Yorqinoy mirzayeva tut ipak qurti


aorta deb ataladigan oldingi qismdan iborat.  Bel naychasining keyingi berk qismi « yurak



Yüklə 7,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/87
tarix19.12.2023
ölçüsü7,12 Kb.
#185020
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   87
pdf

aorta
deb ataladigan oldingi qismdan iborat. 
Bel naychasining keyingi berk qismi «
yurak
» ning eng keng tomoni bo‘lib, 
qorinning sakkizinchi bo‘g‘imida joylashgan. Bu yerdan yurakning bosh tomoniga 


qarab sekin-asta torayib boradi va ko‘krakning ikkinchi bo‘g‘imida aortaga o‘tadi. 
Yurak uzunligi bo‘yicha orqaning teri qoplamiga biriktiruvchi to‘qima paylari bilan 
birlashgan. Yurak devori yarim halqa ko‘rinishidagi va o‘zining chetlari bilan yuqori 
va pastki o‘rta chiziq bo‘ylab o‘zaro birlashgan ikki qator yassi hujayralardan iborat. 
Yurakning ichida uni kameralarga ajratuvchi hech qanday to‘siq yo‘q. Yurakning yon 
devorlarida cho‘ntakchalar deb ataluvchi alohida chuqurchalarda ustitsa deb 
nomlanuvchi teshik bor. 
Teshiklar qorin bo‘g‘imlari soniga qarab yetti juft bo‘lib, ularda yurak 
joylashgan. Bu teshikchalar shunchalik kichikki, qon hujayralari u orqali o‘ta olmaydi 
va yurak bo‘shlig‘iga bora olmaydi. Yurak qisqarganda cho‘ntaklar teshikni bekitib, 
qopqoq ro’lini bajaradi. 
Yurak bilan teng yonli uchburchak ko‘rinishidagi sakkiz juft qanotsimon 
muskullar birlashgan; har bir juft uchburchak asoslari bir-biriga qaragan, ularning 
uchlari esa teri qoplami bilan birlashgan; bu muskullar ustida joylashgan yurak ular 
bilan birlashtiruvchi to‘qima paylari orqali birikkan.


62 -rasm Bel naychasi 
1 -aorta; 2-yurak; 3 bel naychasidagi cho‘ntakcha va teshikchalar; 
4- qanotsimon muskullar; 5-6-7-8 bel naychasidagi cho‘ntakchaiarning ichki tuzilishi

Qanotsimon muskullarning birinchi jufti qurt tanasidagi uchinchi ko‘krak 
bo‘g‘imi bilan birinchi qorin bo‘g‘imi o‘rtasidagi chegaradi, oxirgi jufti esa 
yettinchi va sakkizinchi qorin bo‘g‘imi orasida joylashgan. Qanotsimon muskullar 
zanjiri to‘liq bo‘lmagan bel diafragmasi deb ataluvchi to‘siq hosil qiladi. Bu 
diafragma tananing qolgan hamma bo‘shlig‘idan ajralib turuvchi to‘siq hosil qiladi, 
bu yerda yurak joylashadi. 
Aorta ikkinchi ko‘krak bo‘g‘imidan boshlanib, sekin-asta va bir oz torayib 
boruvchi silliq nay ko‘rinishida bo‘lib, bosh bo‘shlig‘igacha etib boradi va u yerda 
uncha katta bo‘lmagan teshik bilan tugaydi. 
Yurak devoridagi muskul tolalari yordamida qisqaradi; bunda yurakning hamma 
qismlari birin-ketin tananing oxirgi qismidan oldingi qismiga tomon qisqaradi. Bu 
to‘lqinsimon qisqarish yoki puls urishi, ayniqsa, sakkizinchi bo‘g‘im oldida yaxshi 
seziladi. Bunday qisqarishning yurak bo‘ylab tarqalish tezligi sekundiga 27-30 m
tashkil etadi. Havo harorati 20-25C
0
bo‘lganda, organizm tinch turganda 5-yoshdagi 
qurtning bel naychasi daqiqasiga 30 taga yaqin uradi, harakatlanayotganda va 
ovqatlanayotganda yurak urishi 40-50 gacha ortadi, pilla o‘rayotganda 60-65 gacha 
yetadi. Haroratning ko‘tarilishi bilan bel naychasining urish soni ortadi va harorat 30C
0
ga yetganda urish soni minutiga 60-70 ta bo‘ladi . 
Qon aylanish jarayoni tut ipak qurtida quyidagicha boradi: gemolimfa tananing 
umumiy bo‘shlig‘idan og‘izcha (ustitsa) orqali yurakka tushadi; gemolimfani orqa 
qismdan aortaga haydovchi to‘lqinsimon qisqarish natijasida gemolimfa yurak 
bo‘ylab tarqaladi. Gemolimfa aorta orqali o‘tgach, u bosh bo‘shlig‘iga boradi, bu 
yerdan esa tananing umumiy bo‘shlig‘iga tushadi. Shunday ekan gemolimfa bosh 
bo‘shlig‘i, so‘ngra esa biror bosim (yurak qisqarishidan hosil bo‘lgan) ostida tanaga 
keladi;bunda boshdan tananing oxirgi qismiga qarab gemolimfaning tinimsiz oqimi 
vujudga keladi. Bu gemolimfa hamma organ va to‘qimalarga yetib borib, ularni 
yuvadi va yana og‘izchaga qaytib tushadi. Qon aylanish shundan iborat bo‘ladi, 
gemolimfa og‘izchaga u kengaygan vaqtda o‘tadi, bu hodisa qanotsimon 


muskullarning qisqarishidan yurak qismining kengayishi natijasida yuz beradi. Bu 
muskullar yurak devorini birlashtiruvchi muskullar yordamida pastga tortiladi. 
Yurak qismlari kengayganda uning ichida tananing umumiy bo‘shlig‘idagi 
bosimdan birmuncha kam bosim hosil qiladi, bu esa gemolimfani og‘izcha orqali 
yurak bo‘shlig‘iga tomon harakatlanishga majbur etadi. Yurak qisqarayotganda 
og‘izcha bekilib qoladi va yurak devorining bosimi gemolimfani bosh tomonga 
haydaydi. 
Yurak faoliyati nerv tizimi orqali boshqariladi; tomoq usti nerv tugunlari 
qo‘zg‘alish markazi hisoblanadi, qorin nerv tugunlari pulsni boshqaradi. 
Qurt nerv-yurak faoliyatining elektrogrammasi yorug‘lik kabi tashqi ta’sirlar 
pulsini o‘zgartishini ko‘rsatdi. Boshqa omillar ham ta’sir qiladi. Masalan, havoda 
karbonat angidridning ko‘payib ketishi qurt yurak faoliyatini sezilarli darajada 
pasaytiradi . 

Yüklə 7,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin