0,15 0,35 0,47 0,21 0,10 V- yosh O 2 yutishi ... 0,81 1,20 1,50 1,30 1,20 1,09 0,99 SO 2 ajratishi 0,57 0,93 1.12 0,90 0,90 0,87 0,87 Gaz almashinuvining hajmi qurtning yoshiga va rivojlanish bosqichigagina
bog‘liq emas, balki haroratga, havo namligiga va sutkaning qancha davom etishiga
ham bog‘liq. Haroratning ko‘tarilishi bilan nafas olish intensivligi ham ortadi. Yuqori
namlik, aksincha, nafas olishni qiyinlashtiradi va nafas olish jarayonida qurt tanasida
hosil bo‘ladigan suv hamda SO
2
ajralib chiqishini sekinlashtiradi.
Shu narsa ham aniqlanganki, qurtlarning nafas olishi sutka davomida ham bir
xil emas. Masalan, qurtlar kichik yoshida kechasi ham tez nafas oladi. Nafas olish
intensivligining turlicha bo‘lishi bir sutka davomida yuqori temperaturaga turlicha
munosabatda bo‘lishga olib keladi. Qurt intensiv nafas olish davrida yuqori haroratga
nafas olish intensivligi pasaygandagiga nisbatan kamroq chidaydi.
Qurtlarni tungi soatlarda boqish vaqtida yuqor haroratga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Qurtlarda nafas olish intensivligining turlichaligi, og‘irlikning bir xilda
ortmasligi va sutka davomida yuqori haroratga har xil munosabatda bo‘lish biologik
qonuniyat hisoblanadi
.
Yoshi va sutkaning davrlariga qarab qurtlarning yuqori harorat ta’siriga chidamliligi 11 -jadval Qurtning yuqori haroratli sharoitida bo‘lgan vaqti Yoshiga qarab qurtlarning chidamliligi (% hisobida)