ARK [f-t] tar. Poytaxtdagi qasr; xon yoki amir saroyining mustahkamlangan qismi va shuningdek saroyning o‘zi .
ÁRKTIKA [yun] Yer sharining shimoliy qutb hududi.
ARMATÚRA [lot] tex. 1 Apparat, mashina va sh.k.larning asosiy qismiga kirmaydigan yordamchi qismlari majmui. 2 Iinshootlarni mustahkamlash uchun ularning oralariga qo‘yilgan metall qismlar majmui.
ÁRMIYA [lot] 1 Davlatning barcha qurolli kuchlari majmui. 2 Quruqlikdagi qurolli kuchlar. 3 Urushda bir yoki bir necha qo‘shin turlarining qo‘shilmasi.
ARMON [f-t] Amalga oshmagan ish yoki orzu tufayli ko‘ngilda qolgan o‘kinch.
ARMUG‘ON [f-t] kt. Sovg‘a, tortiq, tuhfa.
ARSENAL [a] Qurol-aslaha ombori, qo‘rxona.
ARTÉRIYA [yun] anat. Yurakdan tananing hamma organlariga qon tarqatuvchi tomir.
ARTEZIAN [fr] Parmalab kovlangan va suvi o‘zi otilib chiqadigan quduq.
ARTIKL [lot] Otlarning aniq yoki noaniqligini bildiruvchi grammatik ko‘rsatkich. ARTÍKUL [lot] Mahsulot turi.
ARTIST [fr] 1 San’at asarlarini tomoshabinlar uchun ijro etuvchi. 2 ko‘ch. s.t. Biror sohada yuksak mahoratga ega bo‘lgan, havosini, hadisini olgan odam.
ARUZ [a] ad. She’r tuzilishida uzun va qisqa bo‘g‘inlarning ma’lum tartibda almashib kelishiga asoslangan va Sharq mumtoz she’riyatida keng qo‘llanilgan vazn sistemasi.
ARVOH [a] 1 din. Odam bilan xudo o‘rtasida vositachi bo‘ladigan abadiy ruh.
2 Marhumning g‘ayrimoddiy xayoliy sharpasi.
ARXEOLÓGIYA [yun] Qadimiy madaniy yodgorliklar asosida xalqlarning tarixiy o‘tmishi va madaniyatini o’rganuvchi fan.
ARXIPELAG [yun] Bir-biriga yaqin turgan dengiz orollari guruhi, orollar tizmasi.
ARXITEKTÚRA [yun] Bino va inshootlarni loyihalash, qurish va bezatish san’ati; me’morchilik.
ARXIV [lot] 1 Eski hujjatlar, yozma yodgorliklarni saqlash, sistemalashtirish bilan shug‘ullanadigan maxsus muassasa. 2 Muassasaning eski xujjatlar saqlanadigan bo‘limi.
ARXIYEPÍSKOP [yun] Yepiskopdan quyi unvon va shu unvonga ega bo‘lgan ruhoniy.
ARZ [a] Og‘zaki bayon etilgan shikoyat yoki iltimos.
ARZANDA [f-t] 1 Orzu qilib yetishgan o‘g‘il yoki qiz. 2 Hammadan ortiq ko‘rilgan kishi, erka.
ARZON [f-t] Bahosi, narxi past.
ARSH [a] din. Xudoning taxti.
ASAD [a] 1 astr. Saraton bilan Sunbula o‘rtasidagi burj. 2 Shamsiya yili hisobida beshinchi oy nomi.
ASBEST [yun] O‘tga chidamli, kislota ta’sir qilmaydigan, issiqlik va elektr tokini o‘tkazmaydigan tolali mineral.
ASBOB [a] 1 Biror ishni bajarish uchun maxsus qurol; ish quroli. 2 Biror maqsad uchun belgilangan moslama, buyum. 3 Musiqa asarini ijro etish uchun cholg‘u; soz.
ASFALT [yun] 1 Yo‘l qurilishida ishlatiladigan qoramtir smolasimon modda. 2 Yo‘lga yotqizilgan shunday modda qatlami.
ASIL [a] 1 A’lo sifatli, eng yaxshi; toza, sof. 2 Qimmatbaho. 3 ko‘ch. Yaxshi fazilatlarga ega bo‘lgan; olijanob; haqiqiy; pok.
ASILZODA [a+f-t] Yuqori tabaqali zotlarga mansub shaxs; oqsuyak, zodagon.
ASIR [a] 1 Dushman qo‘liga tushib, ozodlikdan mahrum etilgan kishi. 2 ko’ch. Biror kimsa yoki narsaga berilib ketgan kishi; maftun; qul.
ASKAR [a] 1 Harbiy xizmatchi. 2 Davlatning qurolli kuchlari majmui yoki ularning bir qismi; qo‘shin.
ASKIYA [a azkiyo] So‘z o‘yiniga, qochiriqlarga asoslangan kulgu musobaqasi.
ASL [a] 1 Haqiqiy hol; tub, negiz. 2 Dastlabgi hol. 3 Haqiqiy nusxa. 4 Kelib chiqish zoti. 5 sft Chin, chinakam.
ASNO [a] kt. 1 Biror hodisa yoki harakat sodir bo‘layotgan payt, fursat. 2 Qisqa muddatli ikki voqea oralig‘i.
ASO [a] kt. Hassa, suyanchiq.
ASORAT I [a] Asirlik, tutqunlik.
ASORAT II [a] Ta’sir, iz, belgi.
ASOS [a] 1 Narsaning barcha qismlarini tutib turuvchi qismi, tayanchig‘i. 2 Narsa yoki hodisalarning negizi, poydevor. 3 (ko‘plikda) Bosh qoidalar, tamoyillar. 4 Dalil, isbot. 5 kim. Kislotalar bilan o‘zaro birikib tuz hosil qiladigan birikma.
ASOSAN [a] rvsh 1 Umumiy tarzda, umuman olganda. 2 Binoan, ko‘ra.
ASP [f-t] 1 Ot. 2 shahm. Ot shaklidagi sipoh.
ASPEKT [lot] kt. Nuqtai nazar, qarash.
ASPIRANTÚRA [lot] Oliy o‘quv yurtlari yoki ilmiy tekshirish institutlarida fan nomzodi darajasidagi yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimi.
ASR I [a] 1 Yuz yil. 2 Davr, zamon.
ASR II [a] Quyosh botishidan bir soatcha oldingi payt va shu paytda o‘qiladigan namoz.
ASROR [a] kt. Sirlar.
ASSALOMU ALAYKUM [a] ayn. Sizga tinchlik-omonlik tilayman; hol so‘rash, qutlash.
ASSAMBLÉYA [fr] Xalqaro tashkilot a’zolarining yoki bir necha davlat vakillarining yalpi majlisi.
ASSIMILÁTSIYA [lot] 1 biol. Tirik organizmlar tomonidan qabul qilingan moddalarning o‘zlashishi, singishi. 2 Bir xalqning boshqa xalq urf-odatlari, madaniyati va tilini o‘zlashtirishi natijasida unga aralashib, birlashib ketishi. 3 tilsh. Nutqda so‘z tarkibidagi ikki tovushning bir-biriga ta’siri natijasida o‘zaro muvofiqlashuvi.
ASSISTENT [lot] 1 Biror ishni, masalan, xirurgik operatsiyani bajarishda asosiy ijrochiga yordam beruvchi shaxs. 2 Oliy o‘quv yurtlarida kichik o‘qituvchilik lavozimi.
ASSOTSIÁTSIYA [lot] 1 Shaxslar yoki muassasalarning ma’lum ish olib borish uchun tuzilgan ixtiyoriy birlashmasi. 2 psixol. Miya-asab faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan ruhiy tasavvurlar, fikrlar, tuyg‘ular orasidagi bog‘lanish va shunga asoslangan idrok.
ASTAR [f-t] Kiyim yoki ko‘rpa-ko‘rpacha singari narsalarning ichki qavati.
ASTAG‘FIRULLO [a] und.s. 1 Ajablanish, hayratni bildiradi. 2 G‘azabni, achchiqlanishni bildiradi.
ÁSTMA [yun] Yurak yoki bronxlar kasalligi tufayli nafas bo‘g‘ilishi; ziqnafas.
ASTÓYDIL [f-t az tahi dil] 1 Chin ko‘ngildan. 2 Halollik bilan, vijdonan.
ASTROLÓGIYA [yun] Osmon yoritgichlarining holatiga qarab kelajakni aniqlashdan iborat ta’limot.
ASTRONÓMIYA [yun] Osmon jismlari to‘g‘risidagi fan.
ATAMA [a] Fan, texnika, kasb-hunarning biror sohasiga xos muayyan tushunchaning aniq ifodasi bo‘lgan so‘z yoki birikma.
ATIRGUL [a+f-t] Tanasi tikanli o‘simlik va uning xushbo‘y guli.
ATLÁS [a] Yaltiroq mahalliy ipak gazlama.
ÁTLAS [r] Geografik xaritalar, chizmalar majmui.
ATLÉTIKA [yun] Kuch va chaqqonlik talab qiladigan sport mashqlari majmui.
ATMOSFÉRA [ yun] Yerni va boshqa planetalarni o’rab olgan gazsimon qobiq.
ÁTOM [yun] Kimyoviy elementning yadro va elektronlardan iborat eng kichik zarrachasi.
ATRIBUT [lot] fals. Predmet yoki hodisaning o‘ziga xos, undan ajratib bo‘lmaydigan ehg muhim xususiyati, belgisi.
ATROF [a] 1 Tevarak, hamma yoq. 2 Yaqin oradagi yerlar. 3 Biror narsaning cheti, zihi. 4 ko‘ch. Tevarakdagi muhit, kishilar.
ATROFÍYA [yun] biol., tib. Biror a’zoning kasallik ta’sirida kichrayib qolishi yoki hayotiy qobiliyatini yo‘qotishi.
ATTESTÁTSIYA [lot] Mutaxassislarning ishga layoqatini, malakasini, bilim darajasi va xulq-atvorini aniqlash va shuning asosida ishga tayinlash yoki unvon berish.
ATTOR [a] Atir-upa va bezak buyumlari bilan savdo qiluvchi do‘kondor yoki savdogar.
ATTRAKSION [fr] 1 Sirkdagi o‘yinlar. 2 Ommaviy sayr qilinadigan joylardagi ko‘ngilochar moslamalar.
AUDITÓRIYA [lot] 1 O‘quv muassasalaridagi darsxona. 2 Tinglovchilar guruhi.
AUKSION [lot] «Kimoshdi» savdosi.
AVÁRIYA [ital] Mashina, samolyot, kema va sh. k. transport vositalarining halokatga uchrashi.
AVÁXTA [r] esk. Qamoqxona, turma.
AVIALÍNIYA [lot+r] Uchish transportining doimiy qatnov havo yo‘li.
AVIAMODEL [lot+r] Uchish apparatining modeli, nusxasi.
AVIAPÓCHTA [lot+r] 1 Havo yo‘lidan foydalanuvchi pochta. 2 Samolyot bilan tashiladigan pochta yuki.
AVIÁTSIYA [lot] 1 Havodan og‘ir uchish apparatlarida uchish nazariyasi va amaliyoti.
2 Uchish apparatlarining majmui; havo floti.
AVIAZAVOD [lot+r] Samolyotsozlik zavodi.
AVITAMINOZ [yun+lot] tib. Darmondorilar (vitaminlar) yetishmasligi natijasida yuzaga keladigan kasallik.
AVJ [a] 1 Biror hodisa yoki jarayonning eng kuchaygan darajasi. 2 mus. Kuydagi eng yuqori parda.
AVLIYO [a] din. Dindorlar nazarida: bashorat qila oladigan, mo‘jizalar ko‘rsata oladigan muqaddas odam.
AVLOD [a] 1 Bir ota-bobodan tarqalgan zurriyot. 2 Bir davrda tug‘ilib o‘sgan kishilar.
AVLOD-AJDOD [a] 1 Biror shaxsning yoki biror davr odamlarining ota-bobolari va farzandlari. 2 Qarindosh-urug‘lar.
AVOM [a] 1 Oddiy xalq. 2 esk. O‘qimagan, savodsiz odamlar.
AVRA [f-t] Kiyim yoki ko‘rpa, ko‘rpacha kabi narsalarning sirti, tashqi qavati.
AVTOBÁZA [r] Avtomobillar turadigan va ta’mir etiladigan joy.
AVTÓBUS [yun+lot] Passajirlarni tashish uchun mo‘ljallangan ko‘p o‘rinli avtomobil.
AVTÓGRAF [yun] Qo‘lyozma, muallif dastxati.
AVTOMAT [yun] 1 Ichki mexanizm yordamida ish bajaruvchi apparat. 2 Tezotar avtomatik qurol.
AVTOMATIK [r avtomaticheskiy] Avtomat usulida, ya’ni o‘z-o‘zidan ishlaydigan.
AVTOMOBIL [yun+lot] Ichki yonish dvigateli o‘rnatilgan transport vositasi; ulov.
AVTONOM [yun] Avtonomiya huquqiga ega bo‘lgan.
AVTONÓMIYA [yun] O‘z-o‘zini idora qilish va o‘z ichki qonunlarini chiqarish huquqi.
AVTOPORTRET [yun+fr] Rassom yoki haykaltaroshning o‘z qo‘li bilan ishlangan o‘z surati.
AVVAL [a] 1 ot Boshlanish; ilk payt. 2 rvsh Ilgari, burun. 3 rvsh Hammadan oldin, dastlab, dastavval. 4 ko‘m. Biror voqea-hodisaning so‘z borayotgan paytdan oldin bo‘lganligini bildiradi.
AVZO [a] 1 Kishining tashqi ko‘rinishi; vajohat, turq. 2 Kayfiyat, ruhiy holat.
AXBOROT [a] 1 Xabarlar, ma’lumotlar. 2 Vaqti-vaqti bilan chiqib turadigan ba’zi to‘plamlarning nomi.
AXIR I [a] Ta’kid yuklamasi.
AXIR II [a] rvsh Oxiri, pirovardida, nihoyat, oqibat.
AXLOQ [a] Kishilarning har bir jamiyatga xos xulq me’yorlari majmui, adab; etika.
AYB [a] 1 Axloq-odob me’yorlariga xilof xatti-harakat, gunoh. 2 Xijolatli, uyatli ish.
3 Kamchilik, nuqson, illat.
AYBDOR [a+f-t] 1 Ayb ish qilgan kishi, gunohkor. 2 yur. Jinoyati isbotlangan shaxs.
3 Jismoniy tomonlama nuqsoni bo‘lgan kishi.
AYNAN [a] Hech bir o‘zgarishsiz, xuddi o‘ziday.
AYNIYAT [a] 1 Bir xillik. 2 mat. Tarkibidagi belgilarining turli qiymatlarida ham buzilmaydigan tenglik.
AYOL [a] 1 Xotin jinsidagi shaxs. 2 Erli xotin, rafiqa.
AYON [a] Ochiq-oydin ko‘rinib turadigan, aniq.
ÁYSBERG [ingl] Suvlikdagi muz tog‘.
AYVON [a] Uch tomoni berk, oldi ochiq xona.
AYYOM [a] Payt, kunlar.
2 Bayram kuni.
AYYOR [a] 1 sft Mug‘ombir, makkor. 2 Makkorlikni ifodalaydigan, mug‘ombirona.
3 Xalq dostonlarida: xiylagar, aldoqchi.
AZA [a] Yaqin kishining o‘limi munosabati bilan o‘tkaziladigan marosim, yig‘i.
AZADOR [a+f-t] Yaqin kishisi o‘lganiga hali bir yil to‘lmagan kishi.
AZAL [a] Qadimgi zamon.
AZALIY [a] Qadimgi, o‘tmishdagi.
AZAMAT [a] 1 Juda katta, ulkan. 2 Qudratli, zabardast, baquvvat.
AZBAROYI [f-t] Sababli, tufayli.
AZIM [a] G‘oyat katta, ulkan.
AZIYAT [a] 1 Qiyinchilik, mashaqqat, azob. 2 Ziyon, shikast, zarar.
AZIZ [a] 1 Hurmatga loyiq, qadrli, muhtaram. 2 Har narsadan ulug‘, bebaho. 3 Qimmatli, taqchil. 4 Muqaddas, qutlug‘, tabarruk.
AZM [a] kt. Qat’iy qaror.
AZOB [a] 1 Jismoniy yoki ruhiy ezilish, uqubat. 2 Qiyinchilik, mashaqqat.
AZON [a] 1 din. So‘fining namozga chaqirig‘i. 2 ko‘ch. Tong yorisha boshlagan payt, sahar.
AZOT [yun] Rangsiz, hidsiz kimyoviy unsur, o‘simliklar ozig‘ining eng muhim elementlaridan biri.
AZROIL [a] din. Jon oluvchi farishta.
AG‘YOR [a] esk. kt. 1 O‘zgalar, begonalar. 2 Raqib; raqiblar.
A’LAM [a] 1 esk. din. Shariat qonun-qoidalari yuzasidan berilgan fatvoni tasdiq yoki rad etuvchi diniy arbob; bosh mufti.
A’ROF [a] Ikki jahon ovorasi bo‘lib qolgan.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin