UDDABURON [a+f-t] Har ishni eplay oladigan; epchil, abjir.
UDUM [a] Umum tomonidan qabul qilingan odat, rasm.
UFQ [a] Osmonning yer yoki suv sathi bilan o‘zaro tutash bo‘lib ko‘ringan yeridagi chiziq.
UGLEROD [r] Hamma organik moddalarning eng muhim tarkibiy qismi bo‘lgan kimyoviy element.
ULAMO [a] 1 esk. kt. Olimlar. 2 Shariat qonunlarini, diniy bilimlarni mukammal biladigan mulla.
ULFAT [a] 1 Suhbatdosh, do‘st. 2 Gap va harakatlari bilan hamsuhbatlarini xursand qiladigan, xushchaqchaq.
ULTRABINAFSHA [lot+f-t] | Ultrabinafsha nurlar – fiz. Spektrda binafsha nurdan keyingi ko‘rinmaydigan nur.
ULUS [mo‘g‘] 1 tar. O‘rta Osiyoda yirik feodal davlat. 2 esk. Xalq, omma.
UMID [f-t] 1 Biror istakning amalga oshishiga bo‘lgan ishonch; e’timod. 2 Orzu, istak, niyat, maqsad.
UMIDVOR [f-t] Biror narsaga umid bog‘lovchi; xohlovchi.
UMMAT [a] din. Bir din, bir mazhabga mansub kishilar.
UMMON [a] Okean.
UMR [a] Tug‘ilgandan to o‘lgunga qadar bo‘lgan davr.
UMUM [a] Xaloyiq; ko‘pchilik.
UMUMIY [a] 1 Hammaga oid; hamma uchun yagona. 2 Yoppasiga sodir bo‘ladigan. 3 iqt. Umuman hisobga olgandagi; butunicha, yalpi.
UNIVERSAL I [r] sft Ko‘p yoki hamma narsani qamrab olgan; har taraflama.
UNIVERSAL II [r] ot Bir necha xil ishni bajara oladigan traktor.
UNIVERSITET [lot] 1 Oliy o‘quv yurti. 2 Umumiy ma’lumotni va siyosiy bilimni oshirish sohasidagi o‘quv muassasasining nomi.
UNSUR [a] esk. 1 ayn. Element 1. 2 salb. Ma’lum ijtimoiy guruh vakili.
UNVON [a] 1 Biror ish-faoliyat sohasidagi xizmat yoki mutaxassislik darajasini belgilovchi maxsus ta’sis qilingan nom. 2 Ayrim mamlakatlarda avloddan-avlodga meros bo‘lib o‘tadigan faxriy nom.
UQUBAT [a] Ruhiy yoki jismoniy azob, qiynoq.
URAN I [yun] Radioaktiv kimyoviy element, metall.
URAN II [yun] Quyosh sistemasidagi yettinchi katta sayyora.
URF [a] An’ana sifatida umumxalq tomonidan qabul qilingan odat, taomil.
USKUNA [a] Muassasa, korxona uchun zarur bo‘lgan narsalar; ashyo, jihoz.
USLUB [a] 1 ad. Yozuvchining badiiy asar yaratishdagi o‘ziga xos yo‘li. 2 Ish va boshqaruv yo‘li.
USTA [f-t] 1 Biror kasb-hunar bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis. 2 Biror ishni mohirlik bilan bajaruvchi.
USTOZ [f-t] Kasb, hunar, ilm o‘rgatuvchi; o‘qituvchi.
USTUN I [f-t] 1 Tomni ko‘tarib turuvchi tik tayanch yog‘och. 2 Havo bosimi yoki harorat o‘lchash asboblarining shisha naychasi ichidagi suyuqlik. 3 ko‘ch. Suyanchiq, tayanch, ishonilgan kimsa haqida.
USTUN II [f-t]Biror jihatdan ortiq, kuchli.
USTUVOR [f-t] kt. Mahkam, mustahkam, buzilmas.
UZLAT [a] kt. Odamlardan uzoqda yashash; yolg‘izlik.
UZR [a] 1 Odamning aybsizligini ko‘rsatuvchi sabab. 2 Kechirim. 3 und.s. «Kechiring» ma’nosida qo‘llanadi.
UZVIY [a] 1 Uzvga xos; organik. 2 ko‘ch. Chambarchas bog‘langan, yaqin.