Charchash – odamning funksional holatini alohida turi bo‘lib, uzoq muddatli yoki shiddatli muskul ishidan keyin yuzaga keladigan va ish unumini pasayishiga olib keladigan vaqtinchalik holatdir. Charchash muskullar kuchini va chidamliligini kamayishida, harakat koordinasiyasini yomonlashishida, ayni ishni bajarish uchun energiya sarfini ortishida va boshqa o‘zgarishlarda namoyon bo‘ladi. Charchash ishni to‘xtatishga olib keladigan normal psixologik jarayondir, u organizmning hayot faoliyatini butunlay izdan chiqishini oldini oladigan himoya reaksiyasidir.