--------------------- F ---------------------- FÁBRIKA [lot] Xomashyodan mahsulot ishlab chiqaradigan sanoat korxonasi.
FAKULTET [lot] Oliy o‘quv yurtining ma’lum ixtisosga doir fanlar o‘qitiladigan bo‘limi.
FALAJ [a] tib. Asab tizimining ishdan chiqishi natijasida tana a’zolarining harakatsiz bo‘lib qolishi; shol.
FALAK [a] 1 Yerdan gumbaz shaklida bo‘lib ko‘rinadigan havo bo‘shlig‘i; osmon.
2 Olam, koinot, dunyo. 3 ko‘ch. Taqdir, qismat.
FALAKIYOT [a] esk. tar. O‘rta asrlarda: astronomiya va tabiiy geografiyadan umumiy ma’lumot beruvchi fan.
FALOKAT [a] Odamlar ixtiyoridan tashqari yuz beradigan ko‘ngilsiz hodisa, baxtsizlik; ofat.
FALSAFA [yun] 1 Tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyotining umumiy qonuniyatlari haqidagi fan. 2 Biror fan yoki bilim tarmog‘ining asosini tashkil etuvchi nazariy, metodologik tamoyillar. 3 s. t. Mulohaza qilishga arzimaydigan asossiz fikr.
FAMÍLIYA [lot] Shaxsning naslini bildiruvchi oilaviy nom.
FAN [a] Tabiat va jamiyatning taraqqiyot qonunlarini ochib beruvchi bilimlar tizimi.
FANTÁSTIK [r fantasticheskiy] 1 Borliqdagi voqea-hodisalar mubolag‘a bilan tasvirlanadigan. 2 Haqiqatda bo‘lmaydigan, to‘qib chiqarilgan; uydirma.
FANTÁSTIKA [yun] Hayolda, tasavvurda tug‘ilgan g‘ayritabiiy hodisa, obraz va ularning tasviri.
FAOLIYAT [a] Biror sohada olib boriladigan ish, mashg‘ulot.
FAQIR [a] 1 Moddiy nochor, kambag‘al kishi. 2 esk. So‘zlovchi kamtarlik sifatida «men» olmoshi bilan birlikda ishlatadi.
FÁRA [fr] Avtomobil, lokomotiv va sh.k.larning old qismiga o‘rnatilgan, yo‘lni yoritishga xizmat qiladigan chiroq.
FARAZ [a]Taxmininan chiqarilgan hukm, taxminiy mulohaza.
FARD [a] 1 esk. kt. Yakka, yolg‘iz. 2 ad. Mumtoz she’riyatda: bir baytdan iborat kichik mustaqil she’r.
FARMAKOLÓGIYA [yun] Dori moddalarining organizmga ta’sirini o‘rganadigan fan.
FARMATSÉVTIKA [yun] Dori-darmonlar topish, hosil qilish, tayyorlash haqidagi fan.
FARMON [f-t] 1 Biror ishning bajarilishi haqida berilgan topshiriq, buyruq. 2 Hokimiyat oliy organi yoki davlat rahbarining qonun kuchiga ega bo‘lgan buyrug‘i.
FAROSAT [a] Tez va to‘g‘ri fahmlay olish qobiliyati; did.
FARZ [a] 1 Musulmonlar uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan diniy burch. 2 Bajarilishi zarur bo‘lgan vazifa, burch.
FÁUNA [lot] Hayvonot dunyosi.
FAVVORA [a] 1 esk. Kuchli bosim bilan yuqoriga otilib turadigan suv. 2 Suvning otilib chiqib turishini ta’minlaydigan maxsus qurilma.
FAXR [a] 1 Mamnunlik hissi; g‘urur. 2 Maqtashga arzigulik narsa yoki kimsa, eng yaxshi namoyanda; iftixor.
FAXRIY [a] 1 Katta hurmatga sazovor bo‘lgan. 2 Alohida xizmatlari uchun beriladigan. 3 Armiya safida ko‘p yil xizmat qilgan yoki biror sohada xizmat ko‘rsatgan arbob.
FAYL [ingl] Ma’lumot, hujjat.
FAYLASUF [yun] 1 Falsafa bilan shug‘ullanadigan olim, mutaxassis. 2 s.t. Donolarcha muhokama yuritadigan, sermulohaza.
FAZILAT [a] Ijobiy xislat, yaxshi xulq.
FAZO [a] 1 ayn. Makon 1. 2 Hamma tomonga cheksiz yo‘nalgan bo‘shliq, uch o‘lchovli masofa; koinot.
FAZOGIR [a+f-t]Fazoni zabt etuvchi, kosmosga parvoz qiluvchi kishi.
FASHIZM [ital] Eng agressiv doiralar manfaatini ifodalovchi, shuningdek bosqinchilik urushlarini tayyorlovchi va boshlab yuboruvchi reaksion siyosiy oqim; tajovuzkorlik.
FEDERÁTSIYA [lot] 1 siyos. Alohida mustaqil davlatlarning birlashuvi asosida tuzilgan yaxlit davlat. 2 Ayrim jamiyatlar yoki tashkilotlar uyushmasi.
FÉLDSHER [nem] O‘rta maxsus ma’lumotli tibbiyot xodimi, vrach yordamchisi.
FELYETON [fr] Turmushdagi salbiy hodisalarni tanqid qilib yoziladigan maqola.
FEODAL [lot] Feodalizm davrida: dehqonlarni ekspluatatsiya qiluvchi yer egasi.
FEODALIZM [lot] Xususiy mulkchilikka asoslangan, feodallarga yer-mulk, ishlab chiqarish vositalari va tobe dehqonlarga to‘la hukmronlik qilish huquqini beradigan kapitalizmdan oldingi ijtimoiy tuzum.
FERMENT [lot] biol., kim. Organizmda bo‘ladigan kimyoviy reaksiyalarni tezlatishga yordam beradigan organik modda.
FÉRMER [ingl] Ferma, yer egasi.
FESTIVAL [fr] San’at sohalari bo‘yicha o‘tkaziladigan ommaviy ko‘rik, tantana.
FIDOKOR [a+f-t] Biror kimsa yoki g‘oya yo‘lida jonini fido qiladigan.
FILIAL [lot] Korxona, muassasa, tashkilot va sh.k.larning mustaqil bo‘limi.
FILM [ingl] Maxsus tasmaga tushirilgan va zaruriy asbob-uskunalar yordamida ko‘rsatiladigan harakatli tasvir.
FILOLÓGIYA [yun] Til va adabiyotga oid fanlarning umumiy nomi.
FILTR [lot] Suyuqlik yoki gazlarni aralashmalardan tozalaydigan moslama; suzgich.
FINAL [lot] Musobaqalarda g‘olibni belgilaydigan oxirgi hal qiluvchi o‘yin.
FÍNISH [ingl] 1 Musobaqalarning hal qiluvchi qismi. 2 Poygalarning oxirgi joyi; marra.
FIQH [a] esk. Din, shariat qonun-qoidalari haqidagi fan.
FIRDAVS [a] kt. ayn. Jannat.
FIRIB [f-t] Kishini qasddan aldash, adashtirish, qo‘lga tushirish.
FÍRMA [ital] Tovar ishlab chiqarish yoki sotish huquqiga ega bo‘lgan tashkilot, savdo yoki sanoat muassasasi.
FIRUZA [f-t] 1 Ko‘kish rangli, tiniq bo‘lmagan qimmatbaho tosh. 2 ko‘ch. Moviy, ko‘k.
FIR’AVN [a] tar. Qadimgi Misr podshohi.
FÍZIKA [yun] Materiyaning xususiyati, tuzilishi va uning harakat qonunlari haqidagi fan.
FIZIOLÓGIYA [yun] 1 Tirik organizmda yuz berib turadigan jarayonlar hamda uning hayotiy funksiyalari haqidagi fan.
FIZIOTERAPÍYA [yun] Tibbiyotning tabiatdagi fizik kuchlarning organizmga ta’sirini o‘rganuvchi va ularni davolash ishlarida tatbiq etuvchi bo‘limi.
FLAKON [fr] Atir, dezodorant va sh.k.larning idishi.
FLÉYTA [ital] Yog‘ochdan yasalgan naysimon musiqiy asbob.
FLÓRA [lot] O‘simliklar dunyosi.
FLOT [nem] 1 Ma’lum bir sohaga oid kemalar majmui.
FOJIA [a] 1 Ayanchli, mudhish voqea, falokat.
2 Dramaning bir turi – ko‘pincha qahramonlarning halokati bilan tugaydigan asar.
FON I [fr] 1 Tasviriy san’at asarlarida: surat solinadigan narsaning surat bo‘yoqlaridan ajratib turadigan rangi, tusi. 2 ko‘ch. Umumiy sharoit, vaziyat, muhit.
FON II [yun] Tovush balandligi darajasi birligi.
FOND [lot] Davlat, muassasa va sh.k. larning biror maqsad uchun ajratilgan puli.
FONÉTIKA ( yun) tilsh. 1 Tilshunoslikning tilning tovush tarkibini o‘rganadigan bo‘limi. 2 Tilning tovush tarkibi.
FONOGRÁMMA [yun] maxs. Disk, tasma va sh.k. larga yozib olingan tovush.
FÓNUS [yun] Odatda qo‘lda ko‘tarib yuriladigan yoki biror joyga o‘rnatiladigan, muhofaza qobig‘iga ega bo‘lgan chiroq.
FORMAT [lot] Kitob, daftar va sh.k.larning o‘lchami.
FÓRMULA [lot] 1 Qonun qoida, fikr va sh.k. larning qisqa va aniq umumiy ta’rifi.
2 Matematik munosabatlarning shartli belgilar orqali yozilgan ifodasi.
FORTEPIÁNO [ital] Klavishli, torli musiqa asbobi.
FÓRUM [lot] Yig‘in, anjuman; fikr almashish.
FOSFAT [yun] kim. Fosfor kislotaning tuzi.
FRAGMENT [lot] 1 Biror asar parchasi, qismi. 2 Rassomlik, haykaltaroshlik, arxitektura kabi san’at asarining saqlanib qolgan parchasi.
FRAK [nem] Old qismi kalta, orqa etagi uzun kostum.
FRANK [fr] Ilgarigi Fransiya, Belgiya, hozirgi kunda Shveytsariya va boshqa bir qancha mamlakatlarda pul birligi.
FRAZEOLÓGIYA [yun] 1 Tilshunoslikning biror tilga xos barqaror so‘z birikmalari va iboralarini o‘rganadigan bo‘limi. 2 Biror tildagi barcha barqaror so‘z birikmalari va iboralari majmui.
FTOR [yun] Kimyoviy element, o‘tkir hidli, tussiz gaz.
FÚNKSIYA [lot] 1 mat. Boshqa miqdorning o‘zgarishlariga qarab o‘zgarib turadigan o‘zgaruvchan miqdor. 2 biol. Biror organ yoki organizmning ishlab turishi, faoliyati. 3 ko‘ch. Biror kimsa yoki narsaning ish, faoliyat doirasi.
FUNT [ingl] Angliya, Misr, Livan, Liviya, Suriya va Sudanda pul birligi. | Funt sterling Angliyada 20 shillingga teng pul birligi.
FUQARO [a] 1 Biror mamlakatning doimiy aholisi. 2 etn. Oddiy qora xalq vakili.
FUTBOL [ingl] Ikkita komandaning qarshi tomon darvozasiga oyoq yoki bosh zarbi bilan ko‘proq to‘p kiritish maqsadida o‘tkaziladigan sport o‘yini.
FUTURÍZM [lot] XX asr boshlarida paydo bo‘lgan, adabiyot va san’atda realizmni, madaniy merosni inkor etib, eski san’atning uslublari o‘rniga go‘yo zamonga mos keladigan yangi uslub yaratmoqchi bo‘lgan oqim.