Yorug’lik difraksiyasi



Yüklə 30,81 Kb.
səhifə5/6
tarix14.12.2023
ölçüsü30,81 Kb.
#176666
1   2   3   4   5   6
Yorug’lik difraksiyasi

Sinkveyn- bu metod (Sinkveyn fransuzcha so’z bo’lib “besh” degan ma’noni bildiradi) o’quvchilarga darsni mustahkamlash bosqichida biror fizik kattalik, asbob, hodisa nomi, fizik olimni quydagicha besh qatorli misraga solishni taklif etish lozim.
Ot (1 so’z)
Sifat (2 so’z)
Fe’l (3 so’z)
Ibora (4 so’zli gap bilan ta’rif beriladi)
Sinonim (2 so’z yoziladi, otga yozilgan so’z bilan ma’nosi bir xil bo’lsin)
Masalan: Elektr bo’limidan o’quvchilar “Tok kuchini”ni quydagicha ta’riflaydi.
Tok kuchi

Katta
Kichik


Oqadi

Isitadi
Kuydiradi


Zaryad


Miqdori- ning
vaqtga
nisbati

Zaryadlar

oqimi
Sinkveyn metodi O’qish va yozish asosida tanqidiy fikrlashni rivojlantirish dasturida ko’zda tutilgan har bir ta’lim oluvchining fikrlash faolligini oshirish, ularda tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiladigan metoddir.

Bu metod J.Still, K.Mereds, va Ch.Temil tomonidan ishlab chiqilgan.


Venn diagrammasi- bu metod o’quvchini kattaliklarni qiyoslashga undaydi. Quyidagiday doiralar chiziladi. Ikkita kattalik taqqoslanadi. Bir xil jihatlari o’rtada (aylanalar kesishgan qismda)yoziladi. O’ziga xos jihatlari aylanada yoziladi. Masalan: “Og’irlik kuchi” va “elastiklik kuchi”larini qiyoslash kerak bo’lsin.


F=-kx defor-
matsiya natijasida
hosil
bo’ladi

F=mg Jismlarni
yer o’ziga
tortishi tufayli
hosil bo’ladi

Ikkalasi ham tabiatda uchraydigan kuch


Ko’k-qizil tayoqcha o’yini. Bu o’yinda ko’k va qizil tayoqchalarga savollar qo’yiladi va har bir o’quvchi chiqib savollarga javob berishadi.

Ko’k


Qizil
Ko’k tayoqchaga qo’yilgan savollar

1.Tezlik nima?


2.Yorug’likka tavsif?
3.Kinetik energiya formulasi?
4.Sirpanish burchagi nima?
5.Gyugens prinspi?
6.Frenel prinspi?
Qizil tayoqchalarga qo’yilgan savollar

1.Difraksion panjara?


2.Difraksion manzara?
3.Rentgen nurlarining difraksiyasi?
4.Froungofer difraksiyasi?
5.J.Maksvell chizmasi?
6.Dispersiya?

6x6 "6x6" metodi yordamida bir vaqtning o'zida 36 nafar o'quvchini muayyan faoliyatga jalb etish orqali ma'lum topshiriq yoki masalani hal etish, shuningdek, guruhlarning har bir a'zosi imkoniyatlarini aniqlash, ularning qarashlarini bilib olish mumkin. Bu metod asosida tashkil etilayotgan darsda har birida 6 nafardan ishtirokchi bo'lgan 6 ta guruh o'qituvchi tomonidan o'rtaga tashlangan muammoni muhokama qiladi. Belgilangan vaqt nihoyasiga yetgach, o'qituvchi 6 ta guruhni qayta tuzadi. Qaytadan shakllangan guruhlarning har birida avvalgi 6 ta guruhdan bittadan vakil bo'ladi. Yangi shakllangan guruh a'zolari o'z jamoadoshlariga avvalgi guruhi tomonidan muammo yechimi sifatida taqdim etilgan xulosani bayon etib boradilar va mazkur yechimlarni birgalikda muhokama qiladilar.
"6x6" metodining afzallik jihatlari quyidagilardan iborat:
-guruhlarning har bir a'zosini faol bo'lishga undaydi;
-ular tomonidan shaxsiy qarashlarning ifoda etilishini ta'minlaydi;
-guruhning boshqa a'zolarining fikrlarini tinglay olish ko'nikmalarini hosil qiladi;
-ilgari surilayotgan bir necha fikrni umumlashtira olish, shuningdek, o'z fikrini himoya qilishga o'rgatadi.
Eng muhimi, har bir o'quvchi qisqa vaqt (15-20 minut) davomida ham munozara qatnashchisi, ham ma'ruzachi sifatida faoliyat ko'rsatadi. Ushbu metodni 4, 5, 6, 7, 8 nafar o'quvchidan iborat bo'lgan bir necha guruhlarda ham qo'llash mumkin. Biroq, yirik guruhlar o'rtasida "6x6" metodi qo'llanilganda vaqtni ko'paytirishga to'g'ri keladi. Chunki bu mashg'ulotlarda munozara uchun ham, axborot berish uchun ham bir muncha ko'p vaqt talab etiladi. So'z yuritilayotgan metod qo'llanilayotgan mashg'ulotlarda guruhlar tomonidan bir yoki bir necha mavzuni muhokama qilish imkoniyati mavjud.
"6x6" metodidan ta'lim jarayonida foydalanish o'qituvchidan faollik, pedagogik mahorat, shuningdek, guruhlarni maqsadga muvofiq shakllantira olish layoqatiga ega bo'lish talab etiladi. Guruhlarning to'g'ri shakllatirilmasligi topshiriq yoki vazifalarning to'g'ri hal etilmasligiga sabab bo'lishi mumkin. Ushbu metod yordamida Termodinamikaning 1-qonuni mavzusidan mashg'ulotlar o’tkaziladi va quyidagi tartibda tashkil etiladi:
1. O'quvchi mashg'ulot boshlanishidan oldin 6 ta stol atrofiga 6 tadan stul qo'yib chiqiladi.
2. 6 ta varaqqa 6 ta turli xil kattaliklar yozib chiqiladi. Masalan Termodinamikadan: Bosim, Temperatura, Hajm, Termodinamik ish, Issiqlik miqdori Broun harakati va h.k. Varaqlarga I dan VI gacha rim raqami yozib qo'yiladi. Bu varaqlar 6 ta stolning har biriga qo'yib chiqiladi.
3. O'quvchilar o'qituvchi tomonidan 6 ta guruhga bo'linadilar. O'quvchilarni guruhlarga bo'lishda o'qituvchi quyidagicha yo'l tutadi. Har bir o'quvchiga 1 dan 36 gacha raqamlangan varaqchalardan birini olish taklif etiladi. Bu varaqlarda rim raqami bilan stol raqami ko'rsatilgan bo'ladi. Har bir o'quvchi o'zi tanlagan varaqchadagi rim raqami bilan ko'rsatilgan stol atrofiga qo'yilgan stuldan joy egallaydi.
4. O'quvchilar joylashib olganlaridan so'ng o'qituvchi stol ustiga qo'yilgan topshiriqlarni bajarish uchun ma'lum vaqtni (5-10 minut) belgilaydi, munozara jarayoni boshlanganini e'lon qiladi.
5. O'qituvchi guruhlarning faoliyatini kuzatib boradi, kerakli o'rinlarda guruh a'zolariga maslahatlar beradi, yo'l-yo'riqlar ko'rsatadi. Belgilangan vaqt tugagach, guruhlardan munozaralarni yakunlashlarini so'raydi.
6. Munozara uchun belgilangan vaqt nihoyasiga yetgach, o'qituvchi guruhlarni qaytadan shakllantiradi. Yangidan shakllangan har bir guruhda avvalgi 6 ta guruhning har biridan bir nafar vakil bo'lishiga alohida e'tibor qaratiladi. O'quvchilar o'z o'rinlarini almashtirib olganlaridan so'ng belgilangan vaqt (5-10 minut) ichida guruh a'zolari avvalgi guruhlariga topshirilgan vazifa va uning yechimi xususida guruhdoshlariga so'zlab beradilar. Shu tartibda qabul qilingan xulosalarni muhokama qiladilar va yakuniy xulosaga keladilar.
"6x6" metodini fizikaning ayrim darslarida avvalgi darsda o'tilgan mavzu bo'yicha o'quvchilarning bilim va ko'nikmalarini nazorat qilish uchun o'tkazish tavsiya etiladi.



Yüklə 30,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin