Yorqinoy Hamrayeva


-------------------- Z --------------------------



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə27/31
tarix14.06.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#129874
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
o`zlashmalar

-------------------- Z --------------------------
ZABARDAST [f-t] 1 Jismoniy jihatdan baquvvat, kuchli. 2 ko‘ch. Yetuk, o‘tkir, zo‘r. 3 ko‘ch. Ulkan, katta.
ZABARJAD [a] Shaffof och yashil qimmatbaho tosh.
ZABON [f-t] kt. Til.
ZABT [a] Bosib olish, egallash.
ZABUR [a] din. Dovud alayhissalomga nozil qilingan muqaddas kitob.
ZAHAR [f-t] 1 Tirik organizmni o‘ldiradigan modda. 2 Kishining hayotini og‘ulaydigan narsa. 3 ko‘ch. Jahl, g‘azab. 4 ko‘ch. Ta’sir. 5 ko‘ch. O‘ta achchiq.
ZAHMAT [a] 1 Og‘ir, mashaqqatli mehnat. 2 ko‘ch. Azob-uqubat, qiyinchilik, kulfat.
ZAIF [a] 1 Kuchsiz, quvvatsiz. 2 Puxta ishlanmagan; bo‘sh. 3 Irodasi bo‘sh.
ZAIFA [a] kt. Ayol kishi.
ZAKOT [a] 1 din. Shariat hukmiga ko‘ra puldor, moldor musulmonning o‘ziga qarashli mol va pulning qirqdan bir ulushi miqdorida ramazon oyida beva-bechoralarga beradigan sadaqasi. 2 tar. O‘rta Osiyo xonliklarida: chorva va mol-mulkning qirqdan bir ulushi miqdorida har yili podshoh xazinasiga olingan soliq.
ZAKOVAT [a] O‘tkir aql-idrok; donishmandlik.
ZAL [nem] Katta, keng xona.
ZAMZAM [a] Ka’ba yaqinidagi muqaddas quduq.
ZAMIN [f-t] 1 Yer. 2 ko‘ch. Asos, negiz. 3 ko‘ch. Qulay sharoit, imkon. 4 ko‘ch. Tayanch.
ZAMINDOR [f-t] kt. Katta yer-suv egasi.
ZAMON [a] 1 fals. Materiyaning harakat bilan uzviy bog‘liq holda uzluksiz davom etish shakli; vaqt. 2 Muayyan davr. 3 tilsh. Fe‘ldan anglashilgan ish-harakatning nutq paytiga munosabatini ifodalovchi kategoriya.
ZAMONAVIY [a] Hozirgi zamon talabiga javob beradigan.
ZANG I [f-t] Metallni urishdan chiqadigan tovush; qo‘ng‘iroq.
ZANG II [f-t] 1 Oksidlanish oqibatida metall sirtida hosil bo‘ladigan qatlam. 2 ko‘ch. Dog‘, g‘ubor.
ZANGORI [f-t] Och havo rang.
ZANJIR [f-t] 1 Tartib bilan bir biriga o‘tkazilgan metall xalqalar tizmasi. 2 Kishan. 3 ko‘ch. Qullik, tutqunlik. 4 ko‘ch. Ikki kishini o‘zaro mustahkam bog‘lovchi narsa. 5 fiz.,tex. Uzluksiz sistema hosil qiluvchi elementlar birikmasi.
ZAQQUM [a] 1 bot. O‘tkir zaharli moddasi bor bo‘lgan daraxt. 2 din. Do‘zax daraxti. 3 ko‘ch. Tatimaydigan, minnatli ovqat.
ZAR [f-t] 1 ayn. Oltin. 2 Pul, boylik.
ZARB [a] Qattiq urilish; shasht.
ZARBA [a] 1 Kuchli, zalvorli turtki. 2 ko‘ch. Mahv etuvchi, yo‘q qiluvchi keskin harakat, hujum. 3 ko‘ch. Qattiq shikast, zarar.
ZARBDOR [a+f-t] 1 Texnikani yaxshi egallagan, rejani oshig‘i bilan bajaradigan, boshqalarga o‘rnak bo‘ladigan ilg‘or. 2 Keskin zarba berish uchun belgilangan.
ZARDOB [f-t] 1 Qatiq yoki ivigan sutdan ajralib chiqadigan sarg‘ish suyuqlik. 2 ko‘ch. Jarohatlangan yoki kasallangan organdan ajralib chiqadigan yoki unda yig‘ilib qoladigan suyuqlik. 3 tib. Qon va limfaning ivishidan hosil bo‘ladigan suyuqlik va undan tayyorlanadigan suyuq dori.
ZARDOLI [f-t] shev. O‘rik.
ZARGAR [f-t] Qimmatbaho metall va toshlardan bezak buyum yasaydigan usta.
ZARRA [a] 1 Moddalarning ko‘zga ko‘rinar-ko‘rinmas kichik, mayda bo‘lagi. 2 rvsh Ozgina, kamgina, zarracha.
ZARUR [a] Biror ehtiyoj yoki ish uchun kerak bo‘lgan; darkor.
ZARURAT [a] 1 Biror ish yoki narsaga bo‘lgan ehtiyoj. 2 ko‘ch. Tabiiy ehtiyoj, holat.
ZARYAD [a] 1 Patron, snaryad va sh.k.lardagi portlovchi moddaning muayyan miqdori. 2 fiz. Elektrlangan jismlardagi elektr miqdori.
ZAVOD [r] Yirik sanoat yoki hunarmandlik korxonasi.
ZAVOL [a] kt. 1 Kunning ikkinchi yarmi. 2 ko‘ch. Yo‘q bo‘lish, halokat.
ZAVQ [a] 1 Estetik lazzat. 2 Zo‘r xohish, ishtiyoq.
ZAXIRA [a] Kelajakda foydalanish uchun g‘amlab qo‘yilgan narsa.
ZAYL [a] Tarz, holat.
ZA’FARON [a] 1 ot Ingichka uzun bargli, guli ziravor sifatida ovqatga ishlatiladigan piyozsimon ildizli o‘simlik. 2 sft, ayn. Za’faron guli rangidagi, sariq.
ZEB [f-t] Bezak; husn, ko‘rk.
ZEBO [f-t] G‘oyat go‘zal, kelishgan.
ZÉBRA [fr] Otsimonlar oilasiga mansub, Afrikada yashaydigan targ‘il yovvoyi ot.
ZEHN [a] Idrok etish, tushunish qobiliyati.
ZID [a] Teskari, qarama-qarshi.
ZIDDIYAT [a] 1 Bir-biriga xiloflik. 2 Murosaga keltrib bo‘lmaydigan qarama-qarshilik.
ZILZILA [a] Yer qimirlashi.
ZINDON [f-t] tar. Yer ostidagi qamoqxona.
ZINHOR [f-t] rvsh Aslo, sira, hech.
ZIRA [f-t] O‘tsimon o‘simlik va uning sabzi urug‘iga o‘xshash xushbo‘y urug‘i.
ZIRAVOR [f-t] Ovqatni xushbo‘y qiluvchi o‘simliklar yoki ularning urug‘i, bargi, ildizi va sh.k.lar.
ZIRK [f-t] 1 Tog‘da o‘sadigan tikanli buta. 2 Shu butaning qorag‘atga o‘xshash mevasi.
ZIQ [a] rvsh Tig‘iz, qistovli.
ZIQNAFAS [a] tib. Nafas qisish kasalligi; astma.
ZLÓTIY [pol] Polsha pul birligi.
ZIRH [a] Harbiy kema, tank va sh.k.larning o‘q o‘tmaydigan po‘lat qoplamasi.
ZIROAT [a] 1 ayn. Dehqonchilik. 2 Qishloq xo‘jalik ekinlari.
ZIYNAT [a] 1 Go‘zallik uchun xizmat qiluvchi buyum. 2 Naqsh, bezak.
3 ko‘ch. Husn, ko‘rk beruvchi narsa.
ZIYO [a] 1 kt. Yorug‘lik, nur. 2 ko’ch. Bilim, ma’rifat.
ZIYOD [a] rvsh Ortiq, ko‘p.
ZIYOFAT [a] Tantanali mehmondorchilik, o‘tirish.
ZIYON [f-t] Zarar.
ZIYORAT [a] 1 Muqaddas hisoblangan joyga borib tilovat qilish. 2 Elga tanilgan arbob yoki o‘ziga yaqin kishining qabriga borish, marhumni yod etish.
3 Hurmat yoki rasmiyat yuzasidan biror shaxsni borib ko‘rish.
ZIYORATGOH [a+f-t] Ziyorat qilinadigan muqaddas joy.
ZIYRAK [f-t] 1 Tez uqadigan. 2 Sezgir, sergak, xushyor.
ZOBIT [a] Armiya va flotda komandirlar tarkibiga mansub harbiy xizmatchi.
ZOHID [a] din. Tarki dunyo qilib, ibodatga berilgan kishi.
ZOHIR [a] kt. 1 Sirt, sirtqi ko‘rinish. 2 kesim vazifasida Ochiq-oydin, ravshan.
ZOLIM [a] Shafqatsiz, zulm qiluvchi, ezuvchi.
ZOOLÓGIYA [yun] Hayvonot olamini o‘rganadigan fan.
ZOOTÉXNIKA [yun] Chorvachilikni rivojlantirish, chorva mollarini parvarish qilish, urchitish va ulardan foydalanish haqidagi fan.
ZOR [f-t] 1 Hasratli yig‘i, nola. 2 Iltimos, iltijo. 3 kesim vazifasida Muhtoj.
ZOT [a] 1 Bir ota-bobodan tarqalgan nasl; avlod. 2 Biror fazilati bilan ajralib turuvchi shaxs. 3 Jins, nav.
ZOTAN [a] kirish s. Aslini olganda, aslida.
ZOTDOR [a+f-t] Yaxshi zotga mansub; nasldor.
ZOTILJAM [a] tib. O‘pkaning yallig‘lanish kasalligi.
ZUBR [r] O‘rmonda yashaydigan yovvoyi ho‘kiz.
ZULF [f-t] Soch, kokil.
ZULFIN [f-t] Qulf osishga mo‘ljallangan xalqa.
ZULFQOR [a] Xalifa Alining afsonaviy qilichi.
ZULHIJJA [a] Qamariya yili hisobida o‘n ikkinchi oy nomi.
ZULMAT [a] 1 Tim qorong‘ulik, zim-ziyo. 2 ko‘ch. Nodonlik, jaholat.
ZULQA’DA [a] Qamariya yili hisobida o‘n birinchi oy nomi.
ZURRIYOT [a] kt. 1 Bir avloddan tarqalgan nasl-nasab, zot. 2 Bola, farzand.
ZO‘R [f-t] 1 ot Kuch, quvvat. 2 sft Katta jismoniy kuchga ega bo‘lgan; kuchli. 3 sft Katta, ulkan, buyuk. 4 sft Katta mahoratga ega bo‘lgan.
ZO‘RAKI [f-t] O‘z xohishidan tashqari, g‘ayriixtiyoriy.
ZO‘RAVON [f-t] nafr. Hech qanday qonunga bo‘ysunmay, birovlarga kuch ishlatuvchi; zolim.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin