3. Start oldi apatiyasi - bu holatda o‘quvchining tormozlanish jarayoni qo‘zg‘alishdan ustun keladi. Natijada o‘quvchi o‘z imkoniyatlarini past baholab, musobaqaga qatnashmaslikka harakat qiladi. Start oldi apatiyasi jismonan yaxshi chiniqmagan, musobaqaga yetarli tayyorgarlik ko‘rmagan o‘quvchilarda hamda musobaqaga kechikkan hollarda ko‘proq yuzaga keladi. Start oldi holatining ko‘rsatilgan turlaridan jangovor tayyorlik holati maqsadga eng muvofiq bo‘lib, uni yuzaga keltirish choralarini qo‘llash zarur.