Shartli va shartsiz reflekslar
Asab tizimining faoliyati reflektor printsipida amalga oshadi. Refleks tashqi va ichki muhit ta`siriga organizmning asab tizimi orqali yo`zaga keladigan javob reaktsiyasidir. Refleks terminini fiziologiya faniga chex olimi Proxaski kiritgan. Reflekslar ikki xil bo`ladi: shartli va shartsiz.
Shartsiz reflekslar tugmadir, uning hosil bo`lishida markaziy asab tizimining pastki qismlari, ya`ni orqa, uzunchoq, o`rta, oraliq miyadagi asab markazlari ishtiroq etadi. Bu reflekslar odam organizmidagi muhim hayotiy jarayonlarni ta`minlashga qaratilgan. Masalan, ovqatni chaynash, emish, yutish, hazm qilish, siydik ajratish, nafas olish, qon aylanishi va boshqalar. SHartsiz reflekslar doimii, odam hayoti davomida o`zgarmaydi. Bu reflekslar nasldan — naslga o`tadi.
Dostları ilə paylaş: |