---------------- J ----------------------------- JABHA [a] Soha, bora.
JABR [a] Jismoniy yoki ruhiy azob.
JADAL [a] 1 rvsh Tezlik bilan. 2 sft Kechiktirib bo‘lmaydigan; shoshilinch.
JADID [a] tar. Jadidchilik harakatining ishtirokchisi. | Usuli jadid - eski maktabdagi tartib va o‘qitish usullari o‘rniga jadidlar joriy qilgan yangicha tartib va ta‘lim-tarbiya usuli.
JADVAL [a] 1 Ma‘lum tartib asosida satr, katak va ustunlarga joylashtirilgan ma’lumotlar. 2 Mashg‘ulot, dars, tadbir va sh.k.lar o‘rni va payti ko‘rsatilgan hujjat.
JADYI [a] 1 astr. Dalv bilan Qavs o‘rtasidagi burj. 2 Shamsiya yili hisobida o‘ninchi oy nomi.
JAHL [a] Nojo‘ya xatti-harakatdan g‘azablanish tuyg‘usi.
JAHOLAT [a] Ilm-ma’rifatdan bexabarlik, qoloqlik, madaniyatsizlik.
JAHON [f-t] 1 Yer yuzi va undagi borliq; olam. 2 she’r. Dunyodagi hamma xalqlar, butun insoniyat. 3 ko‘ch., she’r. O‘ziga xos bir olam.
JAHONGIR [f-t] tar. Jahonni zabt etgan.
JAKET [fr] Xotin-qizlarning kalta ust kiyimi.
JALLOD [a] 1 O‘rta Osiyo xonliklarida o‘lim jazosi haqidagi hukmni ijro etuvchi kishi. 2 ko‘ch. Kallakesar, qotil.
JALÚZI [fr] Ochilib yopiladigan parallel plastinalardan tuzilgan parda.
JAM [f-t] Yig‘ilgan, to‘plangan.
JAMIYAT [a] 1 Tarixiy taraqqiyotning ma’lum bosqichida moddiy boyliklar yaratishning muayyan usullari va muayyan ishlab chiqarish munosabatlari bilan xarakterlanadigan ijtimoiy munosabatlar majmui. 2 Biror maqsadda tuzilgan ixtiyoriy birlashma, ijtimoiy tashkilot. 3 Ma’lum doira kishilari.
JAMOA [a] 1 Bir guruh kishilar. 2 Maqsad, faoliyat va manfaatning umumiyligi bilan birlashgan kishilar guruhi.
JAMOL [a] kt. ijob. Yuz, bet.
JANG [f-t] 1 Qurolli kuchlarning qonli to‘qnashuvi. 2 Qarama-qarshi ijtimoiy guruhlarning keskin kurashi. 3 Sport o‘yinlarida tomonlarning kurashi. 4 ko‘ch. Zo‘r tortishuv, bahs.
JANGGARI [f-t] Janjalkash, urishqoq; qo‘poruvchi, terrorchi.
JANGGOH [f-t] Jang maydoni.
JANGNOMA [f-t] Urush va janglar solnomasi.
JANGOVAR [f-t] 1 Urushga oid. 2 Janglarda o‘zini ko‘rsatgan. 3 ko‘ch. Keskin kurash olib boruvchi. 4 ko’ch. Kurashchan, faol. 5 ko‘ch. Juda muhim, kechiktirib bo‘lmaydigan.
JANNAT [a] 1 Diniy tasavvurda: begunoh kishilar u dunyoda rohat-farog‘atda yashaydigan joy; bihisht. 2 ko‘ch. Hamma narsa muxayyo bo‘lgan rohatbaxsh, xushmanzara joy.
JANOB [a] Yuqori tabaqalarga mansub kishilar, ulug‘ shaxslar ismiga qo‘shib aytiladi.
JANR [fr] Badiiy asarlarning mazmun va uslub jihatdan o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan har bir turi.
JANUB [a] 1 Dunyoning to‘rt tarafidan biri; kun chiqish tomonga qarab turganda o‘ng qo‘l tomon. 2 Shu tarafda joylashgan yerlar.
JANUBIY [a] Janubga xos, janub tomondagi.
JAR I [f-t] Chuqur soylik; chuqurlik.
JAR II [a jahr] | Jar solmoq- xabar bermoq, e’lon qilmoq.
JARAYON [a] Ish-harakat, voqea-hodisaning borishi, rivoji.
JARIMA [a] Qonun-qoidani buzganlik uchun to‘lanadigan pul.
JARKOP [r jarkoye] Go‘sht va kartoshkadan tayyorlanadigan qovurma.
JAROHAT [a] 1 Shikastlangan, singan, yaralangan joy. 2 ko‘ch. Katta zarar. 3 ko‘ch. Yurakdagi alam, yara.
JARROH [a] Jarrohlik mutaxassisi, kasalni operatsiya yo‘li bilan davolovchi.
JASAD [a] 1 O‘lik, murda. 2 Gavda, jussa.
JASORAT [a]Mardonavor xatti-harakat, botirlik.
JASUR [a] Qo‘rqmas, botir.
JAVOB [a] 1 So‘roqqa, murojaatga qaytarilgan gap, xat, imo-ishora va sh.k.lar. 2 Ruxsat, ijozat, rozilik.
JAVOBGAR [a+f-t] 1 Zimmasiga biror ma’suliyatni olgan. 2 yur. Qilmishi uchun javob beruvchi.
JAVOHIR [a] 1 Qimmatbaho tosh. 2 ko‘ch. Qimmatbaho narsa.
JAVZO 1 astr. Saraton bilan Savr o‘rtasidagi burj. 2 Shamsiya yili hisobida uchinchi oy nomi.
JAZO [a] 1 Ayb yoki jinoyati uchun ko‘riladigan chora. 2 Qilmishiga yarasha ko‘riladigan oqibat. 3 s.t. Iloj, chora.
JELATIN [fr] Yosh mol suyagi va terisidan tayyorlanadigan yelimshak modda.
JEM [ingl] Quyuq shinni.
JÉMPER [r] Jundan, ip yoki ipakdan to‘qilgan kalta ust kiyim.
JENSHEN [xit] Uzoq Sharqda va Xitoyda o‘sadigan dorivor o‘simlik.
JETON [fr] Pul o‘rniga o‘tadigan yoki biror narsa olish huquqini beradigan metall yoki polietilen tanga.
JIDDIY [a] 1 Puxta o‘ylab ish ko‘riladigan. 2 Asosli, puxta. 3 Muhim, zo‘r e’tibor talab qiladigan. 4 O‘y-fikrga cho‘mgan; mulohazali. 5 Behazil, chin, rost; tayinli. 6 Og‘ir, mushkul.
JIHAT [a] 1 Taraf, tomon. 2 ko‘ch. Biror ish, masala va sh.k.larning tarkibiy qismi, tomoni.
JIHOZ [a] 1 Ishlab chiqarish quroli; asbob-uskuna. 2 Uy-ro‘zg‘or buyumlari.
JILVA [a] 1 Nazokatli harakat. 2 Noz-karashma, ishva. 3 ko‘ch. Rang-barang tuslanish; go‘zal ko‘rinish.
JILD I [a] 1 Biror narsa ustidan qoplangan g‘ilof. 2 Ilgarigi vaqtlarda maktab bolalari kitob, daftar solib yuradigan xalta.
JILD II [a] Asarning bir qismi; bob.
JINNI [a] 1 Aqldan ozgan; telba, savdoyi. 2 ko‘ch. s.t. Ko‘ngliga kelgan nojo‘ya ishni qiladigan; dumbul.
JINOYAT [a] 1 yur. Davlat qonunlari bilan belgilangan tartibga xilof va shu qonunlarga asosan javobgarlikka tortishni talab qiladigan, jamoat uchun xavfli xatti-harakat. 2 ko‘ch. Yomon oqibatlarga olib boradigan, noto‘g‘ri, zararli xatti-harakat.
JINS [a] biol. 1 Jonli organizmlarning biologik va jismoniy xususiyatlarga ko‘ra ikki turidan biri. 2 Tur, nav, xil. 3 Ijtimoiy guruh, tabaqa; urug‘, zot. 4 geol. Yer qobig‘ining ma’lum qatlamini hosil qilgan mineral.
JINSI [ingl jeans] 1 Paxtadan to‘qilgan qattiq gazlama. 2 Shu gazlamadan tikilgan kiyim.
JISM [a] 1 fiz. Ma’lum joyni egallab, ishg‘ol qilib turgan materiya, modda. 2 mat. Fazoning hamma tomonidan berk sirt bilan o‘ralgan bir qismi. 3 Tana; vujud.
JOHIL [a] 1 Ilm-ma’rifatdan mahrum, qoloq, madaniyatsiz. 2 O‘jar, qaysar.
JONIVOR [f-t] Jon egasi, tirik organizm.
JONSARAK [f-t] 1 Sarosimaga tushgan, gangib qolgan; bezovta. 2 ko‘ch. Bekor o‘tirmaydigan; serharakat.
JORIY [a] Hozirgi kunda, hozirgi paytda yuz berayotgan, davom etayotgan, olib borilayotgan; amaldagi, kundalik.
JORIYA [a] esk. Cho‘ri, oqsoch.
JOSUS [a] Biror davlat haqida ma’lumot to‘plash uchun boshqa davlat tomonidan qo‘yilgan shaxs; ayg‘oqchi.
JOZIBA [a] 1 O‘ziga tortuvchi kuch. 2 ko‘ch. Maftun etuvchi kuch.
JUFT [f-t] 1 Ikkiga qoldiqsiz bo‘linadigan sonlar haqida. 2 Bir butunlik hosil qiladigan ikkita bir turdagi narsa. 3 Bir-biriga mos ikki kishi.
JUMLA [a] 1 Tugal ma’no ifodalaydigan so‘z yoki so‘zlar birikmasi, gap. 2 Bir turdagi, ma’lum jihatdan bir xil narsa, hodisa yoki kishilar yig‘indisi.
JURNAL [fr] 1 Kitobcha yoki majmua shaklida belgili vaqtda chiqib turadigan davriy nashr. 2 Qayd daftari.
JURNALIST [fr+r] Davriy matbuotda adabiy-publitsistik maqolalar bilan qatnashuvchi adib, matbuot xodimi.
JUSSA [a] Tananing tashqi bichimi, umumiy ko‘rinishi, gavda.
JO‘RA [f-t] Oshna-og‘ayni, o‘rtoq; ulfat.
JO‘YAK [f-t] dehq. Ekin arig‘i, ikki pushta o‘rtasidagi ariq.