bo‘ladi, ya’ni,
ayni turga kiruvchi hayvonlar, naslining umumiy miqdori ,odatda,
yarmi urg‘ochi va yarmi erkak bo‘ladi.
Shu bilan birga ,qishloq ho‘jaligida,
ko‘pincha,faqat biror xil jinsni ko‘paytirish foydaliroq bo‘ladi. Masalan, sutchilik
xo‘jaligida faqat urg‘ochi buzoqlar , parrandachilikda - urg‘ochi
parrandalar
tug‘ilishi, asalarichilikda esa trutenlarning (erkak asalarilarning) kamroq chiqishi
maqsadga muvofiqdir.
Tut ipak qurtining erkaklari urg‘ochilariga qaraganda
anchagina seripak va
hayotchan bo‘ladi.
XX asr boshlarida jinsni sun’iy yo‘l bilan boshqarish muammosi biologiyaning
muhim muammolaridan biri bo‘lib qoladi bu muammo qishloq xo‘jaligi ishlab
chiqarishi uchun katta nazariy va amaliy ahamiyatga ham egadir. Bu muammo hal
etilganda pillachilik xo‘jaligida faqat erkak ipak qurtlarini boqish imkoniyatiga ega
va buning natijasida ortiqcha mehnat va oziq sarflanmagan
holda mamlakatimizga
20-25 % qo‘shimcha ipak mahsuloti bergan bo‘lar edi.
Ba’zi hashoratlarning (masalan,shiralar - bitlar,asalarilar va boshqalarning)
urug‘lanmagan tuxumlaridan ma’lum sharoitda
batamom normal individlar
rivojlanishi qadim zamonlardanoq ma’lum edi. Urug‘lanmagan tuxumlarning bunday
rivojlanishi sof, ya’ni partenogenetik rivojlanish, deb aniqlangan.
Tut ipak qurtlarining urug‘lanmagan tuxumlarining partenogenetik rivojlanishi
tabiatda eng kam uchraydigan hodisadir.Ammo kuzatishlarning ko‘rsatishicha,
urug‘lanmagan tuxumlar yadro bo‘linishining dastlabki bosqichlarida rivojlanmay
qoladi va faqat ayrim hollardagina tuxumdan qurt chiqishi bilan tamomlanadi.
Urug‘lanmagan
tuxumlarni
rivojlanishiga
qo‘zg‘ovchi
sabablari
o‘rganib,olimlar urug‘lanmagan tuxumlarga qaynoq suv bilan ta’sir etish,
ularni
cho‘tka bilan ishqalash,har xil kislotalar bilan ishlash va boshqa yo‘llar bilan tut ipak
qurtlarida ham sun’iy partenogenez hosil qilganlar. Bunda tuxumlarning bir qismidan
chiqqan qurtlar to pilla o‘raguncha muvaffaqiyatli ravishda boqilgan. Partenogenetik
rivojlanish yo‘li bilan olingan qurtlarning hammasi urg‘ochi qurtlar bo‘lgan.
Avvallari bu hodisa faqat nazariy ahamiyatga ega hisoblangan,
chunki u
tuxumning urug‘lanish jarayonida spermatozoidning rolini ma’lum darajada ochib
berishi mumkin.
Tixomirov kashfiyotidan deyarli 50 yil o‘tgandan keyin Yaponiya olimi X.Sato
tut ipakqurtining kapalaklik bosqichigacha normal rivojlangan
va hammasi erkak
jinsidan bo‘lgan urug‘lanmagan tuxumlarni sun’iy yo‘l bilan faollashtirish orqasida
Dostları ilə paylaş: