--------------------- A ------------------------
ABAD
[a] 1
ot Mangulik, poyonsiz kelajak. |
To abad – umrbod, hamisha, doimo.
2
rvsh Mangu, abadiy.
ABADIY
[a] Vaqt bilan chegaralanmagan, doimiy; mangu.
ABAJUR
[fr] Lampa qalpog‘i.
ABAS
[a] esk. kt. Foydasiz, behuda.
ABBAT
[lot] 1 Katolik erkaklar monastirining boshlig‘i. 2 Fransiyada: katoliklar ruhoniysi.
ABGOR [
f-t afgor] Yomon ahvolga tushib qolgan; nochor, xarob.
ABJAD
[a] Qadimiy arab alifbosi sirasini esda saqlash uchun o‘ylab chiqarilgan sakkizta so‘zdan birinchisining va shu sakkiz so‘z majmuining nomi.
ABLAH
[a] 1 Qabih, yaramas, razil. 2 Be’mani, nodon.
ABONEMENT
[fr] Biror narsadan ma’lum bir muddat ichida foydalanish uchun berilgan hujjat.
ABONENT
[nem] Abonementdan foydalanuvchi, abonement egasi; obunachi.
ABR
[f-t] esk. kt. Bulut.
ABSOLUTIZM
[lot] Monarxiyaning bir ko‘rinishi, hokimiyat boshqaruvi bir shaxs qo‘lida bo‘lgan davlat tuzumi.
ABZAL [
f-t afzor] Ot-ulov uchun egar-jabduq.
ABZAS
[nem] 1 Xat boshi, satr boshi. 2 Ikkita xat boshi orasidagi matn.
ADAB
[a] Axloqiy tarbiya va uning me‘yorlari.
ADABIY
[a] 1 Badiiy adabiyotga oid. 2 Yozuvchilarga oid. 3 Adabiyot talablariga javob bera oladigan, madaniy hayotda omma tomonidan qabul etilgan.
ADABIYOT
[a] 1 Ma’lum xalqqa tegishli bo‘lgan badiiy, ilmiy va falsafiy asarlar majmui. 2 San’atning so‘zlar yordamida badiiy obrazlar yaratuvchi sohasi va shu sohaga oid asarlar majmui. 3 Muayyan bir fan yoki sohaga oid asarlar.
ADAD
[a] 1 Donalab sanash mumkin bo‘lgan narsalarning miqdori. 2 Kitob, jurnal va sh.k.larning bosilib chiqqan nusxalari soni.
ADAPTÁTSIYA
[lot] Jonli mavjudotlar sezgi organlarining turli sharoitga moslashuvi.
ADIB
[a] Yozma asarlar yaratuvchi shaxs, yozuvchi.
ADIL
[a] 1 Tik, to‘ppa-to‘g‘ri. 2 Adolatli, odil.
ADL
[a] Adolat, haqiqat, to‘g‘rilik.
ADLIYA
[a] Sud organlari faoliyati.
ADMIRAL
[a amir al-bahr] Harbiy dengiz flotining oliy qo‘mondonlik tarkibiga beriladigan unvon va shu unvonga ega bo‘lgan kishi.
ADO
[a] 1 Voqea-hodisa yoki harakatning oxiri. 2 Ishva, jilva, karashma.
ADOLAT
[a] Haqqoniylik, odillik, xolisona ish ko‘rish.
ADOLATPARVAR
[a+f-t] Adolat tarafdori, haqiqat uchun kurashuvchi, haqiqatgo‘y.
ADOVAT
[a] 1 Nizo, dushmanlik munosabati 2 Xusumat, kek.
ADRAS
[f-t] Ipak va paxta tolasidan tayyorlanadigan milliy gazlama.
ADVOKAT
[lot] 1 Ma’lum shaxsning huquqlarini himoya qiluvchi, huquqiy masalalar bo‘yicha maslahatlar beruvchi mutaxassis, yurist. 2 Sudda ayblanuvchini oqlovchi.
ADVOKATÚRA
[lot] 1 Advokatlik ishi, faoliyati. 2 Shu soha xodimlari.
ADYOL [
r odeyalo] Jun yoki shu kabi qalin matolardan qilinadigan bir qavatli ko‘rpa.
AERODINÁMIKA
[r] Havo va gazlarning harakatini o‘rganadigan fan.
AERODROM
[r] Uchish apparatlari uchun zaruriy inshootlari bo‘lgan keng maydon.
AEROFLOT
[r] Havo floti, uchish apparatlari majmui.
AEROPLAN
[yun+fr] ayn. Samolyot.
AEROPORT [r] Transport aviatsiyasining muntazam qatnovini ta’minlab turuvchi inshoot va muassasa.
ÁFFIKS
[lot] tilsh. O‘zaklarga qo‘shilib yangi so‘z yoki so‘zshakllarni yasash, turlash uchun hizmat qiladigan element; qo‘shimcha.
AFFRIKAT [
r affrikata]
tilsh. Ikki yoki undan ortiq elementdan iborat qorishiq tovush.
AFÍSHA
[fr] Spektakl, konsert, va sh.k.lar haqida ko‘rinarli joylarga yopishtiriladigan e’lon.
AFORIZM
[yun] Chuqur ma’noli, qisqa, ixcham ibora, hikmatli so‘z.
AFSONA
[f-t] 1 Avloddan avlodga, og‘izdan og‘izga o‘tib kelgan fantastik, ba’zan diniy mazmundagi hikoya, rivoyat, doston. 2
ko‘ch. Asossiz gap, yolg‘on- yashiq, uydirma. 3
ko‘ch. Aql bovar qilmaydigan, aqlga sig‘maydigan, mislsiz narsa, ish.
AFSUN
[f-t] ayn. Jodu.
AFSUNGAR
[f-t] ayn. Jodugar.
AFSUS
[f-t] 1 O‘kinish, achinish tuyg‘usi, pushaymon. 2
kirish s. Attang, esiz.
AFTODA
[f-t] esk. 1 Notavon, nochor, abgor. 2 G‘am-anduh bilan yoki dard chekib ozib-to‘zib ketgan, ahvoli tang.
AFV
[a] Kechirim, uzr.
AFYUN
[a] 1 Ko‘knorining dumbul boshog‘idan olib quritilgan shira. 2
ko‘ch. Kishi ongini zaharlaydigan narsa.
AFZAL
[a] Yaxshi, a’lo, ortiq.
AGAR
[f-t] Shart bog‘lovchisi.
AGENT
[lot] 1 Tashkilot, muassasa va sh.k.larning manfaati uchun xizmat qiladigan shaxs. 2 Biror davlat razvedkasining maxfiy xodimi; voqeanavis, josus.
AGENTÚRA
[r] Maxfiy ma’lumotlar to‘plash va qo‘poruvchilik ishlari olib borish maqsadida uyushtirilgan josuslik xizmati.
AGRAR
[r agrarniy] Qishloq xo‘jaligi, xususan, yer-suvdan foydalanishga oid.
AGRESSIV
[r agressivniy] Agressiya siyosatini qo‘llovchi, tajovuzkor.
AGRÉSSIYA
[lot] O‘zga davlat yerlarini kuch bilan bosib olish, boshqa davlat mustaqilligiga tajovuz qilish, uni iqtisodiy va siyosiy jihatdan qaram qilish, bosqinchilik.
AGROKIMYO
[yun+a] O‘simliklarni o‘g‘itlash, oziqlantirish va kimyoviy yo‘l bilan zararkunandalardan saqlash to‘g‘risidagi fan.
AGRONÓMIYA
[yun] Qishloq xo‘jaligi va dehqonchilikka doir nazariy va amaliy bilimlar majmui.
AGROTÉXNIKA
[yun] Qishloq xo‘jaligiga oid ishlar majmui va ularni bajarish tizimi.
AHAMIYAT
[a] Kishilik hayotida,voqelikda tutgan o‘rin, qiymat; e’tibor.
AHBOB
[a] esk. kt. Do‘stlar, qadrdonlar.
AHD
[a] 1 Qat’iy so‘z, qaror, va’da, lafz. 2 Shartnoma, kelishuv, bitim.
AHD-PAYMON
[a+f-t] O‘zaro qat’iy kelishuv, va’da.
AHIL
[a] Bir yoqadan bosh chiqargan,
bir jon-bir tan, totuv, inoq.
AHL
[a] 1Bir soha, kasb yoki doira odamlari. 2 Biror joyda istiqomat qiluvchi, yashovchi kishilar; aholi. 3 Qatnashchi.
AHMOQ
[a] Aqliy jihatdan cheklangan, tentak.
AHOLI
[a] Ma’lum joyda istiqomat qiluvchi odamlar majmui.
AJABTOVUR
[a+f-t] Qiziqarli, binoyiday.
AJAM
[a] 1 Arablardan boshqa xalqlar. 2 Shoshmaqom kuylaridan birining nomi.
AJDAR
[f-t] 1 Afsonaviy ulkan maxluq. 2 Janubiy Osiyo hududida tarqalgan uchar kaltakesak.
AJDARGUL
[f-t] ayn. Itog‘iz.
AJDOD
[a] Ota-bobolar.
AJINA
[a] 1
iloh. Alvasti, jin. 2 Kichkina ko‘rimsiz odam.
AJNABIY
[a] 1 Chet ellarga oid, xorijiy. 2 Chet ellik kishi.
AJOYIB
[a] 1 Hayratga soladigan darajada qiziq. 2 Qiziqarli.
AJOYIBOT
[a] G‘ayrioddiy voqea-hodisalar.
AKADÉMIK
[r] ot Fanlar akademiyasining a’zosi; Akademiya a’zoligiga saylangan olimning unvoni.
AKADEMÍK
[r akademicheskiy] sft 1 Akademiyaga oid. 2 | O‘quv yurtlarida:
akademik yil – o‘quv yili,
akademik soat – dars soati (45 yoki 80 daqiqa).
AKADÉMIYA
[yun] Ilm-fan yoki san’atni rivojlantirish maqsadida tuziladigan oliy ilmiy muassasa.
AKÁTSIYA
[yun] Dukkaklilar oilasiga mansub xushbo‘y gulli daraxt yoki buta.
AKBAR
[a] esk. kt. Katta, ulkan, buyuk.
AKKORDEON
[fr] Yelkaga osib chalinadigan klaviaturali musiqa asbobi.
AKKROBÁTIKA
[yun] Sport gimnastikasi va sirk san’atining murakkab turi.
AKKUMULÁTOR
[lot] Elektr yoki issiqlik energiyasini to‘playdigan asbob.
AKOBIR
[a] esk. kt. Yuqori martabali kishi.
AKS I
[a] 1
ot Narsaning silliq sathda ko‘ringan tasviri. 2
sft Qarama-qarshi, teskari. 3 Tutgan yerini kesadigan, gapga ko‘nmaydigan, o‘jar.
AKSA
[a] Dimog‘ qichishi natijasida o‘z-o‘zidan o‘pkadan keskin tovush bilan havo chiqishi.
AKSAR
[a] 1 Ko‘p qism, ko‘pchilik. 2 Ko‘pincha, ko‘p hollarda.
AKSENT
[lot] tilsh. 1 So‘z urg‘usi. 2 O‘zga tilda so‘zlaganda seziladigan talaffuz xususiyatlari.
ÁKSIYA
[fr] Aksiyadorlik jamiyati, jamg‘armasiga o‘z ulushini qo‘shgan hissadorlarga shu jamiyat ishida qatnashish va uning daromadlaridan foydalanish huquqini beradigan qimmatbaho qog‘oz.
AKT
[lot] 1 Muhim voqea, hodisa, harakat. 2 Biror ishni tasdiqlovchi hujjat.
AKTYOR
[fr+r] Teatrda yoki kinoda rol bajaruvchi.
AKÚLA
[r] Dengiz hayvoni, katta yirtqich baliq.
AKÚSTIKA
[yun] 1 Fizikaning tovushlarni o‘rganadigan bo‘limi. 2 Biror binoda tovushlarning eshitilish xususiyatlari va imkoniyatlari.
AKVAREL
[fr] Suvda eritib ishlatiladigan bo‘yoq.
ALAF
[a] Yovvoyi o‘t.
ALAM I
[a]1 Jismoniy azob, og‘riq. 2 Ruhiy qiynalish, dard-hasrat, iztirob. 3 Qasos, o‘ch. 4 Qahr, g‘azab, nafrat.
ALAM II
[a] 1
esk. Bayroq, tug‘. 2
din. Ziyoratgoh joylardagi daraxtlarga biror niyat qilib bog‘lanadigan latta.
ALAMZADA
[a+f-t] Alamidan to‘yib, birovdan o‘ch olishga qasd qilgan.
ALBÁTTA
[a] modal s. 1 Fikrning qat’iyligini, bajarilishi aniqligini anglatadi.
2
kirish s. Shubhasiz, turgan gap.
ALGÉBRA
[a al jabr] Matematikaning bir bo‘limi.
ALEBASTR
[yun] Kukun shaklidagi pishirilgan oq gips.
ALIFBO
[a] Biror til yozuvining ma’lum tartibda joylashgan harflar to‘plami.
ALLEGÓRIYA
[yun] Mavhum tushunchalarni aniq obraz vositasi bilan ifodalash, majoz.
ALLO
[ingl hello] Telefon orqali so‘zlashganda «salom», «eshityapman», «eshityapsizmi» ma‘nolarida qo‘llanadigan so‘z.
ALLOMA
[a] kt. Ilm-fanning bir necha sohasini mukammal egallagan inson.
ALMANAX
[lot+a] Zamondosh mualliflarning asarlari to‘plami.
ALÓE
[yun] 1 Uzun bargli tropik va subtropik o‘simlik; sabur. 2 Shu o‘simlik shirasidan tayyorlanadigan dori.
ALOMAT
[a] 1
ot Shartli ravishda qo‘yilgan belgi, ishora. 2
ot Biror voqea, hodisa, vaziyat va shu k.lardan darak beruvchi belgi, nishona. 3
ot Ramz. 4
sft Ijobiy xislatlarga ega bo‘lgan, ajoyib. 5 Kishini hayratga soladigan, ajablanarli.
ALOQA
[a] 1Kishilar,
narsalar, voqea-hodisalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat. 2 Tegishlilik, oidlik. 3 Masofadan turib bog‘lanish vositasi.
ALPINIZM
[lot] Tog‘ cho‘qqilariga chiqish sporti.
ALUMÍNIY
[lot] Kimyoviy unsur, kumush rangli yengil, qayishqoq metall.
ALVIDO
[a] und. s. Abadiy xayrlashuv, so‘ngso‘z.
ALVON I
[a] Sidirg‘a qizil ip gazlama.
ALVON II
[a] 1 Qizil. 2 Xilma-xil, turli-tuman.
AMAL
[a] 1 Kundalik ish, faoliyat. 2 Mansab, lavozim. 3 Chora, iloj. 4
mat. Matematik hisob.
AMALDOR
[a+f-t] Yuqori mansab egasi.
AMALIYOT
[a] 1 Kundalik tajriba. 2 Ilmiy-nazariy xulosa, qoida va sh.k.larni hayotga tatbiq qilish, amalda qo‘llash; tajriba.
AMBULATÓRIYA
[lot] Qatnab davolanuvchilarga va uyda yotgan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatuvchi shifoxona.
AMFÍBIYA
[yun] 1
zool. Suvda hamda quruqlikda yashash xususiyatiga ega umurtqali jonivor. 2
bot. Ham suvda, ham quruqlikda yashay oladigan o‘simlik.
AMFITEATR
[yun] 1 Qadimgi Yunonistonda va Italiyada: tomoshalar ko‘rsatishga mo‘ljallangan, o‘rindiqlari zinapoya shaklida qurilgan ochiq bino. 2 Teatrlarda zalning zinapoya shaklida joylashgan o‘rindiqlari.
AMIN I
[a] faqat kesim vazifasida: Qat’iy ishongan.
AMIN II
[a] tar. 1 O‘rta Osiyo xonliklarida daha boshlig‘i yoki qishloq oqsoqoli.
2 Bozorlarda soliq undiruvchi.
AMIR
[a] tar. Buxoroda va ayrim musulmon mamlakatlarida: xonlik unvoni va shu unvon egasi.
AMIRI
[a+f-t] 1 Po‘chog‘i ko‘kish rangli, uzunchoq qovun navi. 2 Uzum navi.
AMLOK
[a] 1 Katta yer-mulk. 2 Umuman mulk, mol-dunyo. 3
tar. Buxoro xonligida: yer-mulkdan o‘lpon olish uchun ajratilgan ma’muriy hudud.
AMLOKDOR
[a+f-t] tar. 1 Katta yer egasi, zamindor. 2 O‘lpon soluvchi mansabdor. 3 Buxoro xonligida: tuman hokimi.
AMMIAK
[yun] Azot va vodorod birikmasidan iborat o‘tkir hidli rangsiz gaz.
AMMÓNIY
[lot] kim. Azot va vodoroddan iborat atomlar guruhi.
AMORF
[r amorfniy] 1 Kristall shakliga ega bo‘lmagan, kristallanmagan. 2 Ma’lum shaklga ega bo‘lmagan, uyushmagan.
AMORTIZÁTOR
[fr+r] Urilish zarbini yumshatib turuvchi moslama.
ÁMPER
[fr] Elektr tokining o‘lchov birligi.
AMPERMETR
[fr+yun]Tok kuchini o‘lchaydigan asbob.
AMPLITÚDA
[lot] fiz. Tebranuvchi jismning tebranish kengligi.
ÁMPULA
[lot] Naychasimon shisha idish.
AMR I
[a] 1 Buyruq, farmoyish. 2 Izn, ixtiyor.
AMR II
[a] esk. kt. ayn. Ish.
AMYÓBA
[yun] Bir hujayrali eng sodda jonivor.
ANABIOZ
[yun] biol. Ba’zi bir tirik organizmlarda hayot jarayonining vaqtinchalik sekinlashuvi yoki to‘xtab qolishi.
ANALITIK
[yun] Tahliliy usulga asoslangan.
ANÁRXIYA
[yun] 1
siyos. Har qanday davlat hokimiyatini, barcha qonun-qoidalarni va axloq-odob me’yorlarini inkor etish, hokimiyatsizlik. 2
ko‘
ch. Beboshlik, tartibsizlik.
ANARXIZM
[yun] Mayda burjua reaksion ijtimoiy-siyosiy oqimi.
ANATÓMIYA
[yun] Tirik organizmlarning tuzilishi to‘g‘risidagi fan.
ANBAR
[a] Mumsimon xushbo‘y modda.
ANBIYO
[a] din. Nabiylar, payg‘ambarlar.
ANDALIB
[a] esk. kt. ayn. Bulbul.
ANDAZA
[f-t] 1 Kiyim, poyafzal va shu k. narsalarni bichish uchun tayyorlangan shakl. 2
ko‘ch. Tayyor qolip, namuna.
ANDISHA
[f-t] 1 Yuz-xotir, ehtiyotkorlik. 2 Umuman fikr, mulohaza.
ANGÍNA
[lot] Tomoqdagi bodomsimon bezlarning yallig‘lanishidan iborat kasallik.
ANGISHVONA
[f-t] Tikish qilishda asosan nomsiz barmoqqa kiydiriladigan metall qalpoqcha.
ANILIN
[a] kim. Zaharli rangsiz suyuqlik.
ANJUMAN
[f-t] 1 Yig‘in, majlis. 2 Bir davrda faoliyat ko‘rsatgan atoqli shaxslar guruhi.
ÁNKER
[goll] 1 Soat mexanizmining bir maromda yurib turishini ta
’minlaydigan qismi. 2 Mashina, uskuna, inshoot va sh. k.larning qismlarini biriktirishda ishlatiladigan detal.
ANKÉTA
[fr] Tegishli ma’lumot olish, to‘plash uchun belgilangan so‘roq varaqasi.
ANNOTÁTSIYA
[lot] Kitob, maqola va sh. k.larning mazmuni, ahamiyati haqidagi qisqacha ma’lumot.
ANOD
[yun] Musbat zaryadlangan elektrod;
aksi katod.
ANOMÁLIYA
[yun] Me’yordan chetlashish, umumiy qonuniyatga xiloflik.
ANONIM [
r anonimniy] Muallifi noma’lum.
ANONS
[fr] Konsertlar va boshqa tomoshalar haqida oldindan qilingan e’lon.
ANOR
[f-t] 1 Qizil gulli buta. 2 Shu butaning mevasi.
ANQO
[a] mif. Qof tog‘ida yashaydigan afsonaviy katta qush (yo‘qlik ramzi).
ANSAMBL
[fr] 1 O‘zaro mos va uyg‘un qismlarining birikuvidan hosil bo‘lgan butunlik. 2 Butun jamoa bo‘lib tomosha ko‘rsatadigan artistlar guruhi.
ANTÉNNA
[lot] Elektromagnit to‘lqinlarni tarqatuvchi yoki qabul qiluvchi moslama.
ÁNTIK [
r antichniy] Qadimgi Yunoniston yoki Rim ijtimoiy tuzumi, madaniy hayotiga oid bo‘lgan.
ANTÓNIM
[yun] tilsh. Ma’nosi biror so‘z ma’nosiga zid bo‘lgan so‘z.
ANTROPOLÓGIYA
[yun] Odamning biologik tabiatini o‘rganadigan fan.
AN’ANA
[a] Avloddan avlodga, ota-bobolardan bolalarga o‘tib kelgan urf-odatlar, axloqiy me’yorlar, qarashlar, rasm-rusumlar.
AÓRTA
[yun] anat. O‘pkadan boshqa hamma organlarni qon bilan ta’minlab turuvchi eng katta tomir.
APELSIN
[goll] 1 Janub tomonlarda o‘sadigan doim yashil sitrus daraxt. 2 Shu daraxtning sarg‘ish shirin mevasi.
APÓSTROF
[yun] Tutuq belgisi.
APPARAT
[lot] 1 Muayyan bir ishni bajarish uchun xizmat qiladigan asbob, moslama. 2
fiziol. Ma’lum vazifani bajaruvchi organlar majmui. 3 Boshqarma yoki xo‘jalikning biror sohasiga xizmat qiladigan muassasalar majmui.
APPENDITSIT
[lot] Ko‘richak chuvalchangsimon o‘simtasining yallig‘lanishi.
APPLIKÁTSIYA
[lot] 1 Biror narsaga rang-barang gazlama yoki qog‘oz parchalari yopishtirib yoki tikib naqsh solish usuli. 2 Shu usul bilan solingan surat.
APTÉKA
[yun] Dori-darmon tayyorlanadigan, shuningdek, dorilar hamda tibbiyotga oid mollar sotiladigan muassasa.
AQIDA
[a] kt. 1 Ko‘r- ko‘rona ishonishga, e’tiqodga asoslangan dalilsiz va isbotsiz qoida. 2 Ishonch bilan aytilgan yoki qattiq ishonilgan fikr, mulohaza.
AQIDAPARAST
[a+f-t] salb. Aqidalarga ko‘r-ko‘rona ishonuvchi kishi.
AQIQA
[a] esk. Oilada chaqaloq tug‘ilganligi munosabati bilan beriladigan ziyofat.
AQL
[a] 1 Odamning bilish, fikr yuritish qobiliyati. 2 Zakovat darajasi; fahm- idrok, zehn, donishmandlik, yetuklik. 3 Es- hush, miya. 4
Mulohaza, maslahat.
AQRAB
[a] 1 Mezon bilan Qavs o‘rtasidagi burj. 2 Shamsiya yili hisobida sakkizinchi oy nomi.
AR
[lot] Yer o‘lchov birligi, yuz kvadrat metrga teng keladigan joy.
ARAFA
[a] 1
din. Hayit yoki bayramdan oldingi kun. 2
ko‘ch. Biror voqeadan oldingi vaqt.
ARAVA
[a] Ikki, uch yoki to‘rt g‘ildirakli oddiy transport vositasi.
ARÁXIS
[yun] ayn. Yer yong‘oq.
ARBOB
[a] 1 Fan, madaniyat sohasida yoki davlat ishida faoliyat ko‘rsatib tanilgan shaxs. 2
tar. Buxoro xonligida: mahalla boshlig‘i, ellikboshi yoki qishloq oqsoqoli.
ÁRFA
[nem] Torlari barmoqlar bilan chertib chalinadigan uchburchak shakldagi changsimon musiqa asbobi.
ARIFMÉTIKA
[yun] Matematikaning sodda xossalarni o‘rganadigan bo‘limi.
ÁRIYA
[ital] Musiqa asboblari jo‘rligida bir kishi aytadigan vokal asar, qo‘shiq.
ARJUMAND
[f-t] esk. kt. Aziz, qadrli; qimmatli.
ARK
[f-t] tar. Poytaxtdagi qasr; xon yoki amir saroyining mustahkamlangan qismi va shuningdek saroyning o‘zi .
ÁRKTIKA
[yun] Yer sharining shimoliy qutb hududi.
ARMATÚRA
[lot] tex. 1 Apparat, mashina va sh.k.larning asosiy qismiga kirmaydigan yordamchi qismlari majmui. 2 Iinshootlarni mustahkamlash uchun ularning oralariga qo‘yilgan metall qismlar majmui.
ÁRMIYA
[lot] 1 Davlatning barcha qurolli kuchlari majmui. 2 Quruqlikdagi qurolli kuchlar. 3 Urushda bir yoki bir necha qo‘shin turlarining qo‘shilmasi.
ARMON
[f-t] Amalga oshmagan ish yoki orzu tufayli ko‘ngilda qolgan o‘kinch.
ARMUG‘ON
[f-t] kt. Sovg‘a, tortiq, tuhfa.
ARSENAL
[a] Qurol-aslaha ombori, qo‘rxona.
ARTÉRIYA
[yun] anat. Yurakdan tananing hamma organlariga qon tarqatuvchi tomir.
ARTEZIAN
[fr] Parmalab kovlangan va suvi o‘zi otilib chiqadigan quduq.
ARTIKL
[lot] Otlarning aniq yoki noaniqligini bildiruvchi grammatik ko‘rsatkich. ARTÍKUL
[lot] Mahsulot turi.
ARTIST
[fr] 1 San’at asarlarini tomoshabinlar uchun ijro etuvchi. 2
ko‘ch. s.t. Biror sohada yuksak mahoratga ega bo‘lgan, havosini, hadisini olgan odam.
ARUZ
[a] ad. She’r tuzilishida uzun va qisqa bo‘g‘inlarning ma’lum tartibda almashib kelishiga asoslangan va Sharq mumtoz she’riyatida keng qo‘llanilgan vazn sistemasi.
ARVOH
[a] 1
din. Odam bilan xudo o‘rtasida vositachi bo‘ladigan abadiy ruh.
2 Marhumning g‘ayrimoddiy xayoliy sharpasi.
ARXEOLÓGIYA
[yun] Qadimiy madaniy yodgorliklar asosida xalqlarning tarixiy o‘tmishi va madaniyatini o’rganuvchi fan.
ARXIPELAG
[yun] Bir-biriga yaqin turgan dengiz orollari guruhi, orollar tizmasi.
ARXITEKTÚRA
[yun] Bino va inshootlarni loyihalash, qurish va bezatish san’ati; me’morchilik.
ARXIV
[lot] 1 Eski hujjatlar, yozma yodgorliklarni saqlash, sistemalashtirish bilan shug‘ullanadigan maxsus muassasa. 2 Muassasaning eski xujjatlar saqlanadigan bo‘limi.
ARXIYEPÍSKOP
[yun] Yepiskopdan quyi unvon va shu unvonga ega bo‘lgan ruhoniy.
ARZ
[a] Og‘zaki bayon etilgan shikoyat yoki iltimos.
ARZANDA
[f-t] 1 Orzu qilib yetishgan o‘g‘il yoki qiz. 2 Hammadan ortiq ko‘rilgan kishi, erka.
ARZON
[f-t] Bahosi, narxi past.
ARSH
[a] din. Xudoning taxti.
ASAD
[a] 1
astr. Saraton bilan Sunbula o‘rtasidagi burj. 2 Shamsiya yili hisobida beshinchi oy nomi.
ASBEST
[yun] O‘tga chidamli, kislota ta’sir qilmaydigan, issiqlik va elektr tokini o‘tkazmaydigan tolali mineral.
ASBOB
[a] 1 Biror ishni bajarish uchun maxsus qurol; ish quroli. 2 Biror maqsad uchun belgilangan moslama, buyum. 3 Musiqa asarini ijro etish uchun cholg‘u; soz.
ASFALT
[yun] 1 Yo‘l qurilishida ishlatiladigan qoramtir smolasimon modda. 2 Yo‘lga yotqizilgan shunday modda qatlami.
ASIL
[a] 1 A’lo sifatli, eng yaxshi; toza, sof. 2 Qimmatbaho. 3
ko‘ch. Yaxshi fazilatlarga ega bo‘lgan; olijanob; haqiqiy; pok.
ASILZODA
[a+f-t] Yuqori tabaqali zotlarga mansub shaxs; oqsuyak, zodagon.
ASIR
[a] 1 Dushman qo‘liga tushib, ozodlikdan mahrum etilgan kishi. 2
ko’ch. Biror kimsa yoki narsaga berilib ketgan kishi; maftun; qul.
ASKAR
[a] 1 Harbiy xizmatchi. 2 Davlatning qurolli kuchlari majmui yoki ularning bir qismi; qo‘shin.
ASKIYA
[a azkiyo] So‘z o‘yiniga, qochiriqlarga asoslangan kulgu musobaqasi.
ASL
[a] 1 Haqiqiy hol; tub, negiz. 2 Dastlabgi hol. 3 Haqiqiy nusxa. 4 Kelib chiqish zoti. 5
sft Chin, chinakam.
ASNO
[a] kt. 1 Biror hodisa yoki harakat sodir bo‘layotgan payt, fursat. 2 Qisqa muddatli ikki voqea oralig‘i.
ASO
[a] kt. Hassa, suyanchiq.
ASORAT I
[a] Asirlik, tutqunlik.
ASORAT II
[a] Ta’sir, iz, belgi.
ASOS
[a] 1 Narsaning barcha qismlarini tutib turuvchi qismi, tayanchig‘i. 2 Narsa yoki hodisalarning negizi, poydevor. 3
(ko‘plikda) Bosh qoidalar, tamoyillar. 4 Dalil, isbot. 5
kim. Kislotalar bilan o‘zaro birikib tuz hosil qiladigan birikma.
ASOSAN
[a] rvsh 1 Umumiy tarzda, umuman olganda. 2 Binoan, ko‘ra.
ASP
[f-t] 1 Ot. 2
shahm. Ot shaklidagi sipoh.
ASPEKT
[lot] kt. Nuqtai nazar, qarash.
ASPIRANTÚRA
[lot] Oliy o‘quv yurtlari yoki ilmiy tekshirish institutlarida fan nomzodi darajasidagi yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimi.
ASR I
[a] 1 Yuz yil. 2 Davr, zamon.
ASR II
[a] Quyosh botishidan bir soatcha oldingi payt va shu paytda o‘qiladigan namoz.
ASROR
[a] kt. Sirlar.
ASSALOMU
ALAYKUM [a] ayn. Sizga tinchlik-omonlik tilayman; hol so‘rash, qutlash.
ASSAMBLÉYA
[fr] Xalqaro tashkilot a’zolarining yoki bir necha davlat vakillarining yalpi majlisi.
ASSIMILÁTSIYA
[lot] 1
biol. Tirik organizmlar tomonidan qabul qilingan moddalarning o‘zlashishi, singishi. 2 Bir xalqning boshqa xalq urf-odatlari, madaniyati va tilini o‘zlashtirishi natijasida unga aralashib, birlashib ketishi. 3
tilsh. Nutqda so‘z tarkibidagi ikki tovushning bir-biriga ta’siri natijasida o‘zaro muvofiqlashuvi.
ASSISTENT
[lot] 1 Biror ishni, masalan, xirurgik operatsiyani bajarishda asosiy ijrochiga yordam beruvchi shaxs. 2 Oliy o‘quv yurtlarida kichik o‘qituvchilik lavozimi.
ASSOTSIÁTSIYA
[lot] 1 Shaxslar yoki muassasalarning ma’lum ish olib borish uchun tuzilgan ixtiyoriy birlashmasi. 2
psixol. Miya-asab faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan ruhiy tasavvurlar, fikrlar, tuyg‘ular orasidagi bog‘lanish va shunga asoslangan idrok.
ASTAR
[f-t] Kiyim yoki ko‘rpa-ko‘rpacha singari narsalarning ichki qavati.
ASTAG‘FIRULLO
[a] und.s. 1 Ajablanish, hayratni bildiradi. 2 G‘azabni, achchiqlanishni bildiradi.
ÁSTMA
[yun] Yurak yoki bronxlar kasalligi tufayli nafas bo‘g‘ilishi; ziqnafas.
ASTÓYDIL
[f-t az tahi dil] 1 Chin ko‘ngildan. 2 Halollik bilan, vijdonan.
ASTROLÓGIYA
[yun] Osmon yoritgichlarining holatiga qarab kelajakni aniqlashdan iborat ta’limot.
ASTRONÓMIYA
[yun] Osmon jismlari to‘g‘risidagi fan.
ATAMA
[a] Fan, texnika, kasb-hunarning biror sohasiga xos muayyan tushunchaning aniq ifodasi bo‘lgan so‘z yoki birikma.
ATIRGUL
[a+f-t] Tanasi tikanli o‘simlik va uning xushbo‘y guli.
ATLÁS
[a] Yaltiroq mahalliy ipak gazlama.
ÁTLAS
[r] Geografik xaritalar, chizmalar majmui.
ATLÉTIKA
[yun] Kuch va chaqqonlik talab qiladigan sport mashqlari majmui.
ATMOSFÉRA [
yun] Yerni va boshqa planetalarni o’rab olgan gazsimon qobiq.
ÁTOM
[yun] Kimyoviy elementning yadro va elektronlardan iborat eng kichik zarrachasi.
ATRIBUT
[lot] fals. Predmet yoki hodisaning o‘ziga xos, undan ajratib bo‘lmaydigan ehg muhim xususiyati, belgisi.
ATROF
[a] 1 Tevarak, hamma yoq. 2 Yaqin oradagi yerlar. 3 Biror narsaning cheti, zihi. 4
ko‘ch. Tevarakdagi muhit, kishilar.
ATROFÍYA
[yun] biol., tib. Biror a’zoning kasallik ta’sirida kichrayib qolishi yoki hayotiy qobiliyatini yo‘qotishi.
ATTESTÁTSIYA
[lot] Mutaxassislarning ishga layoqatini, malakasini, bilim darajasi va xulq-atvorini aniqlash va shuning asosida ishga tayinlash yoki unvon berish.
ATTOR
[a] Atir-upa va bezak buyumlari bilan savdo qiluvchi do‘kondor yoki savdogar.
ATTRAKSION
[fr] 1 Sirkdagi o‘yinlar. 2 Ommaviy sayr qilinadigan joylardagi ko‘ngilochar moslamalar.
AUDITÓRIYA
[lot] 1 O‘quv muassasalaridagi darsxona. 2 Tinglovchilar guruhi.
AUKSION
[lot] «Kimoshdi» savdosi.
AVÁRIYA
[ital] Mashina, samolyot, kema va sh. k. transport vositalarining halokatga uchrashi.
AVÁXTA
[r] esk. Qamoqxona, turma.
AVIALÍNIYA
[lot+r] Uchish transportining doimiy qatnov havo yo‘li.
AVIAMODEL
[lot+r] Uchish apparatining modeli, nusxasi.
AVIAPÓCHTA
[lot+r] 1 Havo yo‘lidan foydalanuvchi pochta. 2 Samolyot bilan tashiladigan pochta yuki.
AVIÁTSIYA
[lot] 1 Havodan og‘ir uchish apparatlarida uchish nazariyasi va amaliyoti.
2 Uchish apparatlarining majmui; havo floti.
AVIAZAVOD
[lot+r] Samolyotsozlik zavodi.
AVITAMINOZ
[yun+lot] tib. Darmondorilar (vitaminlar) yetishmasligi natijasida yuzaga keladigan kasallik.
AVJ
[a] 1 Biror hodisa yoki jarayonning eng kuchaygan darajasi. 2
mus. Kuydagi eng yuqori parda.
AVLIYO
[a] din. Dindorlar nazarida: bashorat qila oladigan, mo‘jizalar ko‘rsata oladigan muqaddas odam.
AVLOD
[a] 1 Bir ota-bobodan tarqalgan zurriyot. 2 Bir davrda tug‘ilib o‘sgan kishilar.
AVLOD-AJDOD
[a] 1 Biror shaxsning yoki biror davr odamlarining ota-bobolari va farzandlari. 2 Qarindosh-urug‘lar.
AVOM
[a] 1 Oddiy xalq. 2
esk. O‘qimagan, savodsiz odamlar.
AVRA
[f-t] Kiyim yoki ko‘rpa, ko‘rpacha kabi narsalarning sirti, tashqi qavati.
AVTOBÁZA
[r] Avtomobillar turadigan va ta’mir etiladigan joy.
AVTÓBUS
[yun+lot] Passajirlarni tashish uchun mo‘ljallangan ko‘p o‘rinli avtomobil.
AVTÓGRAF
[yun] Qo‘lyozma, muallif dastxati.
AVTOMAT
[yun] 1 Ichki mexanizm yordamida ish bajaruvchi apparat. 2 Tezotar avtomatik qurol.
AVTOMATIK
[r avtomaticheskiy] Avtomat usulida, ya’ni o‘z-o‘zidan ishlaydigan.
AVTOMOBIL
[yun+lot] Ichki yonish dvigateli o‘rnatilgan transport vositasi; ulov.
AVTONOM
[yun] Avtonomiya huquqiga ega bo‘lgan.
AVTONÓMIYA
[yun] O‘z-o‘zini idora qilish va o‘z ichki qonunlarini chiqarish huquqi.
AVTOPORTRET
[yun+fr] Rassom yoki haykaltaroshning o‘z qo‘li bilan ishlangan o‘z surati.
AVVAL
[a] 1
ot Boshlanish; ilk payt. 2
rvsh Ilgari, burun. 3
rvsh Hammadan oldin, dastlab, dastavval. 4
ko‘m. Biror voqea-hodisaning so‘z borayotgan paytdan oldin bo‘lganligini bildiradi.
AVZO
[a] 1 Kishining tashqi ko‘rinishi; vajohat, turq. 2 Kayfiyat, ruhiy holat.
AXBOROT
[a] 1 Xabarlar, ma’lumotlar. 2 Vaqti-vaqti bilan chiqib turadigan ba’zi to‘plamlarning nomi.
AXIR I
[a] Ta’kid yuklamasi.
AXIR II
[a] rvsh Oxiri, pirovardida, nihoyat, oqibat.
AXLOQ
[a] Kishilarning har bir jamiyatga xos xulq me’yorlari majmui, adab; etika.
AYB
[a] 1 Axloq-odob me’yorlariga xilof xatti-harakat, gunoh. 2 Xijolatli, uyatli ish.
3 Kamchilik, nuqson, illat.
AYBDOR
[a+f-t] 1
Ayb ish qilgan kishi, gunohkor. 2
yur. Jinoyati isbotlangan shaxs.
3 Jismoniy tomonlama nuqsoni bo‘lgan kishi.
AYNAN
[a] Hech bir o‘zgarishsiz, xuddi o‘ziday.
AYNIYAT
[a] 1 Bir xillik. 2
mat. Tarkibidagi belgilarining turli qiymatlarida ham buzilmaydigan tenglik.
AYOL
[a] 1 Xotin jinsidagi shaxs. 2 Erli xotin, rafiqa.
AYON
[a] Ochiq-oydin ko‘rinib turadigan, aniq.
ÁYSBERG
[ingl] Suvlikdagi muz tog‘.
AYVON
[a] Uch tomoni berk, oldi ochiq xona.
AYYOM
[a] Payt, kunlar.
2 Bayram kuni.
AYYOR
[a] 1
sft Mug‘ombir, makkor. 2 Makkorlikni ifodalaydigan, mug‘ombirona.
3 Xalq dostonlarida: xiylagar, aldoqchi.
AZA
[a] Yaqin kishining o‘limi munosabati bilan o‘tkaziladigan marosim, yig‘i.
AZADOR
[a+f-t] Yaqin kishisi o‘lganiga hali bir yil to‘lmagan kishi.
AZAL
[a] Qadimgi zamon.
AZALIY
[a] Qadimgi, o‘tmishdagi.
AZAMAT
[a] 1 Juda katta, ulkan. 2 Qudratli, zabardast, baquvvat.
AZBAROYI
[f-t] Sababli, tufayli.
AZIM
[a] G‘oyat katta, ulkan.
AZIYAT
[a] 1 Qiyinchilik, mashaqqat, azob. 2 Ziyon, shikast, zarar.
AZIZ
[a] 1 Hurmatga loyiq, qadrli, muhtaram. 2 Har narsadan ulug‘, bebaho. 3 Qimmatli, taqchil. 4 Muqaddas, qutlug‘, tabarruk.
AZM
[a] kt. Qat’iy qaror.
AZOB
[a] 1 Jismoniy yoki ruhiy ezilish, uqubat. 2 Qiyinchilik, mashaqqat.
AZON
[a] 1
din. So‘fining namozga chaqirig‘i. 2
ko‘ch. Tong yorisha boshlagan payt, sahar.
AZOT
[yun] Rangsiz, hidsiz kimyoviy unsur, o‘simliklar ozig‘ining eng muhim elementlaridan biri.
AZROIL
[a] din. Jon oluvchi farishta.
AG‘YOR
[a] esk. kt. 1 O‘zgalar, begonalar. 2 Raqib; raqiblar.
A’LAM
[a] 1
esk. din. Shariat qonun-qoidalari yuzasidan berilgan fatvoni tasdiq yoki rad etuvchi diniy arbob; bosh mufti.
A’ROF
[a] Ikki jahon ovorasi bo‘lib qolgan.