-------------------- V -------------------- VA [a] Biriktiruv bog‘lovchisi.
VABO [a] Kishini o‘limga olib boradigan yuqumli kasallik.
VÁFLI [r] Shakar, qaymoq, tuxum qo‘shib pishirilgan shirinlik.
VAFO [a] Yorga, do‘stga, yaqin kishilarga sadoqat.
VAFODOR [a+f-t]Ahdini muqaddas tutuvchi; va’dasida qat’iy
turuvchi; sodiq.
VAFOT [a] O‘lim; ajal.
VAGON [ingl] Temir yo‘llarda pasajjir va yuk tashish uchun
belgilangan maxsus arava.
VAHIMA [a] 1 Qattiq qo‘rquv yoki xavfsirash natijasidagi ruhiy holat; bezovtalik. 2 Qattiq qo‘rqitadigan, yurakka g‘ulg‘ula soladigan narsa, gap, manzara va sh.k.
VAHIY [a] din. Olloh tomonidan payg‘ambarlarga yuborilgan xabar, buyruq.
VAHSHIY [a] 1 Ibtidoiy bosqichdagi, maorif va madaniyatdan juda orqada qolgan; yovvoyi. 2 ko‘ch. Kishi oyog‘i borib yetmagan; ishlanmagan. 3 ayn. Yirtqich. 4 ko‘ch. nafr. Insonlik qiyofasini yo‘qotgan; zolim, yovuz, qonxo‘r.
VAJ [a vajh] 1 Bahona, sabab, bois. 2 Jihat, tomon.
VAJOHAT [a] 1 Odamning tashqi qiyofasi. 2 Ruhiy holat, kayfiyat; avzo.
VAKIL [a] 1 Biror kishi, muassasa, tashkilot nomidan ish ko‘ruvchi; vakolati bo‘lgan shaxs. 2 Biror davlat yoki tashkilotning vakolati bilan o‘zga ellarda ish ko‘ruvchi, uning manfaatlarini himoya qiluvchi lavozimli kishi, elchi. 3 Biror soha, ijtimoiy guruh yoki jamiyatga mangsub kishi, namoyanda.
VAKOLAT [a] Biror kishi, tashkilot, davlat va shu kabilar nomidan ish ko‘rish uchun berilgan huquq.
VAKOLATNOMA [a+f-t] 1 esk. Ishonch qog‘ozi; tilxat. 2 Vakillik huquqini beruvchi hujjat, ishonch yorlig‘i.
VAKOLATXONA [a+f-t] Biror davlat tomonidan o‘zga yerda ta’sis etilgan va uning manfaatlarini ko‘zlab ish ko‘radigan muassasa.
VAKSÍNA [lot] Yuqumli kasalliklarning oldini olish uchun ishlatiladigan em dori.
VÁKUUM [lot] fiz. tex. Havo yoki gazning germetik berk idishdagi o‘ta siyraklashgan holati.
VAL [r] tex. Turli mexanizmlarda o‘z o‘qi atrofida aylanadigan va o‘ziga o‘rnatilgan detalga aylanma harakat va kuch uzatadigan detal; o‘q.
VALERYÁNKA [r] Valeriana o‘simligidan tayyorlanadigan asabni tinchlantiruvchi dori.
VALIAHD [a] Taxt vorisi.
VALIY [a] din. Bo‘lajak voqealarni oldindan aytib bera oluvchi; avliyo.
VALS [fr] 1 Odatda juft bo‘lib o‘ynaladigan raqs turi. 2 Uch chorakli musiqa asari.
VALÚTA [ital] Biror mamlakatda qabul qilingan pul tizimi va shu mamlakatning pul birligi.
VÁNNA [r] 1 Cho‘milish uchun maxsus katta tos. 2 ko‘ch. Badanni suv, havo va oftob ta’siri bilan davolash.
VAQFNOMA [a+f-t] tar. Mulk yoki daromadni diniy muassasa ixtiyoriga o‘tkazish to‘g‘risidagi hujjat.
VAQT [a] 1 Zamonning bir bo‘lagi. 2 Soat, yil, oy, kun va sh.k.ning izchil almashinuvida biror maqsad uchun belgilangan muddat oralig‘i; fursat. 3 Kun, oy, yil va sh.k.ning belgili mavsumi; kez. 4 Tarixiy davr, zamon. 5 fals. Obyektiv borliqning materiya harakati bilan uzviy bog‘langan holda uzluksiz davom etadigan yashash formasi.
VARAQ [a] 1 Ma’lum shakl va o‘lchamdagi qog‘oz. 2 ko‘ch. Davr, sahifa.
VASIY [a] Voyaga yetmagan yetim bolani o‘z qaramog‘iga olgan shaxs; ma’naviy ota.
VASIYAT [a] 1 Marhumning o‘limi oldidan yozib qoldirgan istagi. 2 Buyuk zotlarning, ota-bobolarning o‘z izdoshlariga, avlodlariga aytib qoldirgan nasihati, yo‘l-yo‘rig‘i.
VASL [a] kt. Yor bilan uchrashuv.
VASSA [f-t] bnk. Imorat to‘sini; toqi.
VASVASA [a] Kishini telbalikka soladigan voqea.
VATAN [a] 1 Kishi o‘zini uning fuqarosi hisoblaydigan mamlakat. 2 Odamning tug‘ilib o‘sgan joyi; ona-yurt. 3 Boshpana, uy, maskan.
VATANFURUSH [a+f-t] O‘z vatanini, xalqini sotuvchi, o‘z vataniga xiyonat qiluvchi; sotqin, xoin.
VATANGADO [a+f-t] Vatandan kechib, o‘zga ellarda darbadar yuruvchi; qochqin.
VATERPÓLO [ingl] sport. Suvda o‘ynaladigan to‘pli sport o‘yini.
VATIN [r] Issiq kiyimning avrasi bilan astari o‘rtasiga qo‘yib tikiladigan momiq mato.
VÁTMAN [ingl] Chizma chizish va rasm solish uchun ishlatiladigan yuqori navli qalin qog‘oz.
VATT [ingl] Tok kuchi o‘lchov birligi.
VAYRONA [f-t] ot Buzilgan, tolqon bo‘lgan joy; xaroba.
VÁZA [fr] 1 Meva-cheva yoki shirinlik solinadigan idish. 2 Guldon.
VAZELIN [fr] Neftdan olinadigan va tibbiyotda, kosmetikada, texnikada ishlatiladigan quyuq moy.
VAZIFA [a] 1 Amalga oshirilishi lozim bo‘lgan masala. 2 Zimmadagi majburiyat; burch. 3 Topshiriq, xizmat, yumush. 4 Biror narsa tomonidan bajariladigan ish. 5 Lavozim, amal, mansab.
VAZIR [a] 1 tar. Ba’zi islom mamlakatlarida: podshoh saroyidagi oliy mansab egasi.
2 Sharq mamlakatlarida davlat boshqaruvchisining biror soha bo‘yicha yordamchisi.
VAZIYAT [a] 1 Narsaning fazoda boshqa narsalarga nisbatan olib turgan o‘rni, mavqei. 2 Gavda yoki biror a‘zoning holati, joylashishi, turishi. 3 Kishining jamiyatda tutgan o‘rni, nufuzi. 4 Tashqi sharoit; ahvol, holat.
VAZMIN [f-t] 1 Og‘ir vaznli. 2 Katta kuch talab qiladigan, qiyin. 3 O‘zini tuta biladigan; sipo. 4 Salobatli, salmoqli, bir maromda sodir bo‘ladigan.
VAZN [a] 1 Og‘irlik, salmoq. 2 ko‘ch. Obro‘, nufuz, e’tibor. 3 ad. She’r o‘lchovi. 4 mus. Musiqa ohangi va tuzilishini belgilovchi ritmik birliklar soni va joylashishi.
VA’DA [a] Biror ishni bajarish haqida berilgan so‘z.
VA’Z [a] 1 Islomiy aqidalarni xalqqa tushuntirishga yo‘naltirilgan nutq. 2 Ma’ruza. 3 Nasihatomuz nutq; o‘git.
VEGETÁTSIYA [lot] bot. O‘simliklardagi hayot jarayoni (ko‘karish, o‘sish, yetilish).
VELOSIPED [lot] Oyoqlar harakati yordamida yurgiziladigan ikki yoki uch g‘ildirakli oddiy transport vositasi.
VÉNA [lot] anat. Yurakka qon olib keladigan tomir.
VENÉRA [lot] Quyosh sistemasidagi Yerga eng yaqin, ikkinchi katta sayyora; Zuhro.
VERMISHEL [ital] Fabrikada tayyorlangan ugra.
VERTIKAL [lot] Tik.
VESTIBUL [fr] Katta binolarning eshikdan kirishdagi keng joyi; sahn.
VIDO [a] So‘nggi xayrlashuv.
VIJDON [a] Kishining o‘z xatti-harakati, yurish-turishi uchun jamoatchilik oldidagi ma’suliyat tuyg‘usi; insof, diyonat.
VILOYAT [a] 1 tar. Mamlakatning poytaxtdan yiroqdagi chekka o‘lkasi. 2 Yirik ma’muriy-hududiy bo‘linma.
VILT [ingl] O‘simlik kasalligi.
VINEGRET [fr] Qaynatilgan sabzavotlarga tuzlamalar va sirka qo‘shib tayyorlanadigan yaxna taom; salat.
VINO [r]Ichimlik, sharob, may.
VIOLONCHEL [ital] Kamoncha bilan chalinadigan katta skripka shaklidagi to‘rt torli musiqa asbobi.
VIQOR [a] kt. Mag‘rurona, ulug‘vor ko‘rinish.
VÍRUS [lot] Yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchi juda mayda mikroorganizm.
VITAMIN [lot] Inson va hayvonlarning hayotiy faoliyati uchun kerakli organik modda. Shunday moddalari bor bo‘lgan preparat; darmondori.
VÍZA [fr] Chet davlatga tashrif buyurish huquqini beradigan hujjat; ruxsatnoma.
VODIY [a] 1 Daryo bo‘ylab cho‘zilgan yoki tog‘lar orasidagi tekislik. 2 Ekin ekiladigan obod yer. 3 she’r. Cheksiz, bepoyon kenglik.
VODOROD [r] Kislorod bilan qo‘shilib suv hosil qiladigan kimyoviy unsur, yengil gaz.
VOHA [a] Sahro bilan o‘ralgan obod o‘lka.
VOHID [a] 1 Yakka, yolg‘iz. 2 esk. mat. Birlik (o‘lchov birligi). 3Yagona substantsiya.
VOIZ [a] 1 Notiq; nasihat qiluvchi. 2 Tashviqiy nutq so‘zlovchi, da’vat etuvchi.
VOKAL [r] mus. Qo‘shiqqa oid; ashula qilib aytish uchun belgilangan.
VOKALÍZM [r] tilsh. Biror tilning unli tovushlar sistemasi.
VOLEYBOL [ingl] sport. Qarshi komanda maydoniga to‘rdan oshirib ko‘proq to‘p tushirib o‘ynaladigan qo‘lli to‘p o‘yini.
VOLFRAM [r] Kimyoviy unsur, yuqori temperaturada eriydigan juda qattiq kumushrang metall.
VOLIDA [a] ayn. Ona.
VOLT [ital] fiz. Elektr toki kuchlanishining o‘lchov birligi.
VOLTMETR [ital+r] fiz. Elektr zanjirining ikki nuqtasi orasidagi kuchlanishni o‘lchaydigan asbob.
VON [koreyscha] Koreya pul birligi.
VOQEA [a] Bo‘lib o‘tgan ish, hodisa.
VOQIF [a] Bo‘lib o‘tgan voqea, sir va shu kabilardan xabardor.
VORIS [a] 1 Merosxo‘r. 2 ko‘ch. O‘tmishdan, ota-bobolardan qolgan moddiy va madaniy boyliklarga egalik qiluvchilar; ular ishlarining davomchilari.
VORÓNKA [r] 1 Og‘zi tor idishlarga suyuqlik quyish va filtrlash uchun ishlatiladigan naychali konus asbob. 2 Bomba yoki snaryad tushib portlagan yerda hosil bo‘lgan chuqurlik.
VOSITA [a] 1 Biror ishni amalga oshirish uchun dastak bo‘lib xizmat qiladigan narsa. 2 O‘rtada turib bitishtiruvchi.
VRACH [r] Oliy tibbiy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxs; doktor.
VUJUD [a] 1 Kishining butun borlig‘i; a’zoyi badan. 2 Tana, jussa, qomat.
3 ko‘ch. Odam, shaxs, zot.
VULGAR [lot] 1 O‘taketgan qo‘pol, dag‘al. 2 Juda ham soddalashtirib, soxtalashtirib, buzib yuborilgan.
VULGARIZM [lot] tilsh. Adabiy tilda ishlatiladigan vulgar so‘z va iboralar.
VULKANIZÁTSIYA [r] 1 Kauchukka oltingugurt, qurum va boshqa materiallar qo‘shib rezinaga aylantirish jarayoni. 2 Avtomobil, velosiped va sh.k.larning rezina ballonlari ta’mirlanadigan joy.
VULQON [lot] Ichidan doimo yoki vaqti-vaqti bilan qaynoq gaz, tog‘ jinslarining parchalari yoki lava otilib chiqadigan konussimon tog‘; yonar tog‘.