Yosh fiziologiyasi va gigienasi fanining vazifasi, mazmuni, ahamiyati va tarixi



Yüklə 489,2 Kb.
səhifə46/57
tarix25.12.2023
ölçüsü489,2 Kb.
#196249
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   57
Uyqu fiziologiyasi va uning fazalari

Tayanch tushunchalar.
O`pka, gazlar almashinuvi, hiqildoq, traxeya, bronxlar, al`violla, ventilyatsiya.

MA’RUZA: 7

OVQAT HAZM QILISH TIZIMINING YOSHGA OID
XUSUSIYATLARI VA OVQATLANISH GIGIENASI


Reja:
1. Ovqat hazm qilish tizimining umumi tuzilishi.
2. Ovqat hazm qilish tizimining yosh xususiyatlari.
3. Organizmda modda almashinuvi.
4. Ovqatlanish gigienasi.

Odam hayot faoliyatini saqlashi, mehnat qilishi, o`sib, rivojlanishi uchun tashqi muhitdan ovqat moddalarini qabul qiladi. Ovqat hazm qilish kanalida mexanik maydalanadi, ximik parchalanadi, so`riladi.


Odamning hazm qilishi kanali 8-10 m. uzunlikda bo`lib, devori uch qavatdan: ichki shilliq, o`rta-mushak, tashqi-seroz qavatlaridan tuzilgan. Ovqat hazm qilish kanaliga: og`iz bo`shlig`i va undagi organlar halqum, qizil o`ngach, oshqozon, ingichka va yo`g`on ichaqlar, yirik bezlardan jigar, me`da osti bezi kiradi.

Ovqatning tarkibida oqsillar, yog``lar, uglevodlar, vitaminlar, mineral tuzlar va suv bo`ladi.


Og`iz bo`shlig`i daxlizi va haqiqiy og`iz bo`shlig`idan tashkil topgan bo`lib, bu erda ovqat tishlar yordamida mexanik maydalanadi, so`lak bezlaridan ishlab chiqarilgan so`lak yordamida qisman ximik parchalanadi, ovqat luqmasi so`lak bilan aralashadi. Og`iz bo`shlig`i shilliq parda bilan qoplangan bo`lib, mexanik, ximik, temperatura ta`siriga chidamlilik xususiyatiga ega. Tishlar yo`qorigi va pastki jar suyaqlariga mahkamlangan bo`lib, har bir tishning koronkasi, bo`yni va ildizi ajratiladi. Tish asosan dentin hujayralaridan tuzilgan bo`lib, ustidan qattiq emal bilan qoplangan bo`ladi. Katta odamlarda tishlar 32 ta bo`lib, 16 tadan joylashgan, yarmisida 2 ta kurak, 1 qoziq, 2 kichiq va 3 katta oziqtishlari bor. Uchinchi katta oziqtishlari aql tishlari deb yuritiladi. Sulak bezlariga til osti, jag` osti, quloq osti bezlari kiradi. Sulak bezlaridan sulak tinimsiz ishlab chiqariladi. Sulak shartsiz, shartli reflekslar asosida ajraladi.
Yutish. Yutish murakkab fiziologik protsess bo`lib, asab markazi uzunchoq, miyada joylashgan. Yutish nafas olish bilan bog`liq. Ovqat lo`qmasi chaynalib, sulak bilan aralashgandan so`ng, silliqlanib til yordamida yutkumga o`tkaziladi. Yutish vaqtida markazga intiluvchi til tomoq asab impulslar nafas olish markaziga borib, nafas olishni tormozlaydi so`ng yutkum mushaqlariga impul’slar kelib, ovqat luqmasi yutiladi. Ovqat yutilgandan so`ng qizil o`ngach orqali oshqozonga o`tadi. Ona qornida bolaning 5 oyligidan boshlab sut tishlarining hujayralari vujudga kela boshlaydi. Bolaning 6-8 oyligidan boshlab, sut tishlari chiqa boshlaydi. Avval 6 oylikdan kesuvchi so`ng sut tishlari, kichiq oziq tishlar chiqadi. Sut tishlari 20 ta bo`ladi: 2ta kesuvchi, 1ta qoziq, 2 ta kichiq oziq tishlari. Sut tishlari, 6-7 yoshdan boshlab, doimiy tishlar bilan o`rin almashinadi bolaning 7 yoshida birinchi katta oziq tishi, 8 yoshida 1nchi kesuvchi tishi, 9 yoshida 2 chi kesuvchi, 10 yoshda 1 chi kichiq oziq tishi, 13-16 yoshida katta og`iz tishi, 11-15 yoshida 2 chi oziq tishlar; 18-30 yoshida 3chi oziq tishlar chiqadi. Bolalarning sut tishlari, doimiy tishlar bilan, almashinish davrida, tishlarni parvarish qilishni o`rgatish lozim. Uxlashdan avval tishlarni cho`tka va poroshok bilan tozalash, ovqatlangandan so`ng og`izni iliq sovuq suv bilan chayqash zarur. Bolalar, juda sovuq yoki juda issiq ovqatlarni iste`mol qilishi, tishi bilan qattiq narsalarni, maydalashi mumkin emas. Bolalarda ovqat chaynashni davomliligi avval uzoqroq bo`lsa, so`ng kamaya boradi. Bolalarning 11-12 yoshida ovqat moddalariga bir sutkada 200sm3 ovqatdan tashqari vaqtida 400-600 sm3 ajraladi. Bu sulak tarkibida ptialin fermentining qontsentratsiyasi Yuqori bo`ladi, 2 yoshdan 15 yoshgacha so`lakning tarkibidagi oqsil miqdori ortib boradi.

Yüklə 489,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin