Diqqat– psixik faoliyatning yo‘naltirilishi va shaxs uchun ahamiyatli bo‘lgan ob’yekt ustida to‘planishdir. Yo‘naltirilishi deganda psixik faoliyatining tanlovchilik xarakteri, ob’yektni ixtiyoriy yoki beixtiyoriy tanlash tushuniladi. o‘quvchi maktabda o‘qituvchining tushuntirishlariga quloq solayotganda, mana shu eshitish faoliyatini ongli ravishda tanlab olgan, o‘z diqqatini eshitish faoliyatiga ongli ravishda qaratgan bo‘ladi. o‘quvchining biror boshqa narsaga chalg‘imasdan, o‘quv materialining mazmuniga zehn qo‘yib o‘tirishida uning diqqatini yo‘nalishi ifodalanadi.