Yosh fiziologiyasi va gigienasi fanining vazifasi, mazmuni, ahamiyati va tarixi



Yüklə 489,2 Kb.
səhifə16/57
tarix25.12.2023
ölçüsü489,2 Kb.
#196249
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   57
Uyqu fiziologiyasi va uning fazalari

Dinamik stereotip. Oddiy hayot sharoitida odam va hayvon organizmiga turli xil ta'sirlovchilarning murakkab tizimi ta'sir etadi. Organizmning bunday murakkab ta'sirlovchilarga moslashishi miya yarim sharlari po`slog`ining shartli reflekslar analitik — sintetikfaoliyati tufayli amalga oshiriladi. Buning natijasida kompleks shartli reflekslar hosil bo`ladi. Bu miya yarim sharlari po`slog`ining yanada murakkab faoliyati bo`lib, shartli reflektor faoliyati yoki dinamik stereotip hisoblanadi. Dinamik stereotip deb bir vaqtda bir tartibdagi shartli reflekslarning uzluksiz ravishda tartib bilan kelishi va nerv tizimida bu ta'sirlarga javob qaytariladi. Dinamik stereotip, boshqacha aytganda, odamda bir necha yillar davomida shartli reflekslarning izchillik bilan kelib, miya po`slog`ida qo`zg`alish va tormozlanish jarayonlarini hosil qilishdir. Dinamik stereotip har bir odam uchun o`ziga xos bo`lib, odamdagi odat va malakalarning asosi hisoblanadi. Maktab yoshidagi bolalar bosh miya yarim sharlari po`stlog`ida dinamik stereotipi hosil bo`lish jarayonlarini tekshirish amaliy jihatdan muhim ahamiyatga ega. M —n: Darslarni fiziologik asosda tashkil etish, kun tartibini tuzish, ovqatlanish, mehnat va dam olishni va boshqa faoliyat turlarini o`quvchilar nerv tizimida dinamik stereotipi vujudga keltirish yo`li bilan amalga oshiriladi.O`sib kelayotgan yosh avlodning sog`lig`ini saqlash masalasi keng ma'nodagi tushuncha bo`lib o`quvchilarning charchashi—ya'ni, toliqishi va o`ta charchashining oldini olish vazifasini ham o`z ichiga oladi, bu esa birinchi navbatda o`quvchining o`ta toliqishiga yo`l qo`ymaslik bilan bog`liqdir. Bu masala maktabdagi pedagoglar va mediklar, ota-onalarning diqqat markazida turishi lozim. "Maktab kasalliklari" deb ataluvchi kasalliklarning oldini olish hozirgi vaqtda o`quvchilar tarbiyasi bilan shug`ullanuvchi har bir kishining asosiy vazifasidir.
Zamonaviy o`qitish jarayoni o`quvchiga axborot berishning yangi shakl va usullarini qo`llamoqda, ya'ni bilim berishning samaradorligini oshirishiga qaratilgan texnika vositalaridan keng foydalanilmoqda. Natijada o`quvchining darsdagi faoliyatini bir muncha aktivlashtirishga erishildi.
Shuni ta'kidlash kerakki, hozirgi zamon sharoitida maktab o`quvchisiga optimal o`quv nagruzkasini belgilash muhim aktual vazifa hisoblanib, birinchidan, o`quv programmasida belgilangan bilimlarni o`quvchi o`zlashtirishi ko`zda tutilsa, ikkinchidan, o`quvchining o`z shaxsi extiyoji uchun ham etarli vaqt ajratiladi. Eng muhimi, o`quvchining jismoniy rivojlanishiga, ish faoliyatiga va salomatligiga salbiy ta'sir etuvchi omillarning oldi olinadi.
O`quv nagruzkasining pedagogik va gigiyenik jihatlarini o`rganish, toliqishning oldini olish yo`llarini izlab topish pedagogika fani va maktab o`qituvchilari oldida turgan muhim masalalardan biri hisoblanadi.
Odam organizmining barcha to`qima va organlaridagi hayotiy jarayonlar, ularning ishi markaziy nerv sistemasi tomonidan boshqariladi.

Odam tug`ilganidan boshlab butun umri davomida aqliy va jismoniy faoliyatining takomillashuvi, ya'ni, tarbiyalanishi, bilim olishi, hunar o`rganishi miya po`stlog`idagi nerv markazlarining funktsional holatiga bog`liq. Miyaning faoliyati ikki xil sababga ko`ra susayishi mumkin. Birinchidan, miya to`qimasidagi tug`ma kamchiliklar, tug`ilgandan keyin har xil kasalliklar, shikastlanishlar oqibatida miya faoliyatining pasayishi; ikkinchidan, miyaning funktsional kasalliklari, ya'ni gigiyenik talablariga rioya qilmaslik natijasida miyaning zo`riqishidan nevroz, ya'ni asab kasalliklari paydo bo`lishi.



  1. Aqliy mehnat (o`qish, yozish, fikrlash, masala echish, dars tinglash va tayyorlash va hokazolar) asosan ko`rish, eshitish, organlari va ularning bosh miya pustlog`idagi markazlarining nerv hujayralarini bajaradigan ishidir.

  2. Shunday ekan, o`quvchilar aqliy mehnat gigiyenasining zarur shartlarini: kun tartibilariga rioya qilish, fizkultura va sport bilan shug`ullanish, o`quv va o`qishdan tashqari mashg`ulotlar uchun sharoit yaratish, bir faoliyatni ikkinchisi bilan almashtirib turish, spirtli ichimliklar ichmaslik, chekmaslik, zararli odatlarga berilmaslik va hokazolarni ongli ravishida bajarishga harakat qilishlari kerak,

  3. Aqliy faoliyat uzoq vaqt davom etaversa, ularning ish qobiliyati asta — sekin pasayib, ish sifati yomonlasha boshlaydi, bajarilayotgan ishga nisbatan e'tibor kamayadi, o`zlashtirish pasayadi, bo`shashadi, mudraydi.

Bu holat miyaning ish bajarayotgan markazlaridagi nerv hujayralari qo`zg`alish holatidan tormozlanish holatiga o`tganligini, ya'ni ular charchaganligini ko`rsatadi.
Charchash bu tashqi muhit bilan miya po`slog`idagi nerv hujayralari o`rtasidagi aloqaning vaqtincha o`zilishidir. Charchash deganda, miya hujayralarining shu bilan birga butun organizmning ishchanlik qobiliyati pasayishi tushuniladi. Bu fiziologik jarayon bo`lib, tormozlanishning oxirgi pog`onasi hisoblanadi. Tormozlanish dastlab bosh miya po`stloq qismiga, so`ngra nerv tizimining tuban qismlariga tarqalib, organizmni bo`shashtiradi.

  1. Darsda charchashning birinchi bosqichi aktiv tormozlanishning bo`shash bilan bog`liq.

  2. Bu harakatlar o`zgacha ko`rinishda namoyon bo`ladi.

  3. O`quvchilarning o`zlari aktiv o`quv yo`ldan to`xtagan bo`ladilar — sinfda ozgina shovqin-suron ko`tariladi. Charchashning bundan keyingi ikkinchi bosqichi qo`zg`alish protsesslarining bo`shashi, bilan birga davom etadi.

  4. ormozlanish protsesslari qo`zg`alish protsessidan ustun turadi.

  5. I.P. Pavlov charchashda tormozlanish protsessining ahamiyatiga to`xtalib o`tar ekan: "Charchash tormozlanish protsessining avtomatik ichki qo`zg`ovchilardan biridir" - deb yozgan edi.

  6. Ortiqcha nagruzka yoki charchaganliklari ko`rinib turgan bir vaziyatda mashg`ulotni davom ettirish shunday holni keltirib chiqaradiki, uni I.P. Pavlov chegaradan “tashqi yoki himoyalash tormozlanishi" deb atagan edi, bu tormozlanish po`stloqning nerv hujayralarini zo`riqishdan himoya qiladi. Po`stloq hujayralarining tez zo`riqib ketib tormozlangan holatga o`tishi ayni bir sharoitda boshmiya quyi bo`limlari hujayralarining chidamliligiga keskin suratda zid keladi.

  7. Boshlang`ich sinf o`quvchilari uchun charchashning eng dastlabki bosqichlari xosdir.




  1. Yuqori sinf o`quvchilari esa charchash vaqtida ham ishlash qobiliyatlarini yo`qotmaydilar. Biroq ko`p ishlash natijasida ish qobiliyati pasayadi.

  2. Ota-onalar va o`qituvchilar o`quvchi xulqida va holatida aqliy charchash alomotlarini sezsalar, ko`pincha e'tibor bermaydilar, chunki bu o`zgarishlar vaqtinchalik bo`lib, tez o`tib ketadi. Lekin bular bolada boshlanyotgan surunkali charchoqlikning birlamchi belgilari bo`lib, astenik sindrom deb ataladi va bu kasallik markaziy nerv sistemasi faoliyati buzilishining bir turi hisoblanadi. Kasallik belgilarning paydo bo`lishi va kechishi darajasiga qarab astenik sindrom shartli ravishda bir necha bosqichga ajratiladi.

  3. Birlamchi — giperstenik bosqichda serzardalik, o`ta ta'sirchanlik, o`zini tuta bilmaslik, besabrlik kabi belgilar paydo bo`ladi, Bolalar aktiv bo`lishadi, ammo ularning faoliyatida tartib bo`lmaydi.

Ular tinimsiz bo`lib, biror ishni oxirigacha diqqat — e'tibor bilan bajara olmaydilar, ozgina muvaffaqiyatsizlik ular faoliyatini izdan chiqarib yuboradi. Ular qiynalib uyquga ketishadi, bezovta uxlashadi, ko`p tush ko`rishadi.

  1. Agar o`z vaqtida chora ko`rilib, kasallik sabablari bartaraf etilmasa, kuchayib, ikkinchi bosqichga o`tib ketadi. Bunda o`ta ta'sirchanlik va jizzakilik toliqish bilan birga kechadi. Bolaning ish faoliyati kuchli boshlanib, birdan pasayib ketadi. Jaxildorlik, yomon kayfiyat va odamovilik bilan almashinadi. Bunda o`quvchi yozgan paytida boshqalarga nisbatan grammatik xatolarni ko`proq qiladi, ba'zan so`zlardagi harflarni ham tushirib qoldiradi, yangi materialni qiyin o`zlashtiradi, lanjlik va bosh og`rish o`quvchi ish faoliyatini susaytiradi. o`quvchida surunkali toliqishning oldini olishda ishlash va dam olish rejimiga aniq rioya qilish lozim. Toliqishning eng asosiy belgisi aqliy mehnat natijasining kamayishidir.




  1. Ish faoliyatining odatdagi susayishini aqliy toliqishdan farq qilish lozim. Aqliy toliqish orta borgan sari bolaning bajarayotgan ishida unum bo`lmaydi.

  2. Aqliy va jismoniy toliqish o`zaro aloqadordir. Buni birinchi marta Italiya olimi Mosso aniqlagan. Xaddan tashqari aqliy toliqish bajarilayotgan jismoniy ishning samaradorligini kamaytiradi yoki aksincha, jismoniy toliqish aqliy mehnatga salbiy ta'sir ko`rsatadi.

  3. Aqliy toliqishning xususiy belgilariga yana diqqatning susayishini. xotiraning pasayishini, fikrlash va tasavvur qilishning buzilishini ham kiritib o`tish lozim.

  4. Ba'zi adabiyotlarga asoslanib, aqliy ishchanlik qobiliyati ko`rsatkichlarini kun davomida o`rganib chiqib alohida davrlarga ajratish mumkin, bu o`z navbatida o`qish va mehnat qilish bo`yicha ratsional kun tartibi tuzishda eng ob'ektiv mezon hisoblanadi. Aqliy ishchanlik qobiliyati 5 ta davrdan iborat:

Ishga kirishish davri. Darsda bir necha minut davom etib, o`quvchi ish
sharoitiga moslasha boradi.
Optimal ishchanlik davri. Aqliy mehnatni bajarishning stabillashgan davridir. Bunda diqqat dominantasi vujudga keladi.
3. To`liq kompensatsiya davri. Oldingi davrdan farq qilib, toliqishning
dastlabki belgilari paydo bo`la boshlaydi, ammo ularni odamning iroda kuchi kompensatsiyalashtirib, yuzaga chiqarmay turadi.
4. Beqaror kompensatsiya davri. Toliqishning ortib borishi ish
faoliyatining pasayishi bilan harakterlanadi, ammo odam iroda kuchi bilan
ma'lum vaqtgacha aqliy mehnatni talab darajasida davom ettirishi mumkin.
Mehnat faoliyatining progressiv pasayish davri. Bu davr toliqishning tez ortib borishi bilan harakterlanadi, bunda bajarilayotgan aqliy mehnatning maxsuli va samaradorligi keskin kamayadi. Bu davrlarni dars davomida, kun, xafta, chorak, yil davomida kuzatish mumkin. Aqliy mehnat faoliyatini yuqori darajada saqlay olish mumkinmi? Aqliy mehnatning yuqori maxsuldorligi ta'minlovchi sharoitlar quyidagilardan iborat: har qanday mehnatni bajarishga asta-sekin kirishish;
. ish bajarishning optimal ritmini va tartibini tanlash va unga rioya qilish;
. ishni izchillikda va ketma-ket bajarishga odatlanish;
. mehnat va dam olishni to`g`ri tashkil qilish, bir ish turini ikkinchisi bilan almashtirib olib borish.
. muntazam ravishda jismoniy mashqlar bilan shug`ullanish tufayli aqliy mehnat malakalarini avtomatlashtirish va takomillashtirish hamda avtomatik malaka hosil qilish.
Xullas dars vaqtida aqliy mehnatning yuqori maxsuldorligini ta'minlash, charchashni oldini olish choralari quyiidagilardan iborat bo`lishi kerak:
1. "O`qituvchi yangi materialni o`quvchining optimal ish qobiliyatiga ega bo`lgan vaqtida tushuntirish;
2. Darsning birinchi yarmida, dars berishning aktiv usullarini qo`llab, o`quvchi, diqqatini uzoq vaqt bitta predmetda ushlab turmasdan tushuntirilsa, yuksak natijaga erishiladi.
Z. Dars berish usulini o`zgartirib turish uni yuqori saviyada olib borish;
4. Sinf xonalarini tanaffus paytida shamollatish;
5. O`quvchi faoliyatini turli vazifalarga jalb qilish, o`quv texnika vositalarini keng qo`llash, ammo o`quv texnika vositalaridan, televizordan, programmalashtirilgan ovoz yozish apparatlaridan, diafil'mlardan foydalanishning o`zi asosiy gigiyena qoidalariga qat'iy rioya qilishni talab qiladi.
6. Dars materialini tushuntirishda ko`rgazma qurollardan (rasmlar namoyish qilish, tajribalar ko`rsatish) didaktik o`quv vositalardan maksimal foydalanish.
Dars oralig`ida fizkulminutlar o`tkazish.
O`qituvchining pedogogik mahorati, uning yangi materialni tushuntirish paytidagi ko`tarinki kayfiyati, o`qituvchining har xil ohangda so`zlashi.
O`qituvchi bir xil ohangda so`zlagan nutqi o`quvchini zeriktirib, mudratib qo`yadi, bunday payda o`quvchi tomonidan dars materialini o`zlashtirish qiyinlashadi, bosh miya yarim shartlari po`stlog`ida tarqoq tormozlanish jarayoni paydo bo`lib, uyqu bosadi.
Gigiyenistlar o`quvchilarning darsda toliqish sabablarini o`rganib chiqib, qiziqarli ma'lumotlarni keltirdilar.
Ular aniqlashicha, yuqori sinf o`quvchilarining charchashiga asosiy sabab ko`pincha ularning darsga qiziqmasliklari, o`qishning og`irligi, mashg`ulot bajarishga layoqatsizlik, darsni zerikarli o`tilishi, dars materialini tushunmaslik, mikromuhitning salbiy ta'siridir.

Agarda charchash holati o`z vaqtida dam olish bilan almashtirilmasa u o`ta charchash holatiga o`tadi. Bu organizm uchun kasallikdir.


O`ta charchagan bolalar darsni yaxshi natijada o`zlashtirishlari pasayib ketadi. Maktab o`quvchilarida o`ta charchash, asosan o`quv va o`qishdan tashqari ishlarning me'yoridan ortib ketishi, kun tartibining buzilishi, ochiq havoda etarli sayr qilmaslik, ovqatlanishni to`g`ri tashkil qilmaslik natijasida kelib chiqadi.
O`ta charchash natijasida nerv sistemasida qo`zg`alish va tormozlanishning kelishib ishlash hususiyatini buzilishiga ya'ni asabiylik yoki nevrozga olib keladi.

Nevroz yoki asab kasalligi quyidagi kamchiliklar tufayli vujudga keladi:



  1. O`ta charchash;

  2. Aqliy mehnatning zo`riqishi;

  3. O`quv nagruzkasining ortib ketishi ;

  4. Turli yuqumli kasalliklardan so`ng;

  5. Vitamin etishmasligidan;

  6. Oiladagi notinch hayot;

  7. O`qituvchi bilan o`quvchi o`rtasidagi kelishmovchilikdan.

Nevrozga chalingan bolalarda kasallik belgilari 3 holatda namoyon bo`ladi;

  1. Xayolparastlik;

  2. O`jarlik, qaysarlik;
    3.Qo`rquv;

Bu holatdagi bolalarda ishtaxa yo`qoladi, tez-tez shamollaydi, boshi og`riydi, boshi aylanadi, tez charchaydi, tajanglashadi, parishonxotir, serzarda, yig`loqi, kamgap, besaramjon, injiq, serharxasha, uyqulari notinch, uyquda alaxlaydigan ko`p tush ko`radigan bo`ladilar.
Bu negativ holatlarni yo`qotish uchun ota-onalar, vrachlar va pedagoglar birgalikda ish olib borib, uni yuzaga keltirgan sabablarni bartaraf etishga harakat qilishlari kerak. Buning uchun maktabda dars jadvallari va o`quv yuklamalari bolaning yosh hususiyatini hisobga olgan holda tuzilishi, o`quvchilar vitaminlarga boy, yuqori kaloriyali ovqatlar iste'mol qilishi, aktiv dam olishi, sof havoda sayr qilishi, tonusni kuchaytiradigan achchiq choy, kofe ichmasliklari kerak. O`qituvchilar o`quvchilar bilan, ularning harakterini, hisobga olgan holda muomala qilishlari kerak.
Maktab o`quvchilarida nerv tizimida bundagi kamchiliklarning yuzaga kelmasligi uchun 3-4 soatdan keyin yoki dars oxirida o`quvchilar uyga kelgandan keyin ularni, dam oldirish katta ahamiyatga ega.
Shuni unutmaslik kerakki, aqliy mehnat bilan shug`ullanuvchilarda zo`riqish alomatlari boshqalarga nisbatan ko`proq uchraydi va bu harakat aktivligi (gipodinamiya) kamaygan sharoitda yorqin namoyon bo`ladi. Bu holat emotsional zo`riqish bilan birga qo`shilib, ko`pincha yurak — qon tomir kasalliklariga asab va endokrin tizimi faoliyatining, buzilishiga olib keladi. Bolalar va o`smirlarning shakllanayotgan yosh organizmi ayniqsa aqliy zo`riqish asoratlariga o`ta sezgir bo`ladilar.
Bilim berishning amalda qo`llanilayotgan hozirgi o`quv programmasi o`quvchining yuksak bilim olishiga va faol fikrlash jarayoniga mo`ljallangan bo`lib, bolalar va o`smirlardan kuchli aqliy emotsional mehnatni talab qiladi. O`tkazilgan tadqiqotlar ko`rsatishicha, o`qishning og`irligi natijasida o`quvchilar salomatligi yomonlashmoqda.

Shuningdek asab bo`zilishi, xulq — atvorda beqarorlik alomatlari paydo bo`lmoqda. Yig`ilgan ma'lumotlarga asoslanib charchashning oldini olish choralaridan yana biri deb, pedagogik jarayonni ratsionalizatsiyalashni belgilash mumkin.


Ya'ni darsni tuzilishi va mazmuni jihatdan to`g`ri tashkil qilish o`quvchilarning aqliy mehnat faoliyatini jadallatirish kerak. Jadallashtirish faqat boshlang`ich sinflardagina emas, yuqori sinflar, maxsus maktablar uchun ham zarurdir. Chunki maktablarda (litsey va gimnaziyalar) aqliy nagruzka umumiy ta'lim maktablardagidan ortiq bo`lib, ba'zan kuniga 10—12 soatgacha etadi, tabiiyki bunday nagruzka o`quvchi salomatligiga salbiy ta'sir ko`rsatadi. Bolaning jismoniy va ruxiy salomatligiga maktabgacha va maktab yoshida asos solinadi, shu sababli ularni gigiyenik jihatdan to`g`ri o`qitish uchun aqliy mehnat gigiyenasining ilmiy asoslariga tayanish kerak. Bu masalaga maktab va maxsus maktablardagi pedagoglar va mediklar befarq qaramasliklari kerak.

Yüklə 489,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin