2.
Hemirptera
– yarim qattiq qanotlilar.
3.
Lepidoptera
– tanga qanotlilar
4.
Heuroptera
-
to‘rqanotlilar
5.
Humenoptera
– parda qanotlilar
6.
Diptera
– ikki qanotlilar
7.
Aptera
– tuban va qanotsizlar
Keyinchalik, qo‘ng‘izlar turkumidan to‘g‘ri qanotlilarni alohida ajratdi.
Fabritsiy (1775 y.) o‘zining klassifikatsiyasida og‘iz organlari tuzilishini asos qilib
oldi.
K.Linney sistematikasi
katta yutuqqa ega, u Dyumerilli,
Lamark va
boshqalarning sistematikalariga asos bo‘ldi .
Burmeystr (1835-1838 yy.) hasharotlarni rivojlanish xususiyatlariga ko‘ra
ikki guruhga - chala va to‘liq metamorfozalilarga bo‘ldi.
F.Brauer (1885 y.) hasharot gruppalarining geterogenligini aniqladi. U
qanotsiz (misol, mo‘ylovsizlar, oyoqdumlilar, qildumlilar (tuban
yoki birlamchi
qanotsizlar kenja sinfiga ajratdi va boshqalarni (misol, bitlar, tivitxo‘rlar,
junxo‘rlar) qanotli hasharotlardan kelib chiqqanligini isbot etdi,
ularni qanotli
hasharotlar bilan birga oliy yoki qanotlilar sinfga kiritdi.
XX asr boshlarida avstraliyalik olim A.Gandlirsh (1908 y) hasharotlarning
yirik turkumlarini - to‘g‘ri qanotlilar, to‘rqanotlilar
va boshqa bir qanchalarini
alohida turkumlarga bo‘lib, qarindosh turkumlarni bosh turkumga birlashtirdi.
Keyinchalik A.V.Martinov qanotlilar kenja sinfini ikki bo‘limga - qadimgi
qanotlilar, ya’ni tinchlikda turganda qanotlarini yoyiq tutuvchilar (ninachilar va
kunlilar) va yangi qanotlilar, ya’ni tinchlikda turganda qanotlarini yig‘ib
turuvchilarga bo‘ldi. Yngi qanotlilarning turkumlarini
uchta tabiiy guruhga
birlashtirdi: ko‘p tomirlilar – kemiruvchi og‘izorganlar; gemipteroidlar – sanchib
so‘ro‘vchi og‘iz apparatlilar va kam tomirlilar – to‘liq metamorfozalilar .
1940 yillarda B.B.Rodendrof va B.N.Shavanvichlar qanotlilarning
evolyutsiyasida uchuvchi apparat qismi sifatida oldingi jufti keyingi juftdan ustun
kelishi qobiliyatini ko‘rsatdi. Ba’zi hollarda, uchish vaqtida asosiy ro’l oldingi juft
qanotlarga o‘tadi, unda orqa juft qanotlari oldingi juft qanotlari bilan ilgakchalar
yordamida birlashib
hajmini kichraytiradi; boshqa hollarda esa oldingi juft
qanotlar
qoplovchi funksiyasini bajarib, qanotqalqon (elitra)ga aylanib (masalan,
qattiq qanotlilarda), uchish vaqtida asosiy rolni ketki juft qanotlar bajaradi.
Umuman uchishni takomillashishi qo‘sh-qanot funksiyalari hisobiga ro‘yobga
keladi. Bu qonun Rodendrof – Shvanvish tamoyili deyiladi.
Dostları ilə paylaş: