Yosh davrlar psixologiyasining predmeti, nazariy va amaliy vazif
Egotsentrizm – ushbu atamaning ildizidan taxmin qilishimizcha, inson asosan o’ziga e`tibor qaratadigan va boshqalarga nisbatan sezgir bo’lmagan yo’nalishdir.
Katta yoshdagilarga nisbatan qo’llanganda, o’ziga diqqatni qaratishi va o’z-o’zi bilan mashg`ulligi tushuniladi.
Bolalarga nisbatan qo’llanganda, ayniqsa Piaje nazariyasi jihatidan, bu tushuncha bolaning ichki o’z-o’zini anglashiga bo’ysunuvchi nutqqa va fikrlarga tegishlidir.
Klassik va zamonaviy ta`riflar bilan birga, T.I.Pashukova egotsentrizm deganda sub`ektnnig o’z manfaatlariga diqqatini qaratishi va uning boshqa kishilarning fikrlari, rejalari, nuqtai nazarini hisobga ola olmasligi va ularni o’z fikri bilan muvofiqlashtira olmasligini tushunadi, ijtimoiy-psixologik jihatdan esa egotsentrizm boshqa kishilarni ko’rishni istamaslik va ko’ra olmaslik sifatida qaraladi.
Egotsentrizm muammosining ilmiy o’rganilishi zamirida bilish va nutqiy egotsentrizmnitadqiq etishni boshlab bergan J.Piaje va L.S.Vigotskiynig buyuk nomlari mavjud. T.I.Pashukova J.Piajening fikridagi mantiqni aniq ifodalab takrorlaydi, unga ko’ra, egotsentrizm – bu bolaning tafakkuri rivojanishidagi uchta bosqichdan biridir. Intellekt kelib chiqishining birinchi bosqichida – autizm bosqichi – bolaning tafakkuri asotsial va sub`ektivlangandir, ikkinchi bosqichida - egotsentrizm – bolalar boshqa kishilarning nuqtai nazarini o’z nuqtai nazari bilan umumlashtirib, sub`ektiv realizmni namoyon qiladi. Uchinchi bosqichi – ijtimoiy tafakkur – boshqa shaxsning nuqtai nazarini va istiqbollarini qabul qilish hamda boshqa kishilar nuqtai nazarlari turli-tumanligiga nisbatan olamning ob`ektiv obrazini shaklantirish imkonini ochib beradi. Bunday tafakkur tafakkurning aks eta olishi amallarining etilganligi va detsentratsiyaga moyillik qobiliyati xos bo’lishi bilan tavsiflanadi. Egotsentrizmnig kamayishi bola bilimlarining ortishi yo’li bilan emas, bola boshqa shaxslarning nuqtai nazarlari bilan o’z nuqtai nazarini muvofiqlashtiradigan ijtimoiy o’zaro munosabatlar orqali yuz beradi.
J.Piaje bola nutqining funktsiyalarini o’rgangan hamda egotsentrik va ijtimoiylashgan nutqni ajratib ko’rsatgan. Egotsentrik nutqning barcha shakllarida (takrorlash, monolog, jamoaviy monolog) bola hech kimga murojaat qilmaydi; ijtimoiylashgan nutq esa axborotni ixtiyoriy uzatish, savollar va javoblarni, iltimoslar, tajovuzlar, ta`sir ko’rsatishni ko’zda tutadi. Piajening bioratsionalistik, pozitivistik dnyoqarashining mantiqi bola nutqining egotsentrizmi bola tafakkuriinng egotsentrizmi bilan belgilanishi haqidagi xulosaga kelish uchun asos beradi. Bolaning nutqi egotsentrik bo’ladi, chunki bola uning olamni idrok etishi real bo’ladi va boshqa kishilar xuddi u kabi olamni idrok etadi, deb o’ylaydi. Bola nutqining o’lchovlari egotsentrizm darajasi bolaning faolligiga hamda ijtimoiy munosabatlar (kattalar yoki tengdoshlar bilan) vaziyatining turiga bog`liq holda kuchli o’zgarib turishini ko’rsatdi, hamda bola nutqining eng yuqori egotsentrizmi u o’z-o’zi bilan ovora bo’lib qoldirilgan vaziyatlarda ko’proq namoyon bo’lishini ko’rsatdi. YOsh jihatidan bolaning nutqi uch yoshida eng egotsentrik bo’lib, keyinchalik egotsentrizm kamayib boradi, etti yoshdan keyin esa bolaning nutqi o’z egotsentrizmidan mahrum bo’ladi.
Bu erda T.I.Pashukova egotsentrik nutqning tadqiqotlarida bolaning o’rganilayotgan nutqi bilan bog`liq bo’lgan motivlar va ehtiyojlar tadqiq etilmaganligini ko’rsatadi, va egotsentrik nutqning takrorlash va monolog kabi shakllari insonlar bilan ijtimoiy-psixologik o’zaro munosabat ehtiyojlari bilan belgilab berilishi mumkinligi haqidagi qiziqarli farazni olg`a suradi. Fikrimizcha, shuningdek, J.Piajening tadqiqotlarida bola nutqining noverbal xususiyatlari hisobga olinmagani uchun, buning oqibatida bolaning aytgan fikrlarining muhim sub`ektli-xronotopik va ekzistentsial-dialogik kontekstlari ochib berilmaganligini taxmin qilish mumkin.
L.S.Vigotskiyning tadqiqotlari, T.I.Pashukova ko’rsatishicha, bolalar nutqining va tafakkurining egotsentrizmini o’rganishda tubdan yangi yondashuvni ochib berdi, u ijtimoiy-sub`ektli, madaniy-tarixiy dunyoqarashning yangi paradigmasini o’zida mujassamlashtiradi. L.S.Vigotskiy psixikaning rivojlanishini interiorizatsiya jarayonida, ijtimoiy-kommunikativ (interpsixikaviy) funktsiyalarning individual-sub`ektli (intrapsixikaviy) funktsiyalarga aylanishi jarayonida oliy psixikaviy funktsiyalar shakllanishi sifatida tushunadi. SHuning uchun. agar Piaje uchun bolaning tabiati avvaldan asotsial va autik holatda bo’lsa, Vыgotskiy uchun u avvaldan ijtimoiy va interkommunikativ bo’ladi. Egotsentrik nutq – bu tashqi nutqdan, boshqalar uchun nutqdan ichki nutqqa, o’zi uchun nutqqa o’tish yo’lidagi oraliq shaklidir. Egotsentrik nutq – bu o’z-o’zi bilan sodir bo’ladigan ma`lum fikrlash yoki ovoz chiqarib fikrlash bo’lib, odatda, bola unda topshiriqni, harakatni bajarishda qiyinchiliklar tug`ilganda o’z-o’zi bilan gaplashadi. Piajedan farqli ravishda, L.S. Vigotskiy egotsentrik nutqning xususiyatlarini tafakkur belgilab bermaydi, aksincha, bolalar nutqining tuzilishi va egotsentrik nutq yosh o’tgan sari yo’q bo’lib bormaydi (Piaje fikricha), balki ichki nutq shakliga aylanib boradi.
T.I.Pashukova L.S.Vigotskiyning tajribaviy tadqiqotlari bolalar nutqining egotsentrizmi darajasi uning sub`ektli-kommunikativ ma`no-mazmuniga bog`liqligini ochib berganligiga e`tibor qaratadi. Bu esa unga bolaning nutqidagi egotsentrizmning eng muhim funktsiyasi shakllanayotgan shaxsning ijtimoiy-psixologik o’z-o’zini tasdiqlashi funktsiyasi ekanligi haqidagi implitsit farazni olg`a surishi uchun asos yaratib beradi. Fikrimizcha, ushbu xulosa egotsentrizmning ijtimoiy-dialogik tushunchasini o’zida mujassamlashtiradi (lekin, asarning keyingi boblarida egotsentrizmning ushbu tushunchasi egotsentrizmning asosiy funktsiyasi shaxsning ego-holatlarini barqarorlashtirishdan iborat ekanligi haqidagi tasavvur bilan siqib chiqariladi).
J.Piajening nutq va tafakkur egotsentrizmini o’rganishga qo’shgan hissasiga tan bergan holda, T.I.Pashukova qisqacha, lekin konstruktiv holda buyuk psixologning tadqiqotlari natijalarini chet elda tanqid qilinishining asosiy yo’nalishlarini ta`riflaydi.
Amerikalik ekopsixolog Dj. Gibson bolalarga egotsentrizm mavjudligi haqida faraz olg`a surilishini keskin rad etgan, u bolalarda va kattalarda idrok etishni tadqiq etib. «boshqa kishining holatiga tushib ko’ra olish» qobiliyati (ya`ni detsentratsiya qobiliyati) bolalarga deyarli kattalar bilan baravar darajada xosligini aniqladi. Ushbu holat egotsentrizmning muammosi qisman bo’lsa-da, psixologlarning ratsionalistik-pozitivistik olamni tushunishga moyilligining natijasi ekanligidan dalolat beradi, bu erda borliqning asosiy mazmuni individ tafakkuri va intrapsixikaviy nutqining mantiqiga mos keladi. Agar muammoning ko’rish imkoniyatini kengaytirib, eko-ontologik o’lchov darajasiga, xususan, idrokni etishni o’lchash orqali chiqsak (buni Dj.Gibson qilgan kabi), egotsentrizm haqidagi avvalgi tasavvurlarning fundamentalligi o’z universalligidan mahrum bo’lishining guvohi bo’lamiz.
Bolalar egotsentrizmini keyingi tadqiqotlari borgan sari ko’proq uning ijtimoiy-relyativ, dialogik-kontekstual tabiatini namoyon qilgan va pozitsiya tushunchasining muhim rolini ochibbergan, bunda shaxsning o’z fikrlashi va baholashida ifodalanadigan ijtimoiy-psixologik xususiyati tushuniladi. Dj.Smedslund detsentratsiya rivojlanishining asoslari nafaqat intellektual operatsiyalarda (butun va uning bir qismining, guruhlarning differentsiatsiyalanishi), balki bolaning boshqa kishilarga nisbatan munosabatlarida, unig ularga nisbatan tutgan pozitsiyasida namoyon bo’liishi haqidagi fikrni olg`a surgan. U shuningdek Piajening detsentratsiya rivojlanishida kommunikativ nizolar muhim o’rin tutishi haqidagi g`oyasini rivojlantiradi.
M.Maratsos va M.Xyuzning tajribalari egotsentrizm tabiatiga tubdan yangi qarashni ochib bergan, ular «Piaje turidagi» vazifalarni o’zgartirib qo’ydi. Ularnig mantiqiy-tuzilmaviy («Piaje kabi») mazmunini saqlab qolgan holda, ular ushbu vazifalarnig shaklini bolaning hayotiy tajribasiga, uning real motivatsiyasiga yaqinlashtirgan. Buning natijalari nihoyatda katta taassurot qoldirdi: bolalarda egotsentrizm darajasi keskin pasaydi!
Ushbu tadqiqotlarga xulosa yasab, M.Donaldson, J.Piajening tadqiqotlarida bolalar ulardan nima qilish so’ralganligini to’liq tushunmaganligini, shuning uchun ham Piajening vazifalar bilan qo’yilgan tajribalari bolalarning egotsentrizmini emas, balki ko’proq kattalarning tadqiqotchilik egotsentrizmigi namoyon qilgan, kattalarning mantiqiy-ratsionalistik konstruktsiyalari bolalarning ijtimoiy-ayotiy reallininig muayyan jihatlariga to’liq mos kelavermaydi. SHunday qilib, M.Donaldson fikricha, yangi tadqiqotlar umuman maktabgacha yoshdagi bolalarning tafakkuridagi egotsentrizm mavjudligini shubha ostiga qo’yadi.
Egotsentrizmni tadqiq etishning qiziqarli jihati Rossiyalik psixolog L.M. Fridman tajribalarida aniqlangan, u «Piaje turidagi» vazifalarning hal etilishi ikki turdagi - tabiiy-tsentrik va relyativ-baholash turidagi fazoda orientatsiya qilinishi bilan kechiishini ko’rsatdi. Piaje tajribalarida birinchi turdagi orientatsiya yuzasidan vazifalar ko’proq bo’lgani uchun, unnig muxoliflari tajribalarida esa, ikkinchi turdagi orientatsiya yuzasidan vazifalar qo’llanganligi tufayli, ikkala tomon o’zicha haqligi bilinib qoldi14.