Klaster metodi- klaster inglizcha so’z bo’lib (kluster) bosh, bir shingil, popuk ma’nosini anglatadi. Klaster – bu ma’lum mavzu bo’yicha erkin va ochiq fikrlashning notekis shaklidir.
1-Qadam: Yangi mavzuning asosiy tushunchasi aylana (elips) shaklidagi chizma ichida yoziladi. Masalan yangi mavzu “Yorug’lik difraksiyasi” bo’lsa quydagicha daftariga chizish va yozish taklif etiladi.
Yorug’lik difraksiyasi
2-Qadam: o’quvchilarga Yorug’lik difraksiyasi deganda ko’z oldiga kelgan fikrlarni chiziqchalar yoniga yozish taklif etiladi. (Bunda o’quvchi rasmini chizsa ham ruxsat beriladi).
3-Qadam: Taqdimot o’tkaziladi. Bunda o’quvchilar tomonidan yozilgan fikrlar umumlashtirib aytib beriladi. (Sinfdan 1 o’quvchi spiker aytib beradi). Bu fikrlarni doskada bo’r bilan yozish mumkin.
4-Qadam: Yangi mavzu o’rganiladi.
5-Qadam: Darsni mustahkamlash bosqichida o’quvchilarga quydagi topshiriq beriladi. Qizil rangli ruchkalaringizni (yashil, qora bo’lsa ham bo’ladi) olib yangi o’rganilgan tushunchalar bilan boyiting.
6-Qadam: Guruhlar taqdimoti o’tkaziladi. Spikerlar qo’shimcha yozganlarni (o’qib) aytib beradilar. Doskada (boshqa rangli bo’r bilan) o’quvchilarning qo’shimcha aytgan fikrlari yozib boriladi.
7-Qadam: O’qituvchi umumlashtiradi qo’shimcha adabiyotlardan foydalangan holda klasterga yana qo’shimchalar kiritishi mumkin. (Bu o’qituvchining mahoratiga bog’liq). Bu usul o’quvchilarga biron bir mavzuni chuqur o’rganishlarida yordam berib, ularni taalluqli tushuncha yoki fikrni erkin va ochiq ravishda ketma-ketlik bilan yozib uzviy bog’langan holda tarmoqlashga o’rgatiladi. Buning uchun o’qituvchi tanlangan mavzuni har tamonlama puxta aniq va ravon egallagan bo’lishi zarur.
Elektromagnit To’lqin
Yorug’lik difraksiyasi
Nur
Gyugens prinspi
Froungofer difraksiyasi
Frenel prinspi
Yorug’lik
Efir
Sinish burchak
Spektrlar
Spektr ranglari
Dispersiya
Rentgen nuri
Parallel yorug’lik
Geometrik soya
Difraksiyaviy spektr
Difraksiyaviy manzara
Ultrabinafsha nur
Rentgen nurlarning difraksiyasi
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Q.P.Abduraxmanov, V.S.Xamidov, N.A.Axmedova. FIZIKA. Darslik. Toshkent. 2018 y.
2. К.П.Абдурахманов, Ў.Эгамов “Физика”. Дарслик. Тошкент. 2013 й.
3. Q.P.Abduraxmanov, O’.Egamov. “FIZIKA”. Darslik. Toshkent. 2015 y.
4. Douglas C. Giancoli. Physics. Principles with Applicathions. 2004 USA ISBN-13 978-0-321-62592-2.
5. Physics for Scientists and Engineers, Raymond A. Serway, John W. Jewett. 9th Edition, 2012.
6. https://t.me/EstudyUz
http://fayllar.org