ochiluvchi ikkinchi nasl beradi. Ammo qo‘yilgan bu urug‘ yozda sovuq inkubatsiyani
emas, balki iliq inkubatsiyani o‘tadi. (Yaponiyaning yozi iliq , nam va kuni uzun
bo‘ladi), shuning uchun ikkinchi naslning kapalaklari qishlovchi tuxum qo‘yadi.
Biroq bivoltin zotlarning har qaysi keyingi nasli qo‘ygan tuxumlar sovuq inkubatsiya
o‘tkazish usulining , hamma tartibiga qat’iy amal qilingan holda sun’iy sharoitda
ochirilsa, xohlagan miqdorda o‘z-o‘zidan ochiluvchi urug‘lar olish mumkin,
aksincha, urug‘lar iliq usulda ochirilsa, keyingi naslda faqat qishlovchi tuxum
qo‘yadi. Bivoltin qurtlarning urug‘i oraliq haroratda, masalan, 19-20°C da yoki
normal haroratda, ammo namlik yoki yorug‘lik rejimi buzilgan sharoitda ochirilsa
sovuq inkubatsiya qilish usulida ham, iliq inkubatsiya qilish usulida ham urg‘ochi
(qiz) nasli o‘z-o‘zidan ochiluvchi va qishlovchi aralash tuxum qo‘yadi.
Dostları ilə paylaş: