Yorqinoy mirzayeva tut ipak qurti


Coleoptera - qo‘ng‘izlar, to‘g‘ri qanotlilar.  2. Hemirptera



Yüklə 7,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/87
tarix19.12.2023
ölçüsü7,12 Kb.
#185020
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   87
pdf

Coleoptera
- qo‘ng‘izlar, to‘g‘ri qanotlilar. 


2.
Hemirptera
– yarim qattiq qanotlilar. 
3.
Lepidoptera
– tanga qanotlilar 
4.
Heuroptera
 - 
to‘rqanotlilar 
5.
Humenoptera
– parda qanotlilar 
6.
Diptera
– ikki qanotlilar 
7.
Aptera
– tuban va qanotsizlar 
Keyinchalik, qo‘ng‘izlar turkumidan to‘g‘ri qanotlilarni alohida ajratdi. 
Fabritsiy (1775 y.) o‘zining klassifikatsiyasida og‘iz organlari tuzilishini asos qilib 
oldi. 
K.Linney sistematikasi katta yutuqqa ega, u Dyumerilli, Lamark va 
boshqalarning sistematikalariga asos bo‘ldi . 
Burmeystr (1835-1838 yy.) hasharotlarni rivojlanish xususiyatlariga ko‘ra 
ikki guruhga - chala va to‘liq metamorfozalilarga bo‘ldi. 
F.Brauer (1885 y.) hasharot gruppalarining geterogenligini aniqladi. U 
qanotsiz (misol, mo‘ylovsizlar, oyoqdumlilar, qildumlilar (tuban yoki birlamchi 
qanotsizlar kenja sinfiga ajratdi va boshqalarni (misol, bitlar, tivitxo‘rlar, 
junxo‘rlar) qanotli hasharotlardan kelib chiqqanligini isbot etdi, ularni qanotli 
hasharotlar bilan birga oliy yoki qanotlilar sinfga kiritdi. 
XX asr boshlarida avstraliyalik olim A.Gandlirsh (1908 y) hasharotlarning 
yirik turkumlarini - to‘g‘ri qanotlilar, to‘rqanotlilar va boshqa bir qanchalarini 
alohida turkumlarga bo‘lib, qarindosh turkumlarni bosh turkumga birlashtirdi. 
Keyinchalik A.V.Martinov qanotlilar kenja sinfini ikki bo‘limga - qadimgi 
qanotlilar, ya’ni tinchlikda turganda qanotlarini yoyiq tutuvchilar (ninachilar va 
kunlilar) va yangi qanotlilar, ya’ni tinchlikda turganda qanotlarini yig‘ib 
turuvchilarga bo‘ldi. Yngi qanotlilarning turkumlarini uchta tabiiy guruhga 
birlashtirdi: ko‘p tomirlilar – kemiruvchi og‘izorganlar; gemipteroidlar – sanchib 
so‘ro‘vchi og‘iz apparatlilar va kam tomirlilar – to‘liq metamorfozalilar . 
1940 yillarda B.B.Rodendrof va B.N.Shavanvichlar qanotlilarning 
evolyutsiyasida uchuvchi apparat qismi sifatida oldingi jufti keyingi juftdan ustun 


kelishi qobiliyatini ko‘rsatdi. Ba’zi hollarda, uchish vaqtida asosiy ro’l oldingi juft 
qanotlarga o‘tadi, unda orqa juft qanotlari oldingi juft qanotlari bilan ilgakchalar 
yordamida birlashib hajmini kichraytiradi; boshqa hollarda esa oldingi juft 
qanotlar qoplovchi funksiyasini bajarib, qanotqalqon (elitra)ga aylanib (masalan, 
qattiq qanotlilarda), uchish vaqtida asosiy rolni ketki juft qanotlar bajaradi. 
Umuman uchishni takomillashishi qo‘sh-qanot funksiyalari hisobiga ro‘yobga 
keladi. Bu qonun Rodendrof – Shvanvish tamoyili deyiladi. 

Yüklə 7,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin