Yosh davrlar psixologiyasining predmeti, nazariy va amaliy vazifalari


Xulq-atvor qoidalarini o’rganish muammosi sifatida bola psixik rivojlanishi: bixeviorizm



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə28/52
tarix24.12.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#191226
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   52
Yosh davrlar psixologiyasining predmeti, nazariy va amaliy vazif

Xulq-atvor qoidalarini o’rganish muammosi sifatida bola psixik rivojlanishi: bixeviorizm
Reja:
1.Klassik bixeviorizm xulq- atvor haqidagi fan sifatida
2.Operant o’rgatish
3.B.Skinerning radikal keskin bixeviorizmi
4.B.F.Skinnerning operant asoslangan nazariyasi

Amerika psixologi, bexeviorizm asoschisi. 1878 yil 9 yanvarda tug`ildi. Psixologiya fanini bevosita his qilinadigan sub`ektiv hodisalar haqidagi fan deb qarovchilarga qarshi chiqib, psixik hodisalarni o’rganishga yangicha yondoshishni targ`ib qildi. O’z nuqtai nazarini 1913 yil yozilgan axborotnomada aks ettirdi. Introspektiv psixologiyaga qarama-qarshi tabiiy fanlardagi kabi ob`ektiv metodlarga tayanishi, psixologiyaning predmeti sifatida odamning tug`ilganidan o’limigacha bo’lgan xulqini ko’rishni taklif qildi. D.B.Uotsonning fikricha, psixologik tadqiqotlarning asosiy vazifasi xulqni oldindan aytib berish va uni nazorat qilishdan iborat. D.B.Uotsonning qarashlari stimul-reaktiv psixologiyada rivojlantirdi.


Dj.Uotson tarbiyaga nisbatan ilmiy yondashuvni chuqur ishlab chiqishni orzu qilib unga xos bo’lgan keskin uslubi haqida quyidagilarni keltirib o’tadi: “Agar bolalar tug`ilishini 20 yilga to’xtatish imkoni bo’lsa, eksperiment maqsadi bilan tarbiyalanayotgan bolalardan tashqari va bu yillarni bolalar rivojlanish qonuniyatlarini chuqur o’rganishga bag`ishlab so’ngra egallangan bilimlar asosida ilmiy va mukammallashgan metodlar orqali yangi tarbiyani boshlash shubhasiz insoniyatni ahamiyatli darajada yaxshilagan bo’lardi”.
Bixeviorizm oqimining asoschilari amerikalik psixologlar Dj.Uotson (1878-1958) va E.Torndayklardir (1871-1949).
Keyinchalik bular qatoriga K.Leshli (1890-1958), A.Veys (1974-1931) va boshqalar kelib qo’shildilar. Ma`lum davrgacha mazkur oqim psixologiya olamida dominantlik rolini o’ynadi. Hozirgi davrda bu oqim bir necha mustaqil psixologik maktablarga ajralib ketgan.
Ushbu yo’nalish vakillarining asosiy g`oyalari shundan iborat bo’ldiki, ular psixologiyaning predmeti nafaqat ong yoki nafaqat faoliyat, balki xulqdir deb asosladi. Xulq u yoki bu hatti-harakatlar, amallar, reaktsiyalarda ifodalanib, tashqi ta`sir-stimulga bog`liqdir. SHuning uchun ham inson va uning psixologiyasini bilish uchun o’sha ta`sir ko’rsatuvchi va ta`sirlangan xulq o’rganilishi kerak. Bu narsalar bizning xozirgi sharoitimizda ham ishlab chiqarishni tashkil etishda, ta`lim berishda va psixoterapiyada inobatga olinadi, ular o’tkazgan mashhur «S-R» formulasi bizning sharoitlarda ham ta`sir ko’rsatish texnikasida inobatga olinadi, ular o’z dolzarbligini yo’qotgani yo’q.
Bixeviorizm psixologiya maktabi, psixologiya fanining predmeti psixikani emas, balki inson va hayvonlar xulqini o’rganishdan iboratdir, degan g`oyani ilgari suruvchi va himoya qiluvchi oqimdir.
Jon Uotson 1913 yilda “Bixeviorizm” atamasini qo’lladi. Bixeviorizmning maqsadi xulq-atvorni yuzaga keltirgan stimulni hamda natijani (taqdirlash, jazolash yoki neytral effekt) ning o’zaro munosabatini tushuntirishdan iborat15.
Klassik bixeviorizmning markaziy xulosasi quyidagilardan iborat psixik taraqqiyot bolaning hayoti davomida sodir bo’lib, asosan ijtimoiy muhitdan bog`liq bo’ladi. Bolaning rivojlanishini o’rganuvchi tadqiqotlarda asosiy e`tibor, o’rgatishga yordam beruvchi yoki to’sqinlik qiluvchi ya`ni stimullar o’rtasidagi aloqani hosil bo’lishi va ular asosida yuzaga keluvchi reaktsiyalar sharoitini o’rganishga qaratilgan. Muhit bolaning bevosita jismoniy qurshovi olami aniq hayotiy vaziyatlardan hosil bo’luvchi sharoit sifatida o’z navbatida kuzatuvchilar zanjiriga bo’linishi mumkin va zarur bo’lgan turli stimullar yig`indisidan iborat bo’lgan vaziyat sifatida ko’rib chiqilgan. SHu tarzda, muhit ta`siri stimullar yig`indisi bolaning rivojlanish xarakteri va xulq-atvor mazmunini aniqlaydi.
Hozirga qadar klassik asoslashning mexanizmi insonning psixik rivojlanishida asosiylardan biri bo’lib hisoblanmaydi lekin uning ta`siri xulq-atvorning u qadar murakkab bo’lmagan ba`zi shakllari bilan chegaralangan. Klassik asoslash respondent xulq-atvorini shakllanishiga olib keladi ya`ni har doim mavjud bo’lgan ma`lum stimullarga nisbatan o’ziga xos javob reaktsiyalarini hosil bo’lishiga sabab bo’ladi. Masalan, igna bilan ukol qilganda qo’lni tortib olmoq. Dj. Uotson yondashuvining zaifligi shundaki, klassik asoslashda individ repertuarida avval mavjud bo’lgan reaktsiyalar va yangi stimullarning bog`lanishi sodir bo’ladi. Insonni o’zidan faollikni talab qiluvchi murakkab ko’nikmalarga o’rgatishni masalan, nutq, qiyinmatematik masalalarni echish musiqiy asboblarda o’ynash klassik asoslash nuqtai nazaridan tushuntirish juda qiyin. Individ uchun mutlaqo yangi xulq-atvor shakllarini qanday yuzaga kelish masalasini aniqlashtirish o’rgatishning yangi shakllarini ishlab chiqishni talab qildi.
Erikson hammualliflikda yozilgan “Qarilikda hayotiy qiziqishlar” kitobida 1986 ego-yaxlitlik hissiga erishishda keksa odamlarga yordam ko’rsatish yo’llari haqida fikr yuritgan. Kitob 70 yoshdan oshgan ko’pgina odamlarning tarixini o’rganishga asoslangan. E.Erikson ularning hayot tarixini kuzatib, ular avvalgi bosqichlardagi hayotiy muammolarni qanday engib o’tganliklarini tahlil qilgan. SHu asosda quyidagicha xulosaga kelgan agar keksa odamlar jismoniy va psixologik qobiliyatlarini pasayishi arafasida o’z yashash qobiliyatlarini saqlab qolishni istasalar ular nevaralar tarbiyasi, siyosat sog`lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya dasturlari kabi faoliyat ko’rinishlarida ishtirok etishlari kerak. Qisqacha aytganda E.Erikson agar keksa odamlar o’z menining yaxlitligini saqlab qolishga manfaatdor bo’lsa ular o’tmish haqida mulohaza qilgandan ko’ra, biror bir nima bilan ko’proq mashg`ul bo’lishi kerakligini uqtiradi. SHaxs ijtimoiy-psixologik rivojlanishi modeli shaxs va yosh davrlar psixologiyasi uchun juda katta ahamiyatga ega. Nazariya va asosiy tushunchalardagi ayrim mavhumlikka qaramay E.Erikson g`oyalari keng ahamiyatga ega bo’lib ta`lim va ijtimoiy faoliyat doirasida individual va kasbiy maslahat berish sohasida amaliy tatbiqini topdi ayrim empirik tadqiqotlarga masalan, o’smirlardagi identiklikni muvofiqlikni shakllanish shart-sharoitlari va oqibatlarini o’rganish bo’yicha D.Marsianning ishlariga turtki bo’ladi.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin