Yorqinoy Hamrayeva


------------------ G ---------------------------



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə9/31
tarix14.06.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#129874
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31
o`zlashmalar

------------------ G ---------------------------
GADO 1 ayn. Gadoy. 2 Kambag‘al, qashshoq. 3 ko‘ch. Biror narsaga muhtoj, intiq bo‘lgan odam.
GADOY [f-t] Tilanchilik bilan kun kechiruvchi; tilanchi.
GALA [f-t] 1 Bir turdagi qush, hayvon, jonivorlar to‘dasi. 2 ko‘ch. Bir to‘da odam, olomon. 3 nafr. To‘da, guruh. | Bir gala – juda ko‘p.
GALÁKTIKA [yun] astr. Yagona yulduzlar sistemasi.
GALANTERÉYA [ital] Kiyinish, yasan-tusan qilish uchun zarur buyumlar, attorlik mollari.
GÁLSTUK [nem] Ko‘ylak yoqasi ostidan o‘tkazib, oldini tugun qilib taqiladigan mato buyum; bo‘yinbog‘.
GAMAK [fr] Ochiq havoda uxlash uchun foydalaniladigan osma belanchak.
GÁMMA I [yun] 1 mus. Bir yoki bir necha oktava tarkibidagi yaqin tovushlar majmui. 2 ko‘ch. Bir-biridan muayyan munosabatda farqlanadigan bir turdagi narsalar, hodisalar majmui.
GÁMMA II [yun] fiz. Radioaktiv elementlarning parchalanishidan hosil bo‘lgan nur.
GANJ [f-t] Xazina, boylik
GAR [f-t] ayn. Agar.
GARAJ [fr] Avtomobillar turadigan joy.
GARD [f-t] Chang, to‘zon, zarra.
GARDAN [f-t] Bo‘yinning orqa qismi.
GARMON [r] Ikki yoni buklama, klaviaturali musiqa asbobi.
GARNITUR [nem] Ma’lum maqsad uchun belgilangan narsalar to‘plami.
GASTRIT [lot] tib. Oshqozon shilliq pardasining yallig‘lanish kasalligi.
GASTROL [nem] Teatr, ansambl yoki artistlar guruhining boshqa shahardagi chiqishlari.
GAVHAR [f-t] 1 Tarashlangan va sayqal berilgan olmos; qimmatbaho toshlarning umumiy nomi. 2 ko‘ch. Qimmatbaho narsa haqida. | Ko‘z gavhari - anat. Ko‘z qorachig‘i ostida ikki tomoni qavariq linza shaklidagi tiniq tanacha.
GÁYKA [r] Boltga burab kiritiladigan teshigi rezbali detal.
GAZ I [f-t] esk. 1 Ilgari amalda bo‘lgan, 0,71metrga teng uzunlik o‘lchovi; arshin.
GAZ II [goll] Zarralari o‘zaro kuchsiz bog‘langan, shu sababli o‘zi ishg‘ol qilgan bo‘shliqni bir tekis to‘ldirib turadigan yengil modda; yonilg‘i.
GAZAK I [f-t] Yaraning yallig‘langan, yiringlagan holati.
GAZAK II [f-t] Ichkilik ustidan yeyiladigan ovqat.
GAZANDA [f-t] 1 Ari, ilon, chayon kabi chaqadigan hasharot-jonivorlarning umumiy nomi. 2 ko‘ch. nafr. Kallakesar, yovuz dushman.
GAZÉTA [ital] Hayotning turli sohalariga oid voqea-hodisalarni yoritib boradigan, shuningdek siyosiy-ijtimoiy va ilmiy-ommabop maqolalar bosiladigan vaqtli nashr.
GAZIFIKÁTSIYA [goll+lot] 1 Qattiq yonilg‘ini sun‘iy yo‘l bilan gazga aylantirish.
2 Sanoat korxonalarini va turar joylarni gaz bilan ta’minlash.
GAZOLIN [goll+lot] Tabiiy neft gazidan yoki neftdan olinadigan suyuq yonilg‘i.
GAZON [fr] Bog‘ va binolarning oldiga ekilgan maysa.
GEKTAR [yun+lot] 1000 kvadrat metrga teng sath o‘lchov birligi.
GÉLIY [yun] Kimyoviy element, rangsiz va hidsiz yengil gaz.
GEMOGLOBIN [yun+lot] Qon tarkibida bo‘ladigan, qonga qizil rang beradigan va butun organizmni kislorod bilan ta’minlab turadigan modda.
GENEALÓGIYA [yun] 1 Nasl-nasab tarixi, shajara. 2 Hayvonlar yoki o‘simlik turlarining kelib chiqishi.
GENERAL [lot] Oliy qo‘mondonlik va boshliq tarkibiga beriladigan harbiy unvon va shu unvonga ega bo‘lgan shaxs.
GENERÁTOR [lot] tex. 1 Mexanik energiyani elektr energiyasiga aylantiradigan mashina. 2 Biror narsa ishlab chiqaradigan turli asboblarning umumiy nomi.
GENÉTIKA [yun] Biologiyaning irsiyat va organizmlar o‘zgaruvchanligini o‘rganadigan bo‘limi.
GEOFÍZIKA [yun] Yerning fizik xususiyatlarini va unda yuz beradigan fizik jarayonlarni o‘rganadigan fan.
GEOGRÁFIYA [yun] 1 Yer shari va uning sathini, iqlimini, yer yuzida aholi va moddiy resurslarning joylanishi, turli mamlakat va hududlarda ishlab chiqarish sharoiti va ishlab chiqarishning taraqqiyoti xususiyatlarini o‘rganuvchi fanlar majmui. 2 Yer yuzida va uning ma’lum qismida biror narsaning tarqalishi, taqsimlanishi.
GEOLÓGIYA [yun] Yer qobig‘ining tuzilishi, tarkibi va tarixini o‘rganadigan hamda foydali qazilmalar qidirish ishlari bilan shug‘ullanadigan fan.
GEOMÉTRIYA [yun] Matematikaning fazoviy shakllar va ulardagi munosabatlarni o‘rganadigan bo‘limi.
GERB [pol] Davlat, shahar, tabaqa, urug‘ va sh.k.larning ramziy belgisi.
GERBÁRIY [lot] Quritilgan o‘simliklar yig‘masi.
GERMÁNIY [lot] Kimyoviy element, radiotexnikada ishlatiladigan ko‘kish oq metall.
GIBRID [lot] Gibridizatsiya yo‘li bilan hosil qilingan yangi o‘simlik yoki hayvon.
GIBRIDIZÁTSIYA [lot+r] Chatishtirish yo‘li bilan o‘simlik yoki hayvonlarning yangi nav-jinslarini yaratish.
GID [fr] Sayohatchilarga yetakchilik qiluvchi shaxs.
GIDROBIOLÓGIYA [yun+r] Biologiyaning suvda yashovch organizmlarni o‘rganadigan bo‘limi.
GIGIYÉNA [yun] Tibbiyotning inson organizmiga tashqi muhitning ta’sirini o‘rganadigan va shu asosda sog‘liqni saqlash qoidalarini ishlab chiqadigan bo‘limi.
GIL [f-t] 1 Chinni buyumlar yasashda ishlatiladigan oq loy.
2 Umuman loy, tuproq.
GILAM [f-t] Odatda jundan to‘qiladigan, yerga to‘shaladigan yoki devorga ilinadigan buyum; palos.
GILVATA [f-t] geol. Yumshoq kul rang tog‘ jinsi.
GIMNÁSTIKA [yun] Organizmning umumiy rivojiga va sog‘liqni tiklashga yordam beradigan jismoniy mashqlar.
GIMNÁZIYA [yun] Ixtisoslashgan o‘rta umumiy ta’lim maktabi.
GINEKOLÓGIYA [yun] Ayollar organizmining o‘ziga xos xususiyatlarini, ayollar kasalliklarini davolash yo‘llarini o‘rganadigan fan.
GIPERTONÍYA [yun] tib. Qon bosimining ko‘tarilishi.
GIPÉRBOLA [yun] mat. Konusni ikkita yasovchi orqali o‘tgan tekislik bilan kesganda hosil bo‘ladigan to‘g‘ri chiziq.
GIPNOZ [yun] 1 Ta’sir o‘tkazish yo‘li bilan inson yoki umurtqali hayvonda hosil qilinadigan yarim uyqu holati. 2 Shu yo‘l bilan uxlatilganlarga davolovchi ta’sir ko‘rsatish.
GIPOTENÚZA [yun] mat. To‘g‘ri burchakli uchburchakning to‘g‘ri burchak qarshisidagi tomoni.
GIPOTONÍYA [yun] tib. Qon bosimining pasayishi.
GIRD [f-t] 1 Chet, zih. 2 Atrof, tevarak.
GIRDOB [f-t] 1 Suvning buralib, uyurma hosil qilgan joyi. 2 Kishini beixtiyor chulg‘ab oluvchi jarayon.
GIPS [yun] 1 Oq yoki sarg‘ish rangli mineral, kalsiy sulfat. 2 tib. Chiqqan, singan a‘zoni qimirlamaydigan qilib qo‘yish uchun shu materialdan qo‘yilgan bog‘lama.
GISTOLÓGIYA [yun] Inson va hayvon to‘qimalarining tuzilishini o‘rganadigan fan.
GITÁRA [isp] Torli musiqa asbobi.
GIYOH [f-t] 1 ayn. O‘t. 2 Ba’zi o‘simliklarning shirasidan tayyorlanadigan narkotik vositalar.
GIYOHVAND [f-t] Nasha, qoradori, ko‘knor va sh.k.larni iste‘mol qiluvchi odam; bangi, nashavand.
GLITSERIN [yun] Mol yog‘idan yoki neftdan olinadigan quyuq shirin modda.
GLÓBUS [lot] Yer sharining modeli.
GLUKÓZA [yun] Xo‘l mevalarda bo‘ladigan shirin modda; uglevod.
GNOSEOLÓGIYA [yun] Bilish nazariyasi haqidagi falsafiy ta’limot.
GOL [ingl] Qarshi komanda darvozasiga to‘p kiritish hamda kiritilgan to‘p uchun olinadigan ochko.
GONORAR [lot] Yozuvchilar, rassomlar va sh.k.larga ish uchun to‘lanadigan pul; qalam haqi.
GORMON [yun] Ichki sekretsiya bezlaridan ajralib chiqib qonga qo‘shiladigan modda.
GÓTIKA [fr] O‘rta asr oxirlarida Yevropada keng tarqalgan arxitektura uslubi.
GOVMISH [f-t] Zotli sersut sigir.
GRÁDUS [lot] 1 Aylananing 360 bo‘lagiga teng o‘lchov birligi. 2 Harorat o‘lchov birligi. 3 Suyuqlikning zichligi, shuningdek spirt kuchini o‘lchash birligi.
GRAF [nem] Yevropada knyazdan quyi, barondan yuqori dvoryanlar unvoni va shu unvonga ega bo‘lgan shaxs.
GRÁFIKA [yun] 1 Bo‘yoq ishlatmay chiziq va shtrixlar vositasida narsalarni tasvirlash san’ati. 2 Tovush yoki belgilarning yozma yoki bosma shakli.
GRAFIN [ital] Ichimliklar solib qo‘yiladigan bo‘g‘zi ingichka shisha idish.
GRAFIT [yun] 1 Uglerodning bir turi, to‘q kul rang yoki qora tusli mineral. 2 Qalamning shu mineraldan yasalgan yozadigan qismi.
GRAFOLÓGIYA [yun] Kishining xarakterini uning dastxatiga qarab aniqlash.
GRAMM [fr] Bir kub santimetr suv vazniga teng o‘lchov birligi.
GRAMMÁTIKA [yun] 1 Tilshunoslikning so‘z va gap qurilishini o‘rganadigan, morfologiya va sintaksisni o‘z ichiga oladigan bo‘limi. 2 Biror tilning o‘ziga xos so‘z o‘zgarishi va so‘zlarning gapda o‘zaro birikish qoidalari majmui.
GRANIT [ital] Donador qattiq tog‘ jinsi.
GRIM [fr] 1 Aktyorning o‘zi ijro etadigan rolga muvofiqlashtirilgan qiyofasi. 2 Aktyorni shu qiyofada ko‘rsatish uchun ishlatiladigan maxsus pardoz anjomlari, yasama soch-soqol va sh.k.lar.
GRIPP [fr] Nafas yo‘lining yallig‘lanishi va haroratning ko‘tarilishi bilan belgilanadigan kasallik.
GRÍVNA [ukraincha] Ukraina pul birligi.
GUASH [fr] 1 Suvda eritiladigan bo‘yoq. 2 Shunday bo‘yoq bilan ishlangan rasm.
GUL [f-t] 1 Chechak. 2 bot. Urug‘li o‘simliklarning urchish uchun xizmat qiladigan qismi. 3 Biror narsaga tushirilgan naqsh, bezak.
GULOB [f-t] 1 ayn. Gul suvi. 2 Atirgul suvidan tayyorlangan ichimlik. 3 ko‘ch. May, sharob.
GULXAN [f-t] Biror maqsad bilan atayin o‘t qalab yondirilgan alanga.
GULSHAN [f-t] 1 she’r. Gul ekilgan joy. 2 ko‘ch. Gullagan, yashnagan yer, obod o‘lka.
GUMANÍZM [lot] 1 Uyg‘onish davrida: insonni feodalizm va katolitsizm asoratidan ozod qilishga qaratilgan harakat. 2 Insonparvarlik, kishini qadrlash; odamiylik.
GUMROH [f-t] kt. Yo‘ldan ozgan, adashgan.
GUNOH [f-t] 1 din. Shariat qonuniga, diniy aqidalarga xilof ish. 2 Odob-axloq doiralariga sig‘maydigan xatti-harakat; ayb.
GURUH [a] 1 Biror umumiy belgi, xususiyat va sh.k. birlashgan narsalar, hodisalar majmui, turkum. 2 Umumiy g‘oya, maqsad tufayli o‘zaro birlashgan kishilar majmui.
GUVOH [f-t] 1 Biror voqeaning ro‘y berishini shaxsan o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan kishi.
2 yur. Sud yoki tergovda ish yuzasidan o‘z bilganlarini aytib berish uchun chaqirilgan kishi. 3 Biror voqea-hodisaning haqiqatan sodir bo‘lganligini yoki to‘g‘riligi rasmiy ravishda tasdiqlash uchun chaqirilgan kishi. 4 Voqea-hodisa, fikr va holatlarning to‘g‘riligini tasdiqlovchi hujjat.
GO‘DAK [f-t] 1 Emadigan, ko‘krakdan ajratilmagan bola. 2 ko‘ch. Turmush tajribasiga ega bo‘lmagan; xom, g‘o‘r odam.
GO‘SHT [f-t] 1 s.t. Tirik organizmning mushak to‘qimalari; et. 2 So‘yilgan jonivor tanasining iste‘mol qilinadigan qismi.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin