Yorug’lik difraksiyasi


Kurs ishining asosiy maqsadi



Yüklə 30,81 Kb.
səhifə2/6
tarix14.12.2023
ölçüsü30,81 Kb.
#176666
1   2   3   4   5   6
Yorug’lik difraksiyasi

Kurs ishining asosiy maqsadi: Fizika fanining o’qitilishida pedagogik texnologiyaning o’rnini aniqlash, ilg’or pedagogik texnologiyalarni loyihalash, ularning sifat jihatdan tahlilini hamda bu qonuniyatlarini tadbiqini dars jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar yordamida o’zlashtirib borishni ko’zda tutadi.
Kurs ishining dolzarbligi: ХХI asrning fan va texnika tez sur’atlarda rivojlanib borayotgan bir davrda kompyuterlar hayotimizning barcha sohalariga jadallik bilan kirib bormoqda. Shu sababli, ushbu malakaviy bitiruv ishining dolzarbligi ham o’rta umumta’lim maktablarida fizika o’qitishda jumladan ish va termodinamika qonunlariga oid mavzularni o’qitishda yangi axborot texnologiyalaridan, kompyuterlardan foydalanishga qaratilgan. Bunday pedagogik texnologiya asosida o’qitish o’quv jarayonini jadallashtirish, o’quvchida ilmga qiziqishini oshirish, ular ijodiy faoliyatini o’stirish, bilim berishga differensial yondashish, olingan bilimlarni takrorlash, mustahkamlash va nazorat qilishni yengillashtirish kabi masalalarni hal etishga qaratilgan. Chunki turli mutaxassislar, tadbirkorlar, olimlar, ijodkorlar o’z mehnat faoliyatida kompyuterlardan keng foydalanmoqdalar. Kompyuter yordamida ajoyib mo’jizalar yaratilayotgani sir bo’lmay qoldi. Kelajakni uningsiz tasavvur qilish mumkin emasligi shu kunda barchaga ayondir. Bugun kompyuterda hisoblash, yozish, o’qish, o’rganish, gapirish, saqlash, chizish, qayta ishlash, saralash, musiqa yozish, axborotni olish va biror manzilga yuborish, taxrirlash, maketlar tayyorlash, audio va video yaratish, o’ynash mumkin. Uning imkoniyatlari kundan-kunga ko’paymoqda, shuning uchun u ishda, o’qishda, uyda va xatto dam olishda insonning eng ishonchli do’stiga aylandi. Bundan ko’rinadiki, hozirgi zamon talabiga javob bera oladigan o’quvchini tayyorlashda zamonaviy o’qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonida innovatsion usullardan foydalana bilishi, innovatsion texnologiyalar tushunchasini, uning mazmun mohiyatini bilishi, innovatsion texnologiyalarni ta’lim maqsadini amalga oshirishdagi o’rni va rolini, innovatsion texnologiyalarni fanlar bo’yicha qo’llash prinsiplarini, o’quvchilarning mustaqil faoliyatlarini tashkil qilish va ta’minlash yo’llarini bilishi lozim.

Yüklə 30,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin