Yosh fiziologiyasi va gigienasi fanining vazifasi, mazmuni, ahamiyati va tarixi


YURAK, QON AYLANISH ORGANLARINING YOSH XUSUSIYATLARI



Yüklə 489,2 Kb.
səhifə37/57
tarix25.12.2023
ölçüsü489,2 Kb.
#196249
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   57
Uyqu fiziologiyasi va uning fazalari

YURAK, QON AYLANISH ORGANLARINING YOSH XUSUSIYATLARI.


Reja:
1. Organizmda qonning ahamiyati.
2. Qonning xususiyatlari va tarkibii qismi.
A) eritrotsitlar
B) leykotsitlar
V) trombotsitlar
3. Qonning cho`kish tezligi va qon gruppalari.
4. Qon aylanish va yurak-tomir faoliyatining yosh xususiyatlari.
5. Yurak qon-tomir tizimsining chiniqtirish va jismoniy mashqlanishning ahamiyati.
Organizmning ichki muhitini qon, limfa va to`qima suyuqligi tashkil etadi. Bo`lar tomirlarni va to`qimalar orasidagi bo`shliklarni to`ldirib turadi.

Qon, to`qima suyo`q va limfa tarkibi va fizik ximiyaviy xossalarini uncha o`zgartirmasdan doimo bir xilda saqlaydi. Bu doimiylik, ya`ni qon, to`qima suyuqligi va limfaning tarkibi qismini muvozanatda bo`lishi, hayot faoliyati normal kechib turishi uchun zarurdir.


Bolalarda qonning absalyut miqdori, bolaning o`sishi va rivojlanishi jarayonida oshib borsa, nisbiy miqdori (1kg. Og`irlikka to`g`ri keladigan miqdorda) kamayib boradi.
Bolalarning tana vazniga nisbatan qon miqdori chaqaloqlarda 17.7%, 1 yoshli bolada 10.9% ni 6-10 yashar bolada 6.97% ni, 11-16 yoshli bolalarda esa 6.81% ni tashkil etadi. O`g`il bolalardagiga qaraganda qon qiz bolalarda birmuncha ko`proq bo`ladi.
Qon suyuq biriktiruvchi to`qima bo`lib, qizil rangli, yopishqoq xira bo`ladi, reaktsiyasi kuchsiz ishqoriy va ta`mi sho`rroq bo`ladi.
Qonning solishtirma og`irligi asosan qizil qon tanachalarining soniga va ulardagi gemoglabin miqdoriga borliq bo`ladi. Qonning solishtirma og`irligi o`rtacha erkaqlarda 1.050-1.060 g. ga, ayollarda 1.053 ga teng bo`ladi. Qonning solishtirma og`irligi o`zgaruvchan bo`lib, u muhit temperaturasiga, suvining iste`mol qilinishiga ham bog`liqdir.
Qon doimo, qon tomirlarda harakatlanib, organizm tirikligini, hayotiyligini saqlashda bir muncha muhim vazifalarni bajaradi.
Qonning organizmdagi ahamiyati va qon hosil bo`lishi xususiyatlarini birligi bo`lib, 1578-1657 yillarda yashab ijod etgan italyan olimi vrachi Vil’yam Gorvey hisoblanadi. U birinchi bo`lib, murdalarda tekshiruv o`tkazib, qon tomirlarni o`rganib, yopiq tizimda qon aylanish qonuniyati haqida yangilik yaratdi.

  • Qon-ichak vorsinkalarida so`rilgan oziq moddalarni organizm to`qima va hujayralariga etkazib beradi.

  • Hujayra va to`qimalarda modda almashinish jarayonida hosil bo`lgan keraksiz qoldiq mahsulotlarni organizmdan chiqaruv organlariga yetkazib beradi.

  • Qon o`pkada kislorodga tuyinib, so`ngra hujayralarga tarqatadi.

  • Ichki sekretsiya bezlarida ishlangan gormonlar qon orqali turli organlarga boradi, shuning natijasida organlarni bir-biri bilan aloqasini bog`laydi.

  • Qon elementlari organizmga to`shgan yot va zararli moddalarga, hamda yuqumli mikroblarga qarshi ko`rash olib boradi. Qondagi maxsus oqsil moddalar qonga to`shgan mikrob va viruslarni parchalash xususiyatiga ega.

  • Qondagi oziqmoddalar va boshqa hujayra va to`qimalarning ishlash uchun muvofik sharoit yaratib beradi,

  • Qon temperaturasining turg`unligi saqlashda katta rol o`ynaydi.

Qon, organizmda boshqa fanga ma`lum bo`lmagan va izlanishda ma`lum bo`layotgan ko`pgina boshqa vazifalarni bajaradi. Organizmdagi qonning hammasi ham qon tomirlarida harakatlanavermasdan qonning 40-45% organizm tinch holatda qon tomirlarda, qolgan qismi esa qon depolarida (taloq, jigar, teri osti tuqimasida) saqlanadi. Depolangan qon zaruriyat bo`lganda; qon yo`qotganda, burilganda, tana temperaturasi ko`tarilganda va jismoniy yo`qlama berilganda qon tomirlarga chiqadi.
Qonning 1/4-1/3 qismi yo`qotilganda hayot uchun xavfli hisoblanadi.
Qonning taxminan 55-60% qon plazmasi 40-45% qon shaqlli elementlarini tashkil etadi. 8-10% turli oqsillar, mineral tuzlar, uglevodlar, gormonlar tashkil etadi.
Qonning xususiyatlari odamning yoshiga o`zgarib boradi. Bolaning bir yoshidagi qonning xususiyatlari katta odamnikidan farq qiladi. Bunga sabab, modda almashinuvining tezligi, qon yaratuvchi organlarning yaratuvchanlik moxiyati va tuzilishi bilan bog`liq.
Bola qancha yosh bo`lsa, tana og`irligiga nisbatan shuncha ko`p qon to`g`ri keladi. Umumiy tana og`irligiga nisbatan yangi tug`ilagan bolalarda qon 15% ni, katta odamlarda 7% tashkil etadi. O`rtacha katta yoshni (70 kg.) organizmda 5-6 litr qon bo`ladi.
Bolalarda qonning yopishqoqligi yuqori bo`ladi. M-n; Yangi tug`ilgan bolalarda 10-11 bo`lsa, 2 yoshli bolalarda 6 ga, katta yoshli odamlarda 4 ga to`shib qoladi.
Qonning ko`pchilik qismi bolalarda eritrotsitlar tashkil qilib, uning plazma qismi 50% dan ham kam bo`ladi.
Plazma, suv organik birikmalar va anorganik tuzlardan iborat. Plazmaning 90-92% suv tashkil etadi. qonning 8-10% turli oqsillar, mineral tuzlar, uglevodlar, fermentlar, gormonlar tashkil etadi. Yangi tug`ilgan bolalarda og`irligiga 150 sm3, ko`krak yoshidagi bolada 110 sm3, 7-12 yoshda 70 sm3, 15 yoshdan boshlab tana og`irligini har kg. ga 65 sm3 qon to`g`ri keladi.
Qon shaklli elementlariga eritrotsitlar, leykotsitlar va hokazolar (limfotsitlar, neytrofillar, eozenofillar) kiradi.

Yüklə 489,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin