Temperament — insonning turli vaziyatlarda narsa, xodisa, holatlar va insonlarning xatti-harakatlariga nisbatan reaksiyasini tushuntirib beruvchi xususiyatlari majmuidir.
Xarakter
Xarakter — shaxsning alohida insonlar va insonlar guruxi, o‘z-o‘ziga, vaziyatlar, narsalar va xodisalarga nisbatan munosabatlaridan orttiradigan sifatlarini o‘z ichiga oladi.
PSIXIK HOLATLARI
Jangovor tayyorgarlik holati- bu holatdagi o‘quvchi bo‘lajak ishni optimal holatda kutib oladi, ya‘ni bu holatga ega bo‘lgan o‘quvchining asab jarayonlari (qo‘zg‘alish va tormozlanish) teng nisbatan optimal rivojlangan bo‘lib, harakat va vegetativ funksiyalarining bajariladigan ishga mos holda o‘zgarishini ta’minlaydi. Tomir urishi bir oz tezlashadi, moddallar almashinuvi va tana temperaturasi ortadi, qonda glyukoza ko‘payadi va hokazo. Sport musobaqalari oldidan start oldi holatining bu turini shakllantirish maqsadga muvofiqdir.