Yosh fiziologiyasi va gigienasi fanining vazifasi, mazmuni, ahamiyati va tarixi



Yüklə 489,2 Kb.
səhifə38/57
tarix25.12.2023
ölçüsü489,2 Kb.
#196249
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   57
Uyqu fiziologiyasi va uning fazalari

Eritrotsitlar-qizil qon tanachalari yoki qonning yadrosiz hujayralari, shakl jihatdan ikki tomoni botiq uy noki shaqlida bo`ladi. Inson organizmida 25 trillion eritrotsit bo`ladi. Har sutkada o`lgan eritrotsitlar o`rniga suyak iligidan 300 milliard yangi eritrotsit hosil bo`ladi,
Agarda biz 1 minutda 10 tadan tezlikda sanaganimizda bizga 400000 yil kerak bo`lar ekan. Eritrotsitlarning diametri 7 mikronga teng. Shunga qaramasdan, agar yerga terish imkoni bo`lganda, 3800 m2. yerni egallagan bo`lar edi. Eritrotsitlarni hayoti 30-120 kungacha davom etadi. Eritrotsitlarni shunchalik ko`p bo`lganligi uchun, butun organizm to`qima va hujayralarini kislorod bilan ta`minlab, organizm hayotiyligini saqlaydi.
1mm3 qonda ularning o`rta soni 4,5-5,5 mln eritrotsit bo`ladi, eritrotsitlarning asosiy vazifasi, ular nafas organlaridan (o`pkadan) organizm to`qimalariga kislorod tashish va organizmda tuz va suv muvozanatini o`shlash vazifasini bajaradi.
Eritrotsitlarning tsitoplazmasida gemoglabin degan rangli modda bor. Gemoglabin ikki qismdan iborat: oqsilli qismi-globin va temirli qismi gemdan iborat, Gemoglabinga qizil rang beruvchi temir moddasi hisoblanadi.
7-9 yashar bolalarda 80-81% gacha, 10-11 yashar bolalarda 85%, katta odamlar qonida 100% gacha, ya`ni 100 ml. qonda 17,3 gr. gemoglabin bo`ladi. Gemoglabin 70 % gacha yoki 100 ml. qonda 14 gr. tushganda organizm kasal bo`ladi.
Gemoglabin o`pkada havo tarkibidagi kislorod bilan birikib, oksigemoglabin hosil qiladi va to`qimalarga borib esa gemoglabinga va kislorodga ajraladi. Gemoglabin to`qima hujayralarga kislorodni berib, to`qima hujayralardan karbonat angidrid gazini biriktirib olib o`pkada ajratadi. Shuning natijasida ichki nafas olish sodir bo`ladi.
Eritrotsitlarning soni yoki gemoglabin miqdorini kamayishi kam qonlik hisoblanadi. Bu esa bolalarning yoshlik vaqtida noto`g`ri ovqatlanishi, ovqatni sifat tarkibiga e`tiborsizlik, ochiq xavodan yaxshi foydalanmaslik oqibatida, darmonsizlik, tez charchab qolishlik va bosh aylanish kasalligiga olib keladi.
Bolalarda bunday kamchilikka uchraganda temir moddasiga boy, vitaminlik va yo`qori qolloriyalik ovqatlarni iste`mol qilish kerak (jigar, hayvon qonidan tayyorlangan ovqatlar, olma, sabzi, qulupnay, va boshqalar)

Yüklə 489,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin