--------------------- K ----------------------- KABIR [a] esk. kt. Katta, ulug‘.
KABISA [a] To‘rt yilda bir keladigan yil.
KÁDMIY [lot]Kimyoviy element, kumushsimon oq yumshoq metall.
KÁFEDRA [yun] 1 Ma’ruza o‘qish, axbort qilish ishlari uchun maxsus baland qurilma. 2 Oliy o‘quv yurtlarida bir yoki bir necha o‘zaro yaqin fanlar bo‘yicha ish olib boruvchi professorlar, o‘qituvchilar va ilmiy xodimlarning tashkiliy birlashmasi va shu birlashma joylashgan xona.
KAFOLAT [a] Ma’suliyatni, javobgarlikni o‘z bo‘yniga olgan holda ishontirish.
KAFT [a] Qo‘lning bilak uchidan barmoqlargacha bo‘lgan ichki qismi.
KAJAVA [f-t] 1 Odatda ish hayvonlariga ortib yuk tashish uchun maxsus yasalgan katta chorqirra idish. 2 To‘rt g‘ildirakli yengil arava. 3 Chaqaloq bolalar solib yuriladigan maxsus aravacha.
KÁKTUS [lot] Tanasi tikan bilan qoplangan bargsiz etdor tanali o‘simlik.
KAL [f-t] 1 Soch to‘kilishi bilan belgilanadigan yuqumli teri kasalligi. 2 Boshning soch to‘kilgan yeri. 3 Sochi to‘kilib ketgan kishi.
KALAMUSH [f-t] 1 Kemiruvchi sutemizuvchilarga mansub hayvon. 2 ko‘ch. Ish joyidan ul-bul o‘g‘irlab tashiydigan kishi.
KALAVA [f-t] Ip o‘rami, g‘altak.
KALIMA [a] 1 kt. ayn. So‘z. 2 din. Musulmonlikka iqror bo‘lish uchun aytiladigan arabcha ibora.
KÁLIY [a] Kimyoviy element, kumushrang yumshoq oq metall.
KALISH [r kalosha] Nam o‘tkazmaydigan rezina oyoq kiyim.
KÁLKA [fr] 1 Chizma yoki rasm nusxasini tushirish uchun maxsus ishlangan shaffof qog‘oz yoki mato. 2 Chizma yoki rasmning shunday qog‘ozga yoki matoga tushirilgan nusxasi. 3 tilsh. Boshqa tildan so‘zma-so‘z tarjima qilish yo‘li bilan yasalgan so‘z yoki ibora.
KALKULÁTOR [lot] Turli matematik amallarni bajaruvchi elektron mashina.
KALLA [f-t] 1 Jonivorlarning boshi. 2 s.t. Odam boshi. 3 s.t. ko‘ch. Aql, miya.
KALOM [a] So‘z; nutq.
KALÓRIYA [lot] Issiqlik miqdorini o‘lchash birligi.
KÁLSIY [lot] Kimyoviy element, ohaktosh, marmar va sh.k.larning tarkibida bo‘ladigan kumushsimon yaltiroq metall.
KALTA [f-t] Qisqa.
KALTABIN [f-t] Uzoqni ko‘ra bilmaydigan, qisqa o‘ylaydigan.
KAM [f-t] 1 Oz. 2 ot vazifasida Yetishmaydigan narsa. 3 Sonlar bilan kelib miqdorning to‘lishi uchun qancha yetishmasligini bildiradi.
KAMAR I [f-t] Belbog‘, qayish.
KAMAR II [f-t] Suv qirg‘og‘ida yoki tog‘ yonbag‘rida paydo bo‘lgan g‘orsimon o‘yiq joy.
KAMBALA [fincha] Ikki ko‘zi bir tomonda bo‘lgan yalpoq dengiz balig‘i.
KAMBAG‘AL [f-t] 1 Muhtojlikda kun kechiruvchi; qashshoq. 2 Biror narsasi yetishmaydigan.
KÁMFARA [yun] O‘tkir hidli rangsiz kristall modda.
KAMOLOT [a] Yetuklik, komillik, benuqsonlik.
KAMTAR [f-t] Maqtanishni istamaydigan, mag‘rurlanmaydigan.
KANARÉYKA [r] Qafasda saqlanadigan sayroqi qushcha.
KANORA [f-t] esk. Qirg‘oq, chet.
KAOLIN [xit] O‘tga chidamli cho‘ziluvchan oq loy.
KAPA [f-t] Yozlik uy; chayla.
KAPILLAR [ lot] maxs. 1 Teshigi juda ingichka naycha. 2 Eng mayda qon tomiri.
KAPITAL I [lot] 1 ot, iqt. O‘z egasiga daromad keltiruvchi jami vositalar va mablag‘lar. 2 s.t. Katta mablag‘,sarmoya.
KAPITAL II [r kapitalniy] sft To‘la, boshdan-oyoq.
KAPITALIZM [lot+r] 1 tar Hamma ishlab chiqarish vositalari yollangan ishchilarni eksplyuatatsiya qiluvchi kapitalistlar sinfining xususiy mulki hisoblanadigan ijtimoiy tuzum. 2 Jamiyatning xususiy mulk, bozor iqtisodiyoti va demokratik tamoyillarga asoslangan shakli
KAPITAN [fr] 1 Kema komandiri, kema boshlig’i. 2 Sport komandasidagi yo’lboshchi.
KAPOT [fr] Turli mexanizmlarning ma’lum qismlarini chang, nam va sh.k.lardan saqlash uchun ishlangan ochilib-yopiladigan temir qopqog’i.
KAPRON [r] Sun’iy tolaning bir turi va shu toladan to‘qilgan gazlama.
KÁPSULA [lot] 1 Maxsus g‘ilofchali yutiladigan dori. 2 anat. Turli organlarni yoki ularning ayrim qismlarini o‘rab olgan parda.
KARAMEL [fr] Shakar va qiyomdan tayyorlanadigan konfet turi.
KARAVOT [krovat] 1 To‘rt oyoqli, yotish uchun mo‘ljallangan ro‘zg‘or buyumi. 2 Ko‘pchilikning o‘tirishi uchun moslab qurilgan to‘rt oyoqli taxta yoki temir supa; so‘ri.
KARAXT [f-t] His-sezgisi o‘lik; harakatsiz.
KARBID [lot+yun] kim. Uglerodning ba’zi metallar yoki metaloidlar bilan birikishidan iborat qattiq kristal modda.
KARBONAT [lot] 1 kim. Ko‘mir kislotasi tuzlari. 2 kim., geol. Tarkibida uglerod oksidi bo‘lgan mineral. 3 maxs. Burg‘ilash va jilvalashda ishlatiladigan qora olmos.
KARBURÁTOR [fr] Ichki yonishli dvigatellarda yonilg‘i bug‘lari bilan havo aralashmasini tayyorlab beradigan asbob.
KARDIOLÓGIYA [yun] Tibbiyotning yurak kasalliklarini o‘rganadigan sohasi.
KARIKATÚRA [ital] Hajviy rasm.
KARKIDON [f-t] Toq tuyoqli sutemizuvchilarga mansub, terisi qalin, o‘simliklar bilan oziqlanuvchi bahaybat hayvon.
KARNIZ [yun] Deraza yoki eshik tepasida parda osish uchun yog‘och yoki metalldan qilingan dor.
KAROMAT [a] 1 din. Oldindan aytib berish; bashorat. 2 Oldindan aytilgan fikr, xabar.
KARTON [ital] Maxsus ishlangan qalin qattiq qog‘oz.
KARTÓSHKA [r] Sabzavot o‘simligi va uning ildizida paydo bo‘ladigan ovqat uchun ishlatiladigan hosili.
KASOD [a] 1 Talab yo‘qligi tufayli sotilmay turib qolgan. 2 s.t. Kasofat, zarar.
KASOFAT [a] 1 sft Yomon oqibatlarga olib keladigan. 2 ot Baxtsizlik, falokat.
KASR I [a] mat. Birlikning qismlaridan tashkil topgan son.
KASR II [a] O‘zganing aybi bilan bo‘ladigan ta’sir.
KASSÉTA [fr] 1 Fotoplastinka yoki fotoplyonka solinadigan, yorug‘lik o‘tkazmaydigan surma qopqoqli maxsus quticha. 2 Audiotasmali yoki videotasmali maxsus quticha.
KATAK [f-t] 1 Parrandalar uchun maxsus uy. 2 Narsa yuziga tushirilgan to‘rtburchak. 3 Kichik bo‘lmalar, uyalar.
KATALIZÁTOR [yun+r] kim. Kimyoviy reaksiyani tezlatadigan yoki sekinlatadigan o‘zgarmas modda.
KATALOG [yun] Kitob va hujjatlarning alifbo tartibida tuzilgan ro‘yxati.
KATEGÓRIYA [yun] 1 fals. Moddiy dunyo hodisalarining umumiy xususiyati va aloqalarini ifodalovchi tushuncha. 2 Ilmiy terminologiyada: predmet turlarini yoki ularning umumiy belgilarini bildiruvchi tushuncha. 3 Tur, turkum, guruh.
KÁTET [yun] mat. To‘g‘ri burchakli uchburchakning to‘g‘ri burchak hosil qilgan tomonlaridan biri.
KATOD [yun] Manfiy zaryadlangan elektrod; aksi anod. KATOLITSIZM [yun] Nasroniy dinining Rim papasi boshchiligidagi mazhabi.
KÁUCHUK [ingl] Ba’zi o‘simliklarning shirasidan olinadigan yoki sun’iy yo‘l bilan tayyorlanadigan elastik modda.
KAVSAR [a] Islom dini e’tiqodiga ko‘ra jannatdagi hovuzning nomi.
KAVUSH [f-t kafsh] Charmdan tikilgan oyoq kiyimi.
KAYNOZOY [yun] Yer geologik tarixining eng so‘nggi davri.
KAYF [a] 1 Ruhiy holat; gasht; avzo. 2 Mast qiluvchi narsalar ta’siridan yuzaga kelgan holat; mastlik.
KAYFIYAT [a] 1 Vaziyat, ahvol, holat. 2 Kishining ruhiy holati.
KAYÚTA [goll] Paroxod va kemadagi xona.
KAZZOB [a] Yolg‘onchi; munofiq.
KASHTAN [lot] 1 Qora qayinlarga mansub daraxt. 2 Shu daraxtning mevasi, yong‘og‘i.
KA’BA [a] Musulmonlarning Makkadagi ziyoratgohi.
KENGURU [ingl] Avstraliyada tarqalgan qopchiqli sutemizuvchi hayvon.
KENTAVR [yun] Qadimgi yunon mifologiyasida: tanasi otniki, boshi va ko‘ksi odamniki bo‘lgan maxluq – ot-odam.
KÉPKA [r] Gardishsiz bosh kiyim.
KEROSIN [ingl] Neftdan olinadigan o‘tkir hidli suyuq yonilg‘i.
KILOGRAMM [yun+fr] Ming grammga teng og‘irlik o‘lchovi.
KILOMETR [fr] Ming metrga teng uzunlik o‘lchovi.
KILOVATT [yun+ingl] Elektr toki quvvatining 1000 vattga teng o‘lchov birligi.
KILOVATT-SOAT [yun+ingl+a] Elektr toki quvvati bir kilovatt bo‘lganda, bir soatda bajargan ishiga teng o‘lchov birligi.
KIMYO [a] Tabiatdagi moddalarning tarkibi, tuzilishi va xossalarini, shuningdek bir moddaning boshqa moddaga aylanishini o‘rganuvchi fan.
KINEMATÓGRAFIYA [ingl+yun+r] Kinofilmlar ishlab chiqarish san’ati va sanoati.
KINESKOP [yun] Televideniyeda tasvirni qabul qilib oluvchi elektron-nur asbob.
KINÉTIKA [yun] Nazariy mexanikaning dinamika va statikani o‘z ichiga olgan bo‘limi.
KINO [yun kinema] s.t. Film.
KIRDIKOR [f-t] Yaramas xatti-harakat, qilmish.
KIT [yun] Juda yirik sutemizuvchi suv hayvoni.
KITOB [a] 1 Varaqlardan iborat, tikilgan, muqovalangan, ichiga matn yozilgan bosma. 2 Yirik badiiy asarning bir bo‘limi.
KICHIK [f-t] 1 Hajmi, o‘lchami katta bo‘lmagan. 2 Yosh jihatdan past. 3 Vazifa jihatdan darajasi quyi. 4 Ahamiyatga ega bo‘lmagan.
KLÁVISH [pol] 1 Ayrim musiqa asboblarida ovoz chiqarish uchun uriladigan tugma yoki taxtacha. 2 Yozuv mashinkasi, kompyuter, telefon apparati va sh.k.larni ishlatish uchun barmoq bilan bosiladigan qismi, tugmasi.
KLÍNIKA [yun] Bemorlarni davolash bilan birga o‘quv-tajriba va ilmiy-tekshirish ishlari olib boradigan maxsus joy.
KLIP [ingl] Qo‘shiq mazmuniga mos qilib ishlangan kichik film.
KOD [fr] Telealoqa yoki radio orqali ma’lumotlar berishda qo‘llanadigan shartli belgilar tizimi.
KÓDEKS [lot] Huquqning biror sohaga oid tartibga solingan qonunlar to‘plami.
KOFEIN [goll] Qahva doni, choy bargi va boshqa ba’zi o‘simliklar tarkibida bo‘ladigan alkoloid.
KÓFTA [r] Ayollarning kalta ko‘ylaksimon kiyimi.
KOKAIN [isp] Tropik o‘simlikdan olinadigan alkaloid, narkotik modda.
KOKOS [isp] Palma daraxtining mevasi.
KÓLBA [nem] Kimyoviy tajribalarda ishlatiladigan bo‘g‘zi uzun shisha idish.
KOLBASA [r] Ichakka yoki sun‘iy plyonkaga go‘shtli qiyma solib tayyorlanadigan mahsulot.
KÓLLEJ [ingl] Angliya va Amerikada Oliy, boshqa mamlakatlarda o‘rta-maxsus o‘quv yurti.
KOMANDIR [fr+r] Harbiy qism, bo‘linma, kema va sh.k.larning boshlig‘i.
KOMBAYN [ingl] Bir necha mashinaning ishini bajaradigan murakkab mashina.
KOMÉDIYA [yun] Kulgili sahna asari.
KOMÉTA [yun] astr. Osmon jismi; dumli yulduz.
KOMÍSSIYA [lot] 1 Maxsus vakolatga ega bo‘lgan shaxslar guruhi. 2 Ma’lum vazifani bajaradigan davlat boshqarmasi.
KOMMUNIKÁTSIYA [lot] 1 Aloqa yo‘llari. 2 Fikr almashuv, aloqa.
KÓMPAS [lot]Dunyo tomonlarini aniqlaydigan, magnitlangan strelkasi doim shimolni ko‘rsatib turuvchi asbob.
KOMPOT [fr] Mevalardan qaynatib tayyorlangan shirin ichimlik.
KONDÍTER [lot] Tort, qandolat va sh.k.larni tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi.
KONFERÉNSIYA [lot] Davlatlar, ilmiy tashkilotlar va sh.k.lar vakillarining biror masalani muhokama qilish uchun chaqirgan majlisi.
KONGRESS [lot] 1 Muhim siyosiy, ilmiy va boshqa masalalar yuzasidan o‘tkaziladigan xalqaro kengash. 2 AQSH va Lotin Amerikasidagi ko‘pchilik mamlakatlarda qonun chiqaruvchi organning nomi.
KONSENTRÁTSIYA [lot] 1 Bir joyga to‘plash, yig‘ish; to‘planish, yig‘ilish. 2 kim. Suyuqlikda eritilgan yoki havoga tarqalgan moddaning shu suyuqlik yoki havo hajmiga nisbatan miqdori, ko‘p-ozligi, quyuq-suyuqligi.
KONSERT [ital] 1 Xonanda, sozanda, askiyachi va sh.k.larning chiqishlari. 2 Orkestr jo‘rligida bir cholg‘u asbobi uchun yozilgan musiqa asari.
KONSÉRVA [lot+r] Buzilmaydigan qilib ishlab, germetik yopiladigan idishlarga solib qo‘yilgan iste’mol oziq-ovqat mahsuloti.
KONSTITÚTSIYA [lot] Davlatning bosh qonuni.
KOORDINAT [lot] Nuqtaning tekislik yoki fazodagi turgan joyini belgilaydigan miqdor.
KORT [ingl] Tennis maydoni.
KÓSINUS [lot] mat. To‘g‘ri burchakli uchburchakda tor burchakka yopishgan katetning gipotenuzaga nisbatidan iborat trigonometrik funksiya.
KOSMÉTIKA [yun] Kishining tashqi ko‘rinishini yaxshilash maqsadida terini parvarishlash chora-tadbirlari; pardoz.
KÓSMOS [yun] Yagona bir butunlikni tashkil etgan olam; koinot.
KOSTUM [fr]Qaytarma yoqali, tugmali kalta ust kiyimi.
KOTÁNGENS [lot] mat. To‘g‘ri burchakli uchburchakda burchakka yopishgan katetning qarshisidagi katetga nisbatidan iborat trigonometrik funksiya.
KRAB [goll] O‘n oyoqli dengiz qisqichbaqasi.
KRAN [nem] tex. Og‘ir yuklarni ko‘taradigan moslama.
KRAXMAL [nem] Ko‘pchilik o‘simliklarda fotosintez natijasida hosil bo‘ladigan uglevod; ba’zi o‘simliklardan olinadigan ta’msiz oq kukun; ohor.
KREDIT I [lot] his. Kirim-chiqim daftarining chiqimlar, unadigan pullar yoziladigan o‘ng tomoni.
KREDIT II [lot] 1 Qarzga mol berish; qarz. 2 Ma‘lum xarajatlar uchun chiqarilgan pul; mablag‘.
KREDITOR [lot] Qarzga mol yoki pul bergan shaxs yoki muassasa.
KREM [fr] 1 Qand, qaymoq meva shirasi va sh.k.lar qo‘shib tayyorlanadigan nisholdasimon shirinlik. 2 Charmga kiyimlarni pardozlash uchun ishlatiladigan maxsus moy. 3 Kosmetik pardoz moyi.
KRÉMNIY [yun] Kvars, chaqmoqtosh kabi tog‘ jinslari tarkibiga kiruvchi kimyoviy element.
KRISTALL [yun] Tabiiy ravishda ko‘p qirrali shaklga ega bo‘lgan qattiq jism.
KRÓNA [nem] Shvetsiya, Norvegiya, kabi ba’zi G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida pul birligi.
KROSS [ingl] sport. Yugurish musobaqasi.
KSENON [yun] Kimyoviy element, inert gaz.
KUB [yun] 1 Hamma tomoni teng kvadratdan iborat olti yoqli geometrik shakl. 2 mat. Biror sonning yoki algebraik ifodaning uchinchi darajasi. 3 s.t. Bir kub metrga barobar hajm o‘lchovi. 4 Suyuqlikni qaynatish yoki saqlash uchun ishlatiladigan silindr shaklidagi katta yopiq idish.
KULFAT [a]Qiyinchilik; azob-uqubat.
KULOH [f-t] Qalandar, darveshlar kiyadigan uchli qalpoq.
KUPE [fr] Vagon bo‘lmasi.
KURORT [nem] Dam olish maskani.
KURS [lot] 1 O‘quv yurtlarida biror fan yoki uning biror qismining ma’lum hajmdagi sistematik bayoni. 2 Tugal ta’lim, ixtisos beradigan maxsus o‘quv yurti. 3 Oliy va maxsus o‘quv yurtlarining bir yillik bosqichi. 4 Bir davrda davolanish tadbirlari.
KURSANT [r] Harbiy o‘quv yurtining o‘quvchisi.
KURSI [a] O‘tirgich; o‘rindiq.
KUTUBXONA [a+f-t] Kitob, jurnal va sh.k.larni saqlash, tartibga solish, o‘qish uchun berish bilan shug‘ullanadigan muassasa.
KUCHUK [f-t] 1 It bolasi. 2 s.t. Umuman it.
KVADRAT [lot] mat. 1 Teng yonli to‘g‘ri to‘rtburchak. 2 Bir sonni o‘z-o‘ziga ko‘paytirishdan hosil bo‘lgan son.
KVANT [lot] fiz. Energiyaning eng kichik miqdori.
KVÓRUM [lot] Majlis qarorlarini qabul qilish uchun unda qatnashishi shart bo‘lgan a’zolar soni.
KO‘HNA [f-t] Uzoq o‘tmishdan davom etib kelayotgan; qadimiy.
KO‘R [f-t] 1 Ko‘rish qobiliyati yo‘q; so‘qir. 2 ko‘ch. Narsa va hodisalarning mohiyatiga tushunmaydigan; ongsiz, bilimsiz.
KO‘SAK [f-t] G‘o‘zaning hali ochilmagan mevasi.
KO‘ZA [f-t] Suv, sut va sh.k.lar solinadigan bo‘g‘zi ingichka idish.
KO‘SHK [f-t] Baland, bahavo qilib solingan imorat; saroy.