bir xildagi irsiyatga ega bo‘ladi va o‘z onasining irsiy belgilarini to‘la takrorlaydi.
Misol uchun, uchi to‘mtok pilla o‘raydigan biror zot qurtlar o‘ragan pillalar orasida
uchli (uchi ingichka) pillalar uchrab qolish hodisasi irsiy belgimi yoki yo‘qmi
ekanligini aniqlash kerak bo‘lib qoldi deylik. Bu masalani hal qilish uchun shu zotdan
urg‘ochi jinsga kiruvchi uchi ingichka pilla olib, undan kapalak chiqarish kerak.
Kapalak qornidan tuxumlarni siqib chiqarib, 46°C li issiq suvda 18 minut mobaynida
ishlash lozim. Bunda urug‘lanmagan tuxumlar rivojlana boshlaydi. Agar
tuxumlarfaollantirilgandan keyin 36 - 48 soat o‘tgach, diapauzadan ozod qilish uchun
HCI bilan ishlansa, 10 kundan keyin ulardan partenogenetik qurtlar urg‘ochi qurtlar
chiqadi. Agar qurt boqish davri tamom bo‘lgandan keyin bu urg‘ochi qurtlarning
hammasi uchi ingichka pilla o‘rasa, bu belgi irsiy belgi bo‘ladi.
SANIISHda pillalarda uchraydigan nuqsonlar ( qora pachoqlarning) hamma
turi irsiy belgimi yoki yo‘qmi ekanligini aniqlashga doir ana shunday ishlar qilib
o‘tkazilgan edi. Qo‘shaloq pillalar paydo bo‘lish hodisasi irsiy belgi emasligi
aniqlangan. Qo‘shaloq pillalar sonining ko‘p-oz bo‘lishi zotga borliq bo‘lmay, balki
pilla o‘rash sharoitiga borliq, ammo uchi ingichkalik, pillalarning uchlari g‘alvirak
bo‘lib qolishi esa irsiy belgidir. Bir xil seleksiya materiali bilan va bir xil sharoitda
boqilgan partenogenetik nasl ham seleksiya qilinayotgan zotning bir tekis chiqish
darajasini aniqlash uchun o‘lchov bo‘lishi mumkin va hokazo. Biroq sun’iy
Dostları ilə paylaş: