Yorqinoy mirzayeva tut ipak qurti



Yüklə 7,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/87
tarix19.12.2023
ölçüsü7,12 Kb.
#185020
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   87
pdf

(
Species
)
individning mujassam hamma borliq tuzilishidagi va xulq-
atvoridagi bir-biriga o‘xshash belgilar yig‘indisi, bir-biri bilan chatishib, ota-
onasiga o‘xshash to‘liq nasl beradi va ma’lum arealga ega xususiyatlarni o‘z ichiga 
oladi. K.Linney ta’rificha, individ bir va shu turga oid, bir-biridan farqi bir ota-ona 
bolalaridek farqlanadi. 
Bir-biriga o‘xshash va o‘zaro qarindosh turlar avlodlarga birlashtiriladi: 
masalan, karam va sholg‘om kapalaklari bir-biriga juda yaqin turlar bo‘lib, bir 
avlodga – 
Pieris
ga kiradi: zararli va uch tishli xrushlar turlari bir-biriga yaqin
shuning uchun xrushlar – 
Melolonta 
avlodiga kiradi . 
O‘xshash avlodlar oilalarga birlashtiriladi. Misol, chigirtkasimonlar, oq 
kapalaklar va boshqa oilalar. 
O‘xshash va bir-biriga yaqin oilalar turkumlarga birlashtiriladi: masalan, 
kapalaklar, qo‘ng‘izlar, ninachilar, bitlar, kandalalar va boshqa turkumlar. 
Turkumlardan - sinflar, umumiy o‘xshash belgili sinflar sistematikaning eng 
yuqori birligi tiplarga birlashadi. Misol, bo‘g‘imoyoqlilar tipi. Bularga hasharotlar 
sinfidan tashqari, o‘rgimchaksimonlar, qo‘loyoqlilar, qisqichbaqasimonlar va 
boshqalar kiradi. 
Demak, sistematik birliklar quyidagilar: tur, avlod, oila, turkum, sinf va tip. 


Ba’zan bu birliklar hayvonlarning (hasharotlarning) o‘zaro qarindoshlik 
darajalarini to‘g‘ri xarakterlashda yetarli emas. Shuning uchun bularning oraliq bir-
biriga o‘xshash darajalari qo‘shni sistematik birliklar: kenja tur, kenja avlod, kenja 
oila, kenja turkum, kenja sinf va kenja tiplarga bo‘linadi. Misol, kenja sinf turkum 
va sinf oraliqdagi birlik bo‘lib hisoblanadi. Ba’zi holatda yana boshqa birliklarga – 
bo‘lim, kenja bo‘lim, bosh turkum, bosh oila va boshqalarga bo‘linadi . 
Sistematik birliklarni ifodalash uchun hamma mamlakatlarda xalqaro ilmiy 
lotin nomenklaturasi qo‘llaniladi: masalan, oq kapalaklar oilasi – Pieridae oilasi 
deb belgilangan, kapalaklar turkumi– 
Lepidoptora 
va boshqalar. Turlarni 
belgilashda esa binar nomenklatura, ya’ni ikki nom bilan belgilash qabul qiligan. 
Misol,

Yüklə 7,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin