Yorqinoy mirzayeva tut ipak qurti


O‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 7,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/87
tarix19.12.2023
ölçüsü7,12 Kb.
#185020
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   87
pdf

O‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun savollar. 
1.
Hashoratlarda qon nima vazifani bajaradi va qonning ahamiyati? 
2.
Tut ipak qurti bel naychasining tuzilishi va joylashishi? 
3.
Tut ipak qurtida qon qanday harakatlanadi? 
4.
Gemolimfa nima va qanday vazifani o‘taydi? 
5.
Qon aylanishga tashqi muhit sharoiti qanday ta’sir etadi? 
 
 
2.11. Tut ipak qurtining nafas olish tizimi 
Tut ipak qurti ham boshqa hashoratlar singari traxeya tizimi bilan nafas 
oladi.Bu nafas organi traxeya deb ataluvchi tarmoqlangan naychalardan iborat. 
Havodagi kislorod hamma organlarga va chuqurroqda joylashgan to‘qimalarga juda 
ko‘p sondagi traxeyalar orqali kiradi. Shuning uchun ham traxeya bilan nafas 
oluvchilar- kenja tipiga kiradi. Traxeya organi qurtning teri ostidagi muskullar 
orasida zich holda tarmoqlangan va ichki organlarni o‘rab olgan naychasimon 
tolalardan iborat bo‘lib, nafas teshigi orqali qabul qilingan kislorodni organ va 


to‘qimalarga hamda ayrim hujayralarga mikroskopik juda ingichka traxeyalar orqali 
etkazib beradi. Traxeya naychalarining bir uchi qurt tanasida tashqi muhitga 
ochilgan bo‘ladi. 
Traxeyaning asosiy nayi qurt tanasiga parallel holda yon tomonlarida 
joylashgan bo‘lib, uning tashqariga ochiluvchi teshikchalari mavjud. Bu 
teshikchalarni nafas olish teshigi deb aytiladi. Bular ko‘krakning birinchi va qorin 
qismining hamma (1-8) bo‘g‘imlarida joylashgan. Ikkinchi,uchunchi ko‘krak va 
to‘qizinchi qorin bo‘g‘imlarida nafas teshigi rivojlanmagan bo‘ladi. 
Nafas teshigi oval shaklida bo‘lib, chekkalarida chang zarrachalaridan 
himoya qiluvchi ketma-ket joylashgan, uch-to‘rt qator qillari bo‘lgan qalin xitin 
halqa bilan o‘ralgan. Teshikchaning orqasida traxeyaning boshlang‘ich keng qismi 
og‘izcha joylashgan. Teshikdan uncha uzoq bo‘lmagan masofada- xitinli qavatda, 
og‘izcha traxeyaning yarim aylanasini yoysimon shaklda o‘rab turganga o‘xshash 
kengaygan dastlabki bekituvchi yoy,uning qarama-qarshi tomonidan birmuncha 
chuqurroqda ikkilamchi bekituvchi yoy joylashgan bo‘ladi. Shu yerda ikkilamchi 
bekituvchi yoy bilan bir sathda ikki qator joylashgan xitinli tayoqchalardan iborat 
bekituvchi dastacha chiqadi. Dastacha traxeya devorining to‘rtdan bir aylanasiga 
boradigan va 50-80 C
0
burchak ostida bukilgan va ichkariga kiruvchi dastacha 
dastagini hosil qiladi. 
Oldingi ko‘krak bo‘g‘imlaridagi nafas teshigining dastagi oldingi, qolgan 
sakkizta qorin bo‘limlaridagi esa orqaga yo‘nalgan bo‘ladi. Dastakning burchagidan 
dastlabki bekituvchi yoyning pastki uchiga qarab bekituvchi nay ketadi. Bu tikanga 
o‘xshash dastakning uncha katta bo‘lmagan o‘sig‘iga birikadi. 
Dastlabki va ikkilamchi bekituvchi yoy nafas teshigining ichki chekkasi bilan 
tiniq parda orqali birlashgan bo‘lib, ikkilamchi parda birlamchi pardaga qaraganda 
birmuncha uzunroq, chunki ikkilamchi yoy dastlabki yoyga qaraganda chuqurroqda 
joylashgandir. Bu pardalar o‘zining oldingi uchlari bilan nafas teshigini 
ifloslanishdan himoya qiluvchi qillarga o‘tadi. Ikkilamchi parda o‘zining o‘rta qismi 
bilan bekituvchi dastachaga birlashib, shu yerda burma hosil qiladi. Dastacha 


dastagining oxiriga ikkita muskul birlashadi; bittasi kalta bekituvchi,uzunligi 0,6 
mm bo‘lib ikkilamchi yoyning pastki qismiga, ikkinchisi ancha uzun (ochuvchi 1,8 
mm ) bo‘lib, qurt teri qoplamining ichki yuzasiga boradi. Ikkala muskulning eni bir 
xil va 0,006 mm ga teng.
Bekituvchi muskullardan qarama-qarshi tomoniga uzunligi 2,0 - 4,0 mm va eni 
0,11 mm bo‘lgan uchinchi muskul-Versonov muskuli chiqadi. Dastacha parda bilan 
birga dastlabki bekituvchi yoyga yaqinlashganda uning o‘tkir qovurg‘asi dastacha 
tayoqchalari o‘rtasidagi teshikka kiradi. Bunda bekituvchi muskul qisqaradi va nafas 
teshigi germetik holda bekiladi. Ochuvchi muskul qisqarib dastachani dastlabki 
holga keltiradi va nafas teshigi ochiladi. Versonov muskullarining izchillik bilan 
qisqarishi - traxeyaning asosiy nayi dastlabki qismining qisilish va kengayishi 
traxeyaga havo kirib turishiga yordam beradi.
63–rasm.[27] flyurografiya ko‘rinishi Tut ipak qurti traxeya tizimini tana bo‘ylab joylashishi

1 va 9 
chi bug‘imlarda-9 juft nafas olish organlarining joylashishi.


64 –[27] 1-2.-rasm. Ipak qurti nafas
olish organini (traxeyasini) tashqaridan 
ko‘rinishi 
65 –[27].3-4.-rasm. Ipak qurti nafas olish 
organi (traxeyasini) ichkaridan ko‘rinishi 
Traxeyalarning joylanishi va tuzilishi. Asosiy traxeya nayi o‘qi qurt 
tanasida uzunasiga parallel holda ikki tomonida ko‘ndalang joylashgan qorin 
traxeyalari bilan birlashgan bo‘lib, birinchi ko‘krak va oxirgi qorin bo‘g‘imlarida 
ham bog‘lovchi ko‘ndalang traxeyalar bor.
Traxeyalar o‘z navbatida orqa muskullariga boruvchi traxeyaning orqa 
qismiga, ichakka va bel naychasigi boruvchi ichak traxeyasiga, nerv zanjiri va 
qorin tomonidagi muskullarga boruvchi qorin traxeyalar bo‘linadi. 
66- rasm. 
Nafas olish organining 
bekituvchi apparati. 
1-ochuvchi muskul. 
2-bekituvchi dastachaning 
biriktiruvchi elkasi. 3-bekituvchi 
dastacha 
4-dastlabki bekituvchi yoy. 
5-bekituvchi muskullar

 
Traxeya nayining ichki devori kutikulin qavatdan iborat. Bu qavat katta yadroli 


va tashqi pardalidir. Yirik traxeyalarning ichki qavatida xitin ham bo‘ladi. 
Kutikulin ham, xitin ham traxeyaning hujayrali qavati tomonidan ishlab chiqiladi. 
Bu qavat katta yadroli va tashqi spiral holda joylashgan qalinlashmalar bor. Bu 
traxeyalarning mustahkamligini oshiradi va gemolimfa bosimi o‘zgarganda 
ularning egilishi va qisilishiga imkon beradi. 
67- rasm .[ 27 ]Tut ipak qurtining nafas olish organi traxeyalarning tashqi tomondan
ko‘rinishi

Traxeolalar 
va ularning kapillyarlari tashqi bosimga chidaganligi uchun 
yo‘g‘onlashmaydi. Traxeyadagi eski qavat spiral tayanch yo‘g‘onlashmagan oraliq 
uchastkalardagi qavatning po‘st tashlash vaqtida bo‘linishi yo‘li bilan ajralib 
chiqadi. Qurtning harakati bilan bog‘liq bo‘lgan muskullarning qisqarishi va 
kengayishi , traxeyalarga havoning kirib turishi ham qorin, bel naychasi, 
qanotsimon muskul, ichakning qisqarishiga hamda qonning tanada va aylanishiga 
sabab bo‘ladi, traxeyalarda havo almashinishi ham nafas teshigi va traxeya 
og‘izchasi muskullarining harakatlanishi natijasida sodir bo‘ladi va traxeyaning 
hajmi goh kengayadi, goh kichrayadi.
Traxeya spiral burmalarning bo‘lishi sababli uzadi va hajmini 20-30 % ga 
kengaytiradi. Agar ipak qurti tanasi qisqarganda nafas teshigi ochiq bo‘lsa, havo 
traxeyadan tashqariga chiqib ketadi, agar nafas teshigi berk bo‘lsa, bunda havo 
traxeya tizimining ichkarisiga kirib boradi. 
Qurt harakati bilan bog‘liq bo‘lgan muskullarning qisqarishi, traxeyalarga 


havoning kirib turishi ham qorin, bel naychasi, qanotsimon muskul, ichakning 
qisqarishiga hamda qoniing tanada aylanishiga sabab bo‘ladi; traxeyalarda havo 
almashinishi ham nafas teshigi va traxeya og‘izchasi muskullarining harakatlanishi 
natijasida sodir bo‘ladi. Qurt tanasining qorin nerv zanjirida nafas markazlari bor; 
bu markazlar o‘zi joylashgan bo‘g‘imlardagi nafas teshiklari faoliyatini 
boshqaradi. 
Ko‘krakdagi nerv tugunlarida hamma segmentlardagi nafas organlari 
faoliyatini muvofiqlashtiruvchi markaz joylashgan. Ipak qurti kislorod kam 
bo‘lganda ham yashay oladi, ya’ni imkoniyat bo‘lganda traxeya tizimida ortiqcha 
kislorod to’playdi va bundan kislorod yetishmaganda hamda aerob nafas olganda 
foydalanadi. 
Kislorod qurtning organ va to‘qimalariga traxeya tizimlaridan tashqari, 
gemolimfa orqali ham boradi. Kislorodning gemolimfaga o‘tishiga traxeya 
devorlarining o‘tkazuvchanligi yordam beradi. Traxeyaning o‘tkazuvchanligi 
nafas teshigining dastlabki yo‘g‘onlashgan yeridan traxeola tomonga oshib boradi. 
Biroq gemolimfa to‘qimalarga gaz yetkazib (to‘qima orqali nafas olganda) 
berishda yordamchi ahamiyatga ega. 
Bu quyidagicha isbotlanadi. To‘rtinchi nafas teshigining rivojlanishi va ipak 
ajratuvchi bezlar o‘rtasida, shuningdek, oltinchi nafas teshigi rivojlanishi bilan 
jinsiy bezlar o‘rtasida aloqa borligi aniqlangan. To‘rtinchi nafas teshigining bir 
tomonlama birikishidan shu tomonga joylashgan ipak ajratuvchi bezlar mahsuli 

Yüklə 7,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin