Yorqinoy mirzayeva tut ipak qurti



Yüklə 7,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/87
tarix19.12.2023
ölçüsü7,12 Kb.
#185020
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   87
pdf

x-nurlar
bilan nurlangan biror zotning urg‘ochi kapalaklari aojika 
zotidan bo‘lgan erkak kapalaklar bilan urug‘lantirilsa va yuqorida ko‘rsatilgan usul 


bilan termoaktivlansa, tuxumdan (qora o‘rniga) faqat sariqqurtlar chiqadi va ularning 
hammasi erkak bo‘ladi. 
Sariq rangli va faqat erkak qurtlarning paydo bo‘lishi tuxumlar yadrosi aojika 
zotiga kiruvchi erkak qurtning ikkita spermatozoidining qo‘shilishi yo‘li bilan hosil 
bo‘lganligini ko‘rsatadi, chunki normal urug‘lanishda rangi qora va har ikkala jinsga 
kiruvchi qurtlar paydo bo‘lishi kerakli. 
Androgenezni isbotlash uchun sariq rangdan boshqa belgilardan, urug‘ning 
xira oqrangli, gemolimfaning rangsiz bo‘lishi va boshqalardan ham foydalaniladi. 
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan belgilarning hammasidan alohida-alohida yoki bir yo‘la 
birga foydalanilganda androgenetik qurtlarda doim o‘z otalarining belgilari ko‘rinadi 
va ularning hammasi erkak qurtlar bo‘ladi.
1957 yili Astaurov va Ostryakova-Varshaverlar yovvoyi ipak qurti Votvux 
mandarina bilan Votvux mori zotlarni chatishtirib birinchi marta to‘la-to‘kis 
androgenez zot olganlar. 
Yovvoyi ipak qurti Votvux mandarina tut ipak qurtidan katta-kichikligi, rangi 
hamda qurtlari, g‘umbaklari, kapalaklari va pillalarining tashqi ko‘rinishi bilan juda 
katta farq qiladi. Yovvoyi ipak qurtining urg‘ochilari tut ipak qurtining erkaklari bilan 
chatishtirilganda hosil bo‘lgan oddiy (androgenetik bo‘lmagan) duragayla har ikkala 
ota-onaning (erkak urg‘ochining) belgilarini qabul qiladi va ikki jinsli bo‘ladi. Erkak 
tut ipak qurtining spermatozoidlari bilan urug‘langan yovvoyi ipak qurtining 
urg‘ochilari yangigina qo‘ygan tuxumlariga issiq ta’sir ettirilganda ma’lum miqdor 
androgenetik erkak qurtlar paydo bo‘lgan. Garchi bu erkak qurtlar yovvoyi ipak qurti 
tuxumidan chiqqan bo‘lsa ham, ularning qurtlik bosqichidan to pillasigacha bo‘lgan 
hamma belgilari tut ipak qurtiga taalluqli edi. 
Olingan natijalar urug‘lanish mexanizmi va tur belgilarining nasldan-naslga 
berilishida yadro va sitoplazmaning nisbiy ro’lini bilib olish uchun katta ilmiy 
ahamiyatga egadir. 
Androgenezni tekshirish tut ipak qurtining androgenetik erkaklari o‘z-o‘zidan 
urug‘lanishining salbiy ta’siri oqibatida ularning hayot faoliyati past bo‘lishini 


ko‘rsatdi. Bu hodisaning oldini olish uchun ham androgenetik duragaylar hosil 
qilingan, bu duragaylar bir vaqtning o‘zida bitta urg‘ochi va ikkita erkak jinsdan 
paydo bo‘lgan (urg‘ochi jins naslini faqat ovoplazmaga bergan, yadroning bo‘linishi 
esa ikki jinsli ikkita smermatozoidlarning qo‘shilishi natijasida hosil bo‘lgan), 
Androgenez usuli takomillashtirilgan bo‘lishiga qaramay, androgenetik erkak 
jinslarning chiqish foizi nisbatan kam(20-30%), ularni olish juda qiyin va nurlash 
manbalari(maxsus rentgen qurilmalari va boshqalar) bo‘lishi lozimligidan hozirgi 
vaqtda ulardan sanoatda foydalanib bo‘lmaydi. 
Ammo yuqorida aytib o‘tilganidek, androgenez ulkan ilmiy ahamiyatga ega. 
Belgilarning nasldan-naslga o‘tishida yadro va sitoplazmaning ro’lini o‘rganishdan 
tashqari, androgenez yordamida jinsiy hujayralar yadrosi hamda sitoplazmasini 
birlamchi nurlash (radiatsiya) orqali zararlanishning nisbiy foydasi to‘g‘risidagi 
masala ham aniqlangan. 
Ipakchilikda keng foydalanish uchun erkak nasl yetishtirish masalasi hozirgi 
vaqtda boshqacha yo‘l bilan, ya’ni tut ipak qurtlarining tuxumlik va qurtlik 
stadiyalarida jinsiga qarab belgilab (nishonlab) qo‘yilgan zotlarini chiqarish yo‘li 
bilan hal qilingan. 
Tuxumlarni ionlovchi nurlar bilan nurlash yordamida yarmi oq rangli, qolgan 
yarmi esa odatdagicha, bo‘z-kul rang tuxumlar olingan. Bu tuxumdan chiqarilgan 
qurtlarni alohida-alohida boqish natijasida oq rangli tuxumdan chiqan qurtlarning 
hammasi erkak, kulrang tuxumdan chiqqan qurtlar esa urg‘ochi ekanligi aniqlangan. 
Bu tuxumlar ustida olib borilgan seleksiya ishlari natijasida tut ipak qurtining 
tuxumlik bosqichida jinsi belgilab qo‘yilgan yangi zotlari yetiltirilganki, bular 
serhosilligi va hayotchanligi bilan farq qiladi. 
Jinsi bo‘yicha belgilab qo‘yilgan tuxumlarni urug‘ zavodlarda qishdayoqhali 
qurt boqish davri boshlanmasdan ilgariyoq, erkak va urg‘ochilarga ajratsa bo‘ladi. Bu 
jarayonni mexanizatsiyalashtirish ham mumkin. Shuningdek, qurtlik bosqichida jinsi 
bo‘yicha belgilab qo‘yilgan zotlar ham etishtirilgan, bu zotlar urg‘ochi qurtlarining 
rangi odatdagidek ( maskali oq va yarim oysimon dog‘liligi), erkaklari esa maskasiz 


xira oq va yarim oysimon dog‘sizligi bilan farq qiladi. 
Qurtlik bosqichida jinsi bo‘yicha belgilab qo‘yilgan zotlarning noqulayligi 
shundaki, bu qurtlarni uchinchi yoshdan ilgari, ya’ni qurtlar pigmentatsiyasi 
ko‘rinadigan bo‘lmasdan oldin jinslariga qarab ajratib bo‘lmaydi. 
Qurtlarni urug‘lik bosqichida, shuningdek,qurtlik bosqichida jinslarga ajratish 
va erkak hamda urg‘ochi qurtlarni alohida-alohida boqish naslchilik ishida va 
urug‘chilikda duragay urug‘lar etishtirishni anchagina osonlashtiradi hamda 
naslchilikda va sanoatda tayyorlanadigan duragay urug‘ning sifatini yaxshilaydi, 
sanoat sharoitida faqat erkak qurtlarni boqish esa hech qanday ortiqcha mehnat va 
oziq sarflamagan holda davlatga 25% ga yaqin qo‘shimcha ipak beradi. 

Yüklə 7,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin