Yorqinoy Hamrayeva


------------------- H --------------------------



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə10/31
tarix14.06.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#129874
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31
o`zlashmalar

------------------- H --------------------------
HAD [a] 1 esk. Chegara, hudud. 2 ko‘ch. Biror narsaning eng so‘nggi nuqtasi, chek, nihoya. 3 ko‘ch. Biror ishni qilish imkoni; huquq.
HADIS [a] din. Muhammad payg‘ambardan qolgan gap-so‘z hamda payg‘ambar haqidagi hikoyalar, rivoyatlar.
HADYA [a] Taqdim etilgan narsa; sovg‘a.
HAFTA [f-t] Yakshanbadan shanbagacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oluvchi yetti kunlik vaqt o‘lchov birligi.
HAJ [a] Zulhijja oyida Ka’bani ziyorat qilish va belgilangan amallarni bajarish.
HAJM [a] 1 Biror jismning bo‘y, en va balandlik jihatidan katta-kichikligi. 2 Biror idish yoki bo‘shliqning qancha narsa sig‘dira olishi. 3 ko‘ch. Umuman narsaning ko‘p-ozlik darajasi.
HAJR [a] kt. Yaqin yoki sevimli kishidan ayrilish; judolik, firoq.
HAJV [a] Kishilar yoki ijtimoiy hayotdagi kamchiliklar ustidan kulib yozilgan badiiy asar.
HAKAM [a] 1 Taraflarni kelishtiruvchi xolis vositachi. 2 Sport, san’at musobaqalarida qatnashganlarning mahoratiga baho beruvchi kishi.
HAKIM [a] 1 Tabib, vrach. 2 Donishmand, faylasuf.
HAL I [a] Bartaraf qilingan, bajarilgan.
HAL II [a] Tilla, kumush yoki bronza kukunidan yasalgan bo‘yoq.
HALIM [a] 1 Suvga bug‘doy yormasi va go‘sht solib uzoq qaynatib pishiriladigan taom. 2 ko‘ch. Muloyim, yoqimli, yumshoq.
HALOKAT [a] 1 Fojiali o‘lim. 2 Vayron bo‘lish; avariya. 3 Tag-tomiri bilan yemirilish. 4 Katta kulfat, ofat.
HALOL [a] 1 Yeyish, ichish, foydalanish mumkin bo‘lgan. 2 ko‘ch. Mehnat bilan topilgan. 3 ko‘ch. Sofdil, to‘g‘ri ko‘ngilli.
HALQUM [a] Ovqat yo‘lining yuqori qismi; kekirdak; bo‘g‘iz.
HAMAL [a] 1 astr. Hut bilan Savr o‘rtasidagi burj. 2 Shamsiya yili hisobida birinchi oy nomi (21 martdan 21 aprelgacha bo‘lgan davr).
HAMD [a] din. Olloh sha’niga aytiladigan maqtov.
HAMDAM [f-t] Hamsuhbat, yaqin ulfat.
HAMÍSHA [f-t] rvsh Doim, hamma vaqt.
HAMIYAT [a] Or-nomus.
HAMKASB [f-t] Birga ishlaydigan; kasbdosh.
HAMKOR [f-t] 1 Biror ishni birga bajaruvchi. 2 Yordamchi, ko‘makdosh.
HÁMMA [f-t] Barcha, butun.
HAMMOL [a] Yuk ko‘taruvchi, yuk tashuvchi kishi.
HAMMOM [a] Cho‘milish, yuvinish joyi.
HAMON [f-t] rvsh Shu damgacha, hozirgacha.
HAMROH [f-t] 1 ot Yo‘ldosh. 2 sft Boradigan joyi bir tomonga qaratilgan.
HAMROZ [f-t] Sirdosh.
HAMSHIRA [f-t] O‘rta maxsus bilimga ega bo‘lgan tibbiyot xodimi.
HANDASA [a] esk. ayn. Geometriya.
HAQ [a] 1 To‘g‘ri, chin, rost. 2 Erkinlik, imkoniyat; huquq. 3 Huquq yuzasidan biror kimsaga tegishli ulush. 4 Olloh, tangri. 5 esk. Birovning sha’ni, nomi.
HAQGO‘Y [a+f-t] Haq so‘zni aytuvchi, rostgo‘y.
HAQIQAT [a] 1 Chindan ham bo‘lgan. 2 fals. Borliqni kishi ongida to‘g‘ri aks ettiruvchi bilim. 3 Rostligi fan yo‘lida isbotlangan, tajribada sinalgan holat, hukm.4 din. Ollohning bir va borligini e‘tirof etish.
HARAKAT [a] 1 Kishi va narsalarning o‘z holatlarini o‘zgartirishi. 2 Biror ishga kirishish; urinish, taraddud. 3 Kishining o‘zini tutishi. 4 fals. Moddaning yashash usuli, moddiy dunyoning to‘xtovsiz o‘zgarish va rivojlanish jarayoni. 5 ko‘ch. Belgili biror maqsad ko‘zda tutilgan ijtimoiy faoliyat.
HARAM [a] 1 din. Muqaddas deb ajratib qo‘yilgan, kirish taqiqlangan joy (mas. Makka shahrida Muhammad payg‘ambarning maqbarasi). 2 Podshoh, xon saroylarining ayollar uchun ajratilgan qismi.
HARB [a] esk. kt. Urush, jang.
HARBIY [a] 1 Urushga aloqador. 2 Armiyaga oid. 3 Harbiy xizmatdagi kishi. 4 ot s.t. Armiya.
HARGIZ [f-t] Aslo, sira.
HARIR [a] Yupqa ipak gazlama.
HAROM [a] 1 Yeyish, ichish, foydalanish mumkin bo‘lmagan. 2 Iflos, bulg‘angan. 3 ko‘ch. Boshqalarni aldashga asoslangan.
HARORAT [a] 1 Issiqlik. 2 Biror jism yoki moddaning qizish darajasi. 3 Kishi tanasining issiqlik darajasi. 4 ko‘ch. Ruhiy ko‘tarinkilik, jo‘shqinlik.
HARF [a] Biror tovushni yozuvda ifodalash uchun qabul qilingan, alifbo tarkibiga kiritilgan belgi.
HASAD [a] Kimsaning muvaffaqiyatini, ustunligini ko‘rolmaslik tuyg‘usi.
HASRAT [a] 1 Ruhiy azob, qayg‘u. 2 Birovga zorlanib gapirish, nolish; shikoyat.
HASSOS [a] O‘tkir zehnli, sezgir.
HAVAS [a] Biror narsaga bo‘lgan qiziqish, intilish, istak.
HAVASKOR [a+f-t] Biror narsaga qiziqadigan yoki unga erishishni orzu qiladigan kishi.
HAVO [a] 1 Yer sharini qamragan, asosan azot va kislorod aralashmasidan iborat modda. 2 Yer ustidagi havo bilan to‘lgan bo‘shliq. 3 Osmon, fazo. 4 Atmosferaning holati; ob-havo.
HAVOLA [a] Biror kimsa ixtiyoriga topshirish yoki zimmasiga yuklash.
HAVZA [a] 1 geogr. Daryo yoki ko‘lga quyiladigan, uni tashkil etadigan irmoqlar majmui hamda ulardan suv oladigan hudud. 2 Sun‘iy ko‘l, suv ombori. 3 geol. Yer osti boyliklari ko‘p bo‘lgan hudud. 4 Atrofi baland, o‘rtasi tovoq shaklidagi keng maydon.
HAYAJON [a] Ruhiy to‘lqinlanish; qattiq tashvishlanish, bezovtalanish.
HAYBAT [a] Ulug‘vor ko‘rinish; salobat.
HAYIT [a iyd] 1 din. Musulmonlarning yilda ikki marta bo‘ladigan muqaddas bayrami. 2 Marhumlarni eslash marosimi.
HAYKAL [a] 1 Biror shaxs yoki voqea xotirasini abadiylashtirish uchun yasalgan me’moriy yodgorlik. 2 Odam yoki hayvon gavdasining qattiq materialdan yasalgan tasviri.
HAYKALTAROSH [a+f-t] Haykal yasovchi usta; me’mor.
HAYOT [a] 1 Materiyaning yashash va harakatlanish shakli; tirik organizmlarda bo‘ladigan hodisalar majmui. 2 Kishi va hayvonlarning fiziologik mavjudligi, yashashi.
HAYOTBAXSH [a+f-t] 1 mif. O‘likni tiriltiradigan. 2 Tirik organizmlarning yashashi, o‘sishi uchun sharoit yaratadigan.
HAYOTIY [a] 1 Tirikchilikka oid. 2 Hayot uchun eng muhim, eng zarur.
HAYRAT [a] Kutilmagan narsa va ajoyibotlardan ta’sirlanish, taajjublanish.
HAYVON [a] 1 zool. Insondan boshqa har bir tirik jonivor. 2 ko‘ch., so‘kinish ma’nosida Qo‘pol, madaniyatsiz, shafqatsiz kishi haqida.
HAY’AT [a] Musobaqa, tanlov va sh.k.larda mukofot belgilovchi mutaxassislar guruhi.
HAZAR [a] Biror narsa, hodisadan o‘zini tortish, saqlanish.
HAZIL [a] 1 Ko‘ngil ochish, ermak, qiziqchilik uchun aytilgan yolg‘ondakam gap yoki qilingan harakat. 2 Oddiy, oson.
HAZILKASH [a+f-t] Birovga hazil qilishni yaxshi ko‘radigan, tegajak.
HAZM [a] Taomning singishi, organizmda o‘zlashtirilishi.
HAZRAT [a] Muqaddas zotlarni, asilzodalarni, buyuk kishilarni ulug‘lash uchun ularning ismi oldidan qo‘llaniladi.
HASHAM [a] Bezak, zeb.
HASHAMAT [a] Savlat, dabdaba.
HASHAROT [a] Umurtqasiz mayda jonivorlar.
HIBS [a] Ozodlikdan mahrum etish, qamash.
HIJO [a] ayn. Bo‘g‘in.
HIJRAT [a] 1 esk. kt. O‘z mamlakatidan boshqa joyga ko‘chish. 2 Muhammad payg‘ambarning sahobalar bilan birgalikda Makkadan Madinaga ko‘chishi.
HIJRIY [a] Payg‘ambarning hijrat kunidan boshlangan musulmoncha yil (milodiy 622-yil 16-iyuldan boshlanadi).
HIJRON [a] Ayriliq, judolik.
HIKMAT [a] 1 Donishmandlik, aql-idrok. 2 Yashirin ma’no.
HIKOYA [a] 1 Biror voqea-hodisa haqida og‘zaki axborot. 2 Nasriy yo‘l bilan yozilgan kichik badiiy asar.
HILOL [a] Yangi chiqqan oy.
HIMMAT [a] Birovga qilingan yaxshilik.
HIMOYA [a] Xavf-xatar yoki hujumdan saqlash, muhofaza.
HISOBOT [a] Ishlar va topshiriqlarning bajarilishi haqida og‘zaki yoki yozma axborot.
HIS [a] Sezish qobiliyati; tuyg‘u.
HISSA [a] 1 Biror narsaning ayrim bir qismi; bo‘lak, ulush. 2 Kimsaning umumiy ishdagi ishtiroki. 3 Biror tashkilotga qo‘shilish, a‘zo bo‘lish uchun kirish haqi sifatida to‘lanadigan haq, pay. 4 Marta, barobar.
HISSADOR [a+f-t] Biror tashkilot aksiyalariga ega bo‘lgan odam, aksiyador.
HISSIYOT [a] Ichki kechinmalar, his-tuyg‘ular.
HIYLA [a] Aldash uchun ishlatilgan yo‘l, harakat usuli.
HODISA [a] Tabiatda, jamiyat hayotida yuz beradigan o‘zgarish.
HOFIZ [a] Usta ashulachi.
HOJATBAROR [a+f-t] Kishining hojatini chiqaruvchi, jonkuyar.
HOJI [a] Haj qilib, Ka’bani ziyorat qilgan kishining faxriy unvoni.
HOKIM [a] 1 Shahar yoki viloyat rahbari. 2 O‘z izmiga yurgizuvchi, hukmron.
HOKIMIYAT [a] Davlat boshqarmasi va uning organlari; hukumat.
HOL [a] 1 Vaziyat, sharoit, ahvol. 2 Kimsa yoki narsaning fazoda joylanish tarzi. 3 Kishining ruhiy va jismoniy jihatdan o‘zini sezishi. 4 tilsh. Gapning ikkinchi darajali bo‘lagi.
HOLAT [a] 1 Ahvol, vaziyat. 2 Ko‘rinish, qiyofa, avzo. 3 Kuch-quvvat, mador.
HOLVA [a] Shirinlik, qand.
HOLVAYTAR [a+f-t] Undan tayyorlanadigan shirin taom.
HOMIY [a] Himoya etuvchi, ko‘mak beruvchi.
HOSIL [a] Ekin yoki mevali o‘simlikdan olinadigan don, urug‘, meva-sabzavotlar majmui.
HOSILA [a] 1 Biror ish, amal natijasi. 2 mat. Differensial hisobda: funksiyaning o‘zgarish tezligini ifodalovchi asosiy tushuncha.
HOSILDOR [a+f-t] Ko‘p hosil beradigan; unumdor.
HOSIYAT [a] Ijobiy xislat, foyda, naf.
HOTAMTOY [a] Saxiy, olijanob.
HOVUZ [a] Suv saqlash uchun xizmat qiladigan maxsus qazilgan chuqurlik; suv ombori.
HOZIRJAVOB [a] Berilgan savolga darrov javob beruvchi, kerakli so‘zni darrov topa oladigan.
HUDHUD [f-t] esk. Popishak.
HUJAYRA [a] biol. Tirik organizmning qobiq va yadrodan iborat eng mayda qismi.
HUJJAT [a] 1 Kimsaning kimligini, mashg‘ulotini tasdiqlovchi qog‘oz. 2 Ilmiy, ijtimoiy yoki tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan yozuvlar, suratlar va sh.k.lar.
HUJRA [a] 1 Kichkina xona. 2 tar. Madrasa va masjidlarda domlalar va shogirdlar yashaydigan alohida bo‘lma.
HUJUM [a] 1 Harakat bilan kimsa yoki narsa ustiga tashlanish, hamla. 2 Biror hududni qo‘lga kiritish uchun katta harbiy kuch bilan tashlanish. 3 ko‘ch. Tanbeh, haqoratlar bilan kimsaga tashlanish.
HUKM [a] 1 yur. Jinoiy ish yuzasidan sud tomonidan chiqarilgan qaror. 2 Biror masala haqidagi aniq fikr, xulosa. 3 ko‘ch. Buyruq, amr. 4 esk. ayn. Kesim.
HUKMRON [a+f-t] 1 O‘z hukmini o‘tkazadigan. 2 ko‘ch. Boshqalardan ustun turadigan, muhim o‘rin egallagan.
HUKUMAT [a] 1 Davlat hokimiyatining markaziy organlari majmui. 2 s. t. Davlat, hokimiyat.
HULKAR [a] Yulduz.
HUMO [f-t] Afsonaviy qush; «davlat qushi».
HUNAR [f-t] 1 Tirikchilik manbai hisoblangan mashg‘ulot, kasb. 2 Ustalik, san’at, mahorat. 3 ko‘ch. Ayyorlik, hiyla, makr. 4 s.t. ko‘ch. Kelishmagan xatti-harakat, qiliq.
HUQUQ [a] 1 yur. Jamiyatda kishilarning o‘zaro munosabatlarini tartibga soladigan qonun-qoidalar majmui. 2 Kimsaga berilgan, davlat qonunlari bilan mustahkamlangan imkoniyat, erk, ixtiyor. 3 ayn. Huquqshunoslik.
HUQUQSHUNOS [a+f-t] Huquqshunoslik mutaxassisi, yurist.
HUR I [a] Birovning izmidan holi; ozod, erkin.
HUR II [a] 1 Diniy qarashlarga ko‘ra jannatdagi go‘zal qiz. 2 ko‘ch. Juda chiroyli, nozanin qiz.
HUSN [a] 1 Chiroy, ko‘rk. 2 Biror narsaning faxrlansa bo‘ladigan qismi.
HUT [a] 1 astr. Dalv bilan Hamal o‘rtasidagi burj. 2 Shamsiya yili hisobida o‘n ikkinchi oy nomi.
HUVAYDO [f-t] Aniq, ravshan.
HUZUR [a] Rohat-farog‘at, orom.
HUZURBAXSH [a+f-t] sft Orom bag‘ishlaydigan, yoqimli.
HUSH [f-t] Kishining sezish qobiliyati; ong, aql, idrok.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin