Yorqinoy mirzayeva tut ipak qurti


Tut ipak qurtining yoshiga qarab, u ajralib chiqaradigan ekskrement va siydik



Yüklə 7,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/87
tarix19.12.2023
ölçüsü7,12 Kb.
#185020
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   87
pdf

Tut ipak qurtining yoshiga qarab, u ajralib chiqaradigan ekskrement va siydik 
kislotalar miqdori 12-jadval
 
Ipak 
qurtlarining yoshi
Absolyut 
quruq ekskre- 
mentning vazni(g 
hisobida) 
Siydik kislota 
miqdori (mg 
hisobida) 
Siydik kislota miqdori (1 kg 
tirik vaznga mg hisobida) 
 
1000 dona 
Qurtga 
bir yosh 
bir sutkada 
Birinchi yosh 
1,43 
21,9 
8,92 
1,76 
Ikkinchi yosh 
6,11 
78,9 
6,04 
2,01 
Uchinchi yosh 
50,98 
393,6 
4,84 
11,21 
To‘rtinchi yosh 
230,50 
1782,0 
4,39 
11,10 
Beshinchi yosh 
1675,42 
11952,0 
4,56 
0,52 
Tut ipak qurti organizmida sodir bo‘luvchi almashinuv jarayonlarining juda tez 
bo‘lishini taqqoslash natijalaridan ko‘rish mumkin : odam bir sutka mobaynida 
o‘zining har kilogramm og‘irligiga nisbatan o‘rta hisobda 0,18 -0,23 g, ipak qurti esa 
boshqa birikmalar ko‘rinishida ajratiladigan, shu jumladan, po‘st tashlash vaqtida 
chiqaradigan suyuqliklarni hisobga olmaganda 0,17 – 0,64 g azot ajratib chiqaradi. 
Shuni ham qayd qilib o‘tish kerakki, Malpigiev naychalariga tushadigan 
parchalanish mahsulotlarining hammasiga ham bu naychalar ajratib chiqaravermaydi, 
ularning bir qismi to‘planib qoladi va faqat po‘st tashlash vaqtidagina chiqarib 
yuboriladi, shundan keyin naychalar tiniq bo‘lib qoladi. 
Malpigiev naychalari ajratib chiqargan bu mahsulotlar oldin orqa ichakdagi 
eski va yangi kutikula qavatlari oralig‘idagi bo‘shliqqa tushadi, bu yerdan teri 
qoplamiga o‘tadi, ana shu joyda po‘st tashlash vaqtida hosil bo‘ladigan suyuqlik bilan 
aralashadi, eski terining ajralishiga yordam beradi. 
Oqsil almashinuvi mahsulotlari nafaqat Malpigiev orqaligina ajralib 
chiqmaydi, boshqa organ – yog‘ tanachisi orqali ham ajralib chiqadi. Bu organ faqat 
gemolimfadan siydik kislota ajralib chiqaruvchi organ bo‘lib qolmay, balki uni 


almashinuv 
mahsulotlaridan 
sintez 
qiluvchi 
hamdir. 
Oqsil 
almashinuvi 
mahsulotlarining bir qismi pigmentlar hamda boshqa qo‘shilmalar ko‘rinishida teri 
qoplamida to‘planadi va organizmda sodir bo‘luvchi har qanday kimyoviy 
jarayonlardan ajralib qoladi; bir qismi esa ichki organlarda to‘planadi, shu jihatdan
bu organlarning eng muhimi yog‘ tanachasi hisoblanadi. Yog‘ tanachasida har xil 
moddalar to‘planishiga olib keluvchi eng murakkab kimyoviy jarayonlar sodir 
bo‘ladi. Bu organ organizmning o‘ziga xos omborxonasi bo‘lib, bu joyda oziq 
moddalar zahirasi hamda biror sabab bilan Malpigiev naychalari chiqarib 
yubormagan va organizmga endi kerak bo‘lmaydigan, organizmning faoliyatsiz 
qismlari, masalan, teri qoplamiga ham kirmagan hayot faoliyati mahsulotlari 
to‘planadi. Yog‘ tanachasini tartibga soluvchi organ deb hisoblash ham mumkin, 
chunki bu organ o‘zidan gemolimfani o‘tkazayotib, undagi barcha ortiqcha narsalarni, 
hatto kelajakda (oziqlanish jarayoni to‘xtagan- g‘umbaklik va kapalaklik
bosqichlarida) kerak bo‘ladigan va endi kerak bo‘lmaydigan, ammo boshqa yo‘llar 
bilan chiqarib yuborilmagan mahsulotlarni chiqarib yuboradi. Shunday qilib,yog‘ 
tanachasining asosiy vazifasi- hashoratning kelajakdagi oziqlanmaydigan bosqichlari 
uchun oziq moddalar zahirasini to‘plashdan iborat. Oziq moddalar zahirasi oddiy 
mexanik yo‘l bilan to‘planmaydi, balki gemolimfadan ajratib olingan moddalarning 
murakkab o‘zgarishi natijasida to‘plandi(gemolimfa tarkibida parchalangan 
oqsillar,uglevodlar va yog‘lar borligi yuqorida aytib o‘tilgan edi); bu moddalar 
oqsillar ,uglevodlar va ayniqsa, yog‘lar hashorat organizmida sodir bo‘ladigan 
moddalar almashinuvi tipiga muvofiq keladigan shakllarda bo‘ladi. Ana shu 
o‘zgarishlar vaqtida ba’zi chiqindilar, asosan, sut kislota ko‘rinishidagi chiqindilar 
hosil bo‘ladi,ammo bu sut kislota gemolimfadan ajratib olinganda anchagina ortiq 
chiqadi. Yog‘ tanachasi boshqa organlar va to‘qimalarda assimilyasiya qilinishi lozim 
bo‘lgan 
moddalarning 
gemolimfadagi 
miqdorini 
va 
dissimilyasiya 
mahsulotlarini(gemolimfani har qanday ortiqcha narsadan tozalab turib) nazorat qilib 
turadi,deb taxmin qilish mumkin. Buning natijasida, bir tomondan, oziq zahiralari 
ko‘payadi, ikkinchi tomondan parchalanish mahsulotlari to‘planadi. 


Yog‘ tanachasining faoliyati ipak qurtining g‘umbaklik bosqichida ayniqsa 
muhim bo‘lib qoladi. Yog‘ tanachasi gemolimfadagi oziq moddalar miqdorini nazorat 
qilishi bilan bir qatorda oziq kelishining to‘xtab qolishi sababli oziq moddalarning 
kamayib ketishini ham tartibga solib turadi, bunda gemolimfaga to‘planib qolgan 
zahirani bera boshlaydi, shu bilan oziq moddalarning zaruriy miqdorini ta’min etadi. 
71- rasm.Yog‘ tanachasi 
A-tut ipak qurti 
tanasining ko‘ndalang
kesigida 1-tashqi va 2-
ichki yog‘ tanachalarining
joylashuvi. 3-ichagi. 
B-ichki yog‘ 
tanachalarining 
hujayralari 
V- tashqi yog‘ 
tanachalarining 
hujayralari.
Ikkinchi tomondan, ipak qurtlarining g‘umbaklari Malpigiev naychalarining 
faoliyati to‘xtab qoladi va gemolimfani parchalanish mahsulotlaridan tozalash 
vazifasi butunlay yog‘ tanachasi zimmasiga tushadi, parchalangan mahsulotlar ham 
maxsus hujayra ichi qo‘shilmalari - siydik kislota tuzlari – uratlar shaklida to‘planadi. 
Yog‘ tanachasi umumiy bo‘shliqqa joylashgan va bo‘g‘imlarga bo‘linmagan holda 
barcha organlar oralig‘idagi bo‘shliqlarni to‘ldirib turadi. Yog‘ tanachasi sarg‘ish 
tovlanadigan oq rangli aniq shakli bo‘lmagan, plastinkasimon yoki lenta shaklida 
to‘plangan parrakchalarga o‘xshash hujayralardan iboratdir. Ichakka yaqin joylashgan 
parrakchalar tuzilish jihatidan tashqari qoplamlarga yondoshib turuvchi 
parrakchalardan farq qiladi. Ichakka yaqin joylashgan parrakchalarning hujayralari 
mayda, kichkinagina, yumaloq, yadroli bo‘ladi, tashqi qoplamlarga yondoshib 
turuvchi parrakchalarning hujayralari esa yirikroq, yadrolari anchagina katta, har 
tomonga tarmoq otgan , protoplazmasi donador tuzilgan. Yog‘ tanachasining tashqi 
parrakchalarining o‘zi asosiy traxeya ustini bo‘ylab yotuvchi paylar shaklig o‘xshash 
ketadi va rangi anchagina sariq bo‘ladi. Shu munosabat bilan yog‘ tanachasi tashqi va 


ichki qismlarga bo‘linadi. 
Hashorat o‘sgani sari yog‘ tanachasi hujayralarining kengayishi hisobiga va 
ularning ko‘payuvi hisobiga kattalashadi. Yog‘ tanachasida to‘planadigan moddalar 
hujayralar protoplazmasida yog‘ tomchilari, oqsil donachalar va glikogen 
(zahirauglevod modda) shaklida parchalanish mahsulotlari esa uratlar holida yig‘iladi. 
Yog‘ tanachasining ichki qismi, asosan, oziq zahirani to‘playdi, tashqi qism esa 
ko‘proq ajratib chiqarishga moslashgan: gemolimfani siydik kislotadan ajratadi, bu 
qism ichki sekretsiya organi vazifasini ham bajarishi ehtimoldan holi emas. 
Metamorfoza vaqtida yog‘ tanachasi gemolimfada erkin suzib yuruvchi 
a’lohida hujayralarga parchalanib ketadi. 
Versonov bezlari ham ba’zi ajratib chiqarish vazifalarini bajaradi, bu bezlar 
haqida biz ipak qurtining po‘st tashlashiga oid materialni bayon etgan vaqtda to‘xtab 
o‘tgan edik. 
Tana va bosh qismlarning qoplamlari hamda ichki organlar– ichak, traxeya 
sistemasi qoplamlari ham ajralib chiqarish formasi hisoblanadi. Bular dissimlyasiya 
jarayonlari natijasida hosil bo‘ladi, ularga rang berib turuvchi pigmentlar esa oqsil 
parchalanishi mahsulotlaridir. Bularning hammasi ipak qurtlari po‘st tashlash vaqtida 
tashqariga chiqarib yuboriladi. 




Yüklə 7,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin