Yorqinoy Hamrayeva


--------------------- Y --------------------------------



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə26/31
tarix14.06.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#129874
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
o`zlashmalar

--------------------- Y --------------------------------
YADRO [r] 1 sport. Itqitish uchun ishlatiladigan dumaloq og‘ir metall shar. 2 Biror narsaning ichki markaziy qismi, o‘zagi, mag‘zi.
YAGANA [f-t] dehq. Ekin tupining yaxshi rivojlanishi uchun ortiqchasini yulib tashlash, siyraklatish.
YAGONA [f-t] Bitta, yolg‘iz, tanho.
YAKKAXON [f-t] Ashulani bir o‘zi ijro etuvchi.
YAKUN [a] Natija, xulosa, oxir.
YAQIN [a] 1 Orasi uncha uzoq bo‘lmagan; yonma-yon. 2 Yaqin orada – tez fursatda. 3 ko‘ch. Qadrdon, mehribon.
YASMIN [a] O‘tkir xushbo‘y oq gulli, bog‘larda o‘stiriladigan butasimon o‘simlik.
YAXNA [f-t] 1 Tayyorlab sovutib qo‘yilgan; sovuq, muzday. 2 Maxsus qaynatib sovutilgan go‘sht.
YAXOB [f-t] 1 dehq. Hosildorlikni oshirish, sho‘r yuvish, yerni zararli hasharotlardan tozalash uchun ekin maydonini qishda sug‘orish. 2 shev. Muzli suv.
YA’NI [a] biriktiruv bog‘lovchisi Gap yoki gap bo‘lagini boshqa ibora bilan izohlash uchun ishlatiladi.
YELIM [f-t] 1 Daraxt tanasidan chiqib qotib qolgan yopishqoq shira. 2 Ulash, biriktirish uchun ishlatiladigan yopishqoq modda. 3 ko‘ch. salb. Yopishqoq, xira, shilqim (odam haqida).
YEPÍSKOP [yun] Xristianlar cherkovida oliy diniy unvon va shu unvon egasi.
YETIM [f-t] Ota-onasidan ajralgan.
YÉVRO [ingl] Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lgan ayrim mamlakatlarda muomalaga kiritilgan yangi pul birligi.
YOD [yun] Kimyoviy element, asosan dengiz o‘simliklaridan olinadigan kristall modda va uning tibbiyotda qo‘llanadigan spirtdagi eritmasi.
YOL [f-t] Ba’zi hayvonlar gardanida bo‘ladigan soch.
YOQUT [a] 1 ot Turli rangda bo‘ladigan tiniq qimmatbaho mineral, tosh. 2 sft Jilva berib tovlanadigan.
YOR [f-t] Yaqin kishi; do‘st, muhib.
YOSUMAN [f-t] 1 Xushbo‘y, oq to‘p gulli manzarali buta. 2 ko‘ch. Xiylagar, makkor ayol.
YOXUD [f-t] kt., ayiruv bog‘lovchisi Yoki, yo.
YUAN [xit] Xitoy pul birligi.
YUBILEY [lot] Biror shaxsning tug‘ilgan kuni yoki biror shahar, tashkilot, muasasa, tarixiy voqea va sh.k.larning yillik munosabati bilan jamoatchilik tomonidan o‘tkaziladigan tantanali marosim.
YÚBKA [r] Xotin-qizlarning beldan pastki uski kiyimi.
YÚMOR [ingl] 1 Kamchiliklar, ayrim voqea va hodisalarni kulgili tarzda hazilomuz tasvirlash; beg‘araz hajv. 2 Shu yo‘sinda yozilgan badiiy asar.
YUNÉSKO [ingl] qisqartma so‘z Birlashgan millatlarning ma’rifiy, ilmiy va madaniy tashkiloti.
YUPÍTER [lot] Quyosh sistemasining beshinchi sayyorasi; Mushtariy.
YURIDIK [lot+r] sft Huquqqa, huquqshunoslikka oid; huquqiy.
YURISPRUDÉNSIYA [lot] Huquq to‘g‘risidagi fanlarning, huquq me’yorlarining amaliy suratda qo‘llanishi bilan aloqador bo‘lgan bilimlar majmui.
YURIST [lot] Huquq sohasida ish olib boruvchi mutaxassis; huquqshunos.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin