Eritrotsitlarning cho`kish reaksiyasi (SOE). Agar, qonning ivishdan saqlab, shishadan yasalgan kapilyarga, bir necha soat qoldirsak, qon tarkibidagi eritrotsitlarni kapilyar trupka tubiga cho`kib qolganini ko`ramiz.
Eritrotsitlarni cho`kish tezligi turli yoshdagi kishilarda, ayollarda, bolalarda turlicha bo`ladi. Bundan tashqari turli xil kasalliklar tufayli ham o`zgarishi mumkin.
M-n: 3-9 mm. erkaqlarda, ayollarda 7-12 mm. soatiga cho`kadi. Organizm holatining o`zgarishlarida eritrotsitlar cho`kish reaktsiyasini o`zgarishi ko`zatiladi.
Eritrotsitlarning ma`lum tezlikda cho`kishidan foydalanib, tibbiyotda kasalliklarni belgilashda foydalaniladi. Buni tibbiyotda SOE deyiladi. Aniqlaydigan asboboni Panchenko apparati deyiladi.
Organizm qattiq shamollaganda, tuberkulyoz kasalligida, homilador ayollarda, yallig`lanish kasalligi boshlanganda va boshqa o`zgarishlardaeritrotsitlar cho`kish reaktsiyasi tezligi ortadi.
Leykotsitlaroq qon tanachalari qonning yadroli hujayralari bo`lib, aktiv harakatlanishi xususiyatiga egadir. Ular har xil shaqlda bo`lib, 1 mm3. bolalar qonida 8000-11000 gacha bo`ladi, katta odamlarda normal holatda 6-8 ming leykotsit bo`ladi. Ularni soni kun mobaynida ham o`zgarib turishi mumkin. 1 mm3 7 yoshli bola qonida 11000, 9 yoshli bola qonida 10000, 13 yoshli bolada 8500 ta leykotsit bo`ladi.
Leykotsitlar 3 gruppaga bo`linadi;
1) Donador leykotsitlar;
2) Donasiz leykotsitlar
3) Monotsitlar.
Donador leykotsitlar o`z navbatida 3 gruppaga bo`linadi: neytrofillar, eozanafillar va bazafillar.
Kichiq yoshli bolalarda leykotsitlar dan limfotsitlarning protsent miqdori ortiq bo`ladi.
Leykotsitlarning ko`rsatilgan miqdordan ortib ketishi leykotsitoz deb atalsa, miqdordan kamayib ketishi leykopeniya deyiladi.
Leykotsitlar organizm ichki muhitning posboni hisoblanadi, chunki leykotsitlar qonga va limfaga to`shgan mikroblarni, viruslarni va sodda hayvonlarni organizmni ichkarisiga kirishga qattiq ko`rashadi. Organizmga to`shgan zaharli moddalarni neytrallash xususiyatiga egadir. Leykotsitlar fagatsitoz nuli bilan ovqatlanadi. Ular qon tomirlaridan tashqari ham, qon tomir devorlaridan o`tib yallig`langan yoki shikastlangan joyga yetib borib, mikroblarga qarshi ko`rashishi va himoya qilishi mumkin.